Tuesday, March 20, 2007

Korinfliklarga birinchi maktub

Korinfliklarga birinchi maktub

1-bob
1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo’lishga chorlangan men, Pavlus ila birodarimiz Sostendan
2Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga salom! Iso Masih orqali muqaddas qilingan va muqaddas bo’lishga chorlangan sizlarga, Shuningdek, hammamizning Rabbimiz bo’lgan Iso Masihning ismini har erda tilga oluvchilarning hammasiga
3Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo’lsin.
4Iso Masih orqali sizlarga berilgan Xudo inoyati uchun siz haqingizda Xudoyimga tinmay shukronalar aytaman.
5Masihning payg’omi orangizda keng o’rin olmoqda.
6U tufayli sizlar har qanday kalomda mohir, bilimda boy bo’ldingizlar.
7Rabbimiz Iso Masihning ko’kdan namoyon bo’lishini kutar ekansizlar, Muqaddas Ruhning in’omidan hech bir kam-ko’stingiz yo’q.
8Rabbimiz Iso Masih qaytadigan kunida qusursiz bo’lmog’ingiz uchun, U sizlarni oxirigacha qo’llab-quvvatlaydi.
9Sizlarni O’z O’g’li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqotga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.
10Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlardan yolvorib so’raymanki, hammalaringiz o’zaro kelishib yashanglar. O’zaro nizolarga yo’l qo’ymay, fikr-hayolda tamomila yakdil bo’linglar.
11Zero, birodarlarim, sizlarning orangizda janjal borligini Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi.
12Men shuni nazarda tutyapmanki, orangizda: «Men Pavlus ummatiman», «Men Apollos ummatiman», «Men Kifa ummatiman», «Men Masih ummatiman», degan gaplar yurar ekan.
13Axir, Masih bo’linganmi? Axir, sizlar uchun Pavlus xochga mixlandimi? Nahot sizlar Pavlusning nomi bilan suvga cho’mib imon keltirdingizlar?
14Xudoga shukurki, men sizlardan Krisp va Gaydan boshqa hech kimni suvga cho’mdirib imonga kiritmadim.
15Tag’in hech kim meni «O’z nomi bilan imonga kiritdi», – demasin.
16Ha, yana Stefanning uy ahlini ham suvga cho’mdirib imonga kiritdim, bundan boshqa yana kimni cho’mdirganimni bilmayman.
17Zotan Masih meni cho’mdirishga emas, balki Injil Xushxabarini targ’ib qilishga yubordi. So’zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor etilmasin.
18Xoch haqidagi xabar halok bo’layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.
19Xuddi Tavrotda Xudo aytganidek: «Donishmandlar donoligin barbod qilurman, barham bergayman oqillar zakovatin».
20Dono qaerda? Olim qaerda? Bu dunyoning notiqi qaerda? Dunyoning hikmatini Xudo aqlsizlikka aylantirgani yo’qmi?!
21Modomiki dunyo o’z aql-zakovati bilan Xudoning murodiyu hikmatini anglab etmagan ekan, Xudo tentaklikday tuyulgan payg’omga ishonuvchilarni qutqarishni lozim ko’rdi.
22Yahudiylar ajoyibotlar payida, yunonlar esa hikmatga hayrondir.
23 Biz esa faqat xochga mixlangan Masihni targ’ib qilmoqdamiz. Bu yahudiylar uchun vasvasa, yunonlar uchun telbalikdir.
24Biroq Xudo chaqirgan yahudiylaru yunonlar uchun Masih Xudoning qudrati va hikmatidir.
25Zero Xudoning «aqlsizligi» inson donoligidan ustundir, Xudoning «zaifligi» inson qudratidan kuchliroqdir.
26Olgan da’vatingizga qaranglar, ey birodarlar! Siz kimsizlar? Insoniy nuqtai nazardan dono bo’lganingiz ko’p emas, qudratli bo’lganingiz ko’p emas, olijanob bo’lganingiz ham ko’p emas.
27Lekin Xudo donolarni sharmanda qilish uchun dunyodagi aqlsiz deb hisoblanganlarni tanladi. Qudratlilarni sharmanda qilish uchun U dunyodagi zaif deyilganlarni tanladi.
28Xudo e’tiborli narsalar arzimas bo’lsin uchun, bu dunyodagi e’tiborsiz, kamsitilgan va ahamiyatsiz deb hisoblanganlarni tanladi,
29toki hech bir bashar Xudo oldida maqtanmasin.
30Xudoning O’zi sizlarga Iso Masih ummati bo’lishni ato qildi. Iso Masih biz uchun Xudoning hikmati bo’ldi, Masihning sharofati bilan biz solih, muqaddas, gunohdan forig’ bo’ldik.
31Shu yo’sinda, «Maqtanaman degan Rabbimiz bilan maqtansin», degan oyat o’z o’rnini topdi.

2-bob
1Ey birodarlar, men sizlarning oldingizga Xudoning payg’omini e’lon qilgani kelganimda, so’zamollik va bilgichlik niqobi ostida kelmadim.
2Orangizda ekanman, Iso Masihdan va Uning xochga mixlanganidan boshqa hech narsa bilmaslikka qaror qildim.
3Oldingizga zaiflik va qo’rquv hissi hamda katta qaltiroq bilan keldim.
4Mening so’zim va va’zim inson zakovatining ishontiruvchiligidan emas, Xudo Ruhi va qudratidan dalolatdir,
5toki imoningiz inson hikmatiga emas, Xudoning qudratiga asoslansin.
6Shunday qilib, biz etuk bo’lganlar orasida so’zlab beradigan bir hikmat borki, u bu dunyoning va bu dunyodagi o’tkinchi hokimlarning hikmatiday emas.
7Biz Xudoning maxfiy, sirli hikmati borasida gapiramiz, U bu hikmatni dunyo bino bo’lishidan avval bizga ulug’lik yaratish uchun shaylab qo’ygan edi.
8Bu hikmatni dunyo hokimlaridan hech kim tushunmadi. Tushunsalar edi, ulug’ Rabbimizni xochga mixlamas edilar.
9Lekin xuddi Tavrotda yozilganidek bo’ldi: «Ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan, inson aqli bovar qilmagan narsalarni Xudo O’zini sevganlarga muhayyo qilgan».
10Bizlarga esa Xudo buni O’z Ruhi orqali oshkor qildi. Ilohiy Ruh butun narsalarni, hatto Xudoning teranliklarini tekshirib ko’radi.
11Insonning o’ylarini uning ichidagi o’z ruhidan boshqa kim biladi? Xuddi Shunday, Xudoning o’ylarini Xudoning Ruhidan boshqa hech kim tushuna olmaydi.
12Bizlar esa dunyoning ruhini olmadik, balki Xudo bizga ato qilgan boyliklarni bilib olishimiz uchun, Xudodan chiqqan Ruhni qabul qildik.
13Biz bu boyliklarni insoniy hikmatdan dalolat beruvchi so’zlar bilan uqtirmaymiz. Aksincha, Ilohiy Ruhdan ilhomlangan so’zlar bilan Ilohiy Ruhga tobe bo’lgan kishilarga ilohiy haqiqatni talqin qilamiz.
14Inson o’zining tug’ma his-tuyg’ulari bilan Xudo Ruhi o’rgatgan narsalarni qabul qila olmaydi. U bularni tushunmagani uchun tentaklik hisoblaydi. Zero ilohiy haqiqatni Ilohiy Ruh yordamida muhokama qilish lozim.
15Xudo Ruhiga tobe kishi hamma narsani muhokama qiladi, o’zini esa hech kim muhokama qila olmaydi.
16Tavrotda yozilganidek: «Xudovandning fikrini kim anglab etibdiki, Unga ta’lim bersa?» – Bizda esa Masihning fikri bor.

3-bob
1Ey birodarlar, men sizlarga Muqaddas Ruhga tobe kishilarga gapirgandek gapira olmadim, balki dunyoviy fikrli, Masih yo’lida chaqaloq qolganlar bilan so’zlashgandek so’zlashdim.
2Sizlarni milkingizga botadigan emish bilan emas, balki sut bilan boqdim, chunki unga hali kuchingiz etmasdi. Hozir ham kuchingiz etmaydi.
3Sizlar hali ham bu dunyoning odamlariday yuribsizlar. Orangizda hasad, janjal va kelishmovchiliklar bor ekan, dunyoviy emasmisizlar? Bunday harakat qilarkansizlar, boshqa odamlardan nima bilan farqlanasizlar?
4Sizlardan biri: «Men Pavlus ummatiman» – desa, boshqasi: «Men Apollos ummatiman», – deydi. Sizning bu «insonparvarligingiz» ortiqcha emasmi?!
5Axir, Pavlus kim? Apollos kim? Ular xizmatchi xolos, ular orqali sizlar imon topgansizlar. Rabbimiz bizga ato qilgani bo’yicha, har birimizning vazifasi boshqa-boshqa.
6Men urug’ ekdim, Apollos sug’ordi; lekin Xudo o’stirdi.
7Shuning uchun ekkan va sug’organ hech nima, hamma gap o’stirgan Xudodadir.
8Ekuvchi va sug’oruvchining mohiyati bir, har biri mukofotni o’z mehnatiga yarasha oladi.
9Biz Xudoning xizmatdoshlarimiz, sizlar esa Xudoning ziroati, Xudoning imoratisizlar.
10 Xudo bergan inoyat asosida men dono quruvchi kabi poydevor qo’ydim. Boshqa kishi esa uning ustida nimadir bunyod etadi. Har kim qanday qurayotganiga diqqat etsin.
11Chunki hech kim qo’yilgan poydevor, ya’ni Iso Masihdan boshqa poydevor qo’ya olmaydi.
12Bu poydevor ustida kimdir oltindan, kimdir kumush yoki qimmatli toshlardan, kimdir esa yog’ochu xashak yo poxoldan bino qurmoqda,
13har kimning ishi esa o’ziga yarasha oshkor bo’lib qoladi. Mahshar kuni uni fosh qiladi, olov uni ochiq-oydin qiladi-qo’yadi. Shunda har kimning ishi qanday ekanligini olov sinab beradi.
14Kimda-kimning bunyod etgan ishi olovga bardosh bersa, u mukofot oladi.
15Kimning ishi yonsa, u talafot ko’radi; o’zi qutuladi-yu, ammo olovdan qutulib chiqqandek bo’ladi.
16Nahotki bilmasangiz? Sizlar Xudoning ma’badisizlar, Xudoning Ruhi ichingizda yashamoqda.
17Kimki Xudoning ma’badini buzsa, uni Xudo uradi. Chunki Xudoning ma’badi muqaddasdir; bu ma’bad esa sizlarsiz.
18Hech kim o’z-o’zini aldamasin. Sizlardan kim bu dunyoda dono bo’laman desa, dono bo’lish uchun o’zini aqlsiz deb bilsin.
19Chunki bu dunyoning donoligi Xudo oldida aqlsizlikdir. Zaburda yozilganday: «U donolarni o’zlarining quvligi ila to’rga ilintirar».
20Va yana Shunday yozilgan: «Xudovand biladir-kim, donolar fikr-hayoloti puchga chiqur».
21Shuning uchun hech kim odamiylik bilan maqtanmasin. Chunki hamma narsa o’zingizniki:
22Pavlus-u, Apollos-u, Kifa ham, dunyo ham, hayot va o’lim ham, shu dam va kelajak ham – hammasi sizlarniki.
23Sizlar esa – Masihniki, Masih esa – Xudonikidir.

4-bob
1Shunday qilib, kishilar bizni Masihning xizmatkorlari hamda Xudoning sir-asrorlarini bayon etuvchi idorachilar deb tushunmog’i lozim.
2Umuman idora qiluvchidan talab qilingan narsa sidqidildan ishlashidir.
3Men haqimda sizlar qanday fikrdasiz, yoki boshqa odamlar qanday fikrda, bu narsa meni deyarli qiziqtirmaydi. Men o’zim ham o’z haqimda fikr yuritmayman.
4Zotan O’zimda hech bir ayb ko’rmasam ham, bu bilan o’zimni oqlamayman. Chunki men haqda fikr yurituvchi Rabbimiz bo’ladi.
5Shu bois vaqtidan oldin, Rabbimiz kelmagunlaricha, aslo hukm yuritmanglar. U kelib zulmatda yashirilgan narsalarni ravshan qiladi-da, dil niyatlarni voqif etadi. O’shanda har kim o’z ishiga yarasha Xudodan tahsin oladi.
6Ey birodarlar, men sizlarni o’ylab, bu qoidalarni o’zimga va Apollosga tatbiq etdim, toki sizlar yozilgandan tashqariga chiqmay, bilarmonlik qilmaslikni bizdan o’rganinglar, bir-biringiz oldida kekkaymanglar.
7Kim seni ustun tutyapti? Xudodan olmagan nimang bor ekan? Agar Undan olgan bo’lsang, nima uchun Undan olmagandek maqtanib yuribsan?
8Sizlar endi to’q bo’libsizlar, endi boyib ketibsizlar, bizsiz sultonlik qilyapsizlar! Koshki haqiqatan sulton bo’lsangiz edi, unda biz sizlar bilan birga davr surar edik!
9Men o’ylaymanki, Xudo biz, havoriylarni go’yo namoyishda oxirgilar qatorida yurgizib, o’limga mahkum bo’lganlar kabi maydonga keltirdi. Biz farishtalar hamda insonlar oldida, qolaversa, butun koinot oldida bir tomosha bo’ldik.
10Bizlar Masih uchun go’yo aqlsizmiz, lekin sizlar Masih soyasida aqllisizlar! Biz zaifmiz, sizlar esa kuchli! Sizlar shon-shuhratli, biz esa e’tiborsizmiz!
11Hatto shu vaqtgacha och-yalang’ochmiz, chanqoqlik va kaltaklarga chidaymiz, sargardon bo’lib yuribmiz.
12O’z mehnatimiz bilan kun ko’ryapmiz. Bizni haqorat qilsalar, duo qilamiz; zulm qilsalar, chidaymiz.
13G’iybat qilsalar, yumshoq javob beramiz. Hozirgacha biz hammaning axlati, hatto dunyoning supurindisi bo’lib yuribmiz.
14Men bularni sizlarni hijolatda qoldirmoq uchun emas, balki sevimli bolalarimday nasihat qilmoq uchun yozyapman.
15Masih yo’lida minglab odamlar sizga ustozlik qilsa ham, otalaringiz ko’p emas. Bir o’zim Xushxabarni sizlarga etkazib, Iso Masih nomidan otangiz bo’ldim.
16Shuning uchun sizlardan yalinib so’rayman: (men Masihdan o’rnak olganimdek) mendan o’rnak olinglar!
17Ana shu maqsadda men Rabbimizga sodiq bo’lgan sevimli o’g’lim Timo’tiyni sizning oldingizga yubordim. Har erda va har bir imonlilar jamoatida ta’lim berganim kabi, Masih bilan yurgan yo’llarimni u sizlarga eslatadi.
18Men sizlarning oldingizga tez kelmaganim uchun, orangizdan ba’zi kishilar kiborlanib ketdi.
19Ammo Rabbim xohlasa, men yaqinda oldingizga boraman. Unda takabburlarning so’zini emas, ruhiy quvvatini sinab ko’raman.
20Chunki Xudo saltanati so’zda emas, balki quvvatdadir.
21Nima istaysizlar? Yoningizga hassa bilan boraymi, yoki mehr va muloyimlik ruhi bilan boraymi?

5-bob
1Har holda, sizning orangizda zinogarlik paydo bo’libdi, degan ovozalar chiqdi; buning ustiga Shunday zinogarlikki, hatto majusiylar orasida bunday hodisa yuz bermagan, ya’ni sizlardan bir kishi otasining xotinini olibdi!
2Va sizlar bu bilan faxrlanyapsizlar! Aksincha, motam tutib, bunday ish qilgan odamni orangizdan chiqarib tashlashingiz kerak edi-ku!
3Men esa jisman g’oyib bo’lsam ham, ruhan har dam sizlar bilan birgaman. Men go’yo yoningizda bo’lgandek, bu ishni qilgan odam haqida allaqachon Rabbimiz Iso Masih nomi bilan hukm yuritdim:
4Sizlar mening ruhim hamda Rabbimiz Iso Masihning qudrati bilan bir joyda to’planganingizda,
5bu odamni tana tinkasini quritish uchun shaytonga topshirish kerak, toki Rabbimiz Iso Masih kelgan kunda uning ruhi xalos bo’lsin.
6Sizlarning maqtanishingiz yaxshi emas. Nahotki, ozgina xamirturush butun xamirni achitishini bilmasangizlar?
7Sizlar aslida xamirturushsiz bo’lishingiz kerak. Shunday qilib, eski xamirturushni supurib tashlang, yangi xamir bo’linglar! Masihning O’zi bizning Fisih qurbonligimiz bo’lib, jonini fido qilgan.
8Shuning uchun biz eski yomonlik va buzuqlik xamirturushi bilan emas, balki soflik va samimiylik bo’lgan xamirturushsiz non bilan bayram qilaylik.
9Maktubimda sizlarga zinokorlar bilan aloqa qilmaslikni yozgan edim.
10Shubhasizki, umuman bu dunyoning zinokorlari yoki tamagirlari, g’oratgarlari, butparastlari haqida demoqchi emasdim, aks holda sizlar bu dunyodan ayrilishga majbur bo’lar edingizlar!
11Men sizlarga o’zini birodaringiz deb, zinokor, tamagir, butparast, haqorat qiluvchi, mayxo’r yoki talonchi bo’lgan kishi bilan aloqa qilmaslikni, hatto bunday odam bilan birga ovqat emaslik yozgan edim.
12-13Qolaversa, imonlilar jamoatidan tashqaridagilarni hukm etishga mening nima haqim bor? Ularni Xudo hukm qiladi. Sizlar jamoatdagilarni hukm qilsangiz bas. Tavrotda yozilganidek: «Fosiq odamni o’z orangizdan chiqarib tashlanglar».

6-bob
1Sizlardan biringizning boshqa birovga da’vosi bo’lsa, qanday qilib azizlar huzurida emas, insofsizlar huzurida sud bo’lishga jasorat etasizlar?
2Azizlar dunyoni hukm etishlarini nahot sizlar bilmasangiz? Modomiki sizlar dunyoni hukm qilar ekansiz, nahotki deyarli ahamiyatsiz ishlarni ham muhokama qilishga layoqatli bo’lmasangiz?
3Biz farishtalarni hukm etishimizni bilmaysizlarmi? Shunday ekan, tirikchilik ishlari qaerda qoldi?
4Sizlar esa tirikchilik masalalari haqida da’volashib, imonlilar jamoatidagi obro’-e’tiborsiz kishilarni o’z hakamlaringiz qilib qo’yasizlar.
5Sizlar uyaling, deb shularni aytyapman. Nahotki orangizda o’z birodarlari orasida hakam bo’ladigan bironta ham dono odam yo’q?
6Holbuki, birodar birodar bilan da’volashmoqda-yu, bu ham imonsizlar oldida!
7Har holda bir-biringiz bilan da’volashishning o’zi ham sizlar uchun tamoman mag’lubiyatdir. Haqsizlikka chidab turganingiz sizlar uchun yaxshiroq bo’lmasmidi? Haq-huquqingiz toptalgani sizlar uchun yaxshiroq bo’lmasmidi?
8Lekin sizlar, aksincha, o’z birodaringizga nohaqlik qilib, uni haq-huquqdan mahrum qilyapsizlar.
9Nahotki bilmasangizlar? Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand bo’lmaydilar. Adashmanglar, na zinokorlar, na butparastlar, na fohishabozlar, na bachchabozlar, na bachchalar,
10na o’g’rilar, na tamagirlar, na ichkilikbozlar, na haqorat qiluvchilar, na talonchilar Xudoning Shohligidan bahramand bo’lmaydilar.
11Sizlar ba’zilaringiz Shunday edingizlar. Va lekin sizlar yuvindingiz, va lekin muqaddas bo’ldingiz, va lekin Rabbimiz Iso Masihning nomi va Xudoyimizning Ruhi bilan oqlandingiz.
12Hamma narsa menga joiz ekan, lekin hamma narsa ham foydali emas. Hamma narsa menga joiz ekan, lekin hech bir narsa menga hokim bo’lmasligi kerak.
13Ovqat qorin uchun, qorin ham ovqat uchun ekan, lekin Xudo uni ham, buni ham yo’q qiladi. Badan esa zino uchun emas, balki Rabbimiz uchundir, Rabbimiz esa badan uchundir.
14O’z qudrati bilan Rabbimiz Isoni tiriltirgan Xudo bizni ham tiriltiradi.
15Bilmaysizlarmi? A’zoyi badaningiz Masihning a’zolaridir. Shunday bo’lgach, Masihning a’zolarini olib, fohishaning a’zolari qilib qo’yarmikinman? – Aslo!
16Fohisha bilan qovushgan u bilan bir badan bo’lishini bilmaysizlarmi? Mana Tavrotda: «Ikkovi bir badan bo’ladi», – deb yozilgan.
17Rabbimiz bilan qovushgan esa U bilan bir ruh bo’ladi.
18Zinodan qochinglar! Inson qiladigan har qanday gunoh badandan tashqarida bo’ladi. Zino qiluvchi esa o’z shaxsiy badaniga qarshi gunoh qiladi.
19Nahot bilmasangiz? Sizning badaningiz o’zingizda yashayotgan Muqaddas Ruhning ma’badidir. Uni sizga Xudo bergan, sizlar o’zlaringizga tegishli emassizlar.
20Qimmat baho bilan sotib olindingizlar. Shuning uchun badaningiz (va ruhingiz) bilan Xudoni ulug’langlar. (Chunki sizlar Xudoga tegishlisiz).

7-bob
1Endi sizlar menga yozgan narsalarga kelaylik: xotinga tegmaslik odam uchun yaxshidir.
2Lekin zinoga yo’l qo’ymaslik uchun, har bir kishining o’z xotini bo’lsin va har xotinning o’z eri bo’lsin.
3Er o’z xotiniga nisbatan va xotin o’z eriga nisbatan er-xotinlik vazifasini bajo keltirsin.
4Xotinning badani ustidan xotin emas, balki eri hokimlik qiladi. Xuddi Shunday, erning badani ustidan er emas, balki xotini hokimlik qiladi.
5Bir-biringizdan bosh tortmanglar. Faqat o’zaro kelishgandan so’ng, (ro’za tutish va) ibodat qilish uchun vaqtincha judo bo’linglar. Keyin yana qovishinglar, toki o’zingizni tiya olmaganingizdan foydalanib, shayton sizlarni vasvasaga solmasin.
6Men buni buyruq tariqasida emas, ijozat tariqasidan aytyapman.
7Butun insonlar men kabi bo’lishlarini istar edim. Lekin har bir kishining Xudodan olgan o’z qobilyati bor, biriniki bu bo’lsa, boshqaniki udir.
8Uylanmaganlarga va beva xotinlarga aytaman: men kabi qolsalar, ular uchun yaxshidir.
9Lekin o’zini tuta olmasalar, uylansinlar. Chunki shahvoniy ishq bilan yonishdan ko’ra, uylanish yaxshiroqdir.
10Uylanganlarga men emas, balki Rabbimiz buyuradi: xotin eridan ajralmasin.
11Agar ajralsa, ersiz qolsin yoki o’z eri bilan yarashsin. Er ham o’z xotinini qo’yib yubormasin.
12Boshqalarga esa Rabbimiz emas, balki men aytyapman: agar bir imonli erning xotini imonsiz bo’lsa-yu, eri bilan yashashga rozi bo’lsa, er xotinini qo’yib yubormasin.
13Shuningdek, biron xotinning eri imonsiz bo’lsa va u xotini bilan yashashga rozi bo’lsa, xotin eridan ajramasin.
14Chunki imonsiz er imonli xotini orqali muqaddas bo’ladi va imonsiz xotin ham imonli eri orqali muqaddas bo’ladi. Aks holda bolalaringiz harom bo’lur edilar, endi esa muqaddasdirlar.
15Agar imonsiz er yoki xotin ayrilmoqchi bo’lsa, ayrilsin. U holda imonli er yoki xotin boshi bog’liq emas. Rabbimiz bizni tinchlikka chorlagan.
16Ey xotin, eringni qutqara olishingni qaerdan bilasan? Yoki ey erkak, xotiningni qutqara olishingni qaerdan bilasan?
17Xullas, har bir kishiga Rabbimiz qanday taqdir ato etgan bo’lsa, Xudo uni qanday holatga da’vat etgan bo’lsa, Shunday turmush kechirsin. Men butun Masih jamoatlariga Shunday buyuraman.
18Birov sunnatli bo’lganda da’vat etildimi? Sunnatini bekitmasin. Birov sunnatsiz bo’lganda da’vat etildimi? Sunnat bo’lmasin.
19Sunnatlilik ham, sunnatsizlik ham hech narsa emas, hamma gap Xudo buyruqlarini ado etishdadir.
20Har kim qanday holatda da’vat etilgan bo’lsa, o’sha holatda qolsin.
21Agar qul bo’lganingda da’vat etilgan bo’lsang, tashvishlanma. Ammo ozod bo’lishga imkon bor bo’lsa, fursatni g’animat bil.
22Rabbimiz kimni qul sifatida da’vat etgan bo’lsa, u Rabbimizning ozod bandasidir. Shuningdek, Masih kimni ozod kishi sifatida da’vat etgan bo’lsa, u Masihning qulidir.
23Sizlar qimmat baho bilan sotib olindingizlar, tag’in insonning quli bo’lmanglar.
24Birodarlar, kim qanday holda da’vat etilgan bo’lsa, Xudo oldida o’sha holda qolsin.
25Ersizlar haqida Rabbimdan amr olganim yo’q. Lekin men Rabbimdan olgan marhamatga binoan, ishonchli kishi sifatida maslahat beraman.
26Hozirgi siqiq vaziyat sababli insonga avvalgi holatidek qolish yaxshidir, deb o’ylayman.
27Xotiningga nikohlanganmisan? Qo’yib yuborishni izlama. Buydoq qoldingmi? Xotin izlama.
28Lekin uylansang ham, gunohkor bo’lmaysan. Shuningdek, qiz erga tegsa, gunohkor bo’lmaydi. Faqat bunday odamlarning boshi qayg’uda bo’ladi va men bundan sizlarni asramoqchiman.
29Ey birodarlar, men sizlarga yana shuni aytmoqchimanki, vaqt endi qisqa. Bundan keyin xotinli erkaklar xotini yo’qday bo’lsinlar.
30Yig’layotganlar yig’lamaganday, sevinayotganlar sevinmaganday, sotib olayotganlar xarid qilmaganday,
31bu dunyodan istifoda qilayotganlar esa istifoda qilmaganday yashasinlar. Mana, bu dunyoning qiyofasi so’lib boryapti-ku!
32Men sizlarning tashvishsiz bo’lishingizni istayman. Uylanmagan odam Rabbimni qanday rozi qilaman, deb Uning ishlari haqida qayg’uradi.
33Uylangan odam esa xotinimni qanday rozi qilaman, deb dunyoviy ishlar haqida qayg’uradi. Erli xotin bilan ersiz qiz orasida ham farq bor.
34Erga tegmagan qiz Rabbimni qanday rozi qilaman, deb Uning ishlari haqida qayg’uradi, shu tariqa u jisman va ruhan muqaddas bo’ladi. Lekin erli xotin erimni qanday rozi qilaman, deb dunyoviy ishlar haqida qayg’uradi.
35Men bularni sizlarga band solish uchun aytayotganim yo’q. Aksincha, adab bilan yashab, fikringizni chalg’itmasdan, sidqidildan Rabbingizga berilinglar, deb sizlarning manfaatingizni o’ylab gapirdim.
36Agar biron kishi o’z bokirasining iffatini saqlashni adabsizlik deb hisoblasa va qizning yoshi o’tayotgan bo’lsa, u xohlaganidek qilsin, gunohkor bo’lmaydi. Mayli, bundaylar turmushga chiqsin.
37Lekin kim o’z fikrida og’ishmay qattiq tursa va ehtiyoj yuzasidan qisilmay, o’z irodasiga hokim bo’lib, bokirasining iffatini saqlashga qaror qilgan bo’lsa, u odam yaxshi ish qilgan bo’ladi.
38Binobarin, kim o’z bokirasini erga bersa, yaxshi ish qilgan bo’ladi. Erga bermagan esa yana ham yaxshiroq ish qilgan bo’ladi.
39Xotin hali eri tirikligida qonun bo’yicha boshi bog’liqdir. Agar eri o’lsa, u istagan kishiga turmushga chiqishi mumkin, faqat u kishi Rabbimizga tegishli bo’lsin.
40Ammo xotin tulligicha qolsa, u yana ham baxtli bo’ladi. Bu mening fikrim va o’ylaymanki, menda ham Xudoning Ruhi bor.

8-bob
1Butga qurbon qilingan go’sht masalasiga kelsak, biz hammamiz bilimga egamiz, deyish mumkin. Lekin bilim kishini shishintiradi, sevgi bo’lsa, yashnatadi.
2Agar bir kishi bilimliman deb o’ylasa, u hali zarur bo’lgan bilimga erishmagan.
3Kimki Xudoni sevsa, u Xudo tomonidan tanib-bilingan.
4Endi butga qurbon qilingan go’shtni eyishga kelsak, biz shuni bilamizki, but dunyoda hech narsa emas, birgina Xudodan boshqa xudo yo’q.
5Garchi eru ko’kda xudo deb atalgan mavjudotlar bor bo’lsa-da (haqiqatan ham ko’p «xudolar» va «rablar» bor),
6lekin biz uchun birgina Otamiz Xudo bor. Hamma narsa Undandir, biz U uchun yashaymiz. Shuningdek, birgina Rabbimiz Iso Masih bor. Hamma narsa U orqali vujudga kelgan, biz ham U orqali yashaymiz.
7Lekin bu bilim barcha insonlarda yo’q. Ba’zi imonlilar hozirgacha eski butparastlik odati bo’yicha, bu go’shtni butga bag’ishlangan qurbonlik sifatida eydilar, ular vijdonan sezgir bo’lgani uchun vijdoni bulg’anadi.
8Oziq-ovqatlar umuman bizni Xudoga yaqinlashtira olmaydi. Agar emasak ham, bir narsa yo’qotmaymiz, esak ham, bir narsa orttirmaymiz.
9Faqat ehtiyot bo’lingiz, sizlarning bu erkinligingiz zaiflarning vasvasaga tushushiga sabab bo’lmasin.
10Masalan, vijdoni sezgir bir kishi bilimliman degan sening butxonada eb o’tirganingni ko’rib qolsa, u butga bag’ishlangan qurbonlik go’shtlarini eyishga moyil bo’lmaydimi?
11Ana shu zaif birodaring uchun Masih o’ldi, sen esa uni o’z biliming tufayli halokatga yo’liqtirasan.
12Shunday yo’l tutsangizlar, birodarlaringizga qarshi gunoh qilgan bo’lasizlar. Ularning sezgir vijdoniga azob berib, Masihga qarshi ham gunoh qilgan bo’lasizlar.
13Xullasi kalom, agar eyayotgan ovqatim birodarimning vasvasaga tushishiga sabab bo’ladigan bo’lsa, men uni vasvasaga solmaslik uchun umrbod go’sht emayman.

9-bob
1Men havoriy emasmanmi? Men ozod emasmanmi? Rabbimiz Iso Masihni ko’rmaganmanmi? Rabbim yo’lida qilgan mehnatim mahsuli sizlar emasmi?
2Agar boshqalar uchun havoriy bo’lmasam, unda hech bo’lmasa sizlar uchun havoriydirman. Axir, sizlar Rabbimning ummatisizlar, havoriyligimning muhrisizlar.
3Meni so’roq qiluvchilar oldida o’zimni ana shu bilan oqlayman.
4Nahotki bizning eb-ichishga huquqimiz bo’lmasa?
5Biz ham boshqa havoriylar kabi, Rabbimiz Isoning ukalari va Kifa kabi imonli bir xotinni o’zimiz bilan olib borishga huquqimiz yo’qmi?
6Nahotki faqat men va Barnabo ishlamaslik huquqidan benasib bo’lsak?
7Kim o’z hisobidan askarlik qiladi? Kim tok o’tqazib, uning mevasidan emaydi? Kim poda boqib, podaning sutini ichmaydi?
8Men buni faqat odamiylik yuzasidan gapiryapmanmi? Tavrot ham xuddi shuni aytadi-ku!
9Mana, Musoning Qonunida: «G’alla yanchayotgan ho’kizning og’zini to’sma», – deb yozilgan. Axir, Xudo ho’kizlar haqida qayg’uryaptimi?
10Yoki buni shaxsan biz uchun aytyaptimi? Ha, bular biz uchun yozilgan. Shudgor qiluvchi umid bilan shudgor qilishi kerak, g’alla yanchuvchi ham o’z haqini olish umidi bilan ishlashi kerak.
11Biz orangizda Ruhning urug’ini ekkandan keyin sizlardan moddiy hosilni o’rib olsak, buni ko’p ko’rasizmi?
12Agar boshqalarning sizlardan foydalanish haqi bor ekan, bizning haqimiz yanada ko’proq bo’lishi kerak-ku! Lekin biz bu haqdan foydalanmadik, aksincha, Masih Xushxabariga to’siq bo’lmasin deb, har narsaga chidab yuribmiz.
13Bilmaysizlarmi, ma’badda xizmat qiluvchi ruhoniylar ma’baddan ovqat olib eydilar. Qurbongohda xizmat qiluvchilar keltiriladigan qurbonliklardan ulush oladilar.
14Shuningdek, Injilni targ’ib qiluvchilar bu yumush orqali kun kechirishlarini Rabbimiz Isoning O’zi buyurgan.
15Lekin men bu huquqlarning hech biridan foydalanmadim, menga Shunday qilinsin, deb ham bularni yozayotganim yo’q. Biron kishi meni shu iftixordan mahrum qilganidan ko’ra, men uchun o’lish yaxshidir.
16Agar men Injilni targ’ib etayotgan bo’lsam, bu bilan faxrlanishga haqim yo’q, chunki bu mening zimmamdagi vazifamdir. Ammo Injilni targ’ib etmasam, mening holimga voy!
17Bu ishni ixtiyoriy ravishda qilsam, mukofot olaman. Lekin buni g’ayriixtiyoriy ravishda qilayotgan bo’lsam, demak, men faqat zimmamdagi vazifani ado etyapman.
18U holda menga qanday mukofot bor? Mukofotim shundaki, men Masih Xushxabarini badalsiz targ’ib qilishni faxrli deb bilaman, voizlik haqimdan voz kechaman.
19Men hammasidan ozod bo’lsam ham, yanada ko’proq odamni ergashtiray deb, o’zimni hammasiga qul etdim.
20Yahudiylarni ergashtiray deb, yahudiylarga yahudiy kabi bo’ldim. O’zim Tavrot Qonuniga qaram bo’lmasam-da, qaram bo’lganlarni ergashtiray deb, ular uchun qonunga qaramday bo’ldim.
21Men Xudo oldida qonunsiz ham emasman; aksincha, Masihning qonuniga bo’ysinaman. Ammo Ilohiy qonunni bilmaganlarni ergashtiray deb, ular uchun qonundan bexabarday bo’ldim.
22Zaiflarni ergashtiray deb, ular uchun zaif bo’ldim. Hech bo’lmasa ba’zilarni qutqaray deb, hammaga hamma narsa bo’ldim.
23Bularning hammasini Injil uchun qilyapman, toki uning qut-barakasida mening ham hissam bo’lsin.
24Nahot bilmasangizlar, musobaqa maydonida hammasi chopadi-yu, ammo faqat bir kishi mukofot oladi. Sizlar ham Shunday chopingki, mukofot olinglar!
25Musobaqada jonbozlik qiladigan har bir odam har narsadan nafsini tiyadi. Ular foniy bir toj olish uchun, biz esa boqiy toj olish uchun jonbozlik qilamiz.
26Menga qolsa, Shunday chopyapmanki, chopishim maqsadsiz bo’lmaydi. Shunday urinyapmanki, zarbam havoga urilganday bo’lmasin.
27Badanimni turtkilab, o’zimga qul qilib olaman, toki boshqalarga nasihat qilib turib, o’zim yaramas bo’lib qolmayin.

10-bob
1Birodarlar, sizlar shundan xabarsiz qolishingizni istamayman: ota-bobolarimizning hammasi nurli bulut ostida kezdilar va hammasi Qizil dengizdan o’tdilar.
2Ularning hammasi Shunday bulut ostida kezib va dengizdan o’tib, Muso payg’ambar nomidan suvga cho’mib imon keltirganday bo’ldilar.
3Hammasi baravar ruhiy oziqni edilar.
4Hammasi baravar ruhiy ichimlikni ichdilar; ular orqalaridan kelayotgan ruhiy qoyatoshdan suv ichdilar. U qoyatosh esa Masih edi.
5Lekin Xudo ularning ko’plaridan rozi bo’lmadi, ular sahroda halok bo’lishdi.
6Ularning boshiga tushgan bu ko’rgiliklar biz ularday yomon nafsga berilmasligimiz uchun bizga namuna bo’ldi.
7Ularning ba’zilariga o’xshab, butparast bo’lmanglar. Ular haqida Tavrotda Shunday yozilgan: «Xalq eyish va ichish uchun o’tirdi, o’ynashmoqqa turdi».
8Zinokorlik ham qilmaylik, chunki ulardan ba’zilari zinokorlik qildilar va bir kunda ulardan yigirma uch ming kishi nobud bo’ldi.
9Masihni ham sinov qilmaylik, chunki ulardan ba’zilari Xudoni sinadilar va ilonlardan halok bo’ldilar.
10Shikoyatbozlik ham qilmanglar, chunki ulardan ba’zilari shikoyat qildilar va Qiruvchi ularni urib nobud qildi.
11Ular boshdan kechirgan bu hodisalarning hammasi biz ibrat olishimiz uchun sodir bo’ldi, zamonaning oxiriga etishgan bizlar uchun nasihat tariqasida yozilgan.
12Shuning uchun, o’zining mustahkamligiga ishongan kishi yiqilmaslik uchun ehtiyot bo’lsin.
13Boshingizga oddiy insoniy vasvasadan boshqa vasvasa kelmagan. Xudo esa sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yo’l qo’ymaydi, lekin vasvasa bilan birga toqat qilishingiz uchun ilojini ham beradi.
14Binobarin, ey sevikli birodarlarim, butparastlikdan qochinglar!
15Men sizlarga aqli borlar deb xitob qilyapman, gapimni o’zlaringiz muhokama qilinglar.
16Biz qutlug’ kosani qutlar ekanmiz, Masihning qoniga aloqador bo’lmaymizmi? Nonni sindirar ekanmiz, Masihning badaniga aloqador bo’lmaymizmi?
17Non qanday bitta bo’lsa, biz ham xuddi Shunday ko’plashib bitta badanni tashkil etamiz. Axir, burda-burda bo’lsa-da, hammamiz bitta nonni bo’lishamiz.
18Hozirgi dunyoviy Isroilga qaranglar: Xudo sha’niga keltiriladigan qurbonlik etlarini eguvchilar qurbongohda ishtirok etmaydilarmi?
19Men nima demoqchiman o’zi? But biron narsa hisoblanadimi? Yoki butga bag’ishlangan qurbonlik biror ahamiyat kasb etadimi?
20Yo’q, ammo majusiylar qurbonlik bag’ishlaganda Xudoga emas, jinlarga bag’ishlaydilar. Sizlar esa jinlar bilan aloqa qilishingizni istamayman.
21Sizlar ham Rabbimiz kosasidan, ham jinlar kosasidan icha olmaysizlar; ham Rabbimiz dasturxonida, ham jinlar dasturxonida ishtirok qila olmaysizlar.
22Nahotki biz Rabbimizning rashkini qo’zg’amoqchi bo’lsak? Nahotki biz Undan kuchli bo’lsak?
23Hamma narsa menga joiz ekan, lekin hamma narsa foydali emas. Hamma narsa joiz ekan, lekin hamma narsa ibratli emas.
24Har kim o’zining emas, o’zganing manfaatini ko’zlasin.
25Vijdoningiz tinch bo’lishi uchun, bozorda sotiladigan hamma narsani tekshirmasdan eyaveringlar.
26Chunki «Xudovandnikidir er yuzi va undagi borliq jon».
27Agar imonsizlardan biri sizlarni chaqirsa va borishga mayl qilsangiz, vijdoningiz tinch bo’lishi uchun, oldingizga qo’yilgan har bir narsani tekshirmasdan eyaveringlar.
28Mabodo u kishi sizlarga: «Bu butga bag’ishlangan qurbon go’shti», – deb aytsa, aytganning xotiri uchun va vijdon uchun emanglar. (Zotan er va undagi borliq jon Xudovandnikidir).
29Men vijdon deb o’zimning emas, boshqa kishining vijdonini ko’zda tutyapman. Nima uchun boshqa kishining vijdoni tufayli mening erkinligimga dog’ tushar ekan?
30Agar men Xudoga shukrona aytib ovqatda ishtirok etsam, nega minnatdorchiligim uchun aybdor bo’lar ekanman?
31Shunday qilib, eysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangizlar, hamma narsani Xudoni ulug’lash uchun qilinglar.
32Na yahudiylarni, na yunonlarni, na Xudoning jamoatini qoqintiradigan biron narsa qilmanglar.
33Men ham o’z manfaatimni emas, ko’plarning manfaatini ko’zlayman, ular najot topsin deb, turli yo’l bilan hammaning ko’nglini topmoqchiman.

11-bob
1Men Masihga qanday ergashsam, sizlar ham menga Shunday ergashinglar.
2Ey birodarlar, sizlarni maqtasam arziydi, chunki sizlar meni har doim xotirlaysizlar, topshirgan rivoyatlarimga qattiq amal qilasizlar.
3Yana shuni bilishingizni xohlaymanki, har bir erkakning boshlig’i Masih, xotinning boshlig’i erkak, Masihning boshlig’i esa Xudodir.
4Boshini yopib ibodat qilgan yoki bashorat qilgan har bir erkak o’z boshini sharmanda qiladi.
5Yana boshini yopmay ibodat qilgan yoki bashorat qilgan har bir xotin o’z boshini sharmanda qiladi. Bunday xotin sochlarini qirgan xotin bilan tengdir.
6Agar xotin boshini yopishni istamasa, unda sochlarini ham qirqsin. Lekin agar xotinga sochlarini qirqish yoki qirish uyat bo’lsa, boshini yopsin.
7Erkak Xudoning surati va izzati qilib yaratilgani uchun, boshini yopmog’i shart emas. Xotin bo’lsa – erkakning izzatidir.
8Chunki erkak xotindan emas, balki xotin erkakdan bunyod bo’lgan.
9Yana erkak xotin uchun emas, balki xotin erkak uchun yaratilgan.
10Shuning uchun hamda farishtalar sababli, xotinning boshi ustida hokimlik alomati bo’lishi kerak.
11Har holda, Rabbimiz nazarida xotin erkakdan mustaqil emas va erkak ham xotindan mustaqil emas.
12Xotin erkakdan yaratilgani to’g’ri, lekin erkak xotindan dunyoga kelishi ham to’g’ri. Zotan hamma narsa Xudodandir.
13O’zlaringiz o’ylab ko’ringlar: xotin boshini yopmay Xudoga ibodat qilishi adab yuzasidanmi?
14Erkak sochlarini o’stirsa, bu unga sharaf bo’lmasligini tabiatning o’zi ham sizga o’rgatadi-ku!
15Lekin xotin sochlarini o’stirsa, bu u uchun sharafdir; chunki soch unga yopqich o’rnida berilgan.
16Agar biror kishi bu haqda bahslashmoqchi bo’lsa, bilsinki, bizda ham, Xudoning biron jamoatida ham bunday odat yo’q.
17Endi bularni taqdim etib, sizlarni maqtamayman. Mana, sizlarning yig’ilishlaringiz foydali emas, zararli bo’lib qolibdi-ku!
18Avvalo, imonlilar jamoati yig’ilganda orangizda nizolar bo’lganini eshityapman va bunga qisman bo’lsa ham ishonaman.
19Orangizda noto’g’ri fikrlar yoyilmasa bo’lmaydi, ana shundagina to’g’ri fikr qiluvchilar bilinib qoladi.
20Sizlar bir joyda ovqatlanishga yig’ilganingizda, Rabbimizning kechligini qutlayotganga o’xshamaysizlar.
21Har kim boshqalarni kutmay, o’z ovqatini eb yuboradi. Shu tufayli biri och qoladi, boshqasi esa mast bo’ladi.
22Nahotki eyish va ichish uchun uylaringiz bo’lmasa? Yoki Xudoning jamoatini pisand qilmay, yo’qsillarni hijolatda qoldirmoqchimisizlar? Sizlarga yana nima aytayin? Sizlarni maqtaymi? Yo’q, bu xususda sizlarni maqtamayman.
23Men sizlarga topshirgan yo’l-yo’riqni Rabbimning O’zidan olganman: Rabbimiz Iso xoinona tutib berilgan kechada nonni oldi,
24shukrona aytib sindirdi va dedi: «Olib englar, bu sizlar uchun sindirilgan Mening tanamdir. Buni Meni eslab turish uchun qilib turinglar».
25Shuningdek, kechki ovqatdan keyin kosani olib dedi: «Bu kosa Mening qonim bilan tasdiqlangan Yangi Ahddir. Undan har daf’a ichganingizda, buni Meni eslab turish uchun qilinglar».
26Shunday qilib, sizlar bu nonni har daf’a eganingizda, bu kosadan ichganingizda, Rabbimiz kelguniga qadar Uning o’limini e’lon etgan bo’lasizlar.
27Kimda-kim noloyiq tarzda bu nonni esa yoki Rabbimiz kosasidan ichsa, Rabbimizning tanasi va qoniga qarshi gunoh qilgan bo’ladi.
28Shuning uchun inson o’z-o’zini imtihon qilsin, shundan so’ng nondan esin va kosadan ichsin.
29Kimki noloyiq tarzda eb-ichsa, eb-ichib o’zini o’zi mahkum qiladi, chunki u Rabbimizning tanasini pisand qilmagan.
30Ana shu sababdan sizlarning ko’pingiz zaif va xastasizlar, hatto o’lganlar ham oz emas.
31Agar o’z-o’zimizni hukm etganimizda edi, mahkum bo’lmas edik.
32Dunyo bilan birga mahkum bo’lmasligimiz uchun, Rabbimiz hozirdan bizni hukm qilib, adabimizni beryapti.
33Shunday qilib, birodarlarim, kechlikka yig’ilganlaringizda, bir-biringizni kutib turinglar.
34Agar biror kishi och bo’lsa, o’z uyida esin; tag’in yig’ilishlaringiz mahkum bo’lishingizga sabab bo’lmasin. Qolgan masalalarni oldingizga kelganimdan keyin to’g’rilarman.

12-bob
1Ey birodarlar, Muqaddas Ruhning in’omlari haqida bexabar qolishingizni istamayman.
2Esingizdami, sizlar butparast bo’lgan vaqtingizda gung butlarga sajda qilar va juda mahliyo bo’lar edingizlar.
3Shuning uchun sizlarga shuni bildiryapmanki, Xudoning Ruhidan ilhom olayotgan hech kim Isoga la’nat aytmaydi, Shuningdek, hech kim Muqaddas Ruh ilhomisiz Isoni Rabbim deb ayta olmaydi.
4Ruhiy in’omlar har xildir, Ruh esa bittadir.
5Xizmatlar har xildir, Rabbimiz esa bittadir.
6Ruhiy ta’sirlar har xildir, lekin hammada har qanday ta’sirni vujudga keltirgan yagona Xudodir.
7Muqaddas Ruh umumiy manfaat uchun har kimda alohida faoliyat ko’rsatadi.
8Birov Ruh ilhomi bilan hikmatli kalomni aytadi, boshqasiga o’sha Ruh bilimli gapirishni ato etadi.
9O’sha Ruh birovga imon kuchi, boshqasiga esa shifokorlik in’omlarini baxsh etadi.
10Birovga mo’’jizakorlik kuchlari, boshqasiga bashoratgo’ylik, yana boshqasiga ruhlarning farqiga borish qobiliyati nasib etadi. Biriga turli tillarda gapirish, boshqasiga bu tillarni ta’bir qilish ilhomi keladi.
11Bularning hammasi esa o’sha bitta Ruh ta’sirida sodir bo’ladi, Ruh O’zi xohlagani bo’yicha, bu qobiliyatlarni har kimga alohida taqsimlaydi.
12Bir badanda ko’p uzv bor. Badanning uzvlar ko’p bo’lsa-da, ular bir badanni tashkil etadi. Masih jamoati ham Shundaydir.
13Biz kim bo’lishimizdan qat’iy nazar – yahudiymi, yunonmi, qulmi, erkinmi – hammamiz bir badan bo’lish uchun o’sha bitta Ruhga cho’mganmiz va hammamiz o’sha bitta Ruhdan ichganmiz.
14Badan bir emas, ko’p uzvdan iborat.
15Agar oyoq: «Men qo’l bo’lmaganim uchun badanga tegishli emasman», – desa-da, badanga tegishli bo’lmay qoladimi?
16Agar quloq: «Men ko’z bo’lmaganim uchun badanga tegishli emasman», – desa-da, badanga tegishli bo’lmay qoladimi?
17Agar butun badan ko’z bo’lsa edi, eshitish qaerda qolar edi? Agar butun badan quloq bo’lsa edi, hid bilish qaerda qolar edi?
18Shunday qilib, Xudo uzvlarning har birini badanda istaganicha qo’ydi.
19Agar hammasi birgina uzv bo’lsa edi, badan qaerda qolar edi?
20Xullasi kalom, uzvlar ko’p, badan esa birdir.
21Ko’z qo’lga: «Sen menga kerak emassan», – yoki bosh oyoqlarga: «Sizlar menga kerak emassizlar», – deb aytolmaydi.
22Aksincha, badanning zaifroq ko’ringan uzvlari juda kerakli.
23Badanimizning e’tiborsizroq ko’ringan uzvlariga ayniqsa e’tibor beramiz. Ko’rimsiz uzvlarimizga esa yana ko’proq zeb beramiz.
24Lekin xushbichim uzvlarimizning bunga ehtiyoji yo’q. Xudo esa badanni muvofiqlashtirib yaratdi, etishmagan uzvga alohida e’tibor berdi.
25Shu tariqa badanda bo’linish bo’lmaydi, lekin butun uzvlar bir-biriga bir xil g’amho’rlik qiladilar.
26Agar bir uzv azob cheksa, butun uzvlar u bilan birga azob chekadi. Agar bir uzv yuksalsa, butun uzvlar u bilan birga sevinadilar.
27Sizlar esa Masihning badanisizlar, Uning ayrim-ayrim uzvlarisizlar.
28Shu tariqa, Xudo imonlilar jamoatiga birinchidan havoriylarni, ikkinchidan payg’ambarlarni, uchinchidan muallimlarni tayinlab berdi. Keyin ba’zilarga mo’’jiza ko’rsatish qobiliyati, shifokorlik kuchlari, yordam berish, boshqarish, turli tillarda gapirish qobiliyatlarini berdi.
29Hammasi havoriymikin? Hammasi payg’ambarmikin? Hammasi muallimmikin? Hammasi mo’’jiza ko’rsatarmikin?
30Hammasida shifokorlik kuchlari bormikin? Hammasi no’malum tillarda gapirarmikin? Hammasi bu tillarni ta’bir qilarmikin?
31Sizlar yaxshisi, a’loroq in’omlarga qiziqinglar. Endi men sizlarga eng oliy yo’lni ko’rsataman.

13-bob
1Agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsam-u, lekin sevgim bo’lmasa, jaranglaydigan mis cholg’u, yangraydigan zang bo’lib qolaman.
2Agar bashoratgo’y bo’lsam, agar butun sirlardan voqif bo’lib, har qanday ilmni bilsam, agar tog’larni ko’chiradigan imonga ega bo’lsam-u, lekin sevgim bo’lmasa, men hech narsa emasman.
3Agar butun er-mulkimni taqsimlab bersam, hatto badanimni yondirishga topshirsam-u, lekin sevgim bo’lmasa, menga hech foydasi yo’q.
4Sevgi sabrli va ko’ngilchandir. Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas.
5Sevgi beboshlik qilmas, xudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas.
6Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo’lur.
7Sevgi har narsani ko’tarar, har yo’lda ishonch hosil qilar, har sharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar.
8Sevgi aslo ado bo’lmas. Payg’ambarlar bashorati bo’lsa, tamom bo’lg’usi. Tillar bo’lsa, jim bo’lg’usi. Bilim bo’lsa, bartaraf bo’lg’usi.
9Bizning bilimimiz hali to’liqsiz, bashorat qilishimiz to’liqsizdir.
10Kamolot kelganda esa, to’liqsiz narsa bartaraf bo’lajak.
11Men bola bo’lganimda, bola kabi gapirar, bola kabi fikr qilar, bola kabi muhokama qilar edim. Voyaga etgach, bolalikni qoldirdim.
12Shu singari, biz hozir go’yo xira oynaga qaragandek ko’ryapmiz, lekin u vaqtda yuzma-yuz ko’rajakmiz. Hozir men qisman bilyapman, lekin u vaqtda o’zim bilinganim kabi bilajakman.
13Endilikda bu uch narsa qoladi: ishonch, umid, sevgi. Sevgi esa eng a’losidir.

14-bob
1Sevgining payida bo’linglar, Shuningdek, Ruhning in’omlarini olish, ayniqsa bashorat qilish uchun g’ayrat qilinglar.
2Kim noma’lum tilda gapirsa, insonlarga emas, Xudoga gapiradi; chunki uni hech kim tushunmaydi. U Xudo Ruhidan ilhomlanib, sirlarni gapiradi.
3Bashorat qiluvchi bo’lsa, odamlarga o’git-nasihat berib, tinglovchilarni ruhan ozuqalantiradi.
4Noma’lum tilda gapiruvchi o’zini-o’zi yashnatadi, bashorat qiluvchi esa imonlilar jamoatini yashnatadi.
5Endi siz hammangiz noma’lum tillarda gapirishingizni istaymanu, lekin bashorat qilishingizni yanada ko’proq istayman. Noma’lum tillar imonlilar jamoatining manfaati uchun ta’bir etilmasa, bashorat qiluvchi noma’lum tilda gapiruvchidan afzalroqdir.
6Xo’sh, birodarlar, men sizlarning oldingizga kelib, no’malum tillarda gapira boshlasamu, biroq aytganlarimning ma’nosini vahiy, bilimli kalom, bashorat yoki ta’limot bilan talqin qilmasam, sizlarga qanday foyda keltiraman?
7Hatto jonsiz cholg’u asboblari ham, masalan nay yoki chang, farqli ovozlar chiqarmasa, nay bilanmi yoki chang bilanmi chalayotganini kishi qanday biladi?
8Agar karnay noaniq ovoz chiqarsa, jang uchun kim tayyorlana boshlaydi?
9Shunga o’xshab, agar sizlarning gapingiz mujmal bo’lsa, sizni tinglovchilar nima gapirganingizni qanday bilib oladilar? Sizlar havoga gapirganday bo’lasizlar.
10Dunyodagi tillar ko’p va xilma-xildir, ulardan birortasi ham ma’nosiz emas.
11Biroq agar men biror tilning ma’nosiga tushunmasam, men u tilni gapirayotgan uchun ajnabiydek tuyulaman, gapirayotgan ham men uchun ajnabiydir.
12Modomiki sizlar Ruhning in’omlariga qiziqar ekansizlar, imonlilar jamoatini yanada yashnatadigan in’omlarga intilinglar.
13Shuning uchun noma’lum tilda gapiruvchi kishi ta’bir qilish in’omini olish uchun ham ibodat qilsin.
14Agar men noma’lum tilda ibodat qilsam, ruhim ibodat qiladi, ongim esa samarasiz qoladi.
15Xo’p, bundan qanday xulosa chiqaraman? Ruh bilan ibodat qilsam, ong bilan ham ibodat qilishim kerak. Ruh bilan qo’shiq aytsam, ong bilan ham qo’shiq aytishim kerak.
16Aks holda, agar sen ruhiy tilda hamd-sanolar aytsang, u erda turgan avom xalq sening shukrona duongga qanday qilib «omin» deydi? U sening nima aytayotganingni tushunmaydi-ku!
17Sen yaxshi shukur aytsang ham, o’zga kishi ibrat ololmaydi.
18Xudoyimga shukurki, men hammangizdan ko’proq noma’lum tillarda gapiraman.
19Imonlilar jamoatida esa noma’lum tilda son-sanoqsiz so’zlar gapirgandan ko’ra, boshqalarga nasihat qilish uchun oqilona besh so’z aytishni afzal bilaman.
20Birodarlar, o’y-fikrda bolalardek bo’lmanglar. Aksincha, yomonlikka nisbatan chaqaloq bo’lib, fikrlashda esa barkamol bo’linglar.
21Tavrotda Shunday yozilgan: «Men o’zga tillarda, yot og’izlar-la shu xalqqa so’zlayveraman, ammo u vaqt ham Meni tinglamaslar, – deydi Xudovand».
22Demak, noma’lum tillar imonlilar uchun emas, balki imonsizlar uchun alomatdir. Payg’ambar bashorati esa imonsizlar uchun emas, imonlilar uchun alomatdir.
23Agar butun imonlilar jamoati bir erda to’planib, hamma noma’lum tillarda gapira boshlasa va avom xalqdan yoki imonsizlardan kimdir u erga kirsa, «Sizlar tentaklik qilyapsizlar», – deb aytmaydimi?
24Lekin agar hamma bashorat qilayotgan bo’lsa-yu, imonsiz yoki avom xalqdan bo’lgan bir kishi kirsa, u hamma tomonidan fosh bo’ladi, hamma ham uni muhokama qiladi.
25Shu tariqa uning dil sirlari oshkor bo’ladi. U muk tushib: «Chindan Xudo sizlar bilan ekan», – deb Xudoga sajda qiladi.
26Endi birodarlar, bundan nima xulosa chiqaramiz? Bir erda to’planganingizda sizlardan har biringizda biror sano bor, biror ta’lim bor, biror til bor, biror vahiy bor, biror ta’bir bor. Bularning hammasi imonlilar jamoati yashnab-gullashi uchun qilinsin.
27Agar kim noma’lum tilda gapirmoqchi bo’lsa, ikki yoki eng ko’pi bilan uch odam navbat bilan gapirsin va bir kishi esa ta’bir qilsin.
28Agarda ta’bir qiluvchi bo’lmasa, noma’lum tilda gapiruvchi kishi imonlilar jamoatida jim tursin, o’ziga va Xudoga gapirsin.
29Shuningdek, ikki yoki uch payg’ambar gapirsin, qolganlar esa aytilganlarni muhokama qilsinlar.
30Agar shu vaqt o’tirganlardan biriga vahiy kelsa, birinchi gapirgan jim bo’lsin.
31Har biringiz birin-ketin bashorat qila olasizlar, toki hamma ta’lim olib, barcha dadillansin.
32Payg’ambarlarning ruhlari payg’ambarlarga bo’ysunadi.
33Chunki Xudo tartibsizlik Xudosi emas, tinchlik Xudosidir. Xudoning barcha aziz jamoatlarida bo’lgani kabi,
34sizning jamoatlaringizda ham xotinlar sukut saqlasin. Ayollarga so’zga chiqish uchun ruxsat berilmagan, lekin Tavrotda ham aytilishicha, itoat etsinlar.
35Agar biror narsa o’rganishni istasalar, uyda o’z erlaridan bu haqda so’rasinlar. Imonlilar jamoatida xotinga so’zga chiqish adabsizlikdir.
36Nahotki Xudoning Kalomi sizdan chiqqan bo’lsa? Nahotki u yolg’iz sizlarga etib borgan bo’lsa?
37Agar biror kishi o’zini payg’ambar yoki Ruh amrida deb hisoblasa, u shuni anglasinki, sizlarga yozganlarim Rabbimiz amridir.
38Lekin kim buni anglamas ekan, anglamay qo’yaqolsin.
39Xullas, ey birodarlar, bashorat qilishga g’ayrat bilan intilinglar, noma’lum tillarda gapirishga esa to’sqinlik qilmanglar.
40Faqat har narsa adab va tartib bilan sodir bo’lsin.

15-bob
1Birodarlar, men sizlarga eslatmoqchiman: o’zim Injil Xushxabarini sizlarga etkazgan edim, sizlar esa uni tan olib, unga qattiq umid bog’ladingizlar.
2Agar mening kalomimga qattiq rioya qilsangizlar, bu kalom orqali najot topasizlar. Aks holda e’tiqodingizning asosi yo’q.
3Men Xudodan qabul qilganimni dastlab sizlarga topshirgan edim, ya’ni Muqaddas Bitiklarga muvofiq Masih gunohlarimiz uchun o’ldi,
4yana Muqaddas Bitiklarga muvofiq U ko’mildi va uchinchi kuni tirildi.
5Avval U Kifaga, so’ngra o’n ikki shogirdiga ko’rindi.
6Undan keyin bir vaqtning o’zida besh yuzdan ko’proq birodarga ko’rindi. Ulardan aksariyati hozirga qadar tirik, ba’zilari esa dunyodan ko’z yumib ketganlar.
7Undan so’ng Masih Yoqubga va qolgan butun havoriylarga ko’rindi.
8Hammadan keyin esa chala tug’ilgan bolaga o’xshaydigan menga ham ko’rindi.
9Men havoriylarning eng arzimaydiganiman, havoriy deb atalishga ham loyiq emasman. Chunki men Xudoning jamoatini ta’qib etar edim.
10Endi esa nimaiki bo’lgan bo’lsam, Xudoning inoyati bilan bo’ldim; Uning menga ko’rsatgan inoyati puchga chiqmadi, zero men havoriylarning hammasidan ko’proq mehnat qildim. Aslida mehnat qilgan o’zim emas, balki menga yor bo’lgan Xudo inoyatidir.
11Qanday bo’lmasin, xoh men voizlik qilsam, xoh ular – va’zimiz bir xil va sizlarning imoningiz ham bir xildir.
12Demak, Masih o’liklar ichidan tirildi, deb olamga ochiq e’lon qilinmoqda. U holda qanday qilib ba’zilaringiz: o’liklar tirilmaydi, deb aytyapsizlar?
13Agar o’liklar tirilmas ekan, unda Masih ham tirilmagan demakdir.
14Agar Masih tirilmagan bo’lsa, u holda bizning xabarimiz ham, sizning imoningiz ham behudadir.
15Bunday holda Xudoning yolg’on shohidlari ham bo’lar edik; chunki biz «Xudo Masihni tiriltirdi», deb shahodat berib yuribmiz. Agar haqiqatan o’liklar tirilmas ekan, unda Xudo Masihni ham tiriltirgan emas.
16Ha, agar o’liklar tirilmas ekan, unda Masih ham tirilmagan demakdir.
17Agar Masih tirilmagan bo’lsa, sizlarning imoningiz befoyda, sizlar hali ham gunohga botgansizlar.
18U holda Masihga umid bog’lab ko’z yumganlar ham abadiy halokatga uchraydilar.
19Agar biz yolg’iz bu hayot uchun Masihga umid bog’lagan bo’lsak, biz eng baxtsiz insonlar ekanmiz.
20Vaholanki, Masih chinakamiga tirildi! U birinchi bo’lib tirildi, qolgan marhumlarga namuna bo’ldi.
21O’lim bir inson orqali dunyoga kirdi. Shunga o’xshab, o’liklarning tirilishi ham bir Inson orqali sodir bo’ladi.
22Odam atoning farzandi bo’lgan barcha o’ladilar. Xuddi Shunday Masihning farzandi bo’lgan barcha tiriladilar.
23Har kim o’z navbati bilan tiriladi: birinchisi, tirilganlarning ilg’ori – Masih, keyin Uning olamga qaytishida Masih ummati bo’lganlar tiriladi.
24Bundan so’nggina, ya’ni Masih har qanday boshqarma, hokimiyat va qudratni tugatib, saltanatni Ota – Xudoga topshirgandan keyingina oxirat bo’ladi.
25Xudo butun dushmanlarni Masihning oyog’iga yiqitmaguni qadar, Masih hokimlik qilishi kerak.
26Shunda oxirgi dushman – o’lim ham barham topadi.
27Ha, Xudovand borliqni Masihning oyoqlari ostiga tashlab, Unga tobe qildi. Garchi Zaburda «Borliq Unga tobe bo’ldi», – deyilsa-da, bundan borliqni Unga tobe qilgan Xudo istisnodir.
28Hamma narsa Unga tobe bo’lgandan keyingina O’g’il ham O’ziga hamma narsani tobe qilgan Otaga tobe bo’ladi, toki Xudo hammaning hammasi bo’lsin.
29Agar tirilish bo’lmasa, o’liklar nomidan suvga cho’mib imon keltirganlar bundan qanday foyda kutadilar? Agar o’liklar mutlaqo tirilmaydigan bo’lsa, u holda bu kishilar nega marhumlar nomidan suvga cho’mar ekanlar?
30Nima uchun bizlar har soatda xavf-xatarlar bilan ro’baro’miz?
31Ey birodarlarim, men sizlar tufayli Rabbimiz Iso Masihdan topgan iftixorim bilan aytamanki, men har kun o’lyapman!
32Men Efes shahrida vahshiy hayvonlar bilan kurashdim. Agar buni faqat insoniy umid uchun qilganimda edi, menga qanday naf bo’lardi? Agar o’liklar tirilmas ekan, mayli «keling, eb-ichaylik, chunki ertaga o’lamiz!»
33Lekin adashmanglar: «Yomon odamlar to’dasi yaxshi ahloqni buzar ekan».
34Endi lozim bo’lganiday o’zingizga kelinglar, gunoh qilmanglar! Sizlar nomus qilasiz, deb aytyapmanki, sizlardan ba’zi kishilar Xudoni bilmaydilar.
35Ehtimol, biror kishi Shunday aytadi: o’liklar qanday qilib tirilar ekan? Qanday jism bilan paydo bo’lar ekan?
36Ey nodon! Sening ekkan urug’ing agar o’lmasa, tirilmaydi-ku.
37Ekin ekkaningda bo’lajak jismni emas, balki bug’doy yoki boshqa biror ekinning qup-quruq urug’ini ekasan.
38Xudo esa uruqqa O’zi istaganicha jism bag’ishlaydi, har bir urug’dan alohida jismni hosil qiladi.
39Har qanday et ham bir xil emas, lekin insonlarning eti boshqa, hayvonlarning eti boshqa, qushlarning eti boshqa, baliqlarning eti boshqa.
40Samoviy va dunyoviy jismlar ham bor. Lekin samoviy jismlarning ko’rki boshqa, dunyoviylarniki boshqa.
41Quyoshning ko’rki boshqa, oyning ko’rki boshqa hamda yulduzlarning ko’rki boshqa. Ko’rkiga qarab yulduz yulduzdan farq qiladi.
42O’liklarning tirilishi ham bunga o’xshaydi: tana o’tkinchi bo’lib ekiladi-yu, o’lmaydigan bo’lib tiriladi.
43Tushkunlikda ekiladi-yu, ulug’vorlik bilan tiriladi; zaiflikda ekiladi-yu, qudrat bilan tiriladi.
44Moddiy badan ekiladi, ruhiy badan tiriladi. Moddiy jismlar bor o’lganidek, ruhiy jismlar ham bor.
45Tavrotda yozilishicha: «Birinchi odam – Odam ato tirik jon bo’ldi». Oxirgi Odam esa hayotbaxsh Ruh bo’ldi.
46Ko’ramizki, birinchi navbatda ruhiy emas, moddiy badan keladi. Ruhiy badan keyinroq keladi.
47Birinchi odam erdan, ya’ni tuproqdan paydo bo’lgan. Ikkinchi Odam (Rabbimiz Iso) esa osmondan tushgan.
48Tuproqdan yaralgan ilk odam qanday bo’lsa, boshqa odamlar ham Shundaydir. Samoviy Odam qanday bo’lsa, samoviylar ham Shundaydir.
49Biz tuproqdan yaralgan odamga qanday o’xshasak, samoviy Odamga ham Shunday o’xshab ketamiz.
50Ey birodarlar, sizlarga shuni aytyapmanki, foniy mahluqqa Xudoning Shohligidan meros nasib etmaydi. O’tkinchi mahluq o’lmaslikdan ulush ololmaydi.
51Mana, men sizlarga bir sir aytyapman: hammamiz o’lmaymiz-u, ammo hammamiz o’zgarib ketamiz.
52To’satdan, ko’z ochib yumguncha, oxirzamon karnayi chalinganda o’zgarib ketamiz. Ha, karnay chalinadi va shu onda marhumlar yana hech o’lmaydigan bo’lib tiriladilar. Shunda biz, hayot bo’lganlar ham o’zgarib ketamiz.
53Bu o’tkinchi badanimiz chirimaydigan, bu o’ladigan vujudimiz o’lmaydigan vujudga burkanishi kerak.
54Bu o’tkinchi badan chirimaydigan, bu o’ladigan vujudimiz o’lmaydigan bo’lib qolgan paytda, quyidagi Tavrot oyatlari amalga oshadi: «O’lim g’alaba bilan yutildi.
55Ey o’lim, sening nishing qaerda? Ey do’zax, sening zafaring qaerda?»
56O’limning nishi gunohdir. Gunohning quvvati esa Ilohiy Qonun orqali namoyon bo’ladi.
57Lekin Xudoga shukr! U Rabbimiz Iso Masih orqali bizga g’alaba baxsh etgan.
58Shuning uchun, ey sevimli birodarlarim, qattiq va mahkam turinglar. Hamisha Rabbimiz xizmatida bo’lib, yanada g’ayratli bo’linglar. Shuni bilinglarki, Rabbimiz yo’lida qilgan mehnatingiz foydasiz bo’lmaydi.

16-bob
1Endi azizlar uchun iona to’plashga kelsak, sizlar xuddi Galatiyadagi Masih jamoatlariga tayinlaganimga amal qilinglar.
2Haftaning birinchi kunida har bir odam o’z qo’lidan kelganicha bir miqdor pulni olib qo’ysin, toki oldingizga kelganimda, pul yig’ishga hojat qolmasin.
3Men oldingizga kelgach, sizlar munosib ko’rgan kishilarga maktublar berib, ehsonlaringizni Quddusdagi imonlilarga topshirish uchun yuboraman.
4Agar mening ham borishim zarur bo’lsa, ular bilan boraman.
5Men Makedoniyadan o’tganimdan keyin, sizning oldingizga boraman; chunki Makedoniya orqali o’tib boraman.
6Balki yoningizda bir oz qolarman yoki hatto qishni o’tqazarman, so’ng sizlar meni ketadigan joyimga kuzatarsizlar.
7Chunki bu daf’a sizlar bilan yo’l-yo’lakay ko’rishib ketishni istamayman. Xudo xohlasa, yoningizda bir qancha vaqt qolish umididaman.
8Lekin Hosil bayramiga qadar Efes shahrida qolaman.
9Chunki u erda ta’sirchan faoliyat ko’rsatishim uchun menga keng eshik ochildi. Ammo menga qarshi chiqqanlar ham ko’p.
10Agar Timo’tiy oldingizga kelsa, u orangizda xotirjam bo’lib yurishi uchun e’tibor beringlar. Chunki u menga o’xshash Rabbimiz xizmati bilan mashg’ul.
11Hech kim uni e’tiborsiz qoldirmasin. U mening oldimga ham kelsin, uni eson-omon kuzatib yuboringlar, uni men birodarlar bilan kutib turibman.
12Birodarimiz Apollosdan o’z do’stlari bilan birga sizlarning oldingizga borish uchun ko’p iltimos qildim, biroq hozir borishga hech ko’ngli yo’q. Qulay sharoit bo’lgach, u boradi.
13Hushyor bo’linglar, imonda sobit turinglar, jasoratli va kuchli bo’linglar.
14Hamma ishlaringizni mehr-muhabbat bilan bajo keltiringlar.
15Birodarlar, Stefanning xonadonini bilasizlar: Axayada birinchi imon keltirganlar ular bo’lib, azizlarga xizmat uchun o’zlarini topshirdilar. Endi sizlardan iltimos qilaman:
16Bundaylarga va ular bilan safdoshu mehnatdosh bo’lgan har bir kishiga ehtirom qilinglar.
17Men Stefan, Fortunat va Axaikning kelganiga xursand bo’ldim, sizlarning yo’qligingizni ular to’ldirdi.
18Ular mening hamda sizlarning ruhingizni tinchitdilar. Bundaylarni taqdirlanglar.
19Asiya viloyatidagi Masih jamoatlari sizlarga salom yo’llayaptilar. Akil bilan Priskilla va ularning uyida yig’iladigan jamoat sizlarga Rabbimizdan ko’p salomatlik tilaydilar.
20Butun birodarlar sizlarga salom yo’llayaptilar. Muqaddas o’pich bilan salomlashinglar.
21Men, Pavlus sizlarga duoyi salom yozyapman, bu mening qo’lim.
22Kimki Rabbimiz Iso Masihni sevmasa, mardudi davron bo’lsin! Maranafa!
23Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo’lsin.
24Men Iso Masihning sevgisi ila hammangizni sevaman. Omin.

No comments: