Luqo bayon etgan Xushxabar
1-bob
1Oramizda avj olgan voqealarni hikoya qilishga kirishgan ko’plarning tashabbuslari ma’lumdir.
2Bu bo’lib o’tgan hodisotlarni boshdanoq o’z ko’zlari bilan ko’rib, bizga naql qilgan kishilar Ilohiy Kalomning shohidu xizmatkorlari bo’lmishlar.
3Shunday qilib, men ham boshidan hammasini sinchiklab tekshirganimdan keyin, ey muhtaram Teofil, bu voqealarning tafsilotini tartib ila sizga yozib berishni munosib ko’rdim,
4toki siz berilgan ma’lumotlarning juda asosli ekanligini bilingiz.
5Yahudiya yurtida Hirod hokimlik qilayotgan davrda ruhoniylarning Abiyo ajdodidan Zakariyo ismli bir ruhoniy bor edi. Uning xotini esa Horun avlodidan bo’lib, oti Elisabet edi.
6Bularning ikkovi ham solih va xudojo’y kishilar bo’lib, Xudovandning butun amru farmonlariga bekami-ko’st rioya qilib yurishar edi.
7Lekin Elisabet pushtsiz bo’lganidan, ularning farzandi yo’q edi; buning ustiga ikkovi ham qartayib qolgan edilar.
8Xizmat navbati o’z avlodiga qolgan bir kunda Zakariyo Xudo huzurida ruhoniylik xizmatini o’tab turgan edi.
9Ruhoniylar odati bo’yicha, Xudovand ma’badiga kirib xushbo’y tutatqilar tutatish qur’asi unga nasib etgan edi.
10Tutatqi tutatish vaqtida katta jamoat tashqarida ibodat qilayotgan edi.
11Shu payt Xudovandning bir farishtasi tutatqi tutatiladigan qurbongohning o’ng yog’ida paydo bo’lib, Zakariyoga zohir bo’ldi.
12Zakariyo uni ko’rib, esankiradi-yu vahimaga tushdi.
13Farishta unga dedi: Zakariyo, qo’rqma, chunki sening iltijolaring ijobat bo’ldi. Xotining Elisabet senga bir o’g’il tug’ib beradi va uning ismini Yahyo qo’yasan.
14U senga shodlik va baxt-saodat keltiradi, uning tug’ilganidan ko’plar quvonadi.
15U Xudovand nazarida ulug’ kishi bo’ladi, mayu sharobni sira ichmaydi. Onasi qornidan u Muqaddas Ruhga to’lib tushadi.
16Isroil farzandlaridan ko’plarini u o’zlarining Egasi – Xudovandga qaytarib qo’yadi.
17U Ilyos payg’ambarning ruhi va qudrati ila Rabbimiz oldida yurib keladi. Otalar dilini farzandlariga qaytarib, osiy bandalarning fikrini solihlar tomon moyil qilib, hozirlanmish bir xalqni Rabbimizga taqdim etadi.
18Zakariyo farishtaga: Men bunga qanday amin bo’laman? Mana, o’zim qarib qoldimu, xotinim yoshi ham etib qoldi, - dedi.
19Farishta unga javob berdi: Men Xudo oldida turgan Jabroilman, senga bu gaplar to’g’risida xushxabar etkazish uchun yuborilganman.
20O’z vaqtida bajo bo’lajak so’zlarimga ishonmaganing uchun, mana endi tildan qolasan. Bu ishlar amalga oshadigan kungacha gapirolmaysan, - dedi.
21Shu orada Zakariyoni kutib turgan xalq uning ma’badda imillab qolganiga hayron bo’ldi.
22Zakariyo xalq oldiga chiqqach, so’zlamoqqa tili aylanmadi. Xalq uning ma’badda vahiy ko’rganligini tushundi. Zakariyo gang bo’lib qolgani uchun, ular bilan imo-ishora orqali muloqot etdi.
23Diniy xizmat muddati tugagach, Zakariyo uyiga qaytib bordi.
24Oradan kunlar o’tib, uning xotini Elisabet xomilador bo’ldi. U besh oy yashirinib yurdi.
25“Bu menga Rabbimning nazarlari tushgan shu kunlarda bo’ldi, - derdi u. – U menga e’tibor berib, el ichida yuzi qoralikdan qutultirdi”.
26Elisabetning homiladorligiga olti oy bo’lgach, Xudo farishta Jabroilni Jalilaning Nosira degan shahriga,
27Dovud avlodidan Yusuf ismli yigitga unashtirilgan bir qizga yubordi. Qizning oti Maryam edi.
28Farishta uning oldiga kirib: Salom, ey Xudo yorlaqagan! Xudovand sen bilan. Ayollar ichra muboraksan, - dedi.
29Maryam esa farishtani ko’rib, uning so’zlaridan sarosimaga tushdi. “Bu qanaqa salomlashish bo’ldi?” – deya ko’nglidan o’tkazdi.
30Farishta unga dedi: Maryam, qo’rqma, sen Xudodan inoyat topding.
31Mana, sen homilador bo’lib, o’g’il tug’ajaksan va Uning ismini Iso qo’yursan.
32U ulug’ bo’lgay, Xudoyi Taoloning O’g’li deb nom olgay. Xudoyi Taolo Unga otasi Dovudning taxtini bergay.
33U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohlikning cheki bo’lmagay.
34Maryam: Men hali er ko’rmagan bo’lsam, bu qanday bo’ladi? – deb so’radi farishtadan.
35Farishta javob berdi: Muqaddas Ruh sening ustingga tushib keladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug’ilajak bola Xudoning O’g’li deyilur.
36Mana, bepusht deb yurishgan qarindoshing Elisabet ham qariligida o’g’ilga homilador bo’ldi. Homilasi oltinchi oyda.
37Zero Xudoning biron kalomi puchga chiqmas.
38Shunda Maryam: Mana, men Xudovandning bandasiman. Menga aytganing kelsin, - dedi. Farishta esa uning yonidan g’oyib bo’ldi.
39Maryam o’sha kunlardayoq zudlik bilan yo’lga tushib, tog’lik yurtga, Yahudo qabilasiga mansub bir Shaharga bordi.
40U Zakariyoning uyiga kirib Elisabet bilan salomlashdi.
41Elisabet Maryamning salomini eshitgani zamon uning qornidagi bolasi o’ynoqlab ketdi. Elisabet Muqaddas Ruhga to’ldi-da,
42baland ovoz bilan xitob qilib dedi: Sen ayollar ichra muboraksan, qorningdagi bola ham muborakdir!
43Ne baxtki, Rabbimning onalari menga tashrif ayladilar!
44Sening saloming qulog’imga etishi bilanoq qornimdagi bola quvonchdan o’ynoqlab ketdi.
45Ey e’tiqod qilgan, baxtlisan! Chunki Xudovand senga aytganlarini amalga oshirgay.
46Maryam Shunday dedi:
47“Jon-tanim-la Xudovandni ulug’layman, Xaloskor Tangrim ila ko’nglim shod-xurram.
48Men bandai haqiriga Ul nazar soldi. Endi meni barcha avlodlar olqagay.
49Qodir Tangri azamkorlik ko’rsatdi menga; Uning ismi – muqaddasdir.
50Uning marhamatlari nasib etgay Undan qo’rqqan avlod-ajdodlarga.
51Kuchini Ul ko’rsatdi-da qo’ldan keluvchi, manmanlarni o’z xayollari-la to’zday to’zitdi.
52Taxtlaridan tushirdi hukmdorlarni, balandga ko’tardi haqir-mo’minni.
53Ochlarni to’yg’izib baxt-saodatli qildi, quppa-quruq jo’natdi boylikka o’chni.
54Ota-bobomizga bergan va’dasi bo’y-la, Ibrohimga hamda uning zurriyotiga
55Shafqat qilishni yodda tutib mangu, O’g’loni Isroilga himmat ayladi”.
56Shunday qilib, Maryam uch oycha Elisabet bilan bo’lib, o’z uyiga qaytib keldi.
57Elisabetning oy-kuni to’lib, o’g’il tug’di.
58Qo’ni-qo’shni va qarindoshlari Xudovandning unga ko’rsatgan buyuk marhamatini eshitib, u bilan birga quvonishdi.
59Sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani olib borishdi. Unga otasining ismini – Zakariyo qo’ymoqchi bo’lishdi.
60Bunga bolaning onasi e’tiroz bildirib: Yo’q, ismini Yahyo qo’yamiz, - dedi.
61Lekin boshqalar: Qarindosh-urug’ing orasida bu ism bilan atalgan hech kim yo’q-ku, - deyishdi unga.
62Shu payt otasiga ham imo-ishora qilib, undan bolaga qanday ism qo’ymoqchi ekanligini so’rashdi.
63Zakariyo bir taxtacha talab qildi va: “Uning ismi Yahyo bo’ladi”, - deb yozib qo’ydi. Hamma hayron qoldi.
64O’sha zahoti Zakariyoning og’zi ochilib, tilga kirdi. U Xudoni ulug’lab gapira boshladi.
65Atrofda yashovchilarning hammasini vahima bosdi. Bu haqdagi ovoza butun tog’lik Yahudiya o’lkasiga yoyilib, og’izga tushib ketdi.
66Eshitgan barchaning fikri bular bilan band bo’lib: “Ajabo, bu bola kim bo’lar ekan?” – deb yurishdi. Chunki Xudovandning qo’li unda namoyon edi.
67Chaqaloqning otasi Zakariyo Muqaddas Ruhga to’lib, bashorat qilib dedi:
68“O’z xalqini yo’qlab, asoratdan qutqargan Rabbimiz Isroilning Xudovandiga hamdu sanolar!
69U quli Dovud xonadonidan chiqqan qudratli Najotkorni berdi bizga;
70Qadimdan muqaddas payg’ambarlar orqali so’zlaganiga muvofiq,
71U barcha ashaddiy dushmanlarimiz qo’lidan bizni qutqargay.
72Ota-bobolarimizga marhamat aylab, ular-la qilgan ahdini yodladi.
73Otamiz Ibrohimga qasamyod qilganiga ko’ra, U yovlarimiz qo’llaridan bizni qutultirib,
74umrimiz boricha O’z panohida bexatar saqlab,
75muqaddaslik va solihlik ila O’ziga xizmat qilmog’imizga iloj topajak.
76Sen ham, ey chaqaloq, haq Taoloning payg’ambari deb nom olasan. Zero sen Rabbimiz oldida yurib, U qadam bosar yo’lni muhayyo qilursan.
77Uning xalqiga gunohlari afv bo’lib, najot topajaklarini anglatarsan.
78Zero Xudoyimiz mehr-shafqati ila yuksaklikdan najot tongi yorishdi, ufqimizni ravshan qilib yubordi.
79Zulmatda, o’lim soyasida o’tirganlarga ziyosin sochdi, oyoqlarimizni esa tinchlik yo’liga burdi”.
80Shunday qilib, bola Yahyo ulg’ayib va ruhan quvvatlanib, Isroilga ko’rinadigan kunigacha cho’l-sahrolarda bo’ldi.
2-bob
1O’sha kunlarda Qaysar Avgust butun Rim dunyosidagi aholi ro’yxatga olinsin degan farmon chiqardi.
2Shunday qilib, Suriyada Kviriniy hokimlik qilganda ilk bor ro’yxatga olish sodir bo’ldi.
3Har kim ro’yxatdan o’tish uchun o’z shahriga bordi.
4Shuningdek, Yusuf ham Jalilaning Nosira shahridan Yahudiyaga, Dovudlar shahri Baytlahmga bordi. Chunki u Dovud nasabi va xonadonidan edi.
5U o’ziga unashtirilgan qiz, homilador Maryam bilan birga ro’yxatdan o’tmoqchi bo’ldi.
6Ular o’sha erda bo’lganlarida esa Maryamning oy-kuni to’ldi.
7U o’zining to’ng’ich o’g’lini tug’di. Uni yo’rgaklab, oxurga yotqizib qo’ydi, chunki musofirxonada ularga joy yo’q edi.
8O’sha yurtda cho’ponlar bor edi. Ular tunda suruvlarini poylab, dalada tunar edilar.
9To’satdan Xudoning farishtasi ularning oldida paydo bo’ldi va ilohiy nur ularning ko’zlarini qamashtirdi. Bu dahshat cho’ponlarni vahimaga soldi.
10Qo’rqmanglar! – dedi ularga farishta. – Men sizlarga el-xalqni cheksiz quvontirajak Xushxabarni keltirdim.
11Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Xaloskor tug’ildi. U Rabbimiz – Masihdir.
12Mana, sizlarga Uning belgisi: yo’rgaklangan, oxurda yotgan chaqaloqni topasizlar.
13Birdaniga farishta yonida lak-lak samoviy qo’shinlar bo’y ko’rsatdi. Ular Xudoga hamd-sano aytishardi:
14“Samodagi Xudoga hurmatu izzat, erdagi bandalarga tinchligu marhamat!”
15Farishtalar ular oldidan osmonga ko’tarilgan zamon, cho’ponlar o’zaro so’z qotdilar: Qani kelinglar, Baytlahmga borib, Xudovand bizga bildirgan bu voqeani ko’raylik!
16Ular yugura borishib, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan chaqaloqni topdilar.
17Ko’rishiboq, chaqaloq haqida o’zlariga aytilgan bashoratdan so’zladilar.
18Hamma eshitganlar cho’ponlarning gapiga juda hayron bo’lishdi.
19Maryam esa bu so’zlarning barini diliga tugib olib, chuqur o’ylab yurdi. Oxiri cho’ponlar:
20Biz hamma narsani ayni aytilganidek topdik, - deb, eshitib ko’rganlari uchun Xudoga hamdu sano o’qib, qaytdilar.
21Oradan sakkiz kun o’tib, chaqaloqni sunnat qilmoq lozim bo’ldi. Maryam homilador bo’lishidan oldin farishta unga buyurganiday, bolaning ismini Iso qo’ydilar.
22Musoning qonunida bayon etilgan chilla davri tamom bo’lgach, Xudovandga bag’ishlash uchun Isoni Quddusga olib keldilar.
23Chunki Xudovand Qonunida: “Tug’ilgan har bir to’ng’ich o’g’il Xudovandga bag’ishlansin”, deb bitilgan.
24Yana Xudovand Qonunida aytilishicha, ular “ikkita musicha yoki ikkita kaptar palaponini” qurbon qilishga niyat qildilar.
25O’sha vaqtda Quddusda Shim’o’n nomli bir odam bor edi. U solih va dindor bo’lib, Isroilning tasalli topish zamonini intizor bo’lib kutar edi. Muqaddas Ruh esa unga yor edi.
26Muqaddas Ruh unga: “Sen Xudovand yuborgan Masihni ko’rmaguningcha, o’lmaysan”, deb ilhom bergan edi.
27Shunday qilib, Shim’o’n Muqaddas Ruh ta’sirida ma’badga bordi. Isoning otasiyu onasi Ilohiy Qonunda buyurilgan marosimlarni ijro qilaylik, deb chaqaloqni ichkari olib kirganlarida,
28Shim’o’n chaqaloqni quchog’iga bosib, Xudoni ulug’lab dedi:
29“Hoy Egam, Sen aytgan so’zingga muvofiq, qulingga endi tinch javob bergaysan.
30Zeroki o’z ko’zim-la ko’roldim filhol
31barcha ellar uchun hozirlagan najoting,
32turli elu xalqlarga ilohiy nur sochuvchi, xalqing Isroilga esa sharaf keltiruvchi najoting”.
33Isoning otasi Yusuf va onasi U haqda aytilgan bu so’zlarga hayron bo’lishdi.
34Shim’o’n ularni duo qilib, Isoning onasi Maryamga dedi: Mana, shu yotgan go’dak Isroilda ko’plarning qulashi va yuksalishiga sababchi bo’ladi, ilohiy sinoat deb ko’p qarshilik qo’zg’aydi.
35Sening qalbingga ham bu tig’ sanchilar, ko’plarning qalbidagi fikr-xayoli ham oshkor bo’lib qolar.
36U erda Osher qabilasidan Filuilning qizi Anna ismli juda keksa bir payg’ambar ayol ham bor edi. U yosh er ko’rib, etti yilda tul qolgan edi.
37Sakson to’rt yoshar beva endi ma’baddan hech ayrilmasdi, ro’za tutardi, kechayu kunduz toat-ibodat qilib, Xudo xizmatida edi.
38Shu onda u ham yaqinlashib, Xudovandni madh etgancha Quddusning najot kuniga ko’z tikib yurganlarning hammasiga bu bola haqida so’zlay boshladi.
39Yusuf bilan Maryam Xudovand Qonunida buyurilgan butun udumlarni bajo keltirgandan keyin Jalilaga, o’z Shaharlari Nosiraga qaytib bordilar.
40Bola esa o’sib, hikmatga boy va ruhan baquvvat bo’la borgan sayin, Xudoning inoyati Unda namoyon bo’lar edi.
41Isoning ota-onasi har yili Fisih bayramida Quddusga borar edilar.
42Iso o’n ikki yoshga to’lganda, ular yana odatdagiday bayram uchun Quddusga bordilar.
43Bayram kunlari tamom bo’lib, ular uyga qaytar ekanlar, o’smir Iso Quddusda qoldi. Isoning ota-onasi esa buni payqamadilar.
44U boshqalar bilan kelyapti, deb o’yladilar. Bir kunlik yo’l yurishgach, qarindosh bilan tanishlari orasida Isoni qidira boshladilar.
45Uni topolmay, qidira-qidira Quddusga qaytdilar.
46Uch kundan so’ng Uni ma’baddan topdilar. U muallimlar orasida o’tirib, ularni tinglar va ham savollar berar edi.
47Uni tinglayotganlarning bari Uning fahm-idrokiga va berayotgan javoblariga hayron edilar.
48Ota-onasi Uni ko’rib, ajablandilar. Onasi Unga: Bolam, nega bizni bunday ovora qilding? Mana, otang bilan men juda qayg’urib Seni qidirib kelyapmiz, - dedi.
49Iso ularga: Meni qidirishingizning nima keragi bor edi? Yoki Otamning ishlari bilan mashg’ul bo’lishim kerakligini bilmas edingizmi? – dedi.
50Ammo ular Uning aytgan so’zlarini tushunmadilar.
51Iso ular bilan birga jo’nab, Nosiraga qaytib keldi. Ularga itoatli bo’lib yurdi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib oldi.
52Shunday qilib, Iso zakovatda ham, yoshda ham ulg’ayib borib, Xudo va bandalarning mehrini qozonar edi.
3-bob
1Qaysar Tiberius saltanatining o’n beshinchi yili edi. Yahudiyada Po’ntiy Pilat, Jalilada Hirod, Itureya bilan Traxonit viloyatlarida uning ukasi Filip, Avilina yurtida esa Lisaniy hokimlik qilar edilar.
2Hanan va Kayafa oliy ruhoniy lavozimida edilar. O’sha vaqtda sahroda yashayotgan Zakariyoning o’g’li Yahyoga Xudo kalomi keldi.
3Yahyo O’rdun daryosi atrofidagi butun yurtlarni keza boshladi, xalqni tavba-tazarru qilishga va gunohlari kechirilishi uchun suvga cho’mib imon keltirishga chorladi.
4Bu voqea xuddi Isha’yo payg’ambarning kitobida bitilgan oyatga to’g’ri keladi: “Mana, cho’lda nido yangramoqda: Xudovand yo’lini tayyorlangiz, ravon aylangiz so’qmoqlarin! – deya.
5Neki soy bor, to’lajak lim-lim, har tog’u tosh cho’kajak bir qur. Qing’ir-qiyshiq yo’llar rostlanib, past-balandliklar tekis bo’lur,
6har bir bashar Xudo najotin ko’rur”.
7Yahyo o’z huzurida suvga cho’mib imon keltirish uchun kelayotgan xalq ommasiga xitob qildi: Hoy ilonlar zoti-ey! Boshingizga kelayotgan Xudo g’azabidan qochishni sizlarga kim uqtirdi?
8Bundan buyon tavba qilganingizga yarasha samara beringlar! O’zingizcha: Otamiz Ibrohim, deb o’ylab o’tirmanglar. Men sizlarga: Xudo shu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir, deyapman.
9Hozirdan daraxtlar ildizida bolta yotibdi-ku. Endi yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib olovga tashlanadi.
10Xaloyiq Yahyodan so’radi: Unday bo’lsa, biz nima qilishimiz kerak?
11U javob berib dedi: Kimning ikkita ust-boshi bo’lsa, birini muhtojlarga bersin. Kimning oziq-ovqati bo’lsa, u ham Shunday qilsin.
12Soliqchilardan ba’zilari ham suvda imon keltirish uchun kelib, Yahyodan: Ustoz, biz nima qilishimiz kerak? – deb so’rashdi.
13Yahyo: Sizlarga buyurilganidan ortig’ini talab qilmanglar, - deb javob berdi.
14Ba’zi bir askarlar ham undan: Xo’sh, bizlar nima qilishimiz kerak? – deb so’radilar. Yahyo ularga: Hech talonchilik qilmanglar, hech kimning haqini emanglar, o’z maoshingiz bilan qanoatlanib yuringlar, - dedi.
15Xaloyiq umidvor bo’lib, Yahyo haqida: “Bu Masih emasmikin?” – deb ko’ngildan o’tkazib turar edi.
16Yahyo esa hammaga javoban dedi: Men sizlarni suvgagina cho’mdirib yuribman. Lekin bundan so’ng mendan qudratli Kishi kelmoqda, men Uning choriq iplarini echishga ham munosib emasman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho’mdiradi.
17Uning panshaxasi qo’lida tayyor turibdi, U O’z xirmonini shopirib tashlaydi: bug’doyni O’z omboriga to’plab, somonni esa so’nmas o’tda yondirib yuboradi.
18Yahyo yana ko’p narsalar xususida xaloyiqqa nasihat qilib, Xushxabarni bayon etar edi.
19Viloyat hokimi Hirod ham Yahyo tarafidan fosh bo’lib qoldi. Chunki u o’z ukasining xotini Hirodiyani olgan va boshqa bir qator yomonliklar ham qilgan edi.
20Shunday qilib, Hirod qilg’iliklari etmaganday, buning ustiga Yahyoni zindonga qamatib qo’ydi.
21Barcha xaloyiq suvga cho’mib imon keltirayotgan vaqtda, Iso ham suvga cho’mdi. U ibodat qilib turganda osmon ochilib ketdi
22va Muqaddas Ruh jism tusini olib, kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi. Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O’g’limsan, Sendan mamnunman”, - degan sado keldi.
23Iso O’z xizmatini boshlagan vaqtda o’ttiz yoshlar chamasida edi. U Yusufning o’g’li hisoblanar edi. Yusuf esa – Eli o’g’li,
24Mattot o’g’li, Leviy o’g’li, Malkiy o’g’li, Yanay o’g’li, Yusuf o’g’li,
25Mattatiyo o’g’li, Omo’s o’g’li, Nahum o’g’li, Hesli o’g’li, Nagay o’g’li,
26Mahat o’g’li, Mattatiyo o’g’li, Shim’iy o’g’li, Yo’seh o’g’li, Yo’do o’g’li,
27Yuhanno o’g’li, Rezo o’g’li, Zarubobil o’g’li, Sha’ltiel o’g’li, Neriy o’g’li,
28Malkiy o’g’li, Addiy o’g’li, Qosam o’g’li, Elmodam o’g’li, G’er o’g’li,
29Yo’shua o’g’li, Il’azar o’g’li, Yorim o’g’li, Mattot o’g’li, Leviy o’g’li,
30Shim’o’n o’g’li, Yahudo o’g’li, Yusuf o’g’li, Yunus o’g’li, Elyoqim o’g’li,
31Maliyo o’g’li, Manno o’g’li, Mattato o’g’li, Natan o’g’li, Dovud o’g’li,
32Ishay o’g’li, Obid o’g’li, Bo’az o’g’li, Salmo’n o’g’li, Nahsho’n o’g’li,
33Amminadob o’g’li, Rom o’g’li, Hasro’n o’g’li, Paras o’g’li, Yahudo o’g’li,
34Yoqub o’g’li, Ishoq o’g’li, Ibrog’im o’g’li, Terah o’g’li, Naho’r o’g’li,
35Sarug’ o’g’li, Rag’u o’g’li, Falaj o’g’li, Haver o’g’li, Shalah o’g’li,
36Qenan o’g’li, Arpaxshod o’g’li, Som o’g’li, Nuh o’g’li, Lamak o’g’li,
37Matushaloh o’g’li, Hano’h o’g’li, Yored o’g’li, Maholalil o’g’li, Qenan o’g’li,
38Eno’sh o’g’li, Shit o’g’li, Odam o’g’li, Xudo o’g’li edi.
4-bob
1Iso Muqaddas Ruhga to’lgan holda O’rdun daryosidan qaytib keldi. U Muqaddas Ruhning ta’sirida sahroda aylanib yurib,
2qirq kun iblis tomonidan vasvasaga solindi. U bu kunlarda hech narsa emay, oxirida och qoldi.
3O’shanda iblis Isoga: Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang, bu toshga buyur, nonga aylansin! – dedi.
4Iso bunga javoban: Tavrotda: “Inson yolg’iz non bilan emas, balki Xudoning har bir kalomi bilan yashaydi”, deb yozilgan, - dedi.
5So’ng Isoni baland bir toqqa olib chiqib, iblis bir lahzada olamning barcha saltanatlarini Unga ko’rsatdi.
6Iblis Isoga dedi: Barcha bu o’lkalar ustidan hokimlik qilishni hamda bularning shon-shuhratini Senga beraman; ular menga topshirilgan va men istaganimga beraman.
7Endi Sen menga sajda qilsang bas, hammasi Seniki bo’ladi.
8Iso javob berib: Yo’qol oldimdan shayton! Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo’l”, deb yozilgan, - dedi.
9Keyin iblis Isoni Quddusga olib bordi. Uni ma’badning tepasiga turg’izib, Shunday dedi: Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang, O’zingni bu erdan pastga tashla-chi.
10Chunki Shunday bitilgani bor: “U O’z farishtalariga sen haqda amr etgay toki seni asrab qolsinlar.
11Ular seni qo’llarida ko’tarib ketar, oyog’ing ham toshga qoqilmagay”.
12Iso iblisga javoban: Yana: “Egang Xudovandni sinama”, deb yozilgani ham bor, - dedi.
13Iblis esa barcha vasvasalarini tamom qilgandan keyin vaqtincha Isodan uzoqlashdi.
14Iso Muqaddas Ruh qudratida Jalilaga qaytib keldi. U haqda mamlakat bo’ylab ovoza tarqaldi.
15Yahudiylar ibodatxonalarida ta’lim bergan sari, hamma Uning duosini qildi.
16So’ng Iso o’sib tarbiyalangan joyi Nosiraga bordi. O’z odati bo’yicha shanba kunida ibodatxonaga kirib, tilovat qilish uchun o’rnidan turdi.
17Unga Isha’yo payg’ambarning kitobidan uzatdilar. U kitobni ochib, quyidagi oyat yozilgan joyni topdi:
18“Xudovandning Ruhi Menga yor. U Meni muqaddas moy-la moyladi. Bechoralarga mujda etkazmoq uchun, dilabgorlarga shifo bermoq uchun, asirga: ozod bo’lgil, basirga: ochilsin ko’zing, demoq-chun, mazlumga erkinlikni e’lon etib,
19marhamat yili bo’lgay, demoq-chun, Xudovand Meni yubordi”.
20Keyin Iso kitobni yopib, xizmatkorga berib, o’tirdi. Ibodatxonadagi barchaning ko’zi Unga tikildi.
21Iso ularga so’zlay boshladi: Sizlar eshitgan kalom shu bugun bajo bo’ldi, - dedi.
22Hamma Isoning aytganlarini ma’qullar edi. Uning og’zidan chiqqan latif so’zlarga mahliyo bo’lishib: “Yusufning o’g’li emasmi O’zi?” – deb qo’yar edilar.
23Iso ularga dedi: Sizlar albatta: “Ey tabib, o’zingni o’zing davola” degan matalni esimga tushirmoqchisizlar. “Biz eshitganimizday, Kafarnahumda ro’y bergan ishlarni bu erda, o’z yurtingda ham qil-chi”, deb aytmoqchisizlar-da.
24Keyin Iso davom etdi: Sizlarga chinini aytayin, hech qanday payg’ambar o’z yurtida qabul qilinmaydi.
25Masalan, Ilyos payg’ambar davrida uch yilu olti oy osmon tutilib, butun mamlakatda og’ir ocharchilik bo’lganda, Isroilda ko’p beva ayollar bor edi.
26Ammo Ilyos ularning birontasiga yuborilmay, faqatgina Sido’n diyoridagi Sarafat shahrida yashovchi bir bevaga yuborilgan edi.
27Xuddi shu singari Elisha payg’ambarning davrida ham Isroilda ko’p moxovlar bor edi. Ammo bularning birontasi sog’aymagan bo’lsa-da, faqatgina suriyalik Naoman sog’ayib qoldi, - dedi.
28Yig’ilgan jamoat bularni eshitib, hammalari qattiq g’azablanib ketishdi.
29O’rinlaridan turib, Isoni Shahardan tashqariga haydab chiqarishdi-da, Uni tashlab yuborish uchun o’z Shaharlari qurilgan tepaning chetiga olib borishdi.
30Lekin Iso ularning orasidan yorib o’tib, ko’zdan g’oyib bo’ldi.
31Iso Jalilaning Kafarnahum shahriga kelib, shanba kunlarida xalqqa ta’lim beradigan bo’ldi.
32Xalq esa Isoning ta’limotiga hayron qoldi, chunki Uning so’zida kuch-qudrat bor edi.
33Shaharning ibodatxonasida jinga chalingan, yomon ruhli bir odam bor edi. U baland ovoz bilan baqirib:
34Qo’ysang-chi, nosiralik Iso! Bizlar bilan nima ishing bor? Sen bizni halok qilgani kelding-ku! Sening kimligingni bilaman: Sen Xudoning Azizisan! – dedi.
35Jim bo’l va bu odamdan chiqib ket! – dedi Iso jinga do’q urib. Jin esa bu odamni hammaning ko’z o’ngida erga qulatdi-da, unga hech qanday zarar etkazmay, chiqib ketdi.
36Hammani vahima bosdi. Xalq o’zaro mulohaza qilib: “Bu qanday gap ekan? U yomon ruhlarga ham kuch-qudrat va hokimlik bilan buyuradi, ular esa chiqib ketadi!” – deyishar edi.
37Shunday qilib, Iso haqidagi shov-shuv yon-atrofga ovoza bo’ldi.
38Iso ibodatxonadan chiqib Simunning uyiga kirdi. Simunning qaynonasi og’ir isitmada qiynalib yotgan edi. Isoga kasalni ko’rib qo’yishni iltimos qilishdi.
39Iso ayolning yoniga kelib, isitmani koyib qo’ydi. Isitma esa o’sha zahoti ayolni tark etdi. U turiboq, ularga xizmat qilishga tutindi.
40Quyosh botgan chog’, hamma turli xastaliklarga yo’liqqan odamlarni Isoning huzuriga keltirishardi. Iso qo’llarini har biriga tegizib ularga shifo berardi.
41Jinlar esa: “Sen Xudoning O’g’li - Masihsan” – deb baqirganlaricha, ko’p odamlarni tark etardilar. Iso jinlarga do’q urib, gapirishlariga monelik qilardi. Chunki ular Uning Masihligini bilardi.
42Kunduz bo’lgach, Iso uydan chiqib xilvat joyga tortinib ketdi. Xalq esa Uni qidirib topib, tashlab ketmaslikni so’rab yolvordi.
43Iso ularga: Men Xudo saltanati to’g’risidagi Xushxabarni boshqa Shaharlarga ham etkazishim farz, Men Shuning uchun yuborilganman, - dedi.
44Shunday qilib, Iso Jalila yurtining ibodatxonalarida voizlik qilib yurdi.
5-bob
1Bir kuni Iso Genisaret ko’li yoqasida turganda, xaloyiq Xudoning kalomini tinglash uchun Uning huzurida tirband edi.
2Iso ko’l qirg’og’ida turgan ikki qayiqni ko’rdi. Baliqchilar shu orada qayiqdan chiqib, to’rlarini yuvayotgan edilar.
3Qayiqlardan biri Simunning qayig’i edi. Iso unga tushib, qirg’oqdan biroz nariroq suzib borishni Simundan iltimos qildi. So’ng o’tirib, qayiq ichidan xalqqa ta’lim berishga tushdi.
4Nasihatlarini tugatib, Iso Simunga: Chuqurroq suvlarga suzib borib, o’lja uchun to’rlaringizni tashlanglar, - dedi.
5Simun javob berib: Ustoz, bizlar tuni bo’yi urinib, hech narsa tutolmadik. Lekin Sening so’zing bo’yicha to’rni tashlayman, - dedi.
6Ular Isoning aytganini qilgach, juda ko’p baliq ovladilarki, hatto to’rlari yirtilib ketdi.
7Ular boshqa qayiqdagi o’rtoqlariga yordam berishlari uchun ishora qildilar. O’rtoqlari kelib, ikkala qayiqni cho’kar darajada to’ldirib oldilar.
8Simun Butrus buni ko’rdi-da, Isoning tiziga cho’kkalab: Yo Rabbiy! Mening oldimdan ketgin, chunki men gunohkor insonman, - dedi.
9Ular tutgan bunday mo’l baliq ovidan o’zini va u bilan bo’lganlarning hammasini vahima bosgan edi.
10Simunning sheriklari Zabadiy o’g’illari Yoqub bilan Yuhanno ham vahimaga tushishgan edi. Iso Simunga qarab: Qo’rqma, bundan buyon insonlarni ovlaysan, - dedi.
11Ular ikkita qayiqni qirg’oqqa tortdilar va hammasini qoldirib, Isoning ortidan ergashdilar.
12Iso bir Shaharda bo’lganida, butun tanasi moxov bo’lgan bir kishi kelib qoldi. U Isoni ko’rib, yuz tuban erga tashlandi-da: Ey Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan poklay olasan, - deb yalindi.
13Iso qo’lini uzatdi va unga tegizib: Istayman, pok bo’l! – deb qo’ydi. Moxovlik esa o’sha zahoti undan aridi.
14Iso unga buni hech kimga aytmaslikni tayinladi. Unga: Borib o’zingni ruhoniyga ko’rsat, darding ariganini tasdiqlatish uchun Muso payg’ambar amr etgan qurbonliklarni keltirib ber; bundan hammaga dalolat bo’lsin, - dedi.
15Shu bilan Iso haqdagi gap-so’z yana ko’proq yoyilib ketdi. Tumonat xaloyiq Uni tinglash va o’zlarining dardlaridan forig’ bo’lish uchun Uning oldiga yig’ilib kelar edi.
16U esa goho-goho xilvat joylarga chekinib, ibodat qilar edi.
17Iso ta’lim berayotgan kunlarning birida Jalila bilan Yahudiya yurtlarining har bir qishlog’idan hamda Quddusdan farziylar va Tavrot tafsirchilari keldi. Ular o’tirib tinglar ekanlar, xastalarni shifolovchi ilohiy kuch Isoda namoyon bo’layotgan edi.
18Kimsalar to’shakda shol bir odamni olib keldilar. Uni uyga, Isoning oldiga olib kirishga urindilar.
19lekin odam ko’pligidan buning ilojini topolmay, uyning tomiga chiqib, tomni yorib, sholni to’shagi bilan o’rtaga, Isoning oldigayoq tushirdilar.
20Iso ularning e’tiqodini ko’rib: Ey odam bolasi, sening gunohlaring kechirildi, - dedi.
21Ulamolar va farziylar esa: “Kufrlik qilayotgan bu Odam kim ekan? Yolg’iz Xudodan boshqa gunohlarni kim kechira oladi?” – deb mulohaza yurita boshladilar.
22Iso ularning mulohazalarini sezib, bunga javoban: Sizlar ko’ngilda nimalarni mulohaza qilyapsizlar? – dedi.
23Nimani aytish osonroq: Gunohlaring kechirildi, deb aytishmi, yoki: O’rningdan turib yura qol, deb aytishmi?
24Lekin Inson O’g’lining er yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo’yinglar! Shunday deyishi bilan Iso shol odamga qayrilib: Senga aytaman: O’rningdan tur, to’shagingni ol-da, uyingga yur! – dedi.
25Shol o’sha zahoti hammaning ko’z o’ngida o’rnidan turib ketdi, o’zi yotgan to’shagini olib, Xudoni ulug’lab uyiga ketdi.
26Hammani vahima bosdi. Xudoni olqishlar ekanlar: Biz ajib ishlar ko’rdik-da bugun, - dedilar qattiq qo’rqib.
27Shundan so’ng Iso u erdan chiqib, soliq yig’adigan joyda o’tirgan Leviy nomli soliqchini ko’rib qoldi, unga: Mening orqamdan yur! – dedi.
28U o’rnidan turdi, hamma narsasini qoldirib, Isoning ketidan ergashdi.
29So’ngra Leviy o’z uyida Iso sharafiga katta ziyofat berdi. Ular bilan birga eb-ichib o’tirganlar orasida oddiy xalqdan talay kishi va ko’pgina soliqchilar bor edi.
30Din olimlari va farziylar esa zorlanib, Isoning shogirdlariga: Nega sizlar soliqchiyu gunohkorlar bilan birga eb-ichib o’tiribsizlar? – deyishdi.
31Iso ularga Shunday javob berdi: Sog’lar emas, bemorlar tabibga muhtojdir.
32Men taqvodorlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
33Yana Unga dedilar: Mana Yahyoning shogirdlari tez-tez ro’za tutib ibodat qilishadi, farziylarning shogirdlari ham xuddi Shunday qilishadi. Sening shogirdlaring-chi, nega eb-ichib yuribdilar?
34Iso ularga dedi: Kuyov davrada bo’lgan vaqtda to’y ahlini ro’za tutishga majbur qilib bo’larmikin?
35Biroq kuyov ulardan judo bo’lgan kunlar keladi, ana o’shanda ro’za tutadilar.
36Iso ularga bir masalni ham aytib berdi: Hech kim yangi kiyimdan yirtib olib, eski kiyimga yamoq solmaydi. Aks holda yangi kiyim yirtiq-yamoq bo’ladi va yangi kiyimdan olingan yamoq ham eski kiyimga to’g’ri kelmaydi.
37Shuningdek, hech kim yangi sharobni eski meshga quymaydi. Chunki yangi sharob meshni yirtadi, sharob to’kiladi va mesh ham nobud bo’ladi.
38Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyish kerak. [Shunda u ham, bu ham saqlab qolinadi.]
39Hech kim eski sharobni sipqirar ekan, yangisini istamaydi. “Eskisi shirin”, - deb o’tiraveradi.
6-bob
1Fisih bayramidan keyingi birinchi shanbada Isoning g’alla dalasidan o’tishiga to’g’ri keldi. Uning shogirdlari boshoqlarni uzib, kaftga uqalab eyayotgan edilar.
2Ba’zi farziylar esa ularga dedi: Nega sizlar dam olish kunida qilish mumkin bo’lmagan ishni qilyapsizlar?
3Iso ularga Shunday javob berdi: Nahotki sizlar Dovud bilan uning hamrohlari och qolganda nimalar qilganini hech o’qimagan bo’lsangiz?
4Dovud Xudoning uyiga kirib, faqat ruhoniylargina eyishi mumkin bo’lgan baxshida nonlarni olib eb, hamrohlariga ham bergan edi.
5Keyin Iso ularga dedi: Inson O’g’li dam olish kunining ham hokimidir.
6Boshqa shanba kunida ham Iso ibodatxonaga kirib ta’lim berishga tushdi. U erda o’ng qo’li qurib qolgan bir odam bor edi.
7Ulamolar bilan farziylar Isoni ayblash uchun biron vaj topish maqsadida, U shanba kunida ham odamni sog’aytirarmikan, deb Uni kuzatib turdilar.
8Iso bo’lsa, ularning fikrlarini bilib, qo’li shol odamga: O’rningdan turib o’rtaga chiq! – deb buyurdi. U o’rtaga chiqdi.
9Iso hammaga xitob qilib dedi: Men sizlarga savol beray: dam olish kunida nima qilish lozim – yaxshilikmi yoki yomonlikmi? Jonni xalos qilishmi yoki halok qilishmi? Ular indamadilar.
10Iso ularga birin-ketin ko’z yururtirdi-da, u odamga: Qo’lingni uzat! – dedi. U odam Shunday qilishi bilanoq shol qo’li boshqa qo’liday soppa-sog’ bo’lib qoldi.
11Boshqalar esa jazavalanib, Isoni nima qilsak ekan, deb o’zaro fikrlasha boshladilar.
12O’sha kunlarda Iso ibodat uchun toqqa chiqdi va kechani Xudoga ibodat qilish bilan o’tkazdi.
13Tong yorishgach, shogirdlarini yoniga chaqirdi va oralaridan quyidagi o’n ikki kishini tanlab, havoriy qilib tayinladi:
14U Butrus deb ham yuritgan Simun, uning ukasi Idris, Yoqub, Yuhanno, Filip, Bartolmey,
15Matto, To’ma, Alfey o’g’li Yoqub, vatanparvar deb tanilgan Simun,
16Yoqub o’g’li Yahudo va keyinchalik hiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.
17Shundan so’ng Iso ular bilan birga pastga tushib, yassi bir joyda to’xtadi. Uning ko’plab shogirdlari, Shuningdek, butun Yahudiyadan, Quddusdan, Tir va Sido’n sohillaridan kelgan juda katta olomon
18Isoni tinglash va o’z xastaliklaridan forig’ bo’lish uchun u erga to’plangan edilar. Yomon ruhlardan aziyat tortganlar ham kelib, shifo topar edilar.
19Butun xalq Unga qo’l tegizish ilinjida intilar edi, chunki Undan hammani sog’aytiradigan shifobaxsh bir kuch chiqar edi.
20Iso ko’zlarini shogirdlariga tikib, dedi: “Ey kambag’allar, saodatlisiz! Chunki Xudoning Shohligi siznikidir.
21Ey hozir och-yupunlar, saodatlisiz! Chunki siz to’q bo’lajaksizlar. Ey hozir yig’layotganlar, saodatlisiz! Chunki sizga sevinch kulgisi kelur.
22Inson O’g’liga yon bosganingiz uchun odamlar sizdan nafratlansa, jamiyatdan quvg’in qilib, haqorat qilsa, nomingizga dog’ tushirib etsa badnom, siz baribir saodatmandsizlar!
23O’sha kunda sevining, sevinchdan o’ynanglar! Zero sizga samo mukofoti buyuk bo’lur. Payg’ambarlarga ham otalari shu yo’lni tutgan.
24Lekin boylar, holingizga voy! Chunki siz o’z huzuringizni olib bo’ldingiz.
25Ey hozir to’qlar, holingizga voy! Chunki siz och qolajaksizlar. Hozir kulguvchilar, holingizga voy! Siz yig’lab-ho’ngraysizlar.
26Siz haqda xush gapirsa-da hamma insonlar, bu holda ham holingizga voy! Soxta payg’ambarlarga ham otalari shu yo’lni tutgan”.
27“Lekin siz, tinglayotganlarga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar, sizdan nafratlanganga yaxshilik qilinglar.
28Sizga qarg’ish yog’dirganga duolar o’qing. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar.
29Bir chakkangga urganga ikkinchisini ham tut. To’ningni olgandan ko’ylagingni ham ayamagil.
30Sendan so’ragan har kimsaga ber, senikini olgandan qaytarib berishni talab qilma.
31Odamlar sizlarga qanday muomala qilishlarini istasangizlar, siz ham ularga Shunday muomalada bo’ling.
32Agar sizni sevganlarnigina sevsangiz, qanday savob qilgan bo’lasizlar? Ana, gunohkorlar ham o’zlarini sevganlarni sevadilar.
33Agar o’zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo’lasiz? Ana, gunohkorlar ham xuddi Shunday qiladilar.
34Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo’lasiz? Ana, gunohkorlar ham qancha qarzlari bo’lsa, shuncha qaytarib olish maqsadidagina gunohkorlarga qarz beradilar.
35Lekin siz dushmanlaringizni seving, yaxshilik qiling, hech narsa tama qilmay qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Taoloning o’g’illari bo’lasizlar. Chunki Uning O’zi ham noshukurlar bilan yomon niyatlilarga nisbatan mehribon-ku.
36Shunday qilib, Otangiz rahmdil bo’lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo’linglar”.
37“Boshqalarni hukm qilmang, sizlar ham mahkum bo’lmaysiz. Boshqalarni ayblamang, sizlar ham aybdor bo’lmaysiz. Boshqalarni kechiring, sizlar ham kechirilasiz.
38Boshqalarga bering, sizlarga ham qaytadi – yaxshilab bosilgan, silkitilgan, to’lib-toshgan o’lchov bilan qo’yin-qo’njingizga to’kiladi. Chunki sizlar qanday o’lchov bilan o’lchasangizlar, xuddi Shunday o’lchov sizlarga ham tatbiq etiladi”.
39Iso ularga quyidagi matalni ham aytib berdi: “Ko’r ko’rni etaklab yura olarmikin? Ikkalasi ham chohga tushib ketmasmikin?
40Ana, shogird o’z ustozidan yuqori bo’lmas. Ammo kamolotga etgandan keyin har kim o’zining ustoziday bo’lur.
41Sen nega birodaringning ko’zidagi zirapchaga qaraysan-u, lekin o’z ko’zingdagi xodani sezmaysan?
42Sen o’z ko’zingdagi xodani ko’rmay turib qanday birodaringga: “Kel, birodarim, ko’zingdagi zirapchani chiqaray”, deya olasan? Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o’z ko’zingdan xodani chiqarib qo’y, keyin birodaringning ko’zidan zirapchani chiqarishni aniq ko’rasan”.
43“Yaxshi daraxt yomon meva bermas, yomon daraxt ham yaxshi meva bermas.
44Har bir daraxt o’z mevasidan bilinur. Tikanzordan anjir terilmas, butazordan uzilmas uzum.
45Yaxshi odam o’zining yaxshi qalb xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam o’zining yomon qalb xazinasidan yomonlik chiqarur. Odamning dili nimaga to’lib-toshsa, tili o’shani gapirur”.
46“Nega sizlar Meni “Yo Rabbim, yo Rabbim” deb chaqirasizlar-u, aytganlarimni qilmaysizlar?
47Mening oldimga kelgan va so’zlarimni eshitib, bajo keltirgan har bir kishining kimga o’xshashligini sizlarga uqtiray:
48U uy qurayotganda qazib chuqur qilgan va poydevorini tosh ustiga o’rnatgan odamga o’xshaydi. Sel toshib, o’sha uyni suv bosibdi-yu, lekin uyni qo’zg’atolmabdi. Chunki u tosh ustiga mahkam o’rnatilgan ekan.
49Lekin so’zimni eshitib, unga amal qilmagan kishi uyini tuproq ustiga, poydevorsiz qurgan odamga o’xshaydi. U uyni suv bosgan hamon qulab tushibdi, uning xarobaligi esa qo’rqinchli bo’libdi”.
7-bob
1Iso O’zini tinglab turgan xalqqa bu so’zlarini aytib bo’lganidan keyin, Kafarnahum shahriga kirdi.
2U erda bir yuzboshining juda aziz xizmatkori kasal bo’lib, o’lim to’shagida yotgan edi.
3Yuzboshi Isodan xabardor bo’lib, U kelib xizmatkorini davolasin, deb iltimos qilish uchun yahudiylarning oqsoqollarini Uning huzuriga yubordi.
4Ular Isoning yoniga kelgach, bir samimiy o’tinch bilan: U Sening shafoatingga munosibdir.
5U xalqimizni sevadi, bizga hatto ibodatxona ham qurib bergan, - deyishdi.
6Iso ular bilan birga ketdi. U uyga yaqinlashib qolganda, yuzboshi Isoga bu gaplarni aytgani do’stlarini peshvoz chiqardi: Ey Hazrat, ovora bo’lma! Kulbamga oyoq bosishing uchun munosib emasman.
7Shuning uchun Sening oldingga borishni ham o’zimga loyiq ko’rmadim. Sen birgina so’z aytsang, bas, xizmatkorim sog’ayib ketadi.
8Chunki men ham buyruqqa tobe odamman, Shuningdek, mening ixtiyorimda ham askarlar bor. Birisiga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi; biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
9Iso bu so’zlarni eshitgach, yuzboshiga hayron qoldi. U o’girilib, orqasidan ergashib kelayotgan xaloyiqqa: Sizlarga shuni aytib qo’yay, Men bunday zo’r e’tiqodni Isroilda ham topganim yo’q, - dedi
10Yuborilganlar uyga qaytib kelishganda, bemor xizmatkorni tuzalgan holda ko’rdilar.
11Oradan ko’p o’tmay, Iso Nain degan Shaharga ketdi. Ko’plab shogirdlari va ancha xalq U bilan birga yurishar edi.
12Iso Shaharning darvozasiga yaqinlashganda, bir beva ayolning yakkayu yagona o’g’li o’ligini ko’tarib chiqayotgan edilar. Tumonat Shahar aholisi u ayolni o’rab olgan edi.
13Rabbimiz Iso onani ko’rgach, unga rahmi kelib: Yig’lama! – dedi.
14U yondashib, tobutga qo’l tegizdi. Tobutkashlar to’xtab qolishdi. Iso o’likka: Ey yigit, senga aytyapman: tur o’rningdan! – dedi.
15O’shanda o’lik rostlanib o’tirdi-da, gapira boshladi. Iso uni onasiga topshirdi.
16Hammani vahima bosdi. “Oramizda buyuk payg’ambar paydo bo’ldi, Xudo O’z xalqini yo’qlab keldi”, - deganlaricha, Xudoni olqishlar edilar.
17Shu tariqa Isoning dong’i butun Yahudiya hamda yon-atrofdagi joylarga tarqaldi.
18Yahyoning shogirdlari bu bo’lib o’tgan voqealar haqida ustozlariga xabar berishdi.
19Shunda Yahyo shogirdlaridan ikkitasini chaqirib: “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” – deb so’rash uchun ularni Isoning oldiga yubordi.
20Ular Isoning oldiga kelib: Bizni Yahyo payg’ambar yubordi. U Sendan: “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” deb so’rayapti, - deyishdi.
21Naq shu paytda Iso turli xastalik va illatlarga mubtalo va yovuz ruhlarga chalingan talay xalqqa shifo berib, ko’pgina ko’rning ko’zini ham ochib yurgan edi.
22Iso Yahyoning shogirdlariga javoban dedi: Boringlar, ko’rib eshitayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar: ko’rlar ko’ryapti, o’liklar tirilyapti va bechoralar Xushxabarni eshityaptilar.
23Meni deb vasvasaga tushmagan baxtlidir!
24Yahyoning xabarchilari ketgandan keyin, Iso xalqqa qarata Yahyo to’g’risida gapira boshladi: “Sahroga nima ko’rgani bordingizlar? Shamolda xilpirab turgan qamishnimi?
25Axir, nima ko’rgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Biroq bashanglar, nash’alarda yashovchilar podshohlarning saroyida bo’ladi-ku!
26Axir, nima ko’rgani bordingizlar? Payg’ambarnimi? Ha, sizlarga rostini aytsam, payg’ambardan ham ulug’ini ko’rdingizlar.
27Bu kishi haqida Tavrotda Shunday yozilgan: “Men Sendan avval O’z elchimni yuborarman, u Sening oldingda yo’l hozirlab yurar”.
28Sizlarga aytamanki, ayol zotidan tug’ilganlar orasida Yahyo payg’ambardan ulug’roq biron payg’ambar yo’q. Shunga qaramay, Xudoning Shohligida eng kichik hisoblangani ham undan kattadir”.
29Shunda barcha xalq va hatto soliqchilar ham Yahyoning va’ziga quloq solib, suvda imon keltirdilar va Xudoni odil deb tan oldilar.
30Lekin din olimlari va farziylar suvda imon keltirmay, Yahyoning va’zini, Shuningdek, o’zlariga mo’ljallangan Xudo irodasini rad qildilar.
31“Shunday qilib, bu nasl odamlarini nimaga tenglashtiray? – davom etdi Rabbimiz Iso. – Ular nimaga o’xshaydi?
32Ana ular maydonda o’tirishib, bir-biroviga: “Sizlarga nay chaldik, o’ynamadinglar, sizlarga yig’i chiqardik, yig’lamadinglar”, - deb qichqirashidan bolalarga o’xshaydilar.
33Chunki Yahyo payg’ambar kelib non emadi, sharob ichmadi; sizlar esa uni “jin uribdi” deysizlar.
34Inson O’g’li kelib, ham edi, ham ichdi; bu gal esa Uni “kabobxo’ru sharobxo’r, soliqchilar bilan gunohkorlarning do’sti” deysizlar.
35Va lekin ilohiy hikmat unga rioya qiluvchilar orqali oqlanadi”.
36Farziylardan biri Isoni taom eyishga taklif qildi. Iso farziyning uyiga kirib, dasturxon atrofida o’tirdi.
37Bu Shaharlik gunohkor deb tanilgan bir ayol Isoning farziy uyida mehmon bo’lganligini bilib, bir ganch idishda atir moy olib keldi.
38Isoning orqa tomonida, oyoqlari yonginasida turganicha yig’lab, ko’z yoshlari bilan Uning oyoqlarini ho’llay boshladi. So’ng sochlari bilan Isoning oyoqlarini artgancha, o’pa turib atir moy surtdi.
39Isoni taklif etgan farziy buni ko’rgach: “Agar bu odam payg’ambar bo’lganida edi, Unga suykalib turgan shu ayolning kimligini, qanaqa gunohkor ayol ekanligini bilar edi”, - deb ko’nglidan o’tkazdi.
40Iso unga qayrildi: Simun, senga aytadigan so’zim bor. Aytgil, Ustoz! – dedi u.
41Iso dedi: Bir qarz beruvchining ikki qarzdori bor ekan, biri besh yuz, ikkinchisi ellik kumush tanga qarz bo’lgan ekan.
42Biroq qarzdorlarning to’lash uchun hech narsasi bo’lmaganidan, u ikkovini ham kechiribdi. Aytib ber-chi, ulardan qaysi biri uni ko’proq sevar ekan?
43Simun javob berib: Mening fikrimcha, ko’proq qarzi kechirilgan kishi bo’lsa kerak, - dedi. To’g’ri mulohaza qilding, - dedi unga Iso.
44Keyin ayolga o’girilib: Bu ayolni ko’ryapsanmi? – dedi Simunga. – Men sening uyingga kelganimda, oyoqlarimni yuvgani suv berganing yo’q. U esa o’zining ko’z yoshlari bilan oyoqlarimni ho’llab, sochlari bilan artib quritdi.
45Sen-chi Meni o’pganing yo’q, bu ayol esa kelganimdan beri oyoqlarimni o’pishdan to’xtamayapti.
46Sen boshimga hatto moy quymading, u esa-chi oyog’imga atir moy surkadi.
47Shuning uchun senga aytib qo’yay: uning ko’p gunohlari kechirilgan, ko’p sevishining sababi ana shunda. Kimki oz kechirilsa, u oz sevadi.
48So’ng Iso ayolga qayrilib: Gunohlaring kechirildi, - dedi.
49Iso bilan birga eb-ichib o’tirganlar o’zlaricha fikr yurita boshlashdi: “Kim bo’ldi bu gunohni ham kechirayotgan?”
50Iso esa yana ayolga: Ishonching seni qutqardi, eson-omon borgil, - dedi.
8-bob
1Oradan ko’p o’tmay, Iso Shaharu qishloqlar bo’ylab Xudo saltanati to’g’risidagi Xushxabarni tarqatar edi. O’n ikki U bilan birga yurishar edi.
2Shuningdek, yomon ruhlardan va turli kasalliklardan xalos bo’lgan bir necha ayollar, shu jumladan ichidan ettita jin chiqib ketgan magdalalik Maryam,
3Hirodning saroy boshqaruvchisi Xuzaning xotini Yo’anna, Susanna va boshqa ko’p ayollar ham Iso bilan yurib, o’z mol-mulklarini sarf qilib, Uning tirikchiligiga xizmat qilishar edi.
4Yana ko’p xalq to’planib, barcha Shaharlar aholisi ham Uning oldiga oqib kelayotgan bir paytda, Iso masal bilan gap boshladi.
5“Urug’ sepuvchi o’z urug’ini sepish uchun chiqibdi. Sepayotganda ba’zi urug’lar yo’l yoqasiga tushib, poymol bo’libdi. Osmondagi qushlar kelib, urug’larni cho’qib ketibdi.
6Ba’zi urug’lar toshloq erga tushibdi. Urug’lar ko’karib chiqibdiyu, lekin tuproq namsiz bo’lgani uchun qurib qolibdi.
7Yana boshqa urug’lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o’sib, urug’larni bo’g’ib qo’yibdi.
8Yana ba’zi urug’lar yaxshi erga tushibdi. Ular ko’karib chiqib, yuz marta ko’p hosil beribdi”. Iso bularni aytib bo’lib: “Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!” – deb xitob qildi.
9Shogirdlar Isodan: Boyagi masalning ma’nosi nima? – deb so’rashdi.
10U Shunday javob berdi: Xudo Shohligining sirlarini bilish qobiliyati sizlarga nasib bo’lgan. Boshqalarga bo’lsa, hamma narsani masallar bilan tushuntiraman, toki oyatdagidek: “Ular qarab turib ko’rmasinlar, eshitib turib anglamasinlar”.
11“Bu masalning ma’nosi shu: Urug’ – Xudoning kalomidir.
12Yo’l yoqasiga tushgan donlar Shunday odamlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, lekin keyin imon va najot topmasliklari uchun iblis ularning yuragidan kalomni olib ketadi.
13Toshloq erga tushgan donlar esa Shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda uni sevinch bilan qabul qilaveradilar. Lekin ular ildizga ega emas. O’qtin-o’qtin ishonsalar-da, sinov vaqtida imondan qaytadilar.
14tikanlar orasiga tushgan urug’lar Shunday insonlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, biroq hayotning tashvishlari, boylik va zavq-shavq savdolari ostida bo’g’ilib, pishiq hosil bermaydilar.
15Yaxshi erga tushgan urug’ esa Shunday kishilarni bildiradi: ular kalomni eshitib, yaxshi, sof yurakda saqlaydilar va chidam bilan hosil beradilar”. [Iso bularni aytib: “Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!” – deb xitob qildi.]
16“Hech kim shamni yoqib, uni idish bilan yopmaydi yoki chorpoya tagiga qo’ymaydi. Aksincha, kirganlar yorug’likni ko’rsin, deb uni shamdonga qo’yadi.
17Shuningdek, oshkora bo’lmaydigan hech qanday sir yo’q, ma’lum va ayon bo’lmaydigan hech narsa yo’q.
18Shu sababdan qanday tinglayotganingizga diqqat etinglar. Chunki kimda bor bo’lsa, unga yana beriladi. Kimda yo’q bo’lsa, o’zida bor bo’lishini fikr qilgan narsasi ham undan tortib olinadi”.
19Isoning onasi bilan ukalari Uning oldiga keldilar, ammo xaloyiq ko’pligidan Unga yaqinlasha olmadilar.
20Isoga: Onang va ukalaring Seni ko’rmoqchi bo’lib tashqarida turibdilar, - degan xabarni etkazishdi.
21Iso ularga Shunday javob berdi: Mening onam va ukalarim – Xudo kalomini tinglovchi va bajo keltiruvchilardir.
22Kunlarning birida Iso O’z shogirdlari bilan qayiqqa tushib ularga: Ko’lning narigi tomoniga suzib o’taylik, - dedi. Ular jo’nab ketishdi.
23Suzib ketayotganlarida Iso uxlab qoldi. Ko’lda qattiq bo’ron turdi. Qayiq suvga to’lib, ular havfli ahvolda qoldi.
24Shogirdlar Isoning yoniga borib: Ustoz, Ustoz, halokatdamiz! – deb Uni uyg’otishdi. Iso turib shamolga va to’lqinlanayotgan suvlarga do’q urdi. Shu zahoti bo’ron tinib, sukunat tushdi.
25Iso shogirdlariga: Ishonchingiz qani? – dedi. Ular esa juda qo’rqib dong qotib qolishdi. Kim ekan U? Mana shamollar va suvlarga ham buyuradi, ular esa Unga bo’ysunadi! – deyishdi bir-biriga.
26Jalilaning qarshi tomonidagi Gadara yurtiga suzib keldilar.
27Iso qirg’oqqa chiqishi bilan Shahardan bir odam uchradi. Bu odam ancha vaqtdan beri jinga giriftor bo’lib, kiyim ham kiymasdi. U uyda ham turmay, qabriston g’orlarida yashar edi.
28Isoni ko’rgach, u qichqirib yubordi-da, o’zini Uning oldiga tashlab, baland ovoz bilan: Ey Iso, Xudoyi Taoloning O’g’li, men bilan nima ishing bor? O’tinaman, meni qiynama! – dedi.
29Chunki Iso yomon ruhga bu odamdan chiqib ketishini buyurgan edi. Uni saqlash uchun zanjir-kishan bilan bog’lagan bo’lsalar-da, lekin u bandilarni uzib tashlar va uni tutib cho’l-sahrolarga sudrab borar edi.
30Iso undan so’radi: Isming nima? Ismim Tumonat, - dedi u. Chunki uning vujudini bir talay jin chirmagan edi.
31Jinlar o’zlarini tubsiz qa’rga yubormaslikni Isodan yolvorib so’radilar.
32Shu tog’ning yon bag’rida katta bir to’ng’iz podasi o’tlab yurgan edi. Jinlar to’ng’izlarga kirishga ruxsat berishi uchun Isodan yolvorib so’radilar. Iso ularga ruxsat berdi.
33Shunda jinlar odamdan chiqib, to’ng’izlarga kirib oldilar. To’ng’iz podasi tik qiyalikdan pastga yopirildi va ko’lda g’arq bo’ldi.
34To’ng’iz boquvchilar sodir bo’lgan voqeani ko’rgach, yugurib borib Shaharda va ovullarda bularni gapirib berdilar.
35U joylar aholisi esa bo’lib o’tgan hodisani ko’rish uchun dalaga chiqib, Isoning yoniga keldi. Jin chiqqan odamni kiyingan va aqli raso holatda Isoning oyog’i tomonda o’tirganini ko’rib, vahimaga tushishdi.
36Hodisani ko’rganlar esa u odamning jindan qanday qutulganini hammaga so’zlab berishdi.
37Shunda Gadara atrofidan kelgan barcha aholi qattiq dahshatga tushdi, ularning eridan chiqib ketishni Isodan iltimos qilishdi. Iso esa qayiqqa tushib qaytib ketdi.
38Jinlardan xalos bo’lgan odam Iso bilan birga yurmoqlikni Undan so’radi. Lekin Iso unga:
39O’z uyingga qaytib borib, Xudo sen bilan nimalar qilganini gapirib ber, - deb uni jo’natdi. U kishi borib, Iso u bilan nimalar qilganini butun Shaharda e’lon qiladigan bo’ldi.
40Iso bariga qirg’oqqa qaytib kelgach, xalq Uni quvonib qarshiladi, chunki hamma Uni kutib turgan edi.
41Shu payt ibodatxonaning jamoaboshisi bo’lgan Yair ismli bir kishi kelib qoldi. Isoning oyoqlariga o’zini tashlab, uning uyiga borishini o’tinib so’radi.
42Chunki uning o’n ikki yoshlardagi birgina qizi o’lim to’shagida yotar edi. Iso borarkan, xaloyiqning soquvida qoldi.
43Shu o’rtada o’n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U bor-yo’g’ini tabiblarga sarf etgani bilan hech biridan shifo topmagan edi.
44Ayol Isoga orqa tomondan yaqinlashib, etagiga elas qo’l tekizgan onda qon oqishi darhol to’xtadi.
45Kim u Menga qo’lini tegizgan? – dedi Iso. Hamma tongach, Butrus bilan yonidagilar dedi: Ustoz, xaloyiq Seni o’rab, siqib turibdi, Sen esa-chi, Menga kim qo’l tegizdi, deysan?
46Lekin Iso: Kimdir Menga aniq tegdi-da, Men O’zimdan bir kuch chiqqanini sezdim, - dedi.
47Ayol boshqa yashirina olmaganini payqagach, qaltiragancha Isoga yaqinlashib, Uning oyoqlariga o’zini tashladi-yu, Unga qanday maqsad bilan tekkanligini va o’sha zahoti qanday darddan xalos bo’lganini butun xalqqa eshittirib so’zlab berdi.
48Iso unga: Dadil bo’l, qizim! Ishonching seni qutqardi, eson-omon borgil, - dedi.
49Iso gapini hali tugatmasdanoq, jamoaboshining uyidan kimdir kelib, jamoaboshiga: Qizingiz o’ldi, Ustozni ovora qilmay qo’yaqoling, - dedi.
50Buni eshitgan Iso u odamga: Qo’rqma, faqat ishongin, qizing qutqariladi, - dedi.
51Iso o’sha uyga kelib, Butrus, Yuhanno, Yoqub va qizning ota-onasidan boshqa hech kimning O’zi bilan ichkariga kirishiga ruxsat bermadi.
52Hamma qizcha uchun yig’lab nola qilayotgan edi. Biroq Iso: Yig’lamanglar, u o’lgan emas, faqat uxlab yotibdi, - dedi.
53Ular qizchaning o’lganligini bila turib, Uning ustdan kulishdi.
54Iso esa [hammani tashqariga chiqarib,] qizchaning qo’lidan ushlab qoldi-da: Ey qizaloq, o’rningdan tur! – deb xitob qildi.
55Qizchaning ruhi taniga qaytdi. U shu ondayoq o’rnidan turib ketdi. Iso unga ovqat berishni buyurdi.
56Qizning ota-onasi hayron qoldilar. Iso esa ularga bo’lgan voqea haqida hech kimga aytmaslikni buyurdi.
9-bob
1Iso o’n ikki shogirdini yoniga chaqirib, ularga butun jinlar ustidan hokimlik qilish va kasallarni sog’aytirish qudratini berdi.
2Xudoning Shohligini e’lon qilish va xastalarga shifo berishga ularni yuborib,
3Iso dedi: “Yo’lga hech narsa olmanglar: hassa ham, to’rva ham, non ham, aqcha ham, bir juft ham ko’ylak ham olmanglar.
4Qaysi uyga kirsangizlar, u erdan jo’naguningizcha o’sha uyda qolinglar.
5Agar biror Shaharda sizni qabul qilmasalar, u erdan chiqayotganingizda aholiga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar”.
6Shogirdlar jo’nadilar. Qishloqdan-qishloqqa o’tib borib, hamma yoqda Xushxabarni targ’ib qilar, kasallarga shifo berar edilar.
7Viloyat hokimi Hirod sodir bo’layotgan ajoyibotlarni eshitib, esankirab qoldi. Chunki ba’zilar: “Yahyo tirilib kelibdi”, - desalar,
8boshqalar esa: “Ilyos payg’ambar paydo bo’libdi”, - derdilar. Yana boshqalar bo’lsa: “Qadimgi payg’ambarlardan biri tirilib kelibdi”, - deb yurishdi.
9Hirod bo’lsa: “Men Yahyoni boshidan judo qilganman. Endi bunday ishlarni qilyapti, deb yurishgani kim ekan?” – dedi-da, Isoni ko’rgisi keldi.
10Shu orada Isoning havoriylari safardan qaytib kelib, qilgan ishlarini Unga aytib berishdi. Iso havoriylarni Baytsayda nomli Shahar yaqinidagi xilvat joyga O’zi bilan olib ketdi.
11Ammo xaloyiq buni bilib, Uning orqasidan boraverdi. Iso ularni yaxshi qarshilab, Xudoning Shohligi to’g’risida suhbatlashdi, shifoga muhtojlarni davoladi.
12Kun botib, kech kira boshladi. Isoning o’n ikki shogirdi Uning oldiga kelib: Xaloyiqqa ruxsat ber, atrofdagi ovul va qishloqlarga borib rizqini topsin, tunasin. Chunki bunda ovloq joydamiz, - dedilar.
13Sizlar ularga ovqat beringlar! – dedi Iso. Beshta non va ikkita baliqdan boshqa biron narsamiz yo’q-ku. Borib shuncha kishiga ovqat sotib ololamizmi? – dedi shogirdlar.
14O’sha erda besh mingga yaqin erkak bor edi. Iso shogirdlariga: Xaloyiqni har qatorga elliktadan qilib o’tqazinglar, - dedi.
15Shogirdlari xuddi Shunday qilib, hammani o’tqazdilar.
16Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi-yu, osmonga qarab shukrona duosini o’qidi. So’ng bularni mayda-mayda qilib, xalqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi.
17Hammalari eb to’ydi. Ortib qolgan burdalarni terib olishganda, o’n ikki savat chiqdi.
18Bir vaqtda Iso yolg’iz O’zi ibodat qilar edi. Shogirdlari ham yaqin turar edilar. Iso ulardan: Xalq Meni kim deb hisoblaydi: - deya so’radi.
19Ular javob berib: Yahyo payg’ambar deb hisoblaydi, boshqalar esa Ilyos payg’ambar deb hisoblaydi. Yana boshqalar bo’lsa: “Qadimgi payg’ambarlardan biri tirilib kelibdi”, deb o’ylab yurishibdi, - dedilar.
20Iso ulardan: Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? – deb so’radi. Bunga javoban Butrus: Sen Xudo yuborgan Masihsan! – dedi.
21Iso bularni hech kimga aytmanglar, deb shogirdlariga qat’iy buyruq berdi.
22“Inson O’g’li ko’p azob chekishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulamolar tomonidan rad qilinib o’ldirilishi, uchinchi kuni esa qayta tirilishi kerak”, - dedi.
23So’ng hammaga xitob qilib dedi: “Agar kim Menga ergashishni istasa, o’zidan kechsin va har kuni o’z xochini ko’tarib, ortimdan yursin.
24Kim o’z jonini saqlab qolmoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi. Kim Men uchun jonini yo’qotsa, uni saqlab qoladi.
25Agar inson butun dunyoni egallab olsa-yu, biroq o’ziga zarar etkazsa yoki halokatga yo’liqsa, bundan qanday foyda ko’radi?
26Kim Mendan va Mening so’zlarimdan uyalsa, Inson O’g’li ham O’zi, Otasi va muqaddas farishtalar salobati ila kelganida, undan uyaladi.
27Sizlarga chinini aytayin: bu erda turganlardan ba’zilari borki, Xudoning Shohligini ko’rmaguncha, o’lim ko’rmaydilar”.
28Iso bu so’zlarni aytganidan keyin sakkiz kuncha o’tib, Butrus, Yuhanno va Yoqubni olib, ibodat qilish uchun toqqa chiqdi.
29U ibodat qilayotganida, yuzining ko’rinishi o’zgarib, kiyimlari yashinday oq bir tusda yarqirab ketdi.
30-31Shu onda nur yog’ilib turgan ikki zot – Muso va Ilyos payg’ambarlar paydo bo’lib, Iso bilan gapga tushdilar. Ular Isoning yaqinda Quddusga borib olamdan o’tishi to’g’risida suhbatlashar edilar.
32Butrus va u bilan birga bo’lganlarni uyqu elitgan edi. Qo’qqisdan uyg’onishib, nurli Isoni va U bilan birga turgan ikki zotni ko’rdilar.
33U zotlar endi Isodan ajralib ketaylik, degan paytda Butrus Isoga: Ustoz, bizga bu joy juda yoqyapti! Qani, uchta chayla quraylik – birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga.., - dedi. Ammo u nima deyarini bilmas edi.
34Butrus gapini tugatmasdanoq, bir bulut paydo bo’lib ularga soya soldi. Ular bulut ostida qolib, vahimaga tushdilar.
35Bulut ichidan: Bu Mening aziz O’g’limdir; Unga quloq solinglar, - degan sado eshitildi.
36Sado uzilgach, shogirdlar Isoning u erda yolg’iz qolganini ko’rdilar. Ular ko’rganlarini yashirib, o’sha kunlarda hech kimga bildirmadilar.
37Ertasi kuni ular tog’dan tushdi. Isoni ko’p xaloyiq qarshiladi.
38Kimdir birdan xalq ichidan dod soldi: Ustoz! Sendan yalinib so’rayman, o’g’limga bir qaragin, u mening yagona bolam-ku.
39Bir ruh bolani tutib turadi va u birdaniga baqirib yuboradi. Ruh uni og’zidan ko’pik chiqquncha erga yiqitib sudraydi, uni obdan qiynab, zo’rg’a undan ayriladi.
40Men Sening shogirdlaringga ruhni quvinglar, deb yolvordim, lekin ular eplolmadi, - dedi.
41Iso bunga javoban: Ey vafosiz va buzuq nasl! Qachongacha sizlar bilan birga bo’laman? Qachongacha sizlarga chidab turaman? O’g’lingni bu erga keltir! – dedi.
42Bola yaqinlashmasdanoq, jin uni erga ag’anatib ura ketdi. Lekin Iso yomon ruhga bas qilishni buyurdi, bolani sog’aytirdi va uni otasiga topshirdi.
43Hamma Isoning buyukligiga hayron qoldi. Isoning qilayotgan ishlaridan hamma taajjubda ekan, U O’z shogirdlariga:
44“Sizlar bu so’zlarimni quloqlaringizga quyib olinglar! – dedi. – Inson O’g’li odamlar qo’liga tutib berilishi muqarrardir”.
45Shogirdlar bo’lsa, bu so’zni tushunmadilar. Bu so’z ularning tushunchasidan yashirin bo’lib, ma’nosiga etmadilar, Isodan so’rashga esa qo’rqardilar.
46Shogirdlar orasida: qay birimiz kattamiz, degan tortishuv bo’ldi.
47Ularning ko’nglidan fikrni uqib, Iso bir bolani olib O’zining yoniga turg’izdi-da,
48ularga dedi: Kim bu bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo’ladi. Kim Meni qabul qilsa, Meni yuborganni qabul qilgan bo’ladi. Orangizda kim eng kichik ekan, mana u buyuk hisoblanadi.
49Shunda Yuhanno so’z oldi: Ustoz! Sening noming bilan jinlarni quvayotgan bir odamni ko’rdik. U biz bilan yurmagani sababli, unga buni man etdik.
50Man qilmang – dedi Iso. – Kimki sizga qarshi emas, u siz tomonda.
51Isoning olamdan o’tish kunlari yaqinlasharkan, U Quddusga borishga jazm qildi.
52O’zidan oldin xabarchilarni yubordi. Ular Iso kelishiga hozirlik ko’rish uchun Samariyaning bir qishlog’iga kirdilar.
53Lekin U Quddusga ketayotgan sayyoh ko’rinishida bo’lgani uchun, samariyaliklar Isoni qabul qilmadilar.
54Shogirdlari Yoqub ila Yuhanno buni ko’rib: Rabbiy, istasang biz Ilyos payg’ambar qilganidek, bularni gumdon qilish uchun osmondan olov tushsin deb aytaylik! – dedilar.
55Iso esa ularga burildi-da, ta’na qilib: Sizlar qanday ruhda borayotganingizni bilmaysizlar, - dedi.
56Inson O’g’li inson jonini halok qilish emas, xalos qilish uchun kelgan. So’ngra ular boshqa qishloq sari ketdilar.
57Yo’lda ketar ekanlar, kimdir Isoga: Hazrat, qaerga borma, men Sening orqangdan yuraman, - dedi.
58Iso unga: Tulkilarning inlari, ko’k qushlarining uyalari bor. Lekin Inson O’g’lining bosh suqadigan joyi yo’q, - dedi.
59Boshqa birisiga Iso: Orqamdan yur! – dedi. Lekin u: Hazrat, oldin borib otamni ko’mib kelishga ijozat ber, - dedi.
60Iso unga: O’liklarni qo’y, ularni o’zicha o’lik bo’lganlar ko’msin. Sen esa borib, Xudoning Shohligi haqida xabar tarqatgin, - dedi.
61Yana boshqa biri: Hazrat, men Sening orqangdan yuraman. Faqat oldin borib uydagilar bilan xayrlashishimga ijozat ber, - dedi.
62Lekin Iso unga dedi: Qo’llarini omochda tutib, orqasiga qaragan hech kim Xudoning Shohligi uchun layoqatli bo’lmas.
10-bob
1Bu hodisalardan keyin Rabbimiz Iso boshqa etmish shogirdni tanlab, O’zi tashrif buyuradigan har bir Shahar, har bir joyga O’zidan oldin borib tursin uchun ularni ikkita-ikkitadan yubordi.
2Ularga xitoban dedi: “Hosil mo’l, biroq yumushchilar oz. O’z hosilingni yig’ib-teradigan yumushchilar yubor, deb hosil Egasiga iltijo qilinglar.
3Boringlar! Sizni bo’rilar orasiga qo’zilarday yuboryapman.
4Hamyon ham, to’rva ham, choriq ham olmang, yo’lda hech kimga salom bermanglar.
5Qaysi uyga kirsangizlar, avval boshda: “Uyingizga tinchlik bo’lsin”, deb salom beringlar.
6Agar u erda biror tinchliksevar bo’lsa, uning boshi salomat bo’ladi. Bo’lmasa, salomingiz sizlarga qaytib keladi.
7Kirgan uyda qolinglar, sizlarga nimaiki bersalar, uni eb-ichinglar. Chunki mehnatkash o’z mehnatiga yarasha taqdirlanmoqqa munosibdir. Uyma-uy o’tib yurmanglar.
8Qaysi Shaharga kelganingizda sizlarni qabul qilsalar, oldingizga qo’yilganini englar.
9O’sha erdagi kasallarga shifo berib, ularga: “Xudoning Shohligi sizlarga yaqinlashdi”, deb aytinglar.
10Agar qaysi Shaharga kelganingizda sizlarni qabul qilmasalar, u erdan chiqayotganingizda ko’cha-ko’yda baralla:
11“Shahringizdan oyoqlarimizga yopishgan changni ham qoqib, o’zingizga qoldirib ketyapmiz. Biroq shunga qaramay bilib qo’yinglarki, Xudoning Shohligi sizlarga yaqinlashdi”, deb aytinglar.
12Sizlarga gapim shuki, qiyomat kunida u Shahardan ko’ra Sado’m shahrining holi engilroq bo’ladi”.
13“Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda sodir bo’lgan mo’’jizalar Tir bilan Sido’n Shaharlarida yaratilganida, ular allaqachon julga o’ranib, kulga o’tirib, tavba qilgan bo’lardilar.
14Mana qiyomat kunida sizdan ko’ra Tir va Sido’nning hoi engilroq bo’ladi.
15Ey sen, ko’kkacha o’rlagan Kafarnahum, tuban ketajaksan tamug’ga!
16Sizni tinglagan Meni tinglagan bo’ladi. Sizni rad etgan Meni rad etgan bo’ladi. Meni rad etgan esa Meni Yuborganni rad etgan bo’ladi”.
17Etmish shogird quvonch bilan safardan qaytib kelib Isoga: Rabbiy, Sening nomingni tilga olsak, jinlar ham bizga bo’ysunadi-ku! – dedilar.
18Iso ularga dedi: Men shaytonning osmondan yashinday tushganini ko’rdim.
19Mana, Men sizlarga ilonu chayonlarni ezib tashlash hamda dushmanning butun kuch-qudratini oyoq-osti qilish iqtidorini berganman. Hech narsa sizlarga zarar etkazmaydi.
20Biroq ruhlar sizga bo’ysunayotganidan quvonmanglar, balki nomlaringiz osmonda yozilganidan quvoninglar!
21O’sha paytda Iso ilohiy ruhdan ilhomlanib, juda xurram bo’lib dedi: Ey Ota, eru ko’k Hukmdori! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go’daklarga ma’lum etganing uchun Senga hamdu sano aytaman. Ha Ota, Sening ezgu xohishing Shunday edi.
22[Keyin Iso shogirdlariga o’girilib, dedi:] Otam Menga hamma narsani topshirgan. O’g’ilning kimligini Otadan boshqa hech kim bilmaydi, Otaning kimligini ham O’g’ildan va O’g’il bilim berishni istagan kishidan boshqa hech kim bilmaydi.
23So’ng shogirdlariga qarab, Iso alohida dedi: Sizlar ko’rayotgan narsalarni ko’rib turgan ko’zlar saodatlidir!
24Sizlarga shuni aytayin: Ne-ne payg’ambaru podshohlar siz ko’rayotganni ko’rmoq orzu etgandilar, lekin ko’rolmadilar, siz eshitayotganni eshitmoq orzu etgandilar, lekin eshitolmadilar.
25Shunda Isoni sinash maqsadida kelgan Tavrot tafsirchilaridan biri oyoqqa turib, Unga savol berdi: Ustoz, abadiy hayot nasib bo’lmog’i uchun nima qilishim kerak?
26Tavrotda nima yozilgan? Qanday o’qiysan? – deb so’radi Iso.
27U kishi Shunday javob berdi: “Egang Xudovandni butun qalbing, butun joning, butun quvvating va butun onging bilan sev, yaqiningni esa o’zing kabi sev”, - deb yozilgan.
28Iso unga: Sen to’g’ri javob berding, Shunday qilgin, ana shunda yashaysan! – dedi.
29Ammo u odam o’zini oqlamoqchi bo’lib: Xo’p, menga yaqin kim? – deb so’radi Isodan.
30Iso unga o’rnakli naql bilan javob qaytardi: Bir odam Quddusdan Erixoga borar ekan, qaroqchilar qo’liga tushib qolibdi. Qaroqchilar uning kiyimlarini echib olib, o’lasi qilib urib, shu holicha tashlab ketibdilar.
31Ittifoqo shu yo’ldan bir ruhoniy borar ekan. Uni ko’rib yonidan o’tib ketibdi.
32U joyga bir levit ham kelib, u odamni ko’riboq yonidan o’tib ketaveribdi.
33Bir samariyalik yo’lovchi esa bu joydan o’tarkan, uning ustidan chiqib qolibdi va holiga ko’p kuyunibdi.
34uning yoniga kelibdi-da yaralariga moy surib, sharob quyib, bog’lab qo’yibdi. So’ng uni o’z uloviga mindiribdi-da, mehmonxonaga olib kelib, unga g’amxo’rlik qilibdi.
35Ertasiga jo’nayotganida ikki kumush tanga chiqaribdi-da, mehmonxona egasiga berib: “Unga yaxshi qaragin. Agar bundan ziyod xarj qilar bo’lsang, men qaytib kelganimdan so’ng senga beraman”, – deb ketibdi.
36Seningcha, uchchovidan qaysi biri qaroqchilarning qo’liga tushgan odamning yaqini sanaladi?
37Tavrot tafsirchisi: Unga shafqat qilgan odam-da, - deb javob beribdi. Bor, sen ham Shunday qil! – dedi unga Iso.
38O’z yo’llarida davom etishdi. Iso bir qishloqqa kirdi. Bu erda Marta ismli ayol Uni uyiga taklif qildi.
39Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Isoning oyoqlari oldida o’tirib Uning so’zlarini tinglar edi.
40Marta esa tayyorgarchilik ishlari bilan juda ovora edi. Nihoyat u Iso yoniga kelib: Hazrat! Singlim bir o’zimni xizmatda qoldirib qo’yganiga e’tibor bermayapsanmi? Unga aytgin, menga yordam bersin! – dedi.
41Iso unga Shunday javob berdi: Marta, Marta, buncha urinib tashvishlanmasang!
42Zarur bo’lgan bittagina ish bor. Maryam esa o’zi uchun yaxshi ulushni tanladi va bu undan tortib olinmaydi.
11-bob
1Iso bir joyda ibodat qilar edi. Ibodatni tamom qilgach, shogirdlaridan biri Unga: Rabbiy! Yahyo o’z shogirdlarini o’rgatganidek, bizni ham ibodat qilishga o’rgat, - dedi.
2Iso ularga dedi: Ibodat qilayotganingizda Shunday deb aytinglar: Ey, Otamiz! Sening muqaddas isming ulug’lansin. Sening Shohliging kelsin.
3Kundalik rizqimizni berib turgin.
4Gunohlarimizni kechirgin, chunki biz ham o’zimizga qarzdor bo’lgan har bir kishini kechiramiz. Bizni vasvasaga duchor qilmagin.
5Yana ularga dedi: “Faraz qilaylik, orangizda bir kishining do’sti bor. Yarim kechada do’sti uning oldiga kelib: Do’stim, menga uchta non qarz berib tur.
6Mening bir do’stim yo’ldan o’ta turib, tashrif buyurdi. Oldiga qo’yadigan hech narsam yo’q, - deydi.
7Unisi ichkaridan javob berib: Meni bezovta qilma, eshik qulf, bolalarim men bilan bir to’shakda yotishibdi, endi o’rnimdan turib senga berolmayman, - deydimi?
8Sizlarga rostini aytsam: o’z do’sti bo’lgani uchun ham turib unga bermasa-da, lekin uning shilqimligi tufayli u turib, qancha so’rasa, shuncha beradi.
9Shunday qilib, Men sizga aytaman: so’rab turinglar, sizga beriladi. Izlab turinglar, topasizlar. Taqillatib turinglar, eshik ochiladi.
10Chunki har bir so’ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar.
11Orangizdagi qaysi bir ota, o’g’li undan non so’rasa, unga tosh beradi? Yoki baliq so’rasa, unga baliq o’rniga ilon beradi?
12Yoki tuxum so’rasa, unga chayon beradi,
13Shunday qilib, sizlar yovuz bo’la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera bilar ekansiz, samodagi Ota undan so’raganlarga Muqaddas Ruhni berishi yanada shubhasizdir”.
14Bir kuni Iso soqovdan jinni quvib chiqardi. Jin chiqqandan so’ng, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qoldi.
15Ammo oralaridan ba’zilari: “U ins-jinslar boshlig’i iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti!” – dedilar.
16Boshqalar esa Isoni sinab ko’rmoqchi bo’lib, osmondan dalolat ko’rsatishni Undan talab qildilar.
17Iso ularning qalb kechinmalarini bilib, dedi: “O’z ichidan bo’lingan har bir podshohlik nuraydi, o’z ichidan bo’lingan xonadon xarob bo’ladi.
18Agar shayton ham o’zaro bo’lingan bo’lsa, uning saltanati qanday tura oladi? Sizlar bo’lsa, yana Meni iblis kuchi bilan jinlarni quvib chiqarayotibdi, deysiz-a?
19Agar Men jinlarni iblis kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo’lsam, u holda sizlarning o’g’illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqarishadi? Shu sabab ham ular sizga hakam bo’ladilar.
20Agar-chi Men Xudo dasti ila jinlarni quvib chiqarayotgan ekanman, bu Xudo Shohligining sizga etib kelgani demak.
21Agar kuchli odam o’z uyini qurol-yarog’i bilan qo’riqlab tursa, uning mol-mulki bexatar bo’ladi.
22Ammo undan kuchliroqi hujum qilib uni engsa, u tayangan barcha qurollarini tortib oladi va o’ljasini istaganga taqsimlab beradi.
23Kim Men bilan birga bo’lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig’masa, sochadi.
24Yovuz ruh insondan chiqqanidan keyin, rohat izlab suvsiz erlarni aylanib yuradi va topmagach: “Chiqqan uyimga qaytib boraman”, deydi.
25Kelgach esa, uyni supurilgan va yig’ishtirilgan holda ko’radi.
26Shunda borib, o’zidan ham yovuzroq boshqa ettita ruhni chaqiradi va ular bilan uyga kirib yashay boshlaydi. U odamning keyingi holi avvalgidan battarroq bo’lar”.
27Iso bu so’zlarni aytayotganda, xalq orasidan bir ayol ovozini baland qilib: Seni asragan qorin, Seni emizgan ko’krak baxtlidir! – deb yubordi.
28Lekin Iso dedi: Aniqrog’i, Xudo kalomini tinglab uni bajo keltirganlar baxtlidir!
29Ko’pdan-ko’p xaloyiq yig’ila boshlagach, Iso so’z ochib dedi: “Bu nasl yomondir! Bu nasl bir dalil izlamoqda, ammo Yunus payg’ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi.
30Yunus Nineviya aholisi uchun qanday alomatli bo’lgan bo’lsa, Inson O’g’li ham bu nasl uchun Shunday alomatli bo’ladi.
31Janub malikasi qiyomat kunida bu nasl odamlari bilan birga tirilib, ularni mahkum etadi. Chunki Sulaymonning hikmatini tinglash uchun dunyoning olis elidan kelgan. Hamda mana, Sulaymondan buyukrog’i bu erdadir!
32Nineviya odamlari qiyomat kunida bu nasl bilan birga turib, uni mahkum etadilar. Chunki ular Yunusning va’zi sababli tazarru qilganlar. Hamda mana, Yunusdan buyukrog’i bu erdadir!”
33“Hech kim shamni yoqib, uni ko’rinmas erga yoki chelakning tagiga qo’ymaydi. Aksincha, kirganlar ziyoni ko’rsin, deb uni shamdonga qo’yadi.
34Tanning chirog’i – ko’z. Aga ko’zing tiniq bo’lsa, butun taning ham nurli bo’lar. Agarda ko’zing yomon bo’lsa, taning ham qorong’i bo’lar.
35Shuning uchun ichingdagi nur qorong’i bo’lmasligiga e’tibor ber.
36Agar taningda biron qorong’i qism bo’lmay, hamma joyi nurlanib tursa, shunda yonar chiroq seni yoritgandek, butun taning ham yorqin bo’lar”.
37Iso bularni gapirib turganda, bir farziy Uni dasturxonga taklif qildi. Iso uning uyiga kirib, ovqatlanishga o’tirdi.
38Iso ovqatdan oldin qo’llarini yuvmaganini farziy ko’rib, ajablandi.
39Rabbimiz Iso unga dedi: “Ey farziylar, sizlar piyolayu tovoqning sirtini tozalaysiz-u, ammo ichingiz talonchilik va yovuzlikka to’lib-toshadi!
40Hoy befahmlar! Sirtni yaratgan ichni ham yaratgan emasmi?
41Yaxshisi, o’zingizda boridan xayr-sadaqa beringlar, shunda sizlar uchun hamma narsa halol bo’ladi.
42Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar yalpiz, za’faron va har xil sabzavotdan ushr berasiz-u, ammo haqqoniyat va Xudo sevgisiga beparvosizlar! Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo’ymasligingiz kerak edi.
43Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar ibodatxonalarda to’rda o’tirish va xalq yig’inlarida alik olishni yaxshi ko’rasizlar.
44Holingizga voy, ey munofiq tafsirchilar hamda farziylar! Sizlar odamlar sezmay ustidan bosib o’tgan belgisiz qabrlarga o’xshaysizlar”.
45Shu mahalda Tavrot tafsirchilaridan bir so’zga chiqib Isoga: “Ustoz, bu so’zlarni aytib, bizni ham ranjitding-ku”, - dedi.
46Iso esa aytdi: “Ey tafsirchilar, sizlarning ham holingizga voy! Siz ko’tarib bo’lmaydigan yuklarni insonlarga yuklaysiz-u, o’zlaringiz esa u yuklarga barmog’ingizni ham tekkizmaysizlar.
47Holingizga voy! Sizlar ota-bobolaringiz o’ldirgan payg’ambarlarga maqbara qurasizlar.
48Shu bilan ota-bobolaringizning qilmishlarini tasdiqlab, ularga hamfikrdek bo’lmoqdasizlar. Ular-chi payg’ambarlarni o’ldirishgandi, sizlar esa ularga maqbara qurib yuribsizlar!
49Shuning uchun ham Xudo O’z hikmatlarida Shunday degan: “Men ularga payg’ambarlar va rasullar yuboraman. Ulardan ba’zilarini o’ldiradilar, ba’zilarini esa quvg’in qiladilar”.
50-51Shu sababli, dunyo bino bo’lgandan beri to’kilgan barcha payg’ambarlar qoni, Hobildan tortib, qurbongoh ila ma’bad orasida o’ldirilgan Zakariyogacha to’kilgan barcha qonlar shu naslning bo’yniga tushadi! Ha, sizlarga yana aytamanki, bu qonlar shu nasldan talab qilinadi!
52Ey tafsirchilar, ma’rifat kalitini qo’lga olganingiz uchun holingizga voy! O’zlaringiz-ku eshikdan kirganingiz yo’q, kirmoqchi bo’lganlarga esa to’sqinlik qilib turibsizlar”.
53Iso bularni endi aytib tugatar ekan, ulamolar va farziylar Uni qattiq siquvga oldilar, ko’plab so’roqlarga javob berishga majburladilar.
54Uning og’zidan Uni ayblovchi biron gap chiqishini poylab, Uni tuzoqqa tushirish payida edilar.
12-bob
1Shu orada minglarcha odam to’planib, bir-birini ezayotganday tuyular edi. Iso oldin O’z shogirdlariga qarab so’zlay boshladi: farziylarning xamirturushidan (ya’ni riyokorligidan) ehtiyot bo’linglar!
2Ochilmay qoladigan hech yopiq narsa yo’q, bilinmay qoladigan hech qanday sir yo’q.
3Sizning qorong’ilikda so’zlayotganlaringiz yorug’likda eshitilajak, berk eshiklar orqasida quloqqa shivirlaganlaringiz tomlar uzra e’lon etilajak”.
4“Men siz, do’stlarimga aytaman: badanni o’ldirib, keyin boshqa biron narsa qilishga qodir bo’lmaganlardan qo’rqmanglar.
5Biroq kimdan qo’rqishingiz kerakligini sizlarga uqtiray: kishini o’ldirgandan keyin jahannamga tashlashga ham qodir bo’lgan Xudodan qo’rqinglar. Ha, sizlarga aytaman, Undan qo’rqinglar!
6Beshta chumchuq ikki tangaga sotilmaydimi? Xudo huzurida bularning birisi ham unutilmagay.
7Sizlarga kelsak, boshingizdagi sochlar ham bari sanoqli. Demak, qo’rqmanglar, siz ko’pdan-ko’p chumchuqlardan qadrliroqsiz.
8Sizlarga yana shuni aytay: kimda-kim insonlar odida Meni tan olsa, Inson O’g’li ham Xudo farishtalari oldida uni tan oladi.
9Biroq kimda-kim insonlar oldida Meni inkor etsa, u Xudo farishtalari oldida ham inkor etiladi.
10Kimki Inson O’g’liga qarshi so’z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhni kufr qilsa, kechirilmaydi.
11Sizlarni diniy hay’atlar va boshliqlar, hokimlar oldiga olib kelganlarida nima deb, qanday gapirib, o’zimizni himoya qilamiz, deb qayg’urmanglar.
12Chunki nima deyish kerakligini o’sha onda Muqaddas Ruh sizlarga o’rgatadi”.
13Xaloyiq ichidan kimdir Isoga: Ustoz, akamga ayt, merosni men bilan bo’lsin, - dedi.
14Iso unga: Ey inson! Meni sizlarga kim qozi yoki meros bo’luvchi qilib qo’ydi? – dedi.
15Keyin xaloyiqqa: Ehtiyot bo’linglar, o’zingizni har turli tamagirlikdan saqlanglar. Zero inson umri uning mol-mulki ko’pligiga bog’liq emas, - dedi.
16Iso ularga Shunday masal keltirdi: “Bir boy odamning dalasi mo’l hosil berib turar ekan.
17Boy o’z-o’ziga: Nima qilay? Hosilni qo’yadigan joyim yo’q, - deb o’ylab yurgan ekan.
18Mana bunday qilaman, - debdi oxiri, - omborlarimni buzib, kattarog’ini quraman, butun g’alla va mollarimni shu erga joylayman.
19So’ng o’z-o’zimga: Ey jonim, deyman, sen ko’p yillarga etgulik davlat to’plading. Endi rohat qil, eb-ichgin, kayf-safo surgin, - debdi.
20Lekin Xudo unga: Ey nodon! Bu kechayoq joning olinadi. Shunda bu tejab qo’yganlaring kimga qoladi? – debdi.
21O’zi uchun boylik to’plab, Xudo nazarida boyimagan kishining qismati ana Shunday bo’ladi”.
22Iso shogirdlariga yana dedi: "Binobarin, sizlarga aytamanki, nima eymiz, deb joningiz uchun, nima kiyamiz, deb taningiz uchun tashvishlanib yurmanglar.
23Jon ovqatdan, tan esa kiyimdan a’lodir.
24Qarg’alarga qaranglar: ular na ekadi, na o’radi, na omborlari va na qo’rxonalari bor. Shunga qaramay, Xudo ularning rizqini beradi. Sizlar esa qushlardan naqadar qadrlisizlar!
25Sizlardan kim tashvishlanib, o’z umrini bir lahza bo’lsin uzaytira olar ekan?
26Bu qadar kichik ishni qilishga qurbingiz etmas ekan, boshqa narsalar tashvishini qilmoq ne darkor?
27Piyozgullarga qaranglar, ular qanday o’sadi! Ular mehnat ham qilmaydi, charx ham yigirmaydi. Ammo sizlarga aytamanki, hatto podshoh Sulaymon o’zining shuhrat cho’qqisida ham bularning biriday kiyinmagan edi.
28Bugun bor bo’lib, ertaga o’choqqa tashlanadigan dasht o’tiga Xudo bunday zeb bergan bo’lsa, sizlarni undan kam ko’rarmikin, ey imoni sustlar!
29Nima eymiz, nima ichamiz, deb qayg’urib yurib, bezovta bo’lmanglar.
30Dunyo xalqlari hadeb bu narsalarning payida yuradilar. Lekin sizlarning Otangiz bularga muhtoj ekanligingizni biladi-ku!
31Sizlar yaxshisi Xudo Shohligi payida bo’linglar va qolgani sizga nasib etadi.
32Qo’rqmagil, ey kichik poda! Otangiz shohlikni sizlarga berishni munosib ko’rdi.
33Mol-mulkingizni sotib, sadaqa beringlar. O’zingizga eskirmaydigan hamyonlar qilib, ko’klarda bitmas-tuganmas xazina hozirlanglar. U erda ularga o’g’ri ham yaqinlashmas, kuya ham tushmas.
34Xazinangiz qaerda bo’lsa, yuragingiz ham o’sha erda bo’lur".
35“Bellaringiz belbog’li, chiroqlaringiz yonib tursin!
36sizlar xo’jayin to’ydan qaytishini kutib turgan, u kelib eshikni taqillatishi bilan ochib berishga tayyor turgan odamlardek bo’linglar.
37Xo’jayin kelganida xushyor holda ko’rgan xizmatkorlar baxtlidir! Sizlarga chinini aytayin, u xizmatkorlarini o’tqazib, bel bog’lagancha o’zi ularning xizmatiga tushib ketadi.
38Xoh yarim kechada, xoh tong otarda xo’jayin kelib qolsa-yu xizmatkorlarni Shunday holda uchratsa, ular qanday baxtlidirlar!
39Ammo bilinglarki, agar uy egasi o’g’ri qay soatda kelishini bilganida, u bedor bo’lib, uyiga lahim qazilishiga yo’l qo’ymas edi.
40Shuningdek, sizlar ham tayyor bo’lib turinglar, chunki Inson o’g’li siz o’ylamagan soatda kelib qoladi”.
41Shu payt Butrus Isodan: “Rabbiy Sen u masalni faqat biz uchun aytyapsanmi, yoki hamma uchunmi?” – deb so’radi.
42Rabbimiz Iso dedi: “Uy ahliga o’z vaqtida rizq-ro’z tarqatish uchun xo’jayin xizmatkorlariga boshliq qilib qo’ygan ishonchli va aqlli uy boshqaruvchi kim?
43Xo’jayin kelib, xizmatkorini yumush qilib turganida ko’rsa, u qanday baxtlidir!
44Sizlarga chinini aytayin, o’zining butun mol-mulklari ustidan uni nazoratchi qilib qo’yadi.
45Mabodo u xizmatkor o’z ko’nglida: “Xo’jayinim yaqin orada kelmaydi”, deb qarolu cho’rilarni ura ketsa-da, eb-ichib mast-alast bo’lsa,
46u xo’jayin xizmatkori kutmagan bir kunda, o’ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu, uni tilka-pora qilib, booshiga dahriylar kunini soladi.
47Xo’jayinning xohishini bilib, tayyor bo’lmagan, xo’jayin istagicha ish tutmagan xizmatkor ko’p tayoq eydi.
48Bilmay turib jazoga munosib ish qilgan xizmatkor esa oz tayoq eydi. Kimga ko’p berilgan bo’lsa, undan ko’p talab qilinadi. Kimga ko’p ishonib topshirilgan bo’lsa, undan ko’proq undiriladi”.
49“Men er yuziga o’t yoqish uchun keldim. O’t endiyoq alanga olishini qanchalar istardim!
50Men juda og’ir dard-alamni boshdan kechirishim kerak. Bu amalga oshmaguncha naqadar qiynalaman!
51Meni er yuziga tinchlik keltirish uchun kelgan, deb o’ylaysizlarmi? Sizga yo’q, aksincha, nizo solgani kelganman, deyapman.
52Zero bundan buyon bir uyda besh kishi o’zaro bo’lingan bo’ladi, uchtasi ikkitasiga va ikkitasi uchtasiga qarshi tarafkashlik qiladi.
53Ota o’g’liga qarshi, o’g’il otasiga qarshi, ona qiziga qarshi, qiz onasiga qarshi, qaynona keliniga qarshi, kelin qaynonasiga qarshi chiqadi”.
54Iso xalq ommasiga yana ushbuni ham aytdi: “Siz g’arbdan bulut ko’tarilganini ko’rdingizmi, hamon “jala bo’ladi” deysizlar va xuddi Shunday bo’ladi.
55Janub shamoli esgan vaqtda sizlar “jazirama issiq bo’ladi” deysizlar va Shunday bo’ladi.
56Ey riyokorlar! Eru ko’k yuzini aniqlay bilasiz-u, nega bu vaqt soatning ma’nosini bila olmaysizlar?
57Nahotki o’zingizcha to’g’ri yo’lni payqamasangiz?
58Sen raqibing bilan birga mahkamaga borayotganingda yo’l-yo’lakay u bilan kelishishga harakat qil. Aks holda u seni qozining oldiga sudrab keladi, qozi seni zindonbonga topshiradi, zindonbon esa seni zindon qa’riga tashlaydi.
59Senga gapim shuki: so’nggi tiyinni to’lamaguningcha, u erdan chiqmaysan.
13-bob
1O’sha vaqtda kimlardir Isoga kelib, hokim Pilat o’ldirgan jalilaliklar haqida xabar qilishdi. Pilat ularni tig’dan o’tkazib, qonlarini o’zlari so’ygan qurbonlar qoniga aralashtirib tashlagan edi.
2Iso xabarchilarga dedi: “Sizningcha, bu jalilaliklar boshqa butun Jalila kishilaridan ko’proq gunohkor bo’lgani uchun shunchalik jafo chekdilarmi?
3Sizga yo’q deyman, lekin tavba qilmasangiz, hammalaringiz ham ular kabi halok bo’lasiz.
4Masalan Siloam minorasi qulaganda, o’n sakkiz kishi ezilib nobud bo’lgan edi. Sizlar bu kishilarni Quddusda yashovchi hammadan ko’ra aybdorroq deb o’ylaysizmi?
5Sizga yo’q deyman. Lekin tavba qilmasangiz, hammalaringiz ham ular kabi halok bo’lasiz”.
6Iso quyidagi masalni ham aytib berdi: “Bir kishining uzumzorida o’tqazilgan anjir daraxti bor ekan. Kishi kelib, undan meva izlabdi-yu, lekin topolmabdi.
7U bog’bonga: Men uch yildan beri bu anjir daraxtidan meva izlab kelaman va topolmayman. Uni kesib tashla. Nega u erni band qilib turibdi? – deb aytibdi.
8Bog’bon esa Shunday javob beribdi: Xo’jayin, daraxtingiz bu yil ham tursin. Men uning yon-bag’irlarini bir chopib go’ng solay.
9Balki meva berar. Mayli, agar bermasa, unda kelgusi yil kesib tashlarsiz”.
10Shanba kuni Iso yahudiy ibodatxonalarining birida ta’lim berayotgan edi.
11U erdagi bir ayol o’n sakkiz yildan beri yomon ruhdan qiynalib og’rigan, ikki bukilgan, qaddini sira tiklayolmas edi.
12Iso uni ko’rgach, yoniga chaqirib dedi: Ey xotin, sen dardingdan xalos bo’lding!
13So’ng qo’llarini ayolning boshiga qo’ydi. Ayol qaddi tiklandi-qoldi. Xudoga olqishlar ayta boshladi.
14Iso dam olish kuni ham shifolash bilan mashg’ul ekanligini ko’rgan jamoaboshi achchiqlanib, jamoaga: Ishlash uchun olti kun bor. Davolanmoqchi bo’lsangiz, shanbadan boshqa kun kelinglar, - dedi.
15Rabbimiz Iso unga javoban dedi: Ey munofiq! Shanba kuni bo’lishiga qaramay, har biringiz o’z ho’kiz yoki eshagingizni oxurdan echib sug’organi olib bormaysizmi?
16Shunga ko’ra, o’n sakkiz yildan beri shayton bog’lab qo’ygan, bobomiz Ibrohim qizi hisoblangan bu ayolni shanba kuni kishanlaridan ozod qilish o’rinli emasmidi?
17Isoning bu so’zlari unga qarshilik ko’rsatganlarning hamasini uyatga qo’ydi. Butun xalq esa Iso bajarayotgan barcha ajoyib ishlarni ko’rgani sayin quvonar edi.
18Iso yana so’z oldi: “Xudoning Shohligi nimaga o’xshash? Uni nimaga tenglashtirayin?
19U bir odam o’z bog’iga ekkan xantal urug’iga o’xshar. Urug’ unib, ulkan daraxt bo’libdi-ki, shohlari aro ko’k qushlari ham qo’nib uya quribdi”.
20Tag’in dedi: “Xudoning Shohligini nimaga o’xshatay?
21U bir ayol butun xamirni oshirish uchun uch tog’ora unga qorishtirib solgan xamirturush burdasiga o’xshar”.
22Iso Quddus tomon yo’l olib, Shaharma-qishloq yurib, ta’lim berar edi.
23Kimdir Unga savol berdi: Hazrat, najot topadiganlar ozmi? Iso hammaga aytdi:
24“Tor eshikdan kirish uchun jon kuydiringlar. Sizga shuni aytay:
25Uy egasi turib eshikni berkitib qo’ygach, ko’plar kirish uchun intiladilar, biroq kira olmaydilar. O’shanda sizlar ham tashqarida qolib: Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlarga ochib ber! – deb eshikni taqillata boshlaysizlar. Lekin U sizlarga: Kim va qaerdan ekaningizni bilmayman, - deb javob beradi.
26Shunda sizlar: Biz Sening oldingda eb-ichdik, Sen bizning ko’chalarda ta’lim berib yurding-ku, - deb aytasizlar.
27U esa: Kimsiz, qaerdansiz, bilmayman, deb sizlarga aytib edim-ku. Ey badkirdorlar to’dasi, Mening ko’zimdan uzoqlashinglar! – deydi.
28O’shanda yig’i-sig’i va ohu vohlar chekasizlar. Chunki o’zingizni tashqariga quvg’indi, Ibrohim, Ishoq, Yoqub va barcha payg’ambarlarni esa Xudoning Shohligi soyasida ko’rasizlar.
29Sharqu g’arbdan, shimolu janubdan odamlar kelib, Xudo Shohligida ziyofatga o’tiradilar.
30O’sha vaqt ba’zi oxirgilar birinchi, birinchilar esa oxirgi bo’ladi”.
31O’sha kuni farziylardan ayrimlari Isoning oldiga kelib: Bu erdan chiqib ket, chunki Hirod Seni o’ldirmoqchi, - deyishdi.
32Iso ularga Shunday dedi: Borib u tulkiga aytinglar: Men bugun va erta jinlarni quvib, shifokorlik qilmoqdaman. Uchinchi kuniyoq davrim tugar.
33Shunday bo’lsa ham, Men bugun, erta va indin O’z yo’limdan og’may yuraverishim kerak. Chunki payg’ambar Quddusdan tashqarida o’ldirilishi maholdir.
34O Quddus, Quddus! Payg’ambarlarni qatl qilib, huzuringga yuborilganlarni toshbo’ron qilguvchi Shahar! Tovuq o’z jo’jalarini qanotlari ostiga qanday to’plasa, Men ham sening bolalaringni necha bor Shunday to’plamoqchi bo’ldim va lekin siz istamadingiz.
35Mana, sizning uy-joyingiz huvillab qoladi. Sizga shuni aytib qo’yay: “Xudovand nomidan Kelayotgan muborak”, - deb xitob qilmaguningizcha, Meni yana ko’rmaysizlar.
14-bob
1Bir shanba kuni Iso farziylar mazhabi boshliqlaridan birining uyiga mehmonga bordi. Uni zimdan kuzatib turishardi.
2Isoning oldida istisqo dardidan qiynalib yurgan bir odam paydo bo’ldi.
3Iso uni ko’rishi bilan Tavrot tafsirchilari va farziylarga qayrilib: Dam olish kunida kishini shifolash mumkinmi, yo’qmi? – deb so’radi.
4Ular esa indamadilar. Iso bu odamni ushladi-da, shifolab, jo’natib yubordi.
5So’ng din peshvolariga dedi: Sizlardan kimningdir o’g’li yoki ho’kizi quduqqa tushib ketsa, shanba kuni bo’lishiga qaramay, darhol chiqarib olmasmidingiz?
6Ular esa bu gapga biron javob topa olmadilar.
7Mehmonlar to’rda o’tirishga intilayotganlarini payqagan Iso ularga ibratli naql aytdi:
8“Seni birov nikoh to’yiga chaqirsa, to’rga chiqib o’tiraverma. Ehtimol, taklif etilganlar orasida sendan e’tiborlirog’i bo’lib qolar.
9Shunda ikkovingizni ham chaqirgan mezbon kelib senga: “Bu o’rinni unga bo’shatib ber”, - deyishi mumkin. Sen esa hijolat tortib, poygahda o’tirishga majbur bo’lasan.
10Shuning uchun taklif etilgan bo’lsang, poygahda o’tirib tur, toki mezbonning o’zi kelib senga : “Do’stim, iltimos to’rga chiqqin”, - deb aytsin. Shunda boshqa mehmonlar ko’zida sening hurmating ortadi.
11Kimki o’zini yuqori olsa, pasaytiriladi. Kimki o’zini past olsa, yuksaltiriladi”.
12So’ng Iso O’zini taklif qilgan uy egasiga dedi: “Tushki yoki kechki ziyofat qilganingda, do’st, aka-uka, qarindosh-urug’ va boy qo’shnilaringnigina chaqirib turma. Chunki ular ham seni chaqirib, qarimta qilishiga to’g’ri keladi.
13Aksincha, ziyofat berganingda, qashshoq, mayib, shol va ko’rlarni chaqir.
14Shunda sen baxtlisan. Chunki ular senga qarimtasini qaytara olmasa-da, lekin qiyomatda solihlar tirilganida sen buning qarimtasini ko’rasan”.
15Iso bilan birga dasturxon atrofida o’tirganlardan biri bu so’zlarni eshitib, Unga: Xudoning Shohligida tuz totgan kishi baxtlidir! – dedi.
16Iso O’z navbatida unga dedi: “Bir odam kechki katta dasturxon yasab, ko’plarni taklif etibdi.
17Ziyofat vaqti etganida: Kelinglar, dasturxon tayyor bo’ldi, - deb mehmonlarni chaqirmoq uchun xizmatkorini yuboribdi.
18Shunda hammalari kelishib olgandek, uzr so’ray boshlashibdi. Birinchisi unga: Men er sotib oldim, borib uni ko’rishim kerak. Iltimos, meni kechiring, - debdi.
19Boshqasi esa: Men besh juft ho’kiz sotib oldim, ularni sinagani boryapman. Iltimos, meni kechiring, - debdi.
20Uchinchi birovi ham: Men xotin oldim, Shuning uchun kelolmayman, - debdi.
21Xizmatkor qaytib kelib, xo’jayiniga vaziyatni tushuntiribdi. Xo’jayin g’azablanib, xizmatkoriga: Tez bo’l, Shaharning yo’lak va ko’chalarini kezib chiq, qashshoq, mayib, shol va ko’rlarni bu erga olib kel, - debdi.
22Xizmatkor borib kelib: Xo’jayin buyurganlaringizni bajardim-u, yana ham bo’sh joy bor, - debdi.
23Shunda xo’jayin xizmatkorga: Yo’llarga chiq, so’qmoqlarga bor, elni kelishga qista, toki uyim to’lsin, - debdi.
24Sizlarga aytamanki, chaqirilgan odamlardan birortasi ham ziyofatimdan totib ko’rmaydi. [Chunki da’vat etilganlar ko’p, ammo tanlanganlar ozdir.]”
25Ko’pdan-ko’p xaloyiq Iso bilan birga borar ekan, U o’girilib ularga dedi:
26“Agar kim Mening huzurimga kelsa-yu, o’zining ota-onasi, xotini, bola-chaqasi, aka-ukasi, opa-singillari va hatto o’z jonidan ko’ngil uzmasa, u Mening shogirdim bo’lolmaydi.
27Kimki o’z xochini ko’tarib orqamdan yurmasa, Mening shogirdim bo’lolmaydi.
28Sizlardan birortangiz imorat qurmoqchi bo’lsangiz, uni bitirish uchun mablag’ etarlimi, deb oldindan xarajatini hisoblab chiqmaysizmi?
29Bo’lmasa poydevor solib, imorat qura bilmasangiz, o’tgan-ketgan ko’rib:
30“Bu odam qurishni boshladi-yu bitira olmadi”, - deb masxara qilishadi.
31Yoki qaysi podshoh boshqa bir podshohga qarshi urushga borsa, o’zimning o’n ming askarim bilan yigirma ming askarga qarshi chiqishga kuchim etarmikin, deb oldindan o’tirib maslahatlashmas ekan?
32Kuch etmasa, dushman hali uzoqdaligida uning oldiga elchi yuborib sulh so’raydi.
33Shunday qilib, sizlardan har biringiz o’zingizning bor-yo’g’ingizdan ko’ngil uzmasangiz, Mening shogirdim bo’lolmaysiz.
34Tuz – yaxshi narsa. Lekin tuz o’z ta’mini yo’qotsa, uni yana nima bilan sho’r qilish mumkin?
35Erga ham, go’ngga ham yaramaydi, uni axlatga tashlab yuboradilar. Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!”
15-bob
1Har qanday gunohkor odamlar va soliqchilar Isoni tinglash uchun Uning oldiga oqib kelar edilar.
2Buni ko’rgan farziylar va ulamolar: “Mana, U gunohkorlarni qabul qilib, birga eb-ichmoqda”, - deb norozilik bildirdilar.
3Iso esa ularga quyidagi masalni aytib berdi:
4“Sizlardan kimningdir yuzta qo’yi bo’lsa-yu, ulardan birortasini yo’qotsa, to’qson to’qqiztasini dashtda qoldirib, yo’qolgan qo’yni topmaguncha qidirmaydimi?
5Uni topgach, quvonib elkasiga olib ko’tarib ketadi.
6Uyga kelgach, do’stlari bilan qo’shnilarni chaqirib: “Men bilan birga quvoninglar, men yo’qolgan qo’yimni topdim”, - deydi.
7Sizlarga aytamanki, xuddi shunga o’xshab, tavbaga hojat sezmagan to’qson to’qqiz taqvodordan ko’ra, tavba qilgan bittagina gunohkor uchun osmonda shodlik bo’ladi”.
8“Yoki qaysi bir ayolning o’nta kumush tangasi bo’lsa-da, bittasini yo’qotib qo’ysa, u sham yoqib pulni topmagunicha uyini supurib-sidirib sinchiklab qidirmaydimi?
9Pulni topgach, dugonalari bilan qo’shnilarini chaqirib: “Men bilan birga quvoninglar, men yo’qolgan tangamni topdim”, - deydi.
10Sizlarga aytamanki, xuddi Shuningdek, tavba qilgan bitta gunohkor uchun Xudo farishtalari huzurida shodlik bo’ladi”.
11Iso yana dedi: “Bir odamning ikki o’g’li bor ekan.
12Ularning kichigi otasiga: Ota, mol-mulkingizdan menga tegishli qismini bering, - debdi. Ota bisotini ikki o’g’liga bo’lib beribdi.
13Bir necha kundan keyin kichik o’g’il bor-yo’g’ini yig’ishtirib, uzoq bir mamlakatga ketibdi. U erda shaloq yashab, mol-dunyosini ko’kka sovurib yuribdi.
14Borini isrof etgandan keyin, u mamlakatda og’ir qahatchilik boshlanibdi, yigit ham muhtojlikka yo’liqibdi.
15U borib, bu mamlakat fuqarolaridan biriga yollanibdi. U esa yigitni o’z dalasidagi to’ng’izlarni boqishga yuboribdi.
16Nihoyat yigit to’ng’izlar eydigan qo’zoqlar bilan qornini to’ydirishga ham zor bo’libdi, lekin unga shuni ham ravo ko’rishmas ekan.
17O’ziga kelgach u debdi: “Otamning qanchadan-qancha yollanma ishchilarining noni oshib-toshib yotibdi, men esa bu erda ochlikdan o’lyapman.
18Endi otamning oldiga boray va unga: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim.
19Endi sizning o’g’lingiz atalishga loyiq emasman. Meni yollanma ishchilaringiz qatoriga qabul qilsangiz bas, deyman”.
20Yigit otasi oldiga ravona bo’libdi. U hali uzoqda kelayotganligidayoq,otasi o’g’lini ko’rib, ko’ngli bo’shab ketibdi. Yugurgancha borib, o’g’lining bo’ynidan quchib, yuz-ko’zlaridan o’pibdi.
21O’g’li unga: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o’g’lingiz deb atalishga loyiq emasman, - debdi.
22Ota xizmatkorlariga Shunday buyuribdi: Tez bo’ling, eng nafis to’n keltirib elkasiga yoping, qo’liga uzuk taqing, oyoqlariga choriq kiygizinglar.
23Bo’rdoqini olib chiqib, so’yinglar, eb-ichaylik, xursandchilik qilaylik.
24Chunki mening bu o’g’lim o’lgan edi – tirildi, yo’qolgan edi – topildi. Shunday qilib, xursandchilik qila boshlabdilar.
25Katta o’g’il shu paytda dalada ekan. Qaytayotib uyga yaqinlashganda, qulog’iga cholg’u va o’yin-kulgu sadolari eshitilibdi.
26Xizmatkorlardan birini chaqirib: Nima gap? – deb so’rabdi.
27Ukangiz keldi, otangiz uni sog’-salomat ko’rgani uchun bo’rdoqini so’ydilar, - debdi u.
28Shunda katta o’g’il achchiqlanib, ichkariga kirgisi kelmabdi. Otasi esa tashqariga chiqib, o’g’liga o’tinib gapiribdi.
29U otasiga javob beribdi: Men shuncha yildan beri sizga xizmat qilaman. Sira sizning buyrug’ingizga qarshi chiqqanim yo’q. Lekin do’stlarim bilan xursandchilik qilishim uchun siz menga bitta uloq ham atamadingiz.
30Ammo mol-mulkingizni fohishalarga sarflab qaytgan anavi o’g’lingizga bo’rdoqi so’yibsiz!
31Otasi unga Shunday javob beribdi: O’g’lim! Sen doimo men bilan birgasan, mening hamma narsam seniki.
32Biroq bugun shodlanish, xursandchilik qilish kerak. Chunki sening bu ukang o’lgan edi – tirildi, yo’qolgan edi – topildi”.
16-bob
1Iso O’z shogirdlariga ham aytdi: “Bir boyning xo’jalik ishlarini boshqaruvchisi bor ekan. Boyning qulog’iga, ish boshqaruvchi mol-mulkingizni bejo sarf qilib yuribdi, degan chaquv etibdi.
2Shunda boy ish boshqaruvchini chaqirib: Sen to’g’ringda uzunquloq gap yuribdi. Ishlaringning hisobini ber, sen endi uyimni boshqarolmaysan, - debdi.
3Ish boshqaruvchi o’zicha: Nima qilsam ekan? – debdi. – Xo’jayinim boshqaruvchilikni qo’limdan olyapti. Er qazishga kuchim etmaydi, tilanchilik qilish esa menga uyat.
4Boshqaruvchilikdan bo’shatilganimdan so’ng odamlar yana o’z uylariga qabul qilishlari uchun nima qilsam bo’ladi? So’ng: Ha, topdim! – debdi-da,
5Xo’jayinidan qarz bo’lganlarning har birini alohida yoniga chaqiribdi. Birinchisidan so’rabdi: Xo’jayinimdan qancha qarzing bor?
6Yuz kuva zaytun moyi, - javob beribdi u. Tilxatingni ol, tezda o’tirib ellik kuva deb yoz! – debdi unga ish boshqaruvchi.
7Keyin boshqasidan ham so’rabdi: Sening qancha qarzing bor? Yuz qanor bug’doy, - javob beribdi u. Unga ham: Tilxatingni ol, sakson qanor deb yoz! – debdi.
8Xo’jayini esa o’zining bu shum ish boshqaruvchisini, aqlli ish qilding deb maqtabdi. Chindan ham bu dunyoning odamlari o’zlariga o’xshaganlar orasida nur ahlidan ko’ra es-hushliroq harakat qiladilar”.
9“Men sizga aytamanki, bu bevafo dunyoning boyligidan foydalanib do’st orttiringlar, toki bu boylik tugagach, sizlarni abadiy makonlarga qabul qilsinlar.
10Kichik ishda sadoqatli bo’lgan buyuk ishda ham sadoqatlidir. Kichik ishda sadoqatsiz bo’lgan buyuk ishda ham sadoqatsizdir.
11Agar siz bu bevafo dunyoning boyligiga sodiq bo’lmasangiz, haqiqiy boylikni sizga kim ishonib beradi?
12Agar boshqalarning narsasisa sodiq bo’lmasangiz, o’z nasibangizni sizga kim beradi?
13Hech qanday xizmatkor ikki xo’jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko’rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo’yib, boshqasini xor qiladi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig’ina olmaysiz”.
14Farziy mazhabidagilar bularni eshitib, pulparast bo’lganlari uchun Isoga mazax qila boshladilar.
15Iso ularga dedi: “Siz odamlar oldida o’zingizni taqvodor qilib ko’rsatasizlar, lekin Xudo yuragingizni biladi. Ana, odamlarda ko’kka ko’tarilgan neki bo’lmasin, Xudo nazarida jirkanchdir.
16Tavrot va Payg’ambarlar davri Yahyo kelguncha davom etdi. U vaqtdan buyon Xudo Shohligi to’g’risidagi Xushxabar va’z qilinmoqda va hamma bu Shohlikka kirish uchun zo’r bermoqda.
17Biroq Tavrotdan bir chiziq yo’qolishidan ko’ra, eru osmonning yo’qolishi osonroqdir.
18Kimda-kim o’z xotinidan ajralib, boshqasiga uylansa, zino qilgan bo’ladi. Shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan kishi ham zino qilgan bo’ladi”.
19“Kimxob va shoyi kiyimlar kiyib, har kuni dabdabali bazmlarda kayf-safo surgan bir boy odam bor ekan.
20Boyning darvozasi oldida hamma badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan.
21U boy dasturxonidan to’kilgan ushoqlar bilan qorin to’ydirishni orzu qilar, itlar esa kelib uning yaralarini yalab ketar ekan.
22Bir kuni gadoy o’lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohim alayhissalomning yoniga olib boribdilar. Keyin boy ham o’lib, uni ko’mishibdi.
23Tamug’ azobidan o’tar ekan, boy boshini ko’tarib uzoqdagi Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko’ribdi.
24U faryod ko’tarib: Ey Ibrohim ota! Menga rahm qilib Lazarni yuborgin, u barmog’ining uchini suvga botirib, tilimga suv tomizsin. Chunki men bu olovda ko’p azob chekyapman, - debdi.
25Ibrohim unga Shunday javob beribdi: Unutma, o’g’lim, sen hayotingda yaxshilik nasibangni olib bo’lding. Lazar esa yomonlik nasibasini olib bo’ldi. Endi u bu erda tasalli topyapti, sen bo’lsang, azob chekyapsan.
26Bundan tashqari siz bilan bizning oramizda tubsiz jarlik bor. Bu erdan siz tomon o’tmoqchi bo’lganlar o’ta olmaydilar va u erdan biz tomon ham o’tmaydilar.
27Unday bo’lsa, ey ota, sendan o’tinib so’rayman, Lazarni otamning uyiga yuborgin.
28Mening beshta ukam bor. Ular ham bu azobli joyga kelmasliklari uchun ularni ogohlantirib qo’ysin, - debdi boy.
29Ibrohim unga: Ular Muso payg’ambarni va boshqa payg’ambarlarni bilishadi, ularga quloq solishsin, - debdi.
30Boy esa: Yo’q, Ibrohim ota, quloq solmaslar. Faqat o’liklardan biri ularning oldiga borsa, o’shanda tavba qilarlar, - debdi.
31Ibrohim Shunday debdi: Agar Muso va boshqa payg’ambarlarga quloq solmagan bo’lsalar, o’liklardan biri tirilib borsa ham ishonmaydilar”.
17-bob
1Iso O’z shogirdlariga yana dedi: “Vasvasalar kelishi shaksizdir. Lekin kim orqali kelsa, o’sha odamning holiga voy!
2Bu kichiklardan birontasini yo’ldan ozdirgandan ko’ra, uning bo’yniga tegirmon toshini osib, dengizga tashlanishi u uchun foydaliroq bo’lar edi.
3O’zlaringizga ehtiyot bo’linglar! Agar birodaring gunoh qilsa, unga tanbeh ber. Agar tavba qilsa, uni kechir.
4Agar senga qarshi bir kunning o’zida etti marta gunoh qilsa-yu, etti marta senga qaytib kelib: “Tavba qildim”, - desa, uni kechirib yubor”.
5Havoriylar Rabbimiz Isoga: Imonimizga imon qo’sh, - dedilar.
6Rabbimiz javob berdi: Agar zig’irday imoningiz bo’lib, shu tut daraxtiga: “Ildizing bilan qo’porilib chiq va dengizga ko’chib ildiz ot”, - desangiz, daraxt sizga bo’ysunadi.
7“Oranigzdagi qay biringiz qo’sh haydovchi yoki podachi xizmatkoringiz daladan qaytgach, unga: “Tez kelib dasturxonga o’tir”, - deysiz?
8Aksincha: “Kechki ovqatimni tayyorla, ishga bel bog’lab, ovqatlanib bo’lgunimcha, menga xizmat qil, undan keyin o’zing eb-ichasan”, - demaysizmi?
9Xo’jayin buyurgan ishlarni bajargan qul tashakkur olarmikin? Qaydam.
10Sizlar ham shunga o’xshab, o’zingizga buyurilgan hamma ishni bajargandan so’ng: “Bizlar arzimaydigan qullarmiz, faqat zimmamizdagi ishni qildik”, - denglar”.
11Iso Samariya bilan Jalila oralig’idan o’tib, Quddus tomon yo’l oldi.
12U bir qishloqqa kirayotganida, o’nta moxovga duch keldi. Ular uzoqda turgancha
13ovozlarini baland qilib: Ey Ustozimiz Iso, bizga rahm qil! – deyishdi.
14Ularni ko’rgan Iso: Borib, o’zlaringni ruhoniylarga ko’rsatinglar, - dedi. Ular esa yo’lda ketayotib, moxovdan forig’ bo’lishdi.
15Ulardan biri o’zining shifo topganini payqagach, baland ovoz bilan Xudoni ulug’lab orqaga qaytdi.
16Isoning oyoqlariga yiqilib Unga tashakkur bildirdi. Bu odam samariyalik edi.
17Iso: Shifo topgan o’n kishi edi-ku? Qolgan to’qqizingiz qani?
18Xudoni ulug’lash uchun shu begona kishidan boshqa hech kim qaytib kelmadimi? – dedi.
19So’ng u odamga: O’rningdan turib boraqol, ishonching seni qutqardi, - dedi.
20Farziylar Isoga: Xudoning Shohligi qachon keladi? – degan savolni berishdi. Iso ularga javob berdi: Xudoning Shohligi ko’zga ko’rinib kelmaydi.
21“Qara, u bu erda”, yoki “Ana u erda”, - deb ham aytishmaydi. Mana, Xudoning Shohligi o’z ichingizdadir.
22So’ng Iso shogirdlariga qayrilib, dedi: Shunday kunlar keladiki, Inson O’g’lining bittagina kunini ko’rishga havas qilasizlar, biroq ko’rolmaysizlar.
23Sizlarga: “Mana, u bu erda”, yoki “Mana, shu erda”, deb aytishsa, bormanglar, ularning orqasidan quvmanglar.
24Chunki chaqmoq chaqib, falakning bir uchidan boshqa uchigacha yarqiratib yuborganidek, Inson O’g’li ham O’z kunida xuddi Shunday paydo bo’ladi.
25Lekin undan avval U ko’p azob chekishi va bu nasl tomonidan rad qilinishi kerak.
26Nuh payg’ambar davrida qanday bo’lgan bo’lsa, Inson O’g’li keladigan kunlarda ham Shunday bo’ladi.
27Nuh kemaga kirgan kuniga qadar edilar, ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. Va to’fon kelib, hammani halok qildi.
28Lut kunlarida ham Shunday bo’ldi: eb-ichdilar, oldi-sotdi qildilar, ekin-tikin va binokorlik bilan mashg’ul bo’ldilar.
29Lekin Lut Sado’m shahridan chiqqan kuniyoq osmondan olov va oltingugurt yog’ib, hammani halok qildi.
30Inson O’g’li zohir bo’lgan kunda ham xuddi Shunday bo’ladi.
31U kunda tomning ustida bo’lgan kishi uyda qoldirgan anjomlarni olish uchun pastga tushmasin. Shuningdek, daladagi ham qaytib kelmasin.
32Lutning xotinini eslab turinglar.
33Kimki jonini saqlashga harakat qilsa, uni yo’qotadi. Kimki jonini fido qilsa, uni qutqaradi.
34Sizga yana aytamanki, o’sha kecha bir to’shakda ikki kishi bo’ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.
35Ikki ayol birga tegirmon tortayotgan bo’ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.
36[Ikki kishi dalada bo’ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.]
37Shogirdlar Isodan so’radi: Rabbiy, bu voqealar qaerda yuz beradi? Murda qaerda bo’lsa, kalxatlar ham o’sha erda to’planadi, - dedi Iso.
18-bob
1Iso shogirdlariga doimo, bezmasdan ibodat qilish kerakligi haqida masal aytib berdi:
2“Bir Shaharda Xudodan ham qo’rqmaydigan, odamdan ham uyalmaydigan bir qozi bor ekan.
3O’sha Shaharda bir tul ayol ham yashar ekan. U qozining oldiga doim kelib: Meni raqibimdan himoya qiling, - deb o’tinib yuribdi.
4Qozi ancha vaqtgacha e’tibor bermas ekan. Oxirida u o’ziga-o’zi: Men Xudodan qo’rqmayman, odamdan ham uyalmayman.
5Biroq mayli, bu tul ayol menga tinchlik bermayotgani uchun, uni himoya qila qolay. Bo’lmasa u kelaverib, jonimdan bezor qiladi, - debdi.
6Eshityapsizmi, insofsiz qozi nima debdi, – davom etdi Rabbimiz Iso.
7Nahotki Xudo O’ziga kechayu kunduz faryod qilayotgan O’z tanlanganlarini himoya qilmasa, nahotki ularni ko’p kuttirib qo’ysa?
8Sizlarga aytamanki, ularni ko’p o’tmay himoya qiladi. Biroq Inson O’g’li kelganida, er yuzida imon toparmikin?”
9O’zining taqvodorligini pesh qilib, boshqalarni esa kamsitib yurgan ba’zi odamlarga Iso quyidagi masalni aytib berdi:
10“Biri farziy, boshqasi soliqchi bo’lgan ikki kishi ibodat qilish uchun ma’badga kiribdilar.
11Farziy alohida turib, o’zicha Shunday ibodat qilibdi: Yo Xudo! Men boshqa odamlarday talonchi, jinoyatchi, zinogar va hatto shu soliqchi singari bo’lmaganim uchun Senga shukr aytaman.
12Haftada ikki marta roza tutaman. Topganimning o’ndan birini ushr uchun ajrataman.
13Soliqchi bo’lsa uzoqda turib, hatto ko’zlarini osmonga qaratishga ham botina olmay, ko’kragiga urganicha: Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! – debdi.
14Sizga aytamanki, bu odam boyagidan ko’ra oqlanib uyga qaytibdi. Chunki o’zini yuqori olgan har bir kishi pasaytiriladi, o’zini past olgan esa yuksaltiriladi”.
15Ularga qo’li tegsin, deb Isoning oldiga yosh bolalarni ham keltirishar edi. Shogirdlar buni ko’rib, keltiruvchilarni koyiy boshlashdi.
16Iso esa bolalarni yoniga chaqirib, shogirdlariga Shunday dedi: “Bolalar Mening oldimga kelishlariga ijozat bering, ularni koyimang, zero Xudoning Shohligi Shundaylarnikidir.
17Sizlarga chinini aytayin: kimki Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga kirolmaydi”.
18Boshliqlardan biri Isodan so’radi: Valine’mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo’lmog’i uchun nima qilishim kerak?
19Iso unga dedi: Nega sen Meni valine’mat deysan? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas.
20Ilohiy amrlarni bilasan: “Zino qilma. Odam o’ldirma. O’g’rilik qilma. Soxta guvohlik berma. Ota-onangni hurmat qil”.
21Bularning hammasiga yoshligimdan amal qilib kelaman, - dedi boyagi boshliq kishi.
22Buni eshitib Iso: Senga yana bir narsa etishmaydi: nimaga ega bo’lsang, hammasini sot va pulini kambag’allarga bo’lish. Shundagina osmonda xazinang bo’ladi. Va so’ng kelib, Menga ergashgil, - dedi.
23Boshliq bu so’zni eshitib, juda xafa bo’ldi, negaki u haddan ziyod badavlat edi.
24Iso uning xafa bo’lganini ko’rib: Mol-dunyosi borlar Xudo Shohligiga kirishga naqadar qiynaladi!
25Boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko’ra, tuyaning igna teshigidan o’tishi osonroqdir.
26Buni eshitganlar esa: Unday bo’lsa, kim najot topa olar ekan? – deb so’rashdi.
27Odamlarga ilojsiz narsa Xudo uchun iloji bordir, - dedi Iso.
28Mana, biz mol-holimizni qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik! – dedi Butrus.
29Iso shogirdlariga dedi: Sizlarga chinini aytayin, Xudo Shohligi yo’lida uy-joy, ota-ona, aka-uka, opa-singil yoki xotin-bolalarini qoldirib ketgan har bir kishi
30bu dunyodayoq qat-qat yaxshiliklar topib, u dunyoda esa abadiy hayotga muyassar bo’lur.
31Iso o’n ikki shogirdini maxsus chaqirib ularga dedi: “Biz endi Quddusga yaqinlashib qoldik. Ana o’sha erda Inson O’g’li to’g’risida yozilgan barcha payg’ambar oyatlari amalga oshadi.
32Uni majusiylarga topshiradilar, Uni masxaralab haqorat qiladilar, Uning yuziga tupuradilar.
33Uni qamchilab o’ldiradilar. Ammo uchinchi kuni U qayta tiriladi”.
34Shogirdlar esa bu so’zlardan hech narsa anglamadilar. Bu so’zlar ma’nosi ularga sirli edi, aytilganni ular idrok etmadilar.
35Iso Erixo shahriga kirib kelayotganida bir ko’r yo’l chekasida sadaqa so’rab o’tirar edi.
36Oldidan xaloyiq o’tib ketayotganini eshitib: Nima gap? – deb so’radi.
37Nosiralik Iso o’tyapti, deb unga xabar qilishdi.
38Shunda ko’r: Ey Dovud O’g’li Iso, menga rahm qil! – deb baqirib yubordi.
39Oldinda ketayotganlar esa: Jim bo’l! – deb uni koyib qo’yishdi. Lekin u yanada kuchliroq hayqira boshladi: Ey Dovud O’g’li, menga rahm qil!
40Shunda Iso to’xtab, ko’rni yoniga keltirishlarini buyurdi. Ko’r kelgach,
41Iso undan so’radi: Sen nima qilishimni istaysan? Hazrat, ko’zlarim ko’rsin! – dedi u.
42Iso unga: Ko’zlaring ko’rsin, ishonching seni qutqardi, - dedi.
43Shu zahoti ko’rning ko’zlari ko’ra boshladi. U Xudoga olqishlar aytgancha Isoning ketidan ergashdi. Buni ko’rgan butun xalq Xudoga hamdu sanolar aytdi.
19-bob
1Iso Erixo shahriga kirib, guzarlardan o’tib borardi.
2Yo’lda Zakkay ismli bir odam uchradi; u soliqchilarning boshlig’i bo’lib, juda boy edi.
3U Isoni ko’rishga, kim ekanligini bilishga oshiqar edi. Biroq bo’yi pastligi tufayli va xaloyiq ko’pligidan Uni ko’rolmadi.
4Isoni ko’rish uchun oldinga yugurib, bir yovvoyi anjir daraxtiga chiqib oldi. Chunki Iso o’sha erdan o’tishi kerak edi.
5Iso u joyga kelgach, yuqoriga qarab qo’ydi-da, unga: Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyingga qo’nishim kerak, - dedi.
6Zakkay darrov pastga tushdi, Isoni quvonch bilan qarshilab, mehmon qildi.
7Buni ko’rganlarning hammasi: U gunohkor odamning uyiga tashrif buyurdi, - deb norozilik bildirishdi.
8Ammo Zakkay Rabbimiz Isoning odida qo’l qovushtirib turib, Unga dedi: Ey Hazrat, mol-mulkimning yarmini kambag’allarga berib yuboraman. Agar birovning haqqini eb ketgan bo’lsam, to’rt barobar ko’paytirib berganim bo’lsin.
9Iso unga Shunday javob berdi: Bugun bu uyga najot keldi. Chunki bu odam ham bobomiz Ibrohim o’g’lidir.
10Inson O’g’li esa adashganni izlab topish va qutqazish uchun kelgan.
11Iso Quddusga yaqinlashib qolgani sababli, Uni tinglayotgan xaloyiq Xudo Shohligi hozir namoyon bo’lishi kerak, deb o’ylar edi. Shunday qilib, Iso O’z nutqini bir masal bilan davom ettirdi.
12“Asilzoda bir odam o’zi uchun saltanat olib kelish uchun uzoq mamlakatga boribdi.
13O’zining xizmatkorlaridan o’n nafarini chaqiribdi-yu, ularga o’n tilladan bo’lib berib: Men qaytib kelgunimcha, bu pulni ishlatib turinglar, - deb jo’nab ketibdi.
14Holbuki, asilzodaning hamShaharlari uni yomon ko’rishar ekan. HamShaharlar uning orqasidan elchilar yuborib: Bu odam bizga podshoh bo’lishini istamaymiz, - deb ayttiribdilar.
15Bir muddatdan so’ng u asilzoda saltanat egasi bo’lib, o’z vataniga qaytib kelibdi. Bergan aqchalari bilan kim qancha foyda undirganini bilish uchun, xizmatkorlarini yoniga chaqirtiribdi.
16Birinchisi kelib: Xo’jayin, sizning tillangiz o’n tilla undirdi, - debdi.
17Xo’jayin unga: Ofarin, sen yaxshi xizmatkor ekansan. Kichik ishda sadoqat ko’rsatganing uchun o’nta Shahar ustidan hokim bo’lasan, - debdi.
18Ikkinchisi kelib: Xo’jayin, sizning tillangiz besh tilla foyda keltirdi, - debdi.
19Unga ham: Sen ham besh Shaharga hokimlik qilasan, - debdi.
20Uchinchisi kelib: Xo’jayin! Mana sizning tillangiz, men uni ro’molchaga tugib saqladim.
21Men sizdan qo’rqdim, siz qattiqqo’l odamsiz. Siz bermasdan olasiz, ekmasdan o’rasiz, - debdi.
22Xo’jayin esa unga debdi: Ey yomon xizmatkor, og’zingdan chiqqanini elkangga yopishtiray! Mening qattiqqo’lligimni hamda bermasdan olishimni, ekmasdan o’rishimni bilarkansan,
23nega pulimni muomalaga kiritmading? Shunda men kelib, hech bo’lmasa foydasini ko’rardim.
24So’ng xo’jayin yonida turganlarga qarab: Uning qo’lidan tillani olib, o’n tillasi borga beringlar, - debdi.
25Xo’jayin, uning o’n tillasi bor-ku! – deyishibdi ular.
26Sizlarga rostini aytsam, kimda bor bo’lsa, unga yana beriladi. Kimda yo’q bo’lsa, qo’lida bor bo’lgani ham undan tortib olinadi.
27Endi mening podshohlik qilishimni istamagan o’sha dushmanlarimga kelsak, ularni shu erga keltiringlar-da, ko’zim oldida dami tig’dan o’tkazinglar!”.
28Bu so’zlarni aytib Iso olg’a bosgancha Quddus sari yo’l oldi.
29Zaytun tog’i etagidagi Baytfagiya bilan Baytaniya qishloqlariga yaqinlashgach, U ikki shogirdini yuborib dedi:
30Qarshingizdagi qishloqqa boringlar. Qishloqqa kirgach, bog’lab qo’yilgan, hozirgacha odam bolasi minmagan xo’tikni topasizlar. Uni echib olib kelinglar.
31Agar kimki sizlardan: “Xo’tikni nega echyapsizlar?” – deb so’rab qolsa: “U Rabbimizga kerak”, deb aytinglar.
32Shogirdlar jo’nab, xuddi Isoning aytganini topdilar.
33Xo’tikni echayotganlarida uning egalari: Nega xo’tikni echyapsizlar? – deb so’rashdi.
34Shogirdlar: U Rabbimizga kerak, - dedilar.
35Xo’tikni Isoning oldiga keltirishdi-da, ustiga o’z kiyimlarini tashlab, Isoni mindirishdi.
36U minib ketayotganida, qolgan shogirdlar kiyimlarini yo’lga poyandoz qildi.
37Iso endi Zaytun tog’idan oshib, past tomonga, Shaharga qarab yurayotgan ediki, shogirdlar tumonati ko’rgan barcha mo’’jizalarini eslab xursand bo’lishdi, ovozlarini baland ko’tarib, Xudo sha’niga hamdu sanolar ayta boshlashdi:
38“Xudovand nomidan kelayotgan Podshoh muborak! Ko’klarda tinchlik, Arshi a’loda izzat!”
39Shunda xaloyiq orasidagi ba’zi farziylar Isoga: Ustoz, shogirdlaringni jim qil! – deyishdi.
40U esa ularga javoban: Sizga aytamanki, agar ular jim bo’lsa, toshlar chinqirgay! – dedi.
41Iso Quddusga kiray deganda, Shaharni ko’rib, uning holiga yig’lab yubordi:
42Koshki sen hech bo’lmasa shu kuningda tinchligingga nelar darkor ekanini bilsang edi! Biroq hozir bu ko’zlaringdan yashiringandir.
43Boshingga Shunday kunlar tushadiki, dushmanlaring atrofingga sadd chekib, chor tarafdan qurshagancha siquvga oladilar.
44Seni er bilan yakson qilib, ko’ksingdagi farzandlaringni qirg’in qiladilar. Ilohiy yo’qlash vaqt-soatini bilmaganing uchun, kulingni ko’kka sovuradilar.
45Iso ma’badga kirib, ichkarida oldi-sotdi qilayotganlarni quvib chiqara boshladi.
46Ularga Shunday dedi: Tavrotda: “Mening uyim ibodat uyi bo’lgay”, - deb yozilgan. Sizlar esa Xudo uyini qaroqchilar uyiga aylantirib yuboribsizlar!
47Iso har kun ma’badda ta’lim beradigan bo’ldi. Oliy ruhoniylar, ulamolar va xalq oqsoqollari esa uni halok qilish payiga tushdilar.
48Lekin buning chorasini topmadilar. Negaki butun xalq Isoni jonu dili bilan tinglar edi.
20-bob
1O’sha kunlarning birida Iso ma’badda ta’lim berib, xalqqa Xushxabarni bayon etar edi. Oliy ruhoniylar va ulamolar esa oqsoqollar bilan birga kelib,
2Isoga savol berishdi: Bizlarga ayt-chi, Sen bu ishlarni qanday huquq bilan qilyapsan? Bularni qilish uchun Senga kim vakolat bergan?
3Iso ularga Shunday javob berdi: Men ham sizlarga bir savol berayin, Menga aytinglar:
4Yahyo payg’ambar odamlarni suvda tavba qildirish uchun kimdan vakolat olgan edi? Xudodanmi, insondanmi?
5Ular esa o’zaro mulohaza yuritdilar: “Agar Xudodan desak, U: “Nega Yahyoga ishonmadingizlar?” – deydi.
6Agar insondan desak, butun xalq bizni toshbo’ron qiladi, chunki xalq Yahyoning payg’ambarligiga qat’iy ishonadi”.
7Nihoyat Isoga javoban: Qaerdanligini bilmaymiz, - dedilar.
8Iso ularga: Unday bo’lsa, Men ham bu ishlarni qaysi vakolat bilan qilayotganimni sizga aytmayman, - dedi.
9Iso so’zini davom ettirib, xalqqa ushbu masalni aytib berdi: “Bir odam uzumzor yaratib, uni bog’bonlarga ijaraga berib, o’zi uzoq vaqtga boshqa mamlakatga ketibdi.
10Hosil chog’i uzumzor mahsulidan unga berishlari uchun bog’bonlar oldiga bir xizmatkorini yuboribdi. Lekin bog’bonlar uni urib, quruq qaytarishibdi.
11Uzumzor egasi yana bir xizmatkorini yuboribdi. Uni ham urib, haqorat qilib, quruq qaytarib yuborishibdi.
12Yana uchinchisini yuborganda, uni ham yarador qilib, quvib chiqarishibdi.
13Shunda uzumzor egasi: Nima qilsam ekan? Sevikli o’g’limni yubora qolay. Balki uni ko’rib, insofga kelishar, - debdi.
14Ammo bog’bonlar uning o’g’lini ko’rishlari bilan o’zaro muhokamaga tushib: Bu merosxo’r-ku! Uni o’ldiramiz, merosi bizga qoladi, - deyishibdi-da,
15o’g’lini uzumzordan tashqariga haydab, o’ldirishibdi. Nachora, uzumzor egasi ularni nima ham qilardi?
16U kelib boyagi bog’bonlarni yo’q qiladi, uzumzorni esa boshqalarga topshiradi”. Buni eshitganlar: Xudo ko’rsatmasin! – deb yuborishdi.
17Iso esa ularga tikilib, Shunday dedi: U holda, Zaburdagi: “Binokorlar keraksiz deb tashlagan tosh naq binoning peshtoqidan o’rin oldi”, - degan oyat nimani ifodalaydi?
18Kimki bu toshga yiqilsa, parchalanib ketadi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi.
19Iso bu masalni ularga qarata aytganini oliy ruhoniylar bilan ulamolar payqab, shu onda Unga qo’l uzatmoqchi bo’ldilar, lekin xalqdan hayiqdilar.
20Isoni zimdan kuzatib, uning oldiga o’zlarini mo’min-qobil kishilardek ko’rsatuvchi iskovuchlarni yubordilar. Aytadigan biron nojo’ya so’zi uchun Uni tuzoqqa ilintirish va shu yo’sin hokimning qo’li va hukmiga topshirish niyatlari bor edi.
21Ular Isodan so’radilar: Ustoz! Biz bilamizki, Sen haqiqatgo’ysan, to’g’ri ta’lim berasan, hech kimga yuz-xotir qilmasdan Xudoning haqiqiy yo’lini o’rgatmoqdasan.
22Bizga ayt-chi, Qaysarga qaramlik solig’i to’lashimiz dinga muvofiqmi, yo’qmi?
23Iso ularning makkorligini anglab: [Nega meni sinab ko’rmoqchisizlar?]
24Qani, Menga bir dinor ko’rsatinglar! Bu tangadagi surat va yozuv kimniki? – dedi. Qaysarniki, - javob berdi ular.
25Iso: Unday bo’lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi.
26Shunday qilib xalq oldida aytgan bironta so’zi uchun ham Isoni tuzoqqa tushirolmadilar. Uning javobidan hayron bo’lib, lol qoldilar.
27O’shanda qayta tirilish bo’lishini inkor etadigan sadduqiylardan ba’zilari kelib, Isoga savol berdilar:
28Ey Ustoz! Muso payg’ambarimiz Shunday yozib qoldirgan: “Agar xotini bor odam farzandsiz qazo qilsa, ukasi uning xotinini olib, o’z akasiga avlod tiklasin”.
29Xo’sh, etti aka-uka bor edi. Birinchisi uylanib, bolasiz o’tib ketdi.
30Ikkinchisi ham o’sha xotinni olib o’ldi.
31Shuningdek, uchinchisi ham, hatto ettinchisigacha hammasi ham o’sha xotinni olib, farzand ko’rmay o’lib ketdilar.
32Hammasidan keyin xotin ham o’ldi.
33Xo’sh, qiyomatda u qaysi birining xotini bo’ladi ekan? Chunki u ettoviga ham xotinlik qilgan edi-ku.
34Iso ularga javoban dedi: Bu dunyoning bolalari uylanadilar va erga tegadilar.
35Lekin u dunyoga ketganlar hamda tirilishga sazovor bo’lganlar uylanmaydilar ham, erga tegmaydilar ham.
36Ular endi o’lim ko’rmaydilar. Ular farishtalar bilan teng bo’lib, qiyomat ahli sifatida Xudoning bolalari bo’ladilar.
37Muso payg’ambarning o’zi ham yonayotgan buta to’g’risidagi oyatda Xudovandni “Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosi” deb atab, o’liklarning tirilishiga ishora qilgan edi.
38Zotan Xudo o’liklarning emas, tiriklarning Xudosidir. Unga nisbatan hamma tirikdir.
39Shunda ulamolardan ba’zilari: Ustoz, Sen yaxshi so’zlading, - dedilar.
40Va Isodan yana biron gap so’rashga botinolmadilar.
41Iso ularga dedi: “Nega MasihniDovudning o’g’li deyishadi?
42Mana, Dovudning o’zi Zabur kitobida nima degan:
43“Xudovand mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o’ng tomonimda o’ltirib turgin”.
44Demak, Dovud Masihni Rabbim deb atagan bo’lsa, qanday qilib Masih Dovudning o’g’li bo’la oladi?”.
45Butun xaloyiq tinglab turganda Iso O’z shogirdlariga burilib dedi:
46“Uzun kiyimlar kiyib yurishni va xalq yig’inlarida alik olishni sevadigan, ibodatxonalarda yuqori o’rinni olish va ziyofatlarda to’rda o’tirishni yaxshi ko’radigan ulamolardan ehtiyot bo’linglar!
47Ular bevalarning uy-joylarini shilib, xo’jako’rsinga uzoq duo o’qiydilar. Ana bundaylar og’irroq jazoga mubtalo bo’lg’usidir.
21-bob
1Iso ma’badning sadaqa qutisiga nazar solib, xayr-ehson tashlab turgan boy odamlarni ko’rdi.
2Shuningdek, ikki tiyin tashlagan bir kambag’al beva ayolni ham ko’rdi.
3Shunda Iso dedi: “Sizlarga chinini aytayin, bu kambag’al beva hammadan ko’proq ehson berdi.
4Chunki bularning barisi o’zlarining ortiqcha pullaridan xudoyi qildi. Ammo bu ayol kamchiligiga qaramasdan, o’zining bor-yo’g’ini tashladi”.
5Ba’zi kishilar ma’badning naqadar go’zal toshlar va baxshidalar bilan bezatilgani to’g’risida so’zlashar edilar. Iso esa dedi:
6Shunday kunlar keladiki, siz shu erda ko’rib turgan binolardan biror g’isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo’ladi.
7Ular Isodan so’radilar: Ustoz, bu ishlar qachon yuz beradi? Bularning sodir bo’lajagini qanday alomatdan bilmoq mumkin?
8Iso dedi: Yo’ldan ozmaslik uchun ehtiyot bo’linglar! Zero ko’plar “Bu Menman” va “Vaqt yaqin”, deb Mening nomim ostida keladilar. Ularning orqasidan bormanglar.
9Urush va isyonlardan darak topganda cho’chimanglar. Chunki bular avvaldan bo’lib o’tishi kerak, lekin darhol so’nggi nihoya kelmaydi.
10Keyin Iso davom etib ularga dedi: Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko’tariladi.
11Ayrim joylarda shiddatli zilzilalar, qahatchiliklar, o’latlar bo’ladi. Vahimali hodisalar sodir bo’lib, osmonda ajib g’aroyibotlar yuz beradi.
12Lekin bularning hammasidan burun sizlarni iskanjaga olib, quvg’in qiladilar, diniy hay’atlarga topshirib, zindonlarga tashlaydilar. Mening nomim tufayli sizlarni podshohlar va hokimlar oldiga olib boradilar.
13Shunda siz fursatdan foydalanib Men haqda shohidlik qilasizlar.
14O’zimizni qanday himoya qilamiz, deb oldindan qayg’urmaslikni yuragingizga tugib olinglar.
15Chunki Men sizlarni og’zi botir qilib, Shunday hikmat beramanki, sizlarga qarshi chiqqanlardan birortasi ham fikringizni inkor etolmay, gapsiz-so’zsiz qoladilar.
16Hatto ota-ona, aka-uka, qarindosh-urug’, yor-birodarlaringiz sizni tutib berishadi, ba’zilaringizni esa o’limga topshirishadi.
17Mening nomim tufayli hamma sizdan nafratlanadi.
18Biroq boshingizdan bir tola soch ham nobud bo’lmaydi.
19Sabr-bardosh bilan joningizni saqlab qolasiz”.
20“Quddusni qo’shinlar qurshab olganini ko’rganda bilingki, Shaharning xarob bo’lish vaqti yaqinlashgan.
21O’shanda Yahudiyada bo’lganlar tog’larga qochsin, Shaharning ichida bo’lganlar undan chiqsin, atrof-tevarakda bo’lganlar Shaharga aslo kirmasin.
22Chunki bu kunlar barcha oyatlar bajo bo’lg’usi intiqom kunlari bo’ladi.
23U kunlarda homilador va emizuvchi ayollarning holiga voy! Chunki er yuzini katta musibat chulg’ab olib, bu xalqning boshiga qahr-g’azab yog’adi.
24Ular qilich damidan o’tkazilib, barcha ellarga asir qilib olib ketiladilar. Yod xalqlarning davroni tugamaguncha, Quddus yod xalqlar tomonidan oyoq-osti qilinadi”.
25“Quyosh, oy va yulduzlarda ajoyib alomatlar paydo bo’ladi. Dengiz shovillab-jo’shib to’lqinlangan sari, er yuzidagi xalqlar esankirib ma’yuslikka tushadilar.
26Odamlar jahonga kelayotgan musibatlarni kutib, qo’rquvdan ado bo’ladilar. Chunki o’shanda samoviy kuchlar larzaga keladi.
27Nihoyat bulut ichida, buyuk qudrat va ulug’vorlik ila kelayotgan Inson O’g’lini ko’radilar.
28Bu voqealar ro’y bera boshlaganda, endi xalos bo’lish vaqt-soatingiz yaqinlashganini bilib, qomatingizni g’oz tutib bosh ko’taringlar”.
29Iso ularga bir masalni aytib berdi: “Anjir daraxtiga va daraxtning boshqa turlariga qaranglar:
30ular yaproq yozayotganini ko’rib, yoz kelib qolganini o’zingiz ham anglaysiz.
31Xuddi shunga o’xshab, boyagi ishlarning sodir bo’layotganini ko’rganingizda bilingki, Xudoning Shohligi juda yaqindir.
32Sizlarga chinini aytayin, bu nasl o’tmasdanoq bularning barisi sodir bo’lajak.
33Eru osmon bitar, lekin Mening so’zlarim bitmas.
34O’zingizni ehtiyot qiling! Aysh qilib, kayf surib, hayotning tashvishlari ostida bo’g’ilib, yuraklaringizni yog’ bosmasin, tag’in u kun nogahon boshga tushib sizni to’rga ilintirmasin!
35Chunki u kun er yuzida yashovchi har bir kishini bosib olajak.
36Shu sababdan doim hushyor bo’linglar. Yuz berguvchi bu musibatlardan omon qolishga kuch topib, Inson O’g’li oldida turishga munosib bo’lmoq uchun doimo ibodat qilinglar”.
37Iso kunduzi ma’badda ta’lim berar, tunlarini esa Shahardan chiqib, Zaytun tog’ida o’tkazar edi.
38Barcha xalq Isoni tinglamoq uchun ertalabdan ma’badga, Uning huzuriga oqib kelar edi.
22-bob
1Xamirturushsiz non yopiladigan Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi.
2Oliy ruhoniy bilan ulamolar xalqdan qo’rqib, Isoni oradan ko’tarish chorasini izlardilar.
3Shunda o’n ikki havoriydan biri – Yahudo Ishqariyotning ichiga shayton kirib oldi.
4Yahudo borib, oliy ruhoniylar va ma’bad mirshabboshilari bilan Isoni qanday qo’lga tushirish to’g’risida maslahatlashib oldi.
5Ular sevinib, unga pul berishga ahd qildilar.
6Yahudo bunga rozilik berdi va Isoni xalq ko’zidan yashirincha ularning qo’liga tutib berish uchun qulay payt izlaydigan bo’ldi.
7Xamirturushsiz non eyiladigan va qurbonlik qo’zisi so’yiladigan Fisih bayramining qutlug’ kuni keldi.
8Iso Butrus bilan Yuhannoni yuborib: Boringlar, Fisih bayramini taomini eyishimiz uchun tayyorgarlik ko’ringlar, - dedi.
9Ular Isodan so’radi: Qaerda tayyorlashimizni buyurasan?
10Iso ularga dedi: Xo’sh, Shaharga kirishingizda ko’zada suv ko’tarib ketayotgan bir odam uchraydi. Ortidan u kiradigan uyga ergashib kiring
11va uy egasiga Shunday denglar: “Ustoz sendan: shogirdlarim bilan Fisih bayram taomini eydigan xona qaerda, deb so’rayotir”.
12Shunda u sizga to’shalgan katta bolaxonani ko’rsatadi. O’sha erda hozirlik ko’ringlar.
13Shogirdlar borib, xuddi Isoning aytganini topdilar va Fisih taomini tayyorlab qo’ydilar.
14Ziyofat vaqti etgach, Iso o’n ikkala havoriy bilan birga dasturxon atrofida joy oldi
15va ularga dedi: Men azob chekmasimdan avval bu Fisih taomini sizlar bilan birga eyishni juda ham orzu qilgandim.
16Sizlarga aytib qo’yay: bu taom Xudo Shohligida to’la ma’nosini topmaguncha, Men uni boshqa emayman.
17Keyin Iso kosani olib, shukrona duosini aytib dedi: Buni olinglar, o’zaro bo’lishinglar.
18Sizlarga aytib qo’yay: Xudoning Shohligi amalga oshmaguncha, Men uzum ichkiligini boshqa ichmayman.
19So’ngra nonni oldi, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berib: Bu sizlar uchun fido bo’layotgan Mening tanamdir. Meni eslab turish uchun Shunday qilinglar, - dedi.
20Ovqatlanib bo’lishgach, Iso yana bir bor kosani olib, Shunday dedi: Bu kosa Xudo odamzod ila tuzgan Yangi Ahdni bildiradi. Bu ahd Mening sizlar uchun to’kayotgan qonim evaziga kuchga kiradi.
21Biroq Menga hiyonat qiluvchining qo’li ham Men bilan bir dasturxonga cho’zilmoqda.
22Ha, Inson O’g’li taqdirida bo’lgan yo’ldan ketib boradir. Ammo Unga hiyonat qiluvchi kishining holiga voy!
23Kim ekan ichimizda bu ishni qiladigan? – deya havoriylar o’zaro surishtira boshladilar.
24Havoriylar orasida, bizdan kim eng buyuk deb hisoblanmog’i kerak, degan masala haqida tortishuv ham yuz berdi.
25Iso ularga dedi: “El-yurt podshohlari o’z xalqlari ustidan hukmdorlik qiladilar. Elni boshqaruvchilar olihimmat deb olqishlanadilar.
26Sizlar esa bunday bo’lmanglar. Aksincha, ichingizda kim katta bo’lsa, eng kichikday bo’lsin. Kim rahbar bo’lsa, xizmatkorday bo’lsin.
27Qay biri ulug’dir – dasturxonga o’tirganmi, yoki xizmat qilib turganmi? Dasturxonga o’tirgan emasmi? Men esa orangizda bamisoli xizmatkordirman.
28Sinov chog’larida Men bilan birga dosh berganlar sizlar bo’ldingiz.
29Shu sababdan, Otam Menga vasiyat qilgani kabi, Men ham sizga Shohlikni vasiyat qilaman.
30Siz Mening Shohligim dasturxonida eb-ichasizlar, taxtlarga o’tirib, Isroilning o’n ikki qabilasi ustidan hukmronlik qilasizlar”.
31Rabbimiz Iso yana dedi: Simun, Simun! Mana, shayton sizlarni bug’doy kabi g’alvirdan o’tkazishga izn so’radi.
32Biroq Men, imondan toymagil, deya sen uchun ibodat qildim. Sen bir kun qaytib kelganingda, birodarlaring imonini mustahkamla.
33Simun Isoga javoban: Rabbiy! Men Sen bilan zindonga ham, o’limga ham borishga tayyorman! – dedi.
34Iso dedi: Senga shuni aytayin, Butrus, bugun xo’roz qichqirmasdan avvaloq sen Meni tanishdan uch marta tonasan.
35Iso shogirdlariga dedi: Men sizlarni hamyonsiz, to’rvasiz, choriqsiz yuborganimda, biron narsada kamchiligingiz bormidi? Hech narsada! – javob berdi ular.
36Iso ularga Shunday dedi: Biroq endi kimning hamyoni bo’lsa, o’zi bilan olsin. Kimning to’rvasi bo’lsa, yonida ko’tarib yursin. Bo’lmasa, kiyimini sotib qilichga almashtirsin.
37Sizlarga aytib qo’yay: Tavrotdagi “U jinoyatchilar qatorida turdi”, - degan oyat Menda amalga oshmog’i lozim. Chindan ham, Men to’g’rimda yozilgan barcha oyatlar bajo bo’lmoqda.
38Shogirdlar: Rabbiy, ana bu erda ikkita qilich bor! – deyishdi. Bas! – dedi Iso.
39Iso u erdan jo’nab, odati bo’yicha Zaytun tog’iga chiqib ketdi. Shogirdlari ham Uning orqasidan ketdilar.
40Bu erga kelganda Iso ularga: Vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilib turinglar, - dedi.
41O’zi ulardan bir tosh otar masofacha nari bordi-da, tiz cho’kib ibodat qila boshladi.
42Ey Ota, koshki bu zaqqum kosani Mendan o’tkazib yuborsang! Lekin Men aytgandek emas, Sen aytgandek bo’lsin.
43Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir bo’lib, Uni quvvatlab turdi.
44U jon ilinjida yanada hafsala bilan ibodat qildi. Undan chiqqan ter esa erga tomayotgan qon tomchilariga o’xshar edi.
45Ibodatdan turib Iso shogirdlari yoniga keldi. Ularni qayg’udan uxlab yotgan holda ko’rdi.
46Ularga: Nega uxlab yotibsizlar? Qani turinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qila turinglar, - dedi.
47Iso hali bularni gapirib bo’lmasidan, bir olomon ko’zga ko’rindi. O’n ikki havoriydan Yahudo ismlisi oldinda kelayotib, Isoga yaqinlashdi-da Uni o’pishga chog’landi. [Chunki u: “Men kimni o’psam, U O’sha kishidir”, deb eshlariga aytib qo’ygan edi.]
48Iso unga: Yahudo, sen Inson O’g’liga o’pish bilan hiyonat qilyapsanmi? – dedi.
49Isoning yonidagilar voqea qayoqqa yo’nalayotganini payqab: Rabbiy, qilichni ishga solaylikmi? – deyishdi.
50Ulardan biri esa oliy ruhoniyning qarolini bir urib, o’ng qulog’ini uzib tushirdi,
51shunda Iso: Qo’yinglar, bas! – dedi-da, qarolning qulog’iga qo’l tegizib, uni asl holiga qaytardi.
52So’ng O’ziga ro’para bo’lgan oliy ruhoniylar, ma’bad mirshabboshilari va oqsoqollar tomon qayrilib, dedi: Sizlar xuddi qaroqchining payiga tushgandek qilichu tayoq bilan Meni olgani kelibsizlar!
53Lekin har kuni sizlar bilan birga ma’badda bo’lganimda, Menga qo’l tegizmadinglar. Biroq endi zamon sizniki, endi zulmat hukmron.
54Isoni ushlab, bosh oliy ruhoniyning uyiga olib bordilar. Butrus esa uzoqdan ularga ergashib keldi.
55Hovlining o’rtasida olov yoqib birga o’tirishganida, Butrus ham u kishilarning orasiga o’tirdi.
56Bir oqsoch Butrusning olov yonida o’tirganini ko’rib, unga tikilib qaradi-da: Bu odam ham U bilan birga bo’lgan! – dedi.
57Lekin Butrus u ayolga: Ey singlim, men Uni tanimayman! – deb inkor etdi.
58Bir ozdan keyin boshqa bir odam Butrusni ko’rib: Sen ham ulardan birisan-ku! – dedi. Lekin Butrus unga ham: Ey birodar, men ulardan emasman! – dedi.
59Biron soat o’tgandan so’ng yana kimdir: Haqiqatan bu odam ham U bilan birga bo’lgan, asli u ham jalilalik, - dedi komil ishonch bilan.
60Lekin Butrus: Birodar, o’zi nima deyapsan? – dedi unga ham. Shu zahoti, u gapini tugatmasdanoq xo’roz qichqirdi.
61Rabbimiz Iso Butrusga qayrilib, unga ko’zini tikdi. Shunda Butrus Rabbimizning unga: “Bugun xo’roz qichqirmasdan, sen Mendan uch marta tonasan”, - degan so’zini esladi
62va tashqariga chiqib, achchiq-achchiq yig’ladi.
63Isoni ushlab turgan odamlar esa Uni haqorat qilib ura boshladilar.
64Uning ko’zlarini bog’lab, yuziga shapaloqlar tortib: Qani karomatingni ko’rsat-chi, Seni kim uryapti ekan? – deb so’rashdi Undan.
65Yana ancha kufr so’zlar bilan Uni tahqirladilar.
66Tong otgach, xalq oqsoqollari va oliy ruhoniylar bilan ulamolar to’planib, Isoni o’zlarining Oliy Kengashi o’tkaziluvchi mashvaratxonalariga keltirdilar.
67Sen Masihmisan? Bizlarga ochig’ini ayt! – deyishdi Uni so’roq qilib. Iso ularga shundoq dedi: Sizlarga aytsam, ishonmaysizlar.
68Sizlarga savol bersam, javob bermaysiz, Meni ozod ham qilmaysizlar.
69Biroq bundan buyon Inson O’g’li Qodir Tangrining o’ng tomonida o’ltirajak.
70Shunda hamma birdaniga: Demak, Sen Xudoning O’g’limisan? – deb so’rashdi. O’sha Men ekanimni o’zingiz aytdingizlar, - dedi ularga Iso.
71Shunda ular: Bizga yana qanday guvohlik kerak? O’z og’zidan o’zimiz eshitdik, axir! – deyishdi.
23-bob
1Butun Kengash a’zolari turib, Isoni Pilatning oldiga keltirdilar.
2Ular ayblovni boshlab: Biz bu odam xalqimizni yo’ldan ozdirayotganini aniqladik. U Qaysarga soliq to’lashni man etib, O’zini-O’zi Masih, ya’ni podshoh deb aytmoqda, - dedilar.
3Pilat Isodan: Sen yahudiylarning Podshohimisan? – deb so’radi. Iso unga javob berib: O’zing aytyapsan, - dedi.
4Pilat oliy ruhoniylarga va xalq yig’iniga xitoban: Men bu odamda hech qanday ayb ko’rayotganim yo’q, - dedi.
5Lekin ular qattiq turib: Jaliladan tortib shu ergacha – butun Yahudiya bo’ylab ta’limotini yoyib, xalqni g’alayonga solmoqda, - dedilar.
6Pilat Jalila so’zini eshitgach: Bu odam jalilalikmi? – deb so’radi.
7Isoning Hirod hukumati doirasidan ekanligini bilgach, Uni shu kunlarda Quddusda turgan Hirodning qoshiga yubordi.
8Hirod Isoni ko’rib juda kayfi chog’ bo’ldi, chunki U haqda xabardor bo’lib, anchadan beri Uni ko’rmoqchi bo’lgan, U qilgan biron-bir mo’’jizani o’z ko’zi bilan ko’rishni umid qilib yurgan edi.
9Shunday qilib, Unga ancha savollar berdi. Biroq Iso unga hech bir javob qaytarmadi.
10Atrofda turgan oliy ruhoniylar va ulamolar esa Uni shiddat bilan qoraladilar.
11Hirodning o’zi ham askarlari bilan birga Isoni kamsitib masxara qildi-da, Unga shohona chopon kiydirib, Pilatning oldiga qaytarib yubordi.
12Bu hodisadan avval bir-biriga adovatda bo’lgan Hirod va Pilat o’sha kuni do’stlashdilar.
13Pilat esa oliy ruhoniylar, boshliqlar va xalqni bir erga chaqirib,
14ularga dedi: Sizlar bu odamni xalqni yo’ldan ozdirishda ayblab oldimga olib keldinglar. Ammo men Uni o’z ko’zlaringiz oldida tekshirib ko’rsam-da, sizlar qo’yayotgan ayblarning birontasini ham Undan topmadim.
15Men Uni Hirodning oldiga yubordim, Hirod ham hech nima topolmadi. Xullas, Unda o’limga loyiq biror-bir ayb topilmadi.
16Binobarin, Uni bir kaltaklab bo’shatib yuboraman.
17[Pilat ayni har bayramda bir mahbusni ozod qilishiga to’g’ri kelar edi.]
18Xaloyiq esa bir og’izdan: Unga o’lim! Bizlarga Barabbani chiqarib yubor! – deb baqira ketishdi.
19Barabba esa Shaharda yuz bergan isyonga aralashib qotillik qilganligidan zindonga tashlangan edi.
20Pilat Isoni bo’shatib yubormoqchi bo’lib, yana bir bor xaloyiqqa xitob etdi.
21Lekin ular: Uni xochga mixlab qo’y! Xochga! – deb qichqirdilar.
22Pilat uchinchi marta ularga xitoban: U axir nima yomonlik qildi? Men Unda o’limga loyiq biror-bir ayb topganim yo’q. Shunday ekan, men Uni bir kaltaklab bo’shatib yuborayin, - dedi.
23Biroq ular ovozlari boricha qichqirishda davom etib, Isoni xochga mixlashni qattiq turib talab qildilar. Nihoyat xaloyiq va oliy ruhoniylarning baqiriq-chaqiriqlari ustun keldi
24va Pilat ularning talabiga ko’ndi.
25Ular so’rab turgan, isyonchiligi va qotilligi uchun zindonga solingan odamni ozodlikka chiqarib, Isoni esa ularning ixtiyoriga topshirdi.
26Isoni olib chiqayotganlarida, daladan kelayotgan Simun ismli kirineyalik bir odamni ushlashdi-da, Isoning orqasidan ko’tarib borish uchun xochni unga yuklashdi.
27Juda ko’p xaloyiq, jumladan Isoga yig’i qilib ko’ksiga urayotgan talay xotin-qizlar Uning orqasidan ergashib bordi.
28Iso ularga qarab: Ey Quddus qizlari! – dedi. – Men uchun yig’lamanglar, aksincha, o’zingiz va bolalaringiz uchu yig’langlar.
29Zero Shunday kunlar keladiki: “Tug’magan ayollar, bepusht qorinlar, bola emizmagan ko’kraklar baxtlidir”, - deb aytishadi.
30O’shanda tog’larga: “Ustimizga qulang!”, tepaliklarga esa: “Bizni bosib oling!” – deb aytishadi.
31Yam-yashil og’ochga bunday qilishsa, qurigan og’ochga ne qilishar ekan?
32Iso bilan birga ikki jinoyatchini ham o’limga olib bordilar.
33Boshsuyagi degan joyga kelganlarida, Isoni hamda o’ng va so’l tomonida ikkala jinoyatchini xochga mixlab qo’ydilar.
34Iso: Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganlarini bilmaydilar, - der edi. Askarlar qur’a tashlab, Isoning kiyimlarini bo’lib ola boshladilar.
35Xaloyiq tomosha qilib turdi. Ular bilan birga boshliqlar ham Isoning ustidan xiringlashib: Boshqalarni qutqarar edi. Modomiki U Xudoning arzandasi – Masih ekan, qani O’zini-O’zi qutqarsin-chi! – deyishardi.
36Askarlar ham Unga sirka ichirgani yaqinlashib:
37Agar Sen yahudiylarning Podshohi bo’lsang, O’z-O’zingni qutqar-chi! – dedilar istehzo bilan.
38Isoning boshi uzra [yunon, lotin va ibriy tillarida] “Yahudiylarning Podshohi budir” – degan yozuv bor edi.
39Osilgan jinoyatchilardan biri: Agar Sen Masih bo’lsang, qani O’zingni va bizlarni ham qutqar, - deb Isoni kufr etdi.
40Ikkinchisi esa unga ta’na qilib: Sen ham ayni jazoga mahkum bo’lib, Xudodan qo’rqmaysanmi?
41Mana bizlar qilmishimizga yarasha odilona jazo oldik. U esa hech qanday yomonlik qilgani yo’q, - dedi.
42Keyin Isoga: Yo Rabbiy, Shohligingga kirganingda meni eslagin! – dedi.
43Iso unga dedi: Senga chindan aytamanki, bugunning o’zida sen Men bilan birga jannatda bo’lasan.
44Tush chamasida quyosh qorayib, butun erni soat uchgacha davomli zulmat qopladi.
45Ma’baddagi parda o’rtasidan yirtilib ketdi.
46Iso baland ovoz bilan faryod qildi: Ota! Ruhimni Sening qo’llaringga topshiryapman. Shunday dedi-da, jon taslim qildi.
47Voqeani ko’rib turgan yuzboshi Xudoni ulug’lab: Haqiqatan ham bu solih Odam ekan, - dedi.
48Tomoshaga to’plangan butun xaloyiq sodir bo’lgan voqealarni ko’rib, ko’ksiga ura-ura qaytib ketdi.
49Isoni bilganlarning bari, shu jumladan, Jaliladan Unga ergashib kelgan ayollar uzoqda turgancha, bu hodisotni kuzatdilar.
50Kengash a’zolaridan Yusuf ismli yaxshi va solih bir kishi bor edi.
51U yahudiylarning Arimateya shahridan bo’lib, Xudo Shohligiga ko’z tikib yurar edi. U Kengashning qarorida ham, ishida ham ishtirok etmagan edi.
52Yusuf Pilatning oldiga borib Isoning jasadini so’radi.
53So’ng Uni xochdan tushirib olib kafanladi va qoyada o’yilgan, hali ichiga kimsa qo’yilmagan bir qabrga qo’ydi.
54U kun juma bo’lib, dam olish vaqti boshlanishiga sal qolgan edi.
55Jaliladan Iso bilan birga kelgan ayollar ham ergashib borib, qabrni va Jasad qanday qo’yilganini ko’rdilar.
56Qaytib kelganlaridan so’ng, atirlar va xushbo’y yog’lar tayyorladilar. Shanba kuni esa ilohiy amr bo’yicha orom oldilar.
24-bob
1Yakshanba kuni erta tongda ayollar tayyorlab qo’ygan atirlarini olib qabrga keldilar. [Ular bilan birga boshqa bir necha ayollar ham bor edi.]
2Ular qabr og’zidagi toshni ag’darilgan holda ko’rdilar.
3Ichkariga kirib, Rabbimiz Iso jasadini topmadilar.
4Ular bundan gangib turganda, birdan oldilarida yaltiroq kiyim kiygan ikki zot paydo bo’ldi.
5Ayollar vahimadan boshlarini erga egib turishdi. U zotlar ularga: Nega siz tirikni o’liklar orasidan izlayapsizlar? – deyishdi.
6U bu erda yo’q, U qaytadan tirilib ketdi. Hali Jalilada ekanidayoq aytganlarini eslangiz.
7U sizga: “Inson O’g’li gunohkor odamlar qo’liga tutib berilajak, xochga mixlanajak, uchinchi kuni esa qaytadan tirilajak”, - degan edi-ku.
8Ayollar Isoning bu so’zlarini esladilar.
9Qabrdan qaytib borib, bu haqda o’n bir havoriyga va bo’lak barchaga ma’lum qildilar.
10Havoriylarga bu xabarni etkazganlar – magdalalik Maryam, Yo’anna, Yoqubning onasi Maryam va ular bilan birga bo’lgan boshqa ayollar bor edi.
11Biroq bu so’zlar havoriylarga quruq gap tuyulib, ayollarga ishonmadilar.
12Butrus esa o’rnidan turib, qabr tomon yugurdi. Ichkariga engashib qarab, u erda faqat kafanning o’zinigina ko’rdi. Yuz bergan voqeadan hayratga tushib, ortiga qaytdi.
13Xuddi shu kuni shogirdlaridan ikkisi Quddusdan bir tosh uzoqlikdagi Emmaus degan qishloqqa borishar edi.
14Ro’y bergan bu hodisotlardan o’zaro gaplashib ketdilar.
15O’zaro so’zlashib va bahslashib borar ekan, Isoning o’zi ularga yaqinlashib, hamrohlik qildi.
16Lekin ularning ko’zlari Uni tanimoqqa ojiz edi.
17Iso ulardan: Sizlar o’zaro nimalar haqida tortishib boryapsiz? Nega yuzingiz g’amgin? – deb so’radi.
18Shogirdlardan Kleopa degani Unga javob berdi: Nahotki Quddusga kelganlar orasida shu kunlarda bu erda sodir bo’lgan hodisalardan bir O’zing bexabar bo’lsang?
19Qaysi hodisalar? – so’radi Iso. Xudo va butun xalqning oldida qudratli ishi va so’zi bilan tanilgan nosiralik Iso payg’ambar haqidagi hodisalar-da, - deyishdi Unga.
20Bizning oliy ruhoniylar bilan boshliqlarimiz o’lim jazosini talab qilib, Uni xochga mixlatdilar.
21Biz Uni Isroilni xalos qiladigan Najotkor deb o’ylab, umidvor bo’lgandik. Buning ustiga-ustak, bu hodisalar sodir bo’lganiga bugun uchinchi kun bo’ldiki,
22bizning ayrim ayollarimiz bizni hayratda qoldirishdi. Ular erta bilan qabrga borib,
23Uning jasadini topolmay kelishdi. Ular hatto farishtalarni ko’rdik, deb aytishdi. Farishtalar ularga: “Iso tirik”, - deyishibdi.
24Shunda oramizdan ba’zi odamlar qabrga borib, xuddi ayollar aytganlarining shohidi bo’lishibdi, Isoning O’zini esa ko’rishmabdi.
25Iso ularga: Ey farosatsizlar! Barcha payg’ambar so’zlariga ishonchi sust odamlar!
26Masih O’z ulug’vorligiga erishmoq uchun shu azoblarni boshdan kechirmog’i kerakmasmidi? – dedi.
27Shunday qilib, Iso Muso payg’ambardan tortib, barcha payg’ambar kitoblarida O’zi haqida yozilgan oyatlarning hammasini ularga tushuntira boshladi.
28Nihoyat o’sha borayotgan qishloqqa yaqinlashdilar. Iso O’zini yo’li davom etadigan qilib ko’rsatdi.
29Lekin ular Unga: Biz bilan birga qol, chunki kun botay deb qoldi, endi kech kira boshladi, - deb Uni qistashdi. Iso ular bilan birga qolgani ichkariga kirdi.
30Ular bilan birga dasturxon yonida o’tirganda, nonni olib shukrona duosini aytdi va nonni sindirib ularga berdi.
31Shundagina ularning ko’zlari ochilib, Uni tanib qolishdi. Biroq Iso shu onda ko’zdan g’oyib bo’ldi.
32Shogirdlar bir-biriga: U yo’lda biz bilan gaplashib, oyatlarni tushuntirayotganida ko’nglimizga iliqlik yugurmaganmidi, axir! – dedilar.
33Shu zahoti o’rinlaridan turib, Quddusga qaytib bordilar. O’n bir havoriyni va ular bilan to’planib turganlarni topdilar.
34Ular kelganlarga: Rabbimiz haqiqatan tirilib kelgan, U Simunga zohir bo’libdi-ku, - dedilar.
35Kelganlar ham yo’ldagi voqealarni, Iso nonni sindirayotganda Uni qanday tanib qolganliklarini aytib berdilar.
36Ular hali bu xususda so’zlashayotganda Isoning O’zi o’rtalarida zohir bo’ldi. Sizlarga tinchlik bo’lsin! – dedi.
37Shogirdlar o’takasi yorilgandek bo’lib, arvoh ko’ryapmiz, deb o’yladilar.
38Lekin Iso ularga dedi: Nega buncha hayajonlanmoq? Nechun ko’nglingizda buncha gumonlar tug’ilyapti?
39Qo’llarimga va oyoqlarimga qaranglar, bu Mening O’zim. Meni ushlab ko’ringlar. Menda ko’rib turganingizdek arvohning etu ustuxoni bo’lmaydi-ku, axir!
40Shunday deb, Iso qo’l-oyoqlarini ularga ko’rsatdi.
41Shogirdlar sevinchidan taajjublanib hali ishonmayin turganlarida, Iso ulardan so’radi: Bu erda eydigan biror narsangiz bormi?
42Ular Unga bir parcha qovurilgan baliq [va bir oz mumli asal] berishdi.
43Iso buni olib ularning ko’zi oldida edi.
44So’ngra ularga: Men hali sizlar bilan birga bo’lganimda, Men haqimda Muso Qonunida, payg’ambarlar va Zabur kitoblarida hamma yozilganlar bajo kelishi kerak, deb aytgan edim-ku. Mana shu bo’lib-o’tganlarga to’g’ri keladi, - dedi.
45Keyin oyatlarni anglamoq uchun shogirdlarining zehnini ochib yubordi
46va ularga yana dedi: Mana shu yozilganlarga ko’ra, Masih azob chekishi va uchinchi kuni esa qayta tirilishi kerak edi.
47Shuningdek, Quddusdan boshlab barcha xalqlar Uning nomi bilan tavba-tazarruga chaqirilmog’i va gunohlari kechirilishi e’lon qilinmog’i ham lozim.
48Sizlar esa bu ishlarga guvoh bo’lajaksiz.
49Endi Men Otamning bergan va’dasini sizlarga yuboraman. Ammo yuqoridan bu qudratni olmaguningizcha, Quddus shahrida qola turinglar.
50Keyin Iso shogirdlarini Shahardan tashqariga, Baytaniya yaqinlarigacha olib chiqdi-da, qo’llarini ko’tarib ularni duo qildi.
51Duo qilayotib, ulardan uzoqlashgancha osmonga ko’tarildi.
52Shogirdlar esa Unga sajda qildilar va katta sevinch ila Quddusga qaytib bordilar.
53Xudoga hamdu sanolar aytib, doimo ma’badda bo’ldilar. OMIN.
Tuesday, March 20, 2007
Luqo bayon etgan Xushxabar
Posted by Масиҳий муаллим at 15:21
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment