Tuesday, March 20, 2007

Yuhanno bayon etgan Xushxabar

Yuhanno bayon etgan Xushxabar

1-bob
1Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo huzurida edi, Kalom – Xudo edi.
2Azaldanoq U Xudo huzurida edi.
3Borliq U orqali bor bo’lgan, Usiz hech narsa bor bo’lgan emas. Neki bor bo’lgan bo’lsa, U orqali bor bo’lgan.
4Unda hayot bor edi, hayot insonlarning nuri edi.
5Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmadi.
6Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi,
7u shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin.
8Uning o’zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi.
9Dunyoga kelayotgan hamma odamzodni yorituvchi haqiqiy nur bor edi.
10Kalom dunyoda bor edi, dunyo U orqali bor bo’lgan edi, biroq dunyo Uni tanimadi.
11O’zinikilarning yoniga keldi U, lekin O’zinikilar Uni qabul qilmadi.
12Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini berdi.
13Ular na qondan, na tana xohishidan, na er xohishidan, balki Xudodan tug’ildilar.
14Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug’vorligini ko’rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to’lgan yagona O’g’ilning ulug’vorligini ko’rdik.
15Yahyo U haqda guvohlik berdi va ovozini baland qilib dedi: “Mening ketimdan Kelayotgan bor, U mendan ham ulug’, chunki U mendan ilgariroq bor edi, deb aytganim Shuning O’zidir”.
16Uning kamolotidan biz hammamiz marhamat ustiga marhamat oldik.
17Tavrot Qonuni Muso orqali berilgan edi, Ilohiy marhamat va haqiqat esa Iso Masih orqali zohir bo’ldi.
18Hech kim hech qachon Xudoni ko’rgan emas; Otasining bag’rida bo’lgan yagona O’g’il O’zi Uni izhor qildi.
19Quddusdagi yahudiylar yuborgan ruhoniylar va levitlar Yahyo payg’ambarning oldiga borib undan: Sen kimsan? – deb so’radilar. Yahyo shahodat berdi:
20Men Masih emasman, - deb ochiq tan oldi u, inkor etmadi.
21Yana undan: Bo’lmasa Ilyos payg’ambarmisan? – deb so’radilar. Yo’q! – dedi u. O’sha payg’ambarmisan? – deb savol berdilar. U yana: Yo’q! – deb javob berdi.
22Axir sen kimsan? Bizni yuborganlarga javob qilishimiz kerak. Sen o’zing haqingda nima deysan? – deb so’radilar.
23Men Isha’yo payg’ambarning aytganiday, “Xudovandga yo’l hozirlanglar”, deb sahroda xitob qiluvchining sadosiman, - dedi Yahyo.
24Uning oldiga yuborilganlar orasida farziylar ham bor edi.
25Ular Yahyodan: Modomiki sen Masih ham, Ilyos ham, o’sha payg’ambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga cho’mdirib, tavba qildirib yuribsan? – deb so’radilar.
26Yahyo ularga javob berdi: Men odamlarni suvga cho’mdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan Kimsa turibdi.
27Mening ketimdan Kelayotgan [va mendan ilgari bor bo’lgan] Kimsa bor, deb aytganim ana O’shadir. Men Uning chorig’i iplarini echishga ham munosib emasman, - dedi.
28Bu hodisalar Yahyo odamlarni tavba qildirib yurgan erda, O’rdun daryosining naryog’idagi Baytavarada sodir bo’ldi.
29Ertasiga Yahyo Isoning o’ziga yaqinlashayotganini ko’rib, Shunday dedi: “Mana, dunyoning gunohini O’ziga oluvchi Xudoning qurbonlik Qo’zisi!
30Men aytgan edim: Mening ketimdan kelayotgan Zot bor, U mendan ulug’, chunki U mendan ilgari ham bor bo’lgan edi.
31Men Uni bilmas edim, lekin Isroil Uni tanib olsin, deb men odamlarni suvga cho’mdirib, tavba qildirgani keldim”.
32Yahyo yana Shunday shahodat berdi: “Men Ilohiy Ruhning osmondan kaptarday uchib kelib, O’shaning ustiga qo’nganini ko’rdim.
33Men Uni bilmas edim, lekin odamlarni suvga cho’mdirishga meni yuborgan Xudoning O’zi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo’nganini ko’rsang, bilki, Muqaddas Ruhga cho’mdiruvchi O’shadir”, - degan edi menga.
34Men esa Uni ko’rdimu, mana bu – Xudoning O’g’lidir, deb shahodat berdim”.
35Ertasiga Yahyo yana ikkita shogirdi bilan shu erda turgan edi.
36U yurib kelayotgan Isoga tikilib qarab: Mana Xudoning qurbonlik Qo’zisi! – dedi.
37Ikkala shogird Yahyoning bu so’zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi.
38Iso o’girilib qarab, ularning ergashib kelayotganini ko’rdi-da: Sizlarga nima kerak? – deb so’radi ulardan. Sen qaerda turasan, Ravvi? – deyishdi ular.
39Borib ko’ringlar – dedi Iso. Ular borib, Isoning turar joyini ko’rishdi. O’sha kuni U bilan qolishdi. Soat to’rtlar chamasi edi.
40Yahyodan Iso haqida eshitib, uning orqasidan ergashganlardan biri Simun Butrusning ukasi Idris edi.
41U dastlab akasi Simunni topdi-da, unga: Biz Masihni topdik, - dedi.
42Idris akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso esa unga tikilib: Sen Yunus o’g’li Simunsan-ku, sen Kifa degan nom olasan, - dedi.
43Ertasi kuni Iso Jalilaga bormoqchi bo’ldi. U Filipni topib unga: Orqamdan yur! – dedi.
44Filip Baytsayda shahridan, Idris bilan Butrusning hamShahari edi.
45Filip ketdi. U Natan’ilni topib, unga: Biz Muso va boshqa payg’ambarlar Tavrotda yozgan Yusuf o’g’li nosiralik Isoni topdik, - dedi.
46Nosira shahridan biron yaxshilik chiqarmikin? – dedi Natan’il unga. Borib ko’rgin! – dedi unga Filip.
47Bundan so’ng Iso Natan’ilning O’ziga yaqinlashayotganini ko’rib: Qarang, hech hiylani bilmaydi, xuddi haqiqiy isroillik! – dedi.
48Natan’il Isodan so’radi: Sen meni qaerdan taniysan? Filip seni chaqirmasidan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni o’sha erda ko’rgan edim, - deb javob berdi Iso.
49Shunda Natan’il: Ustoz, Sen Xudoning O’g’lisan, Sen Isroilning Podshohisan! – dedi.
50Iso unga javoban: Men senga: Seni anjir daraxti tagida ko’rdim, deganim uchun ishonyapsan-da. Sen bundan ham buyuk ishlarni ko’rasan! – dedi.
51So’ng unga yana: Sizlarga rostini aytay: bundan keyin osmon ochilib, Inson O’g’li oldiga Xudo farishtalari tushib-chiqayotganini ko’rasizlar, - dedi.

2-bob
1Uchinchi kuni Jalilaning Kana Shaharchasida nikoh to’yi bo’ldi. Isoning onasi ham u erda edi.
2Iso bilan shogirdlari ham to’yga taklif etilgan edilar.
3Sharob tugab qolgach, Isoning onasi Unga: Ularda sharob qolmabdi, - dedi.
4Iso unga: Mening ishimga aralashma, ayol. Mening vaqt-soatim hali etgani yo’q, - dedi.
5Shunda onasi xizmatchilarga: U sizlarga nimaiki desa, o’shani qilinglar, - dedi.
6O’sha erda yahudiylar tahoratda ishlatadigan, har biri ikki-uch sig’imli oltita tosh xum bor edi.
7Iso xizmatchilarga: Xumlarni suvga to’ldiringlar, - dedi. Ular xumlarni limmo-lim to’ldirishdi.
8Iso ularga: Endi cho’michlab olib, to’yboshiga olib boringlar, - dedi. Ular esa olib borishdi.
9To’yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko’rdi. Uning qayoqdan kelganligini u bilmas edi, faqat olib kelgan xizmatchilar bilishar edi. To’yboshi kuyovni chaqirtib unga aytdi:
10Har kim avval yaxshi sharobni qo’yadi. Kayf qilishgandan keyingina yomonrog’ini beradi. Sen esa yaxshi sharobni shu vaqtgacha saqlabsan-ku!
11Iso dastlabki ushbu mo’’jizasini Jalilaning Kana Shaharchasida namoyish qildi, bu bilan O’zining ulug’vorligini zohir qildi. Shogirdlari esa Unga imon keltirdilar.
12Shundan keyin Iso, onasi, ukalari va shogirdlari Kafarnahum shahriga keldilar va u erda bir necha kun turdilar.
13Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi.
14Ma’badga kirganda, ho’kiz, qo’y, kaptarlarni sotayotganlar va o’tirgan sarroflarni ko’rdi.
15Iso arqondan darra yasadi-da, ma’baddan hammasini, ho’kizu qo’ylari bilan birga, quvib chiqardi, sarroflarning xontaxtalarini ag’darib, pullarni sochib yubordi.
16Kaptar sotuvchilarga: Bularni yo’qotinglar bu erdan, Otamning uyini savdoxonaga aylantirmanglar! – dedi.
17Shunda Uning shogirdlari “Sening uyingga bo’lgan rashkim Mening ichimni kemirib ketdi”, degan oyatni esladilar.
18Shunda yahudiy mansabdorlari: Bunday qilishga qanday huquqing bor? Isbot qilib mo’’jiza yarat-chi! – deb Isodan talab qildilar.
19Iso dedi: Bu ma’badni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklayman.
20Bunga javoban yahudiy mansabdorlari: Bu ma’bad qirq olti yilda qurilgan, Sen uni uch kunda tiklamoqchisan-a..?! – dedilar.
21Holbuki, Iso ma’bad deb O’zining badanini nazarda tutgan edi.
22Iso o’lib tirilgandan keyin, shogirdlari Uning bu so’zini esladilar va muqaddas bitikka ham, Isoning so’ziga ham ishondilar.
23Iso Quddusda, Fisih bayramida bo’lganda, ko’p odamlar Uning qilayotgan ibratli mo’’jizalarini ko’rib, Unga imon keltirdilar.
24Ammo Iso hamma insonlarning ko’nglini bilgani uchun, O’zini ularga ishonmas edi.
25Unga inson haqida biror ma’lumotning hojati yo’q edi, chunki inson dilida nima borligini U bilar edi.

3-bob
1Yahudiy boshliqlaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi.
2Bu odam bir kun kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi: Ustoz! Sen Xudodan kelgan bir muallim ekaningni biz bilamiz, chunki hech kim, agar Xudo u bilan bo’lmasa, Sen qilayotgan mo’’jizalarni qilolmaydi.
3Iso unga Shunday javob berdi: Senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug’ilmasa, Xudo saltanatini ko’rolmaydi.
4Keksa odam yana qanday tug’ila oladi? Onasining qorniga ikkinchi gal kirib tug’ila oladimi? – deb so’radi Nikodim.
5Iso javob berdi: Senga rostini aytay: agar kim suvdan va ruhdan tug’ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi.
6Tanadan tug’ilgan tanadir, ruhdan tug’ilgan esa ruhdir.
7Sizlar yuqoridan tug’ilishingiz kerak, deganimga taajjublanma.
8Shamol istagan joyida esaveradi. Uning tovushini eshitasan-u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysan. Ruhdan tug’ilgan har bir kishida ham Shunday bo’ladi.
9Bu qanday bo’lishi mumkin? – so’radi Nikodim.
10Iso unga javob berdi: Sen Isroilning ustozisan-ku axir, nega buni bilmaysan?
11Senga rostini aytay: biz bilganimizni so’zlaymiz, ko’rganimiz haqida shahodat beramiz. Lekin sizlar Bizning shahodatimizni qabul qilmayapsizlar.
12Agar sizlar erdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar to’g’risida gapirganlarimga qanday ishonasizlar?
13Osmonda turadigan va osmondan tushgan Inson O’g’lidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas.
14Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko’targan bo’lsa, Inson O’g’li ham xuddi Shunday yuqoriga ko’tarilishi kerak.
15Shu tariqa Unga ishongan har bir kishi halok bo’lmay, abadiy hayotga erishadi.
16Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishongan har biri kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin.
17Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O’g’li orqali qutqarish uchun O’g’lini dunyoga yubordi.
18Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo’lgan. Chunki u Xudoning yagona O’g’li ismiga ishonmagan.
19Ilohiy hukm shundan dalolatdirki, olamga nur kelgan bo’lsa ham, odamlar nurdan ko’ra zulmatni a’lo ko’rdilar; chunki ularning qilmishlari yomonlik edi.
20Kimki yomonlik qilib yursa, nurni yomon ko’radi, yomon qilmishlari fosh bo’lib qolmasligi uchun nurga qarab yurmaydi.
21Kimki haqiqat yo’lini tutsa, nurga qarab yuradi, toki Xudoga tayanib qilgan ishlari oshkora bo’lsin.
22Shundan keyin Iso bilan shogirdlari Yahudiya yurtiga keldilar. Iso ular bilan bir muddat u erda qolib, odamlarni suvga cho’mdirib, tavba qildirar edi.
23Yahyo ham Salim yaqinidagi Eynon erida xalqni daryoga cho’mdirib yurgan edi. U er sersuv bo’lib, odamlar oqib kelar edi.
24Yahyo esa hali zindonga tashlanmagan edi.
25Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan yahudiy mansabdorlari orasida tahorat haqida bahs bo’ldi.
26Oxiri Yahyoning oldiga borib dedilar: Ustoz! O’rdun daryosining narigi bo’yida sen bilan bo’lgan, sen guvohlik bergan Odam bor-ku, o’sha Odam endi xalqni suvda tavba qildirib yuribdi, hamma ham Uning oldiga borishyapti.
27Bunga javoban Yahyo dedi: Agar osmondan nasib bo’lmasa, inson hech narsani sig’dira olmaydi.
28Men Masih emasman-u, faqat Uning oldidan yuborilganman, deb aytganimga o’zingiz guvohsizlar.
29Kelin kimga tegishli bo’lsa, kuyov o’shadir. Lekin kuyovning yonida turib unga quloq solgan do’sti kuyovning ovozini eshitiboq, sevinib quvonadi. Xuddi Shunday mening quvonchim endi komil bo’ldi.
30Masih ulg’ayishi, men esa pasayishim kerak.
31Yuqoridan kelgan Zot hammadan ustundir. Erdan bo’lgan erga mansubdir va erga xos gapiradi. Osmondan Kelgan esa hammadan ustundir.
32U ko’rgan va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini tan olmaydi.
33Uning guvohligini tan oluvchi kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi.
34Xudo yuborgan Zot Xudoning so’zlarini gapiradi; Xudo O’z Ruhini cheksiz-o’lchovsiz beradi.
35Ota O’g’lini sevadi, U hamma narsani Uning qo’liga topshirgan.
36Kimki Xudo O’g’liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O’g’ilga ishonmagan odam esa hayot ko’rmay, Xudoning g’azabiga uchraydi.

4-bob
1Iso Yahyodan ko’ra ko’proq odamlarni daryoda tavba qildirib, shogird orttiryapti, degan xabar farziylarning qulog’iga etib bordi.
2(Vaholanki, Isoningn O’zi emas, shogirdlari xalqni daryoda tavba qildirar edilar.)
3Iso buni bilib qolgach, Yahudiyani tashlab, yana Jalilaga ketdi.
4Iso yo’l-yo’lakay Samariyadan o’tishi kerak edi.
5Shunday qilib, U Samariyaning Sihar degan shahriga keldi. Bu Shahar Yoqubning o’g’li Yusufga bergan eriga yaqin edi.
6Yoqubning qudug’i ham o’sha erda edi. Iso yo’l yurib charchagan edi, quduqning yoniga o’tirdi. Taxminan tush payti edi.
7Shu payt samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga: Menga ichgani suv ber, - dedi.
8Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun Shaharga ketgan edilar.
9Samariyalik ayol: Sen yahudiy bo’lsang, men samariyalik ayol bo’lsam, qanday qilib suv so’rashga jur’at qilding, - dedi.
10Iso ayolga javob berdi: Agar sen Xudoning in’omini va “Menga suv bergin”, deb aytayotganning kimligini bilganingda edi, sen o’zing Undan suv so’rar eding va U senga hayotbaxsh suv berar edi.
11Hazrat! – dedi ayol, - Senda suv oladigan hech nars yo’q-ku, quduq esa chuqur. Axir Sening hayotbaxsh suving qaerda?
12Bobokalonimiz Yoqub bu quduqni bizga bergan, o’zi ham, bolalari va chorvalari ham undan suv ichgan. Nahotki Sen undan ham katta bo’lsang?
13Iso ayolga Shunday javob qaytardi: Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi.
14Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suvdan ichganning vujudida buloq paydo bo’lib, abadiy hayot sari jo’shib oqaveradi.
15Hazrat, bu suvdan menga ham ber, men ham endi chanqamayin va suv olgani bu erga kelavermayin, - dedi ayol.
16Borib eringni bu erga chaqirib kel, - dedi Iso.
17Mening erim yo’q, - dedi ayol. Erim yo’q deb sen to’g’risini aytding, - dedi Iso.
18Sening besh nafar ering bo’lgan, hozirgisi ham ering emas. Buni sen to’g’ri aytding.
19Hazrat, ko’rib turibmanki, Sen payg’ambarsan, - dedi ayol.
20Ota-bobolarimiz bu tog’da topindilar. Ammo sizlar, topinadigan er Quddusda, deysizlar.
21Iso unga aytdi: Menga ishongin, Shunday vaqt keladiki, o’shanda Otaga na bu tog’da, na Quddusda topinasizlar.
22Sizlar nimaga topinishni bilmaysizlar, bizlar esa nimaga topinishni bilamiz. Chunki najot yahudiylardandir.
23Biroq vaqt-soati bilan haqiqiy topinuvchilar Otaga Ruh va haqiqat bilan topinadilar, ana o’sha vaqt-soat keldi! Ota shu yo’sinda O’ziga topinuvchilarni izlaydi.
24Xudo – Ruhdir, Unga topinuvchilar esa Ruh va haqiqat bilan topinmoqlari lozim.
25Ayol Isoga: Qutqaruvchi Masih kelajagini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga ma’lum qiladi, - dedi.
26Iso ayolga: Sen bilan gaplashayotgan Men O’shaman, - dedi.
27Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini ko’rib hayron bo’lishdi. Lekin birortasi ham: “Undan nima talab qilyapsan?” yoki “U bilan nima to’g’risida gaplashyapsan?” – deb so’ramadi.
28Shundan keyin ayol ko’zasini o’sha erda qoldirib, Shaharga bordi va odamlarga dedi:
29Boringlar, men qilgan hamma ishlarni aytib bergan Odamni ko’ringlar! U Masih emasmikin?
30Odamlar esa Shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.
31Shu orada shogirdlari: Ustoz, ovqat eb olgin, - deb Isodan iltimos qilishdi.
32Ammo Iso ularga dedi: Mening eydigan boshqa ovqatim bor, sizlar uni bilmaysizlar.
33Shogirdlari o’zaro gap qotib: Ajabo, biron kishi Unga ovqat keltirdimikin? – deb hayron bo’lishdi.
34Iso ularga dedi: Mening ovqatim – Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning yumushini bajo keltirishdan iboratdir.
35Sizlar: O’rim-yig’imga hali ko’p oy vaqt bor, deb aytasizlar-ku. Endi sizlarga aytay: ko’zlaringizni ekinzorga tikib qaranglar. Hosil allaqachon etilibdi, o’rim-yig’imga tayyor bo’libdi.
36O’roqchi hozirdan mehnat haqini oladi va abadiy hayot uchun hosilini yig’ib oladi; Shunday bo’lgani uchun ekuvchi bilan o’roqchi birgalikda quvonadilar.
37“Birisi ekadi, boshqasi o’radi”, degan maqol shu vaziyatga to’g’ri keladi.
38Men sizlarni o’zingiz zahmat chekmagan hosilni o’rgani yubordim. Boshqalar zahmat chekkan edi, sizlar esa ularning zahmatidan foydalanasizlar.
39Shundan keyin, o’sha Shaharda yashovchi talay samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning “Men qilgan ishlarning hammasini aytib berdi”, degan guvohligiga ishonishga edi.
40Shunday qilib, samariyaliklar Isoning oldiga kelib, ularnikida qolishini iltimos qilishdi. U esa ikki kun o’sha erda qoldi.
41Natijada Isoning so’zini eshitib, yanada ko’proq odamlar imon keltirdi.
42Ular ayolga: Endi sening so’zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo’q. Uni o’zimiz ham eshitdik, U haqiqatan olamning Qutqaruvchisi – Masih ekaniga qanoat hosil qildik, - deyishdi.
43Ikki kun o’tgandan keyin Iso u erdan Jalilaga jo’nab ketdi.
44Uning O’zi: “Payg’ambar o’z yurtida e’tiborsiz qoladi”, deb ta’kidlagan edi.
45Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Quddusdagi bayramga borganlarida, u erda Isoning butun qilgan ishlarini ko’rgan edilar.
46Shunday qilib, Iso yana Jalilaning Kana Shaharchasiga keldi, bu erda U suvni sharobga aylantirgan edi. O’sha paytda Kafarnahum shahrida bir saroy amaldorining o’g’li kasal bo’lib yotgan edi.
47Bu odam Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelganligini eshitib, Uning oldiga bordi. O’lim to’shagida yotgan o’g’lini borib ko’rib tuzatishni Isodan o’tinib so’radi.
48Sizlar ajoyibotu mo’’jizalar ko’rmaguncha ishonmaysizlar-da! – dedi unga Iso.
49Hazrat, - dedi saroy amaldori Unga, - bolaginam o’lmasidan oldin etib borgin!
50Sen bora qol, o’g’ling sog’-salomat, - dedi Iso. U odam Isoning aytganiga ishonib, ketdi.
51Ertaga uning yo’liga chiqib turgan xizmatkorlari uni qarshilab: Bolangiz sog’-salomat, - deyishdi.
52Qaysi soatda ahvoli engillashdi? – deya so’radi. Kecha tushda soat birda isitmasi tushib qoldi, - deyishdi xizmatkorlar.
53Bolaning otasi Iso unga: “O’g’ling sog’-salomat”, degani shu vaqtga to’g’ri kelganini angladi. O’zi va butun xonadoni Isoga imon keltirdi.
54Bu esa Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelib qilgan ikkinchi ibratli mo’’jizasi edi.

5-bob
1Bu hodisalardan keyin yahudiylarnig bayrami bo’ldi va Iso Quddusga bordi.
2Quddusning Qo’y darvoza nomli kiraverishida yahudiycha Bayt-Hasda degan besh shiyponli bir hovuz bor edi.
3Bu shiyponlarda ko’r, cho’loq, mayib-majruh juda ko’p bemorlar yotar, [suvning qimirlashini intizor bo’lib kutardilar.
4Chunki Xudovanding bir farishtasi goh-goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo’lib kim tushsa, har qanday kasallikdan xalos bo’lar edi.]
5Bu erda o’ttiz sakkiz yildan beri kasal bo’lib yotgan bir kishi bor edi.
6Iso uning yotganini ko’rdi, uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini payqadi-da, Sog’ayishni istaysanmi? – deb so’radi undan.
7Bemor Isoga javob berdi: Ha, Hazrat! Lekin suv qimirlaganda, meni hovuzga tushiradigan odamim yo’q. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.
8O’rningdan tur, to’shagingni olib yur! – dedi Iso bemorga.
9U esa shu ondayoq sog’ayib qoldi. To’shagini olib, yurib ketdi. U kun dam olish kuni edi.
10Shuning uchun yahudiy mansabdorlari sog’ayib ketgan odamga: Bugun dam olish kuni-ku, senga to’shagingni ko’tarish mumkin emas! – deyishdi.
11Meni sog’aytirgan odam menga: “To’shagingni olib yur”, deb aytdi-da, - dedi u odam.
12“To’shagingni olib yur”, deb aytgan Odam kim? – deb so’radilar.
13Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u erda xalq ko’pligidan Iso O’zini chetga olgan edi.
14Keyinroq Iso u odamni ma’badda uchratib qoldi. Mana, sen sog’ayding. Endi boshqa gunoh qilma, tag’in boshingga yanada yomon kun kelmasin, - dedi unga.
15Bu odam borib, uni sog’aytirgan Iso ekanligini yahudiy mansabdorlariga xabar qildi.
16Ular esa, dam olish kunida bunday ishlar qilib yuribdi, deb [Isoning joniga qasd qilib,] Uni quvg’in qila boshladilar.
17Ammo Iso ularga Shunday dedi: Mening Otam shu kungacha O’z ishini qilib kelyapti, Men ham O’z ishimni qilyapman, - dedi.
18Ana shu so’zi uchun yahudiylar Isoni o’ldirishga yana ko’proq harakat qilishdi. Chunki U dam olish kunini buzibgina qolmay, balki Xudoni Otam deb, O’zini Xudoga tenglashtirgan edi.
19Bularga qarshi Iso dedi: “Sizlarga rostini aytay: O’g’il Otaning qilgan ishlarini ko’rmaguncha, O’zi hech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O’g’il ham xuddi shularni qiladi.
20Chunki Ota O’g’lini sevadi, O’zi qilgan hamma narsani O’g’liga ko’rsatadi. Sizlarni taajjubga qoldirgudek, bundan kattaroq ishlarni ham ko’rsatadi.
21Ota qanday qilib o’liklarni tiriltirib ularga hayot baxsh etsa, O’g’il ham kimni istasa, o’shanga hayot baxsh etadi.
22Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini butunlay O’g’liga bergan,
23toki hamma Otani qanday hurmat qilsa, O’g’lini ham Shunday hurmat qilsinlar. Kim O’g’ilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan Otani ham hurmat qilmagan bo’ladi.
24Sizlarga rostini aytay: Mening so’zlarimni tinglagan va Meni yuborganga ishongan abadiy hayotga ega bo’ladi. U o’limdan hayotga o’tgani uchun hukm qilinmaydi.
25Sizlarga rostini aytay: o’liklar Xudo O’g’lining ovozini eshitadigan vaqt keladi va kelib qoldi ham. Uning ovozini eshitganlar esa tirilib ketadilar.
26Chunki Otaning O’zi hayot manbai bo’lgani kabi, O’g’liga ham hayot manbai bo’lishni ato qilgan.
27Ota hukm qilish vakolatini ham O’g’liga bergan, chunki U Inson O’g’lidir.
28Bunga taajjublanmangiz, qabrda yotgan marhumlarning hammasi Xudo O’g’lining ovozini eshitadigan vaqt keladi.
29Shunda o’liklar qabrdan chiqadilar; yaxshilik qilganlar yashash uchun, yomonlik qilganlar esa hukm qilinish uchun tiriladilar”.
30“Men O’z-O’zimdan hech narsa qilolmayman. Qanday eshitsam, Shunday hukm qilaman va Mening hukmim haqqoniydir. Chunki Men O’z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman.
31Agar Men O’zim haqimda o’zim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy bo’lmaydi.
32Men haqimda boshqa guvohlik beruvchi bor va bilamanki, Uning bergan guvohligi haqiqatdir.
33Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat to’g’risida guvohlik berdi.
34Garchi Men insonning guvohligini qabul qilmasam-da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman.
35Yahyo yonib, nur sochib turgan chiroq edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi bo’ldingizlar.
36Biroq Men Yahyodan ko’ra kattaroq guvohlikka egaman. Chunki Otamning tamomlashim uchun bergan ishlari, shu bajarayotgan ishlarimning o’zi Meni Otam yuborganligiga guvohlik bermoqda.
37Meni yuborgan Otamning O’zi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini ham eshitmagansiz, qiyofasini ham ko’rmagansizlar.
38Uning kalomi ham ko’ngillaringizdan joy olmaydi, chunki U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar.
39Sizlar Muqaddas Bitiklarni tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga erishamiz, deb o’ylaysizlar. Ana o’sha Bitiklar Men to’g’rimda guvohlik beradi.
40Ammo sizlar abadiy hayotga erishish uchun Men tarafga kelishni istamaysizlar-ku.
41Men insonlardan tahsin-tasanno qabul qilmayman.
42Lekin sizlarni bilaman, qalblaringizda Xudoga muhabbat yo’q.
43Men Otamning nomidan kelgan bo’lsam-da, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. O’z nomi bilan keladigan allakimni qabul qilaverasizlar.
44Sizlar-ku bir-biringizdan tahsin-tasanno olishni yaxshi ko’rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor bo’lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham ishona olardingiz?
45Men sizlarni Otam oldida ayblayman, deb o’ylamanglar. Sizlarni ayblovchi o’zingiz umid bog’lagan Muso bo’ladi.
46Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishonar edingizlar; u Men haqimda yozgan edi.
47Musoning yozuvlariga ishonmapsizlarmi, Mening so’zlarimga qanday ishonasizlar?“.

6-bob
1Shundan keyin Iso Jalila ko’lining narigi qirg’og’iga suzib o’tdi.
2Uning bemorlar bilan qilayotgan ajoyib ishlarini bir talay xaloyiq ko’rib, Uning orqasidan ergashib boraverdi.
3Iso toqqa chiqib, u erda O’z shogirdlari bilan o’rnashdi.
4Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi.
5Iso bir qarasa, xaloyiq ko’plashib U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan: Bularni to’yg’azish uchun qaerdan non sotib olamiz? – deb so’radi.
6Bu gapni esa uni sinab ko’rish uchun aytgandi, O’zi nima qilishni bilar edi.
7Bularning har qaysisiga oz-ozdan bersak ham, ikki yuz kumushlik non etmaydi-ku! – deb javob berdi Filip.
8Shunda shogirdlardan biri, Butrusning ukasi Idris Isoga:
9Bu erda bir bolada beshta arpa non va ikkita baliq bor emish, lekin ko’pchilikka bu nima ham bo’lar edi, - dedi.
10Odamlarni erga o’tqazinglar, - dedi Iso. U er qalin maysazor edi. Besh mingga yaqin bo’lgan erkaklar jamoati yonboshlab o’tirdi.
11Iso nonlarni olib, shukrona duosini o’qidi-yu, [shogirdlariga bo’lib berdi, shogirdlar esa] kim qancha istasa, o’tirganlarning hammasiga bo’lib berdi. Baliqlar bilan ham xuddi shu yo’lni tutdi.
12Odamlar eb to’ydi. Bundan keyin Iso O’z shogirdlariga: Qolgan burdalarni terib olinglar, hech narsa isrof bo’lmasin, - dedi.
13Shogirdlar odamlar egan beshta arpa nondan ortib qolgan burdalarni terib olishdi, o’n ikkita savat chiqdi.
14Shunda odamlar Isoning qilgan ibratli mo’’jizasini payqab: Haqiqatan ham Bu olamga keladigan Payg’ambar ekan, - dedilar.
15Iso odamlar Uni zo’rlik bilan ushlab, podshoh qilib ko’tarmoqchi ekanliklarini bilib qolgach, yana yolg’iz O’zi toqqa chiqib ketdi.
16Kechki payt Isoning shogirdlari ko’l bo’yiga bordilar.
17Qayiqa tushib ko’lning berigi qirg’og’idagi Kafarnahumga qarab yo’l oldilar. Qorong’i tushgan, Iso esa hali ham ularning oldiga kelmagan edi.
18Kuchli shamol esib, ko’l to’lqinlanib ketdi.
19Ular bir tosh yo’lcha suzganlaridan keyin, ko’l yuzida yurib qayiqqa yaqinlashayotgan Isoni ko’rib qolishdi-da, vahimaga tushishdi.
20Bu Men, qo’rqmanglar! – dedi ularga Iso.
21Ular Isoni qayiqqa olmoqchi bo’ldilar. Lekin o’sha zahotiyoq qayiq ular borayotgan qirg’oqqa etib to’xtab qoldi.
22Ertasi kuni ko’lning narigi yoqasida qolgan xalq u erda shogirdlar tushgan qayiqdan boshqa qayiq yo’qligini ko’rishdi va Iso shogirdlari bilan birga qayiqqa tushmaganini, shogirdlari yolg’iz o’zlari suzib ketganini payqadilar.
23Shu payt Tiveriyadan boshqa qayiqchalar kelib qoldi. Qayiqchalar to’xtagan joy Rabbimiz Iso shukrona duosini o’qigan va xalq non egan erga yaqin edi.
24Xaloyiq Iso bilan shogirdlarining u erda yo’qligini ko’rgach, qayiqlarga tushib, Isoni qidirib Kafarnahumga suzib kelishdi.
25Ko’lning berigi bo’yidan Uni topdilar. Ustoz, Sen qachon bu erga kelding? – deb so’radilar.
26Iso ularga Shunday javob berdi: Sizlarga gapning rostini aytsam, sizlar ibratli mo’’jizalarni ko’rganingiz uchun emas, balki non eb to’yganingiz uchun Meni qidiryapsizlar.
27Siz o’tkinchi oziq uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy oziq uchun harakat qilinglar, uni sizlarga Inson O’g’li beradi. Inson O’g’li esa Ota – Xudoning muhriga molikdir.
28Xalq Isodan: Xudoga ma’qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak? – deb so’radi.
29Xudoga ma’qul ish – Xudo yuborgan Zotga ishonishdir.
30Bizlar Senga ishonishimiz uchun qanday ish qilasan, ko’raylik-chi, qanday ibratli mo’’jiza ko’rsatasan? – dedi xaloyiq.
31Ota-bobolarimiz sahroda manna eganlar, Tavrotda: “Eyish uchun ularga osmondan non yog’dirdi”, deb yozilgan.
32Iso ularga dedi: Sizlarga rostini aytsam, sizlarga osmondan non bergan Muso payg’ambar emas. Osmondan tushgan haqiqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi.
33Xudo bergan non osmondan tushuvchi va dunyoga hayot bag’ishlovchi nondir.
34Bunga qarshi xalq: Hazrat, bunday nonni bizga doimo berib turgin! – dedi Isoga.
35Iso Shunday aytdi: Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas.
36Lekin Men sizlarga aytgan edim-ku, Meni ko’rib turgan bo’lsangizlar ham, ishonmayapsizlar.
37Otam kimni Menga bergan bo’lsa, Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan odamni esa sira quvib chiqarmayman.
38Men O’z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman.
39Meni Yuborganning irodasi – Uning Menga berganlaridan hech birini yo’qotmasligim, balki oxirgi kunda ularning har birini tiriltirishimdir.
40Otamning irodasi yana shuki, Uning O’g’lini ko’rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotga ega bo’lsin. Men esa bundaylarni oxirgi kunda tiriltiraman.
41Iso “Men osmondan tushgan nonman”, degani uchun yahudiylar Undan noliy boshlashdi.
42Yusufning o’g’li Iso bu emasmi? Ota-onasini biz taniymiz-ku! Endi qanday qilib U: “Men osmondan tushdim”, deb aytyapti? – deyishardi o’zaro.
43O’zaro nolimanglar – dedi ularga Iso.
44Agar Meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, u Menga hech ham etisholmaydi. Menga etishgan odamni esa oxirgi kunda tiriltiraman.
45Payg’ambar oyatida: “Hamma Xudo tomonidan o’rgatilgan bo’ladi”, - deb bitilgan. Shunday qilib, Otadan eshitgan va o’rgangan har bir kishi Mening oldimga keladi.
46Aslida hech kim Otani ko’rgan emas, birgina Xudodan chiqqan Zot Otani ko’rgan.
47Sizlarga rostini aytay: kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo’ladi.
48Men hayot noniman.
49Ota-bobolaringiz sahroda manna eb, o’lib ketganlar.
50Odam eb o’lmasligi uchun osmondan tushadigan non bor, mana u ko’z o’ngingizda turibdi.
51Men osmondan tushgan tirik nondirman. Bu nonni egan kishi abadiy yashaydi. Men beradigan non – O’zimning tanamdir, uni dunyoga baxsh etish uchun fido qilaman.
52Shunda yahudiylar: U qanday qilib bizga O’zining tanasini edira olar ekan? – deb o’zaro talashib-tortisha boshladilar.
53Iso ularga aytdi: Sizlarga rostini aytay: agar Inson O’g’lining tanasini emasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, u holda sizda hayot bo’lmaydi.
54Mening tanamni egan va qonimni ichgan odamda abadiy hayot bor, Men uni oxirgi kunda tiriltiraman.
55Mening tanam – haqiqiy oziq, qonim – haqiqiy ichimlikdir.
56Tanamni eb, qonimni ichadigan kishi Men bilan, Men esa u bilan bir jon bir tan bo’lamiz.
57Xuddi barhayot Otam Meni yuborganday, Men Otam orqali yashayotganday, Meni egan odam ham Men orqali yashaydi.
58Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota-bobolaringiz egan mannaga o’xshamaydi, ular manna eb o’lib ketganlar. Men bergan nonni egan odam esa abadiy yashaydi.
59Iso bu so’zlarni Kafarnahumdagi yahudiylar ibodatxonasida ta’lim berayotganda gapirar edi.
60Uning ko’p shogirdlari bu gaplarni eshitib: Qanday qattiq so’zlar! Kim buni tinglaydi? – deyishar edi.
61Shogirdlarining norozi bo’lganliklarini Iso O’z ko’nglida sezdi. Bu sizlarni vasvasaga solyaptimi?
62Xo’sh, Inson O’g’lining ilgarigi joyiga chiqishini ko’rsangizlar nima bo’pti?
63Ruh hayot baxsh etadi, jism hech qanday foyda keltirmaydi. Mening sizlarga aytib kelayotgan so’zlarim ruhdir, hayotdir.
64Shunga qaramay, ichingizda imonsiz qolganlar bor, - dedi. Kimlar imonsiz, kim xiyonat qiladi – Iso hammasini avvaldan bilar edi.
65Otam yo’l qo’ymasa, hech kim Mening oldimga kelolmaydi, deyishimga bois ana shu bo’lgan edi, - dedi U yana.
66O’sha vaqtdan boshlab Uning ko’p shogirdlari Isodan yuz o’girib, U bilan boshqa yurmaydigan bo’ldilar.
67Shunda Iso o’n ikki shogirdidan: Nahotki sizlar ham ketmoqchi bo’lsangizlar? – deb so’radi.
68Rabbim, - dedi Simun Butrus, - bizlar kimga boraylik? Senda abadiy hayotning so’zlari bor.
69Bizlar ishondik va bildik, Sen Xudoning Azizi – Masihsan.
70Iso ularga aytdi: Sizlarni o’n ikkita qilib tanlagan O’zim emasmi? Lekin sizlarning biringiz iblisdir.
71Iso Simun o’g’li Yahudo Ishqariyotni nazarda tutgan edi. U o’n ikki shogirddan biri bo’lib, Isoga hiyonat qilmoqchi bo’lgan edi.

7-bob
1Shundan keyin Iso Jalilada yurar edi. Yahudiy mansabdorlari Uni o’ldirishga qasd qilganliklari uchun, Yahudiyada yurishni istamadi.
2Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi.
3Shunday qilib, Isoning ukalari Unga: Bu erdan chiqib, Yahudiyaga bor, qilayotgan ishlaringni shogirdlaring ham ko’rsin.
4O’zini mashhur qilmoqchi bo’lgan har bir kishi yashirincha ish qilib yurmaydi-ku! Sen bu ishlarni qilayotgan bo’lsang, qani O’zingni dunyoga oshkor qilib ko’r, - deyishdi.
5Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar.
6Iso ularga Shunday dedi: Mening vaqt-soatim hali kelgani yo’q, lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir.
7Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomonligini fosh qilaman.
8Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men hozircha bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim bo’lgani yo’q.
9Shu so’zlarni aytib, Iso Jalilada qoldi.
10Isoning ukalari bayramga borgandan so’ng, O’zi ham bordi; faqat ochiq emas, yashirincha bordi.
11Yahudiy mansabdorlari esa Isoni bayramda qidirar, “U qayoqda?”- deb so’rab-surishtirar edilar.
12Omma orasida Iso to’g’risida har xil gap-so’zlar yoyilayotgan edi. Ba’zilari: “U yaxshi Odam”, - desalar, boshqalari: “Yo’q, U xalqni yo’ldan ozdiryapti”, - deyishardi.
13Biroq yahudiy mansabdorlaridan qo’rqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.
14Bayramning yarmi o’tganda, Iso ma’badga kirib ta’lim bera boshladi.
15Shunda yahudiy mansabdorlari: Bu odam o’qimagan bo’lsa, qanday qilib Muqaddas Bitiklarni biladi? – deb taajjublandilar. Iso ularga javoban aytdi:
16Mening ta’limotim O’zimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir.
17Kim Uning irodasini bajarishni istasa, bu ta’limot Xudodanmi, yoki Men O’zimdan gapiryapmanmi, bilib oladi.
18Kim o’z nomidan gapirsa, o’ziga ulug’lik izlaydi. Kim uni yuborganga ulug’lik izlasa, u haqqoniydir, uning dilida biron nohaqlik yo’q.
19Tavrotni sizlarga Muso payg’ambar bermadimi? Shunga qaramay, birortangiz ham Tavrot Qonuniga qarab ish yuritmaysiz. Nima uchun Meni o’ldirmoqchisizlar?
20Seni jin uribdi! Kim Seni o’ldirmoqchi ekan? – dedi xaloyiq.
21Iso esa O’z so’zida davom etdi: Men bitta ish qildim, hammangiz bunga hayron qolyapsizlar.
22Muso sizlarga sunnatni buyurgan, sizlar esa dam olish kunida o’g’il bolani sunnat qilasizlar.
23Musoning Qonuni buzilmasin deb, hatto dam olish kuni o’g’il bola sunnat qilinadigan bo’lsa, nega sizlar Menga dam olish kuni odamzodni butunlay sog’aytirdi, deb g’azab qilasizlar?
24Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli bo’lsin.
25Shunda ba’zi quddusliklar gapga kirdi: O’ldirish uchun qidirib yurishgan Shu emasmi?
26Mana u bemalol so’zlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapti. Nahotki boshliqlar Uning haqiqiy Masih ekanligiga tan berishgan bo’lsa?
27Axir, Buning qaerdanligini hammamiz bilamiz-ku, biroq Masih kelganda, Uning qaerdanligini hech kim bilmaydi.
28Bunga javoban Iso ma’badda ovozini baland qilib, Shunday ta’lim bera boshladi: Sizlar Mening kimligimni ham, qaerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men O’z-O’zimdan kelganim yo’q. Meni Haq yuborgan, sizlar Uni bilmaysizlar.
29Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, Meni O’sha yuborgan.
30Bu so’zi uchun Isoni ushlashga intildilar. Biroq hech kim Unga qo’l uzatmadi, chunki Uning vaqt-soati hali kelmagan edi.
31Shu bilan birga, olomondagi ko’pgina odamlar Unga imon keltirdi. Ular: Masih kelganda bundan ham mo’’jiza yaratarmikin? – deyishardi.
32Iso to’g’risida xalq orasida bunday gap-so’zlar tarqalayotganini farziylar eshitib, oliy ruhoniylar bilan til biriktirishdi-da, Isoni qo’lga olish uchun mirshablarni yuborishdi.
33Iso dedi: Men sizlar bilan uzoq bo’lmayman, yana Meni Yuborganning oldiga qaytib boraman.
34Sizlar Meni izlaysiz-u, lekin topolmaysizlar. Men qaerda bo’lsam, sizlar u erga borolmaysiz.
35Shu payt yahudiylar: U qaerga bormoqchi, biz Uni topolmas ekanmiz? – deyishdi o’zaro. – Nahotki U yunonlar orasida tarqalib ketgan yahudiylar oldiga borib, yahudiylarga ham, yunonlarga ham ta’lim bermoqchi bo’lsa?
36“Sizlar Meni izlaysiz-u, lekin topolmaysizlar, Men qaerda bo’lsam, sizlar u erga borolmaysizlar”, degan gaplarining mazmuni nima ekan?
37Bayramning oxirgi, ulug’ kunida Iso tik turdi-da, ovozini baland qilib xitob qildi: Kim chanqagan bo’lsa, Mening oldimga kelib ichsin.
38Muqaddas Bitikda aytilganidek, Menga ishonganning vujudidan hayotbaxsh suv daryo bo’lib oqadi.
39Iso bunday deb, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi; Unga ishonganlar Muqaddas Ruhni yaqin orada olishlari kerak edi. Iso hali ulug’vorlikka yuksalmagan, Shuning uchun Muqaddas Ruh hanuz tushmagan edi.
40Olomon ichidan ba’zilar bu so’zlarni eshitib: Haqiqatan bu O’sha payg’ambar, - dedilar.
41Boshqalari: Bu Masih, - deyishsa, yana bo’laklari: Masih Jaliladan kela oladimi?
42Tavrotda, Masih Dovudning urug’i bo’ladi, U Dovudning yurti – Baytlahmdan chiqib kelishi lozim, deb yozilmaganmi? – deyishdi.
43Shu tariqa Iso tufayli xalq orasida nizo yuzaga keldi.
44Ba’zilar Uni tutmoqchi bo’lishdi, ammo hech kim Unga qo’l ko’tarmadi.
45Shu payt mirshablar oliy ruhoniylar va farziylar oldiga qaytib kelishdi. Nega Uni olib kelmadinglar? – deb so’rashdi ulardan.
46Dunyoda hech kim bu Odamday gapirmagan, - dedi mirshablar.
47Bo’lmasa, sizlar ham yo’ldan ozipsizlar-da! – deyishdi farziylar.
48Boshliqlar yoki farziylardan birontasi Unga ishonganmikin?
49Lekin Tavrotni bilmagan bu johil ommaga la’natlar bo’lsin!
50Farziylardan Nikodim nomli biri, avval tunda Isoning oldiga kelgan odam, so’z oldi:
51Ayblanuvchining O’zini oqlashiga imkon bermay, Uning ishini tergab aniqlamay mahkum qilish bizning Tavrot Qonunimizga mosmikin?
52Nahotki sen ham Jaliladan bo’lsang? Yaxshilab o’ylab ko’r, Jaliladan payg’ambar chiqmasligi aniq, - deyishdi unga.
53Shundan keyin hammalari uy-uylariga tarqalib ketdilar.

8-bob
1Iso Zaytun tog’i tomon ketdi.
2Ertalab yana ma’badga qaytib keldi. Butun xalq Uning oldiga kelar, U esa odamlarga ta’lim berib o’tirar edi.
3Shu orada ulamolar bilan farziylar bir ayolni Isoning oldiga keltirishdi, uni zino qilayotganda ushlab olishgan edi.
4Ustoz! – deyishdi ayolni o’rtaga qo’yib. Bu ayol zino qilayotganda ushlandi.
5Muso payg’ambar Qonunimizda bundaylarni toshbo’ron qilishni buyurganlar. Sen nima deysan?
6Bu so’roq bilan Isoni tuzoqqa ilintirib ayblamoqchi edilar. Iso esa ularga e’tibor bermay, engashib barmog’i bilan erga yozar edi.
7Ular bu haqda so’rayvergach, Iso tik turdi-da: Sizning ichingizda kim begunoh bo’lsa, o’sha birinchi bo’lib ayolga tosh otsin, - dedi.
8So’ng yana engashib erga yozaverdi.
9Ular bu gapni eshitib, vijdonan fosh bo’lishdi. Chollardan boshlab, keksayu yosh hammasi birin-ketin keta boshlashdi. Oxirida yolg’iz Iso bilan o’rtada turgan ayol qoldi.
10Iso o’rnidan turdi-da, ayoldan boshqani ko’rmay: Ey ayol! – dedi, - seni ayblovchilar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi?
11Hech kim, Hazrat! – deb javob berdi ayol. Men ham seni mahkum qilmayman, - dedi Iso. – Bor, bundan keyin boshqa gunoh qilma.
12Iso yana xalqqa xitob qildi: Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo’ladi.
13Isoning shu so’ziga qarshi farziylar: Sen O’zingga O’zing shohidlik beryapsan. Sening shohidliging haqiqat emas, - deyishdi.
14Iso Shunday javob berdi: Men O’zimga O’zim shohidlik bersam ham, to’g’ri shohidlik beraman. Chunki Men qaerdan kelib, qaerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qaerdan kelib, qaerga ketayotganimni bilmaysizlar.
15Sizlar tashqi qiyofaga qarab hukm qilasizlar; Men esa hech kimni hukm qilmayman.
16Agarda Men hukm qilsam ham, to’g’ri hukm qilaman, chunki yolg’iz emasman, Meni yuborgan Otam Meni yoqlaydi.
17Mana, o’zlaringizning Tavrotda: “Ikki shohidning guvohligi to’g’ridir”, deb yozilgan.
18Shunday qilib, O’zimga O’zim ham shohidlik beraman, Meni yuborgan Otam ham shohidlik beradi.
19Sening Otang qaerda? – deb so’radilar Isodan. U bunga javoban: Sizlar na Meni, na Otamni taniysizlar. Agar Meni taniganingizda, Otamni ham tanigan bo’lar edingizlar, - dedi.
20Bu so’zlarni Iso ma’badda ta’lim berayotib, sadaqa qutisining oldida aytdi. Hech kim Uni tutib olmadi, chunki Uning vaqt-soati hali kelmagan edi.
21Iso ularga yana dedi: Men ketyapman. Siz Meni qidirasiz-u, gunohkor bo’lib o’lasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar.
22Nahotki U O’zini O’zi o’ldiradi? “Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar”, deb aytyapti-ku, - deyishdi o’zaro yahudiylar.
23Iso ularga Shunday dedi: Sizlar pastdansiz, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamdan, Men esa bu olamdan emasman.
24Siz gunohkor bo’lib o’lasizlar, deb aytdim-ku sizlarga. Ha, agar o’sha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor bo’lib o’lasizlar.
25Sen kimsan? – deb so’rashdi shu mahal Isodan. Iso Shunday dedi: Boshdanoq sizlarga qanday aytgan bo’lsam, xuddi O’shaman.
26Siz haqingizda aytadigan hamda hukm o’tkazadigan ko’p narsalarim bor. Biroq Yuborgan haqiqatgo’ydir, Men Undan nima eshitgan bo’lsam, o’shani dunyoga ma’lum qilaman.
27Ular esa O’z Otasi haqida gapirayotganini tushunmadilar.
28Iso O’z so’zida davom etdi: Inson O’g’lini yuqoriga ko’targaningizda, O’sha Men ekanligimni bilib qolasizlar. O’shanda sizlar Men O’zimchalik hech narsa qilmasligimni, aksincha, Otam Menga qanday o’rgatgan bo’lsa, Shunday so’zlayotganimni bilasizlar.
29Meni Yuborgan O’zim bilandir. Otam Meni yolg’iz qoldirmagan, Men har doim Unga ma’qul bo’lgan ishlarni qilaman.
30Iso bu so’zlarni aytar ekan, ko’p odamlar Unga ishondilar.
31Shu vaqt Iso Unga ishongan yahudiylarga dedi: Agar Mening kalomimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim bo’lasizlar.
32Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi.
33Biz Ibrohim naslimiz, - deb javob berdi ular. – Hech qachon hech kimga qul bo’lmaganmiz. Sen qanday qilib, “Ozod bo’lasizlar”, deyapsan?
34Sizlarga gapning rostini aytsam, - dedi Iso, - gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir.
35Qul uyda umrbod turmaydi, o’g’il umrbod turadi.
36Shunday qilib, agar O’g’il sizlarni ozod qilsa, haqiqatan erkin bo’lasizlar.
37Ibrohim nasli ekanligingizni bilaman. Biroq Mening jonimga qasd qilmoqchisizlar. Chunki Mening so’zim qalbingizga o’rnashmaydi.
38Men Otamning huzurida nima ko’rgan bo’lsam, o’shani so’zlab beraman. Sizlar esa o’z otangiz huzurida ko’rganlaringizni bajarasizlar.
39Ular Isoga javoban: Bizning otamiz Ibrohim-ku, - deyishdi. Agar siz Ibrohim farzandlari bo’lsangiz edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilar edingizlar, - dedi Iso.
40Endi bo’lsa, Xudodan eshitgan haqiqatni sizlarga so’zlab berayotgan Odamni – Meni o’ldirmoqchisizlar. Ibrohim bunday yo’l tutmagan edi.
41Sizlar o’z otangizning ishlarini qilyapsizlar. Biz fahshdan tug’ilgan emasmiz-ku, bizning bitta Otamiz bor, U Xudodir, - deb javob berishdi Isoga. U ularga Shunday dedi:
42Agar Otangiz Xudo bo’lganida edi, Meni sevar edingiz, chunki Men Xudodan chiqdim. Men O’zimcha kelganim yo’q, Meni U yubordi.
43Nega aytganlarimni anglamayapsizlar? Sabab, Mening so’zimni eshita olmaysizlar.
44Sizlarning otangiz – iblisdir. Sizlar o’z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo keltirmoqchisizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U yolg’on so’zlaganda, o’ziga yarasha so’zlaydi. Chunki u yolg’onchi, yolg’onning otasidir.
45Ammo Men haqiqatni so’zlayotganim uchun, Menga ishonmayapsizlar.
46Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayblay olasiz? Agarda haqiqatni so’zlayotgan bo’lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?
47Kim Xudoniki bo’lsa, Xudoning so’zlarini eshitadi. Sizlar esa Xudoga begona bo’lganingiz uchun, eshitmayotirsiz.
48Bunga javoban yahudiylar: Sen samariyaliksanu, Seni jin uribdi, deb xato qilmabmiz! – deyishdi.
49Meni jin urgani yo’q, - dedi Iso. – Men faqat Otamni hurmat qilaman. Sizlar esa Meni badnom qilyapsizlar.
50Men O’z shuhratimni izlamayman, Meni ulug’lovchi va Hukmlovchi bor.
51Sizlarga rostini aytayin: kim Mening so’zimga rioya qilsa, abadiy o’limga yuz tutmaydi.
52Endi biz bilamiz, Seni jin uribdi, - deyishdi yahudiylar Unga. – Ibrohim va payg’ambarlar bari o’lib ketgan, Sen esa: “Kim Mening so’zimga rioya qilsa, abadiy o’limga yuz tutmaydi”, deyapsan-a?!
53Nahotki Sen vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham katta bo’lsang? Payg’ambarlarning hammasi ham o’lib ketishgan. Sen O’zingni kim deb hisoblaysan?
54Iso javob berdi: Agar Men O’zimni O’zim ulug’lasam, Mening ulug’ligim puchdir. Otamning O’zi Meni ulug’laydi. Sizlar Uni Xudoyimiz deysizlar,
55ammo aslida Uni taniganingiz yo’q. Men esa Uni tanib-bilaman. Agar Uni bilmayman, desam, sizlarga o’xshagan yolg’onchi bo’laman. Biroq Men Uni tanib-bilaman va Uning kalomiga rioya qilaman.
56Otangiz Ibrohim Mening kunimni ko’rishini bilib, shod-xurram bo’lgan edi. Endi ko’rib, xurram bo’ldi.
57Sen hali ellik yoshga to’lganing yo’g’u, Ibrohimni ham ko’ribsan-a?! – deyishdi yahudiylar Unga.
58Iso ularga: Sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasdan oldin Men bor edim, - dedi.
59Shunda Isoga otish uchun tosh oldilar. Lekin Iso ulardan chekinib, ma’baddan tashqariga chiqdi. [Xalqning o’rtasidan yorib o’tib, uzoqlashib ketdi.]

9-bob
1Iso o’tib ketayotganida Uning ko’ziga bir tug’ma ko’r odam chalindi.
2Shogirdlari Isodan: Ustoz, buning ko’r bo’lib tug’ilishida kim gunohkor, o’zimi yoki ota-onasimi? – deb so’radilar.
3Iso Shunday javob berdi: Bunda na o’zi gunohkor, na ota-onasi, balki Xudoning ishlari unda namoyon bo’lishi uchun u ko’r tug’ilgan.
4Kun yorug’ ekan, Meni Yuborganning ishlarini qilishim lozim. Ana tun kelyapti, o’shanda hech kim ish qila olmaydi.
5Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.
6Iso bularni aytdi-yu, erga tupurdi, tupukdan loy qilib, ko’rning ko’zlariga surtdi.
7Borib Siloam hovuzida yuvin, dedi unga. Ko’r odam borib yuvindi va ko’zi ochilib qaytdi.
8Shunda uning qo’shnilari va ilgari uning ko’r bo’lib o’tirganini ko’rgan odamlar: bu haligi tilamchilik qilib o’tirgan ko’r odam emasmi? – deb so’rashardi.
9Ba’zilar: Bu xuddi o’sha, desalar, boshqalar: o’shanga o’xshaydi, deyishardi. Odamning o’zi esa: O’sha menman, - deb ta’kidlardi.
10Unday bo’lsa, ko’zlaring qanday ochildi? – deb so’radilar.
11Iso degan Kishi tupukdan loy qilib ko’zlarimga surtdi-yu, “Borib Siloam hovuzida yuvin”, dedi. Men borib yuvindim va ko’radigan bo’lib qoldim, - dedi u odam.
12U qaerda? – deb so’radilar. Bilmayman, - deb javob berdi u.
13Ilgari ko’r bo’lgan o’sha odamni farziylarning oldiga keltirishdi.
14O’sha kuni yahudiylarning dam olish kuni edi. Bunga qaramay, Iso loy qilib, ko’r odamning ko’zlarini ochgan edi.
15Binobarin, farziylar ham ko’rdan ko’zlari qanday ochilganini so’radilar. U ko’zlarimga loy surtdi. Men yuvindim-u, ko’zlarim ko’radigan bo’ldi, - dedi haligi odam.
16Bu Odam Xudodan emas, chunki U dam olish kuniga rioya qilmayapti, - dedi ba’zi farziylar. Boshqalari esa: Gunohkor odam bunday mo’’jizalarni qanday qila oladi? – deyishdi. Shunday qilib, oralarida nifoq paydo bo’ldi.
17Ko’zlaringni ochgan u Kishi haqida sen nima deysan? – deb so’rashdi yana ko’r odamdan. U payg’ambar, - dedi o’sha.
18Biroq yahudiy din arboblari ko’zlari ochilgan odamning ota-onasini chaqirtirmaguncha, uning ilgari ko’r bo’lganiga va ko’zlari ochilganiga ishonmadilar.
19Ota-onasi keldi. Ko’r tug’ilgan, deb aytgan o’g’lingiz shumi? Xo’sh, endi qanday qilib uning ko’zlari ko’ryapti? – deb so’rashdi ota-onasidan.
20Ota-onasi javob berishdi: Bu bizning o’g’limiz, uning ko’r tug’ilganini bilamiz.
21Lekin qanday qilib ko’zlari ko’rayotganini, ko’zlarini kim ochganini biz bilmaymiz. U balog’at yoshida, o’zidan so’ranglar. O’zi uchun o’zi javob bersin.
22Ko’rning ota-onasi yahudiy din arboblaridan qo’rqqanlari uchun bunday aytdilar. Din arboblari bundan avval, kim Isoning Masihligini tan olsa, ibodatxonadan badarg’a qilinsin, degan fatvoni chiqargan edilar.
23Ana shu sababdan ko’rning ota-onasi: “U balog’at yoshida, o’zidan so’ranglar”, - deyishdi.
24Shunday qilib, ilgari ko’r bo’lgan odamni ikkinchi marta chaqirishdi: Xudoni ulug’la! Biz U Odamning gunohkorligini bilamiz, - deyishdi.
25U gunohkormi, yo’qmi, men bilmayman, - deb javob berdi u. – Men shuni bilamanki, men ko’r edim, endi esa ko’zlarim ko’ryapti.
26U senga nima qildi? Ko’zlaringni qanday ochdi? – deb yana undan so’radilar.
27Oldin ham men sizlarga aytgan edim-ku, ammo sizlar quloq solmayapsizlar! Yana nima xohlaysizlar? Nahotki sizlar ham Uning shogirdlari bo’lmoqchisizlar? – dedi u odam.
28Yahudiy din arboblari esa uni jerkib: Sen Uning shogirdi, biz Musoning shogirdlarimiz.
29Biz bilamizki Musoga Xudo gapirgan. Bu Kishi-chi, Uning qaerdanligini ham bilmaymiz, - deyishdi.
30Ana shunisi juda ajablanarli-da! – dedi ularga ko’zi ochilgan odam. – Sizlar Uning qaerdanligini bilmaysizlar, ammo ko’zlarimni ochgan ana Shuning O’zi!
31Ma’lumki, gunohkorlarga Xudo quloq solmaydi. Biroq kim Xudodan qo’rqib, Uning irodasiga amal qilsa, Xudo uni tinglaydi.
32Tug’ma ko’rning ko’zlarini birov ochganligi dunyoda eshitilmagan gap.
33Agar U Kishi Xudodan bo’lmaganida, hech narsa qilolmasdi.
34Yahudiy din arboblari bunga javoban: Sen o’zing butunlay gunoh ichida tug’ilgan ekansan-u, endi bizlarga aql o’rgatyapsanmi? – deyishdi-da, uni quvib chiqarishdi.
35U odamning quvib chiqarilganini Iso eshitdi-yu, uni axtarib topdi. Sen Xudoning O’g’liga ishonasanmi? – deb so’radi undan. U odam Isoga:
36Hazrat, - dedi, - U kimdirki, men Unga ishonsam?
37Sen Uni ko’rding, mana sen gaplashayotgan – O’shaning O’zi, - dedi Iso.
38Shunda u odam: Ishonaman, yo Rabbiy, - dedi-da, Isoga sajda qildi.
39Iso: Ko’rlar ko’rsin, ko’zi ochiqlar esa ko’r bo’lsin, deb Men bu dunyoni hukm qilgani kelganman, - dedi.
40Uning atrofida ba’zi farziylar turgan edi. Ular bu gapni eshitgach: Nahotki bizlar ham ko’r bo’lsak? – deb so’rashdi.
41Iso ularga dedi: Agar ko’r bo’lganingizda, gunohingiz bo’lmas edi. Lekin sizlar “Ko’zlarimiz ko’ryapti”, deganingiz uchun, gunohingiz o’z bo’yningizda qoladi.

10-bob
1“Sizlarga rostini aytay: kim qo’y qo’rasiga eshikdan kirmay, boshqa yo’ldan oshib tushsa, u o’g’ri va bosqinchidir.
2Eshikdan kirgan odam esa qo’ylarning cho’ponidir.
3Unga darvozabon eshikni ochib beradi. Qo’ylar uning tovushiga quloq soladi. U esa o’z qo’ylarini nomma-nom chaqirib tashqariga olib chiqadi.
4U o’z qo’ylarini qo’radan olib chiqib, ularning oldida boraveradi. Qo’ylar esa unga ergashadi, chunki ular cho’ponning tovushini biladilar.
5Begona kishiga esa ergashmaydilar. Aksincha, begonaning tovushini tanimay, undan qochib ketadilar”.
6Iso bu ibratli naqlni aytib berganida, tinglovchilari Uning nima demoqchiligini tushunmadilar.
7Shu sababdan Iso yana gap oldi: “Sizlarga rostini aytay: Men qo’ylarning eshigiman.
8Mendan ilgari o’tganlarning hammasi o’g’ri va bosqinchi edilar. Lekin qo’ylar ularga quloq solmadilar.
9Men eshikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi.
10O’g’ri faqat o’g’irlash, bo’g’izlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.
11Men yaxshi Cho’ponman. Yaxshi Cho’pon qo’ylari uchun jonini bag’ishlaydi.
12Yollangan odam qo’ylarning cho’ponu egasi emas. U bo’rining kelganini ko’rgach, qo’ylarni tashlab, qochib ketadi. Bo’ri esa qo’ylarni talab, tumtaraqay qiladi.
13Yollangan odam qo’ylar haqida hech qayg’urmagani uchun qochib ketadi.
14Men yaxshi Cho’ponman. Men O’zimnikilarni bilaman. O’zimnikilar esa Meni biladilar.
15Otam Meni qanday tanib-bilsa, Men ham Otamni Shunday tanib-bilaman. Men qo’ylarim uchun jonimni bag’ishlayman.
16Bu qo’radagidan boshqa qo’ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening tovushimni eshitadi va bir suruv, bir cho’pon bo’ladi.
17Men jonimni berib, yana qaytib olaman, shu bois Otam Meni sevadi.
18Hech kim jonimni Mendan ololmaydi, Men O’z ixtiyorim bilan uni beraman. Uni berish ham qaytadan olish huquqim bor. Ushbu muqaddas burchni Menga Otam topshirgan”.
19Bu gap sabab bo’lib, yahudiylar orasida yana kelishmovchilik paydo bo’ldi.
20Oralaridan ko’pi: Uni jin uribdi, U telbalik qilyapti-ku! Nega Unga quloq solyapsizlar? – der edilar.
21Boshqalar esa: Bu jin urganning so’zlari emas, so’qir odamning ko’zlarini jin ocha olarmidi? – deb aytishardi.
22O’sha vaqtda Quddusda Ma’badni Yangilash bayrami qutlanardi. Qish edi.
23Iso ma’badda Sulaymon ravoqida aylanib yurar edi.
24Yahudiy din arboblari Uning atrofini o’rab oldilar. Qachongacha Sen bizlarni laqillatasan? Agar Sen Masih bo’lsang, bizlarga ochig’ini ayt, - deyishdi.
25Iso ularga javob berdi: Men sizlarga aytdim, ammo sizlar ishonmayapsizlar. Mening Otam nomidan qilayotgan ishlarimning o’zi Men to’g’rimda shohidlik bermoqda.
26Sizlar esa ishonmayapsizlar. Avval aytganimdek, sizlar Mening qo’ylarimdan emassizlar.
27Mening qo’ylarim tovushimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi.
28Men ularga abadiy hayot bag’ishlayman va ular abadiy halok bo’lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo’limdan tortib olomaydi.
29Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo’lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi etmaydi.
30Men va Otam – birmiz.
31Shunda yahudiy din arboblari yana Isoni toshbo’ron qilmoqchi bo’lib, tosh ola boshladilar.
32Men sizlarga Otam nomidan ko’p xayrli ishlar ko’rsatdim, ularning qaysi biri uchun Meni toshbo’ron qilmoqchisizlar? – so’radi Iso.
33Yahudiy din arboblari Unga javoban: Seni xayrli ishing uchun emas, balki kufrliging uchun toshbo’ron qilmoqchimiz. Sen odam bo’la turib O’zingni Xudo deyapsan! – deyishdi.
34Iso Shunday javob qaytardi: Sizning Tavrotda: “Men aytdim, sizlar xudolarsiz”, deb yozilgan emasmi?
35Mana Xudo qadimgilarga kalomini yuborib, ularni hatto xudolar deb atagan. Muqaddas Bitikni esa buzib bo’lmaydi.
36Shunday ekan, Otam O’ziga ajratib olgan va dunyoga yuborgan Kishi “Xudoning O’g’liman” desa, nima bo’pti? Nega sizlar Meni kufrlikda ayblaysizlar?
37Agar Men Otamning ishlarini qilmayotgan bo’lsam, Menga ishonmay qo’ya qolinglar.
38Agar Uning ishlarini qilayotgan bo’lsamu, sizlar ishonmayotgan bo’lsangizlar, aqalli, Mening ishlarimga ishoninglar. Otam Menda va Men Otamda ekanligimizni anglab, imoningizni komil qilinglar.
39Shunda yana Isoni ushlab olishga harakat qildilar, ammo Iso ulardan qutulib qoldi.
40So’ng Iso yana O’rdun daryosining naryog’iga, ilgari Yahyo payg’ambar odamlarni tavba qildirib yurgan joyga bordi va u erda qoldi.
41Uning oldiga ko’p odamlar kelaverdi. Ular: Yahyo hech qanday mo’’jiza yaratmagan edi, lekin Yahyoning bu Kishi haqida aytganlari hammasi to’g’ri chiqdi, - deyishar edi.
42Shunday qilib, o’sha erda talay odamlar Isoga uzil-kesil ishondilar.

11-bob
1Baytaniya degan qishloqda Lazar ismli bir odam kasal yotgan edi. Maryam va Marta nomli opa-singil ham shu qishloqda yashar edilar.
2Rabbimiz Isoga atir moy surtgan va Uning oyoqlarini sochi bilan artib quritgan o’sha Maryam edi. Kasal yotgan Lazar esa Maryamning akasi edi.
3Opa-singil Isoga: Hazrat, Sening aziz do’sting kasal bo’lib yotibdi, - deb xabar etkazishdi.
4Iso buni eshitib: Bu kasallik o’lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug’lanishiga, Shuningdek, Xudo O’g’lining ulug’lanishiga sabab bo’ladi, - dedi.
5Iso Marta va uning singlisini hamda Lazarni sevar edi.
6Ammo Lazarning bemor bo’lib yotganini bilsa ham, o’sha joyda yana ikki kun qoldi.
7Bundan so’ng U shogirdlariga: Yana Yahudiyaga boramiz, - dedi.
8Ustoz, - dedi shogirdlari, - yaqindagina yahudiyaliklar Seni toshbo’ron qilmoqchi edilar-ku! Endi yana u erga bormoqchimisan?
9Iso javob berdi: Kunduz o’n ikki soat-ku! Kim yorug’da yursa, qoqilmaydi, chunki bu dunyoning yorug’ini ko’radi.
10Kechasi yurgan esa qoqiladi, chunki yorug’lik u bilan emas.
11Bu so’zlarini aytib bo’lib, ularga yana dedi: Do’stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg’otgani ketyapman.
12Hazrat, agar uxlab qolgan bo’lsa, tuzalib ketadi, dedi shogirdlari.
13Iso Lazarning o’limini nazarda tutgan edi. Shogirdlar esa Iso odatdagi uyqu to’g’risida gapirdi, deb o’yladilar.
14Keyin Iso ularga ochig’ini aytdi: Lazar vafot etdi.
15Men sizlar uchun xursandmanki, o’sha erda yo’q edim, chunki bu sizlarning imon topishingizga yaraydi. Qani endi yuringlar, uning oldiga boraylik.
16Shunda “Egiz” laqabli To’ma boshqa shogirdlarga: Qani yuringlar, biz ham U bilan o’lamiz! – dedi.
17Iso u erga etib borib bildiki, Lazarning dafn qilinganiga to’rt kun bo’lgan ekan.
18Baytaniya qishlog’i Quddusdan yaqin uch chaqirimcha erda.
19Ko’p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati ila tasalli berish uchun borgan edilar.
20Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda o’tirar edi.
21Hazrat! – dedi Marta Isoga. – Agar Sen bu erda bo’lganingda edi.
22Ammo hozir ham bilaman, Sen Xudodan nima so’rasang, Xudo Senga beradi.
23Sening akang tiriladi, - dedi Iso.
24Bilaman, qiyomatda, oxiratda tiriladi, - dedi Marta.
25Iso unga dedi: Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o’lsa ham yashaydi.
26Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o’lmaydi. Bunga ishonasanmi?
27Ha, Rabbim, - dedi Marta, Sen olamga keladigan Masih, Xudoning O’g’lisan, deb ishonaman.
28Shunday dedi-yu, Marta borib singlisi Maryamni yashirincha chaqirdi. Ustoz shu erda, U seni chaqiryapti, - dedi Maryamga.
29Maryam buni eshitgach, shoshib o’rnidan turdi-da, Isoning oldiga jo’nadi.
30Iso hali qishloqqa kirmagan, Marta Uni kutib olgan joyda poylab turar edi.
31Maryam bilan uyda qolgan, unga tasalli berayotgan yahudiylar uning shoshilib o’rnidan turib tashqariga chiqqanligini ko’rishdi. Maryam yig’lagani qabrga ketyapti, deb o’ylashib, uning orqasidan ketaverishdi.
32Maryam Iso turgan erga etib kelib Uni ko’rdi-yu, oyoqlariga o’zini tashlab: Hazrat! – dedi, - agar Sen shu erda bo’lganingda, Mening akam o’lmas edi!
33Maryam ham, u bilan kelgan yahudiylar ham yig’layotgan edilar. Iso buni ko’rib, qattiq iztirobga tushdi, ko’ngli o’rtanib ketdi.
34Uni qaerga qo’ydingizlar? – deb so’radi. Borib ko’rgin! – dedilar.
35Isoning ko’zi yoshlandi.
36Yahudiylar: Qarang, uni naqadar sevar ekan! – deyishdi.
37Lekin ulardan ba’zilari: Ko’rning ko’zlarini ochgan bu Kishi nahot uning o’lmay qolishi uchun biror narsa qilolmagan bo’lsa? – dedilar.
38Iso tag’in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabr bir g’or bo’lib, uning og’zida tosh yotgan edi.
39Iso: Toshni ko’taringlar! – dedi. Marhumning singlisi Marta Unga: Hazrat, u qabrga qo’yilganiga to’rt kun bo’ldi, endi hidlanib qolgan, - dedi.
40Agar ishonsang, Xudoning ulug’vorligini ko’rasan, deb senga aytgan edim-ku, - dedi Iso.
41Shunday qilib, marhum yotgan g’or og’zidan toshni ko’tarib oldilar. Iso esa osmonga ko’z tikkancha: Ey Ota! – dedi, - Meni eshitganing uchun Senga tashakkur bildiraman.
42Sen Meni doimo eshitishingni bilaman-u, lekin bu so’zlarni shu erda turgan xalq uchun, ular Meni Sen yuborganingga ishonsin deb aytdim.
43Shunday dedi-yu, baland ovoz bilan xitob qildi: Lazar tashqariga chiq!
44Shu payt qo’lu oyoqlari doka bilan bog’langan, yuzi ro’mol bilan o’ralgan jasad chiqib keldi. Uni echintirib, qo’yinglar, ketaversin, - dedi Iso odamlarga.
45Maryamni yo’qlagani kelgan yahudiylardan ko’pi Isoning qilgan ishini ko’rib, Unga ishonishdi.
46Ammo ba’zilari farziylarning oldiga borib, Isoning qilganlarini aytib berishdi.
47Shundan keyin oliy ruhoniylar va farziylar kengashga yig’ilishdi. Biz nima qilaylik? Bu Odam juda ko’p mo’’jizalar yaratib yuribdi-ku! – deyishdi o’zaro.
48Agar Uni o’z erkiga qo’yib bersak, hamma Unga ishonib ketadi. Rimliklar kelib, muqaddas joyimizni ham, xalqimizni ham bosib oladilar.
49Ulardan biri, shu yili bosh oliy ruhoniy bo’lgan Kayafa so’z oldi: Sizlar hech narsani bilmaysizlar.
50Butun millat halok bo’lganidan ko’ra, bitta kishi xalq uchun o’lishi biz uchun yaxshiroq ekanini o’ylamadingizlarmi?
51Bu so’zlar undan o’zicha chiqmagan edi. U shu yili bosh oliy ruhoniy sifatida karomat qilib, Iso xalq uchun o’lishini oldindan aytgan edi.
52Amalda Iso yolg’iz yahudiy xalqi uchungina emas, balki tarqalib gumroh bo’lgan barcha Xudo farzandlarini ham yig’ib birlashtirish uchun o’lishi kerak edi.
53Shunday qilib, o’sha kundan boshlab Isoni o’ldirishga til biriktirdilar.
54Iso esa endi yahudiylar orasida ochiq yurolmaydigan bo’lib qoldi. U erdan sahro yaqinidagi Efraim shahriga bordi. O’sha joyda O’zining shogirdlari bilan qoldi.
55Yahudiylarning Fisih bayrami yaqin edi. Mamlakatning hamma yog’idan el-ulus bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga borishardi.
56Shu vaqtda Isoni izladilar. Ma’badda yig’ilib turganlar o’zaro: “Qanday o’ylaysizlar, U bayramga kelarmikan?” – deb so’rab-surishtirar edilar.
57Oliy ruhoniylar va farziylar esa Isoni qo’lga olish niyatida yurib: “Kim Uning qaerdaligini bilib qolsa, xabar qilsin”, degan farmon chiqardilar.

12-bob
1Fisih bayramidan olti kun oldin Iso yana Baytaniyaga, ya’ni o’lgan Lazarni tiriltirgan qishloqqa bordi.
2O’sha erda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso bilan mehmonlar qatorida o’tirar edi.
3Shu payt Maryam bir shisha sof, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi va Isoning oyoqlariga surtib, sochlari bilan Uning oyoqlarini artib quritdi. Moyning hididan uy xushbo’y isga to’lib ketdi.
4Isoning shogirdlaridan biri, Unga hiyonat qiladigan Simunning o’g’li Yahudo Ishqariyot gap qistirib:
5Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib kambag’allarga bo’lib bersa bo’lmasmidi? – dedi.
6Bu gapni u kambag’allarga qayishgani uchun emas, balki o’g’ri bo’lgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, u qutiga solinadigan pullarni shilib ketar edi.
7U ayolni tinch qo’yinglar! – dedi Iso. – Zotan u bu moyni Mening dafn kunimga saqlamoqchi edi.
8Kambag’allar har doim siz bilan birga. Men esa doim sizlar bilan birga bo’lmayman.
9Isoning Baytaniyada ekanligini bilib, bir talay yahudiylar u erga keldi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso iriltirgan Lazarni ham ko’rishni istardilar.
10Oliy ruhoniylar esa Lazarni ham o’ldirmoqchi bo’lib kelishgan edilar.
11Chunki ko’pchilik yahudiylar Lazar tufayli u erga borib, Isoga imon keltirayotgan edilar.
12Ertasi kuni bayramga borgan ko’pchilik xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qolishdi.
13Palma daraxti shoxlarini olib, Uni qarshi olishga chiqishdi va baland ovoz bilan: “Najot bergin! Xudovand nomidan kelayotgan Isroilning Podshohi muborak!” – deb xayqirishar edi.
14Iso bir xo’tikni topib, unga mindi, xuddi Tavrotda yozilganiday:
15“Ey Sion qizi, qo’rqma! Sening Podshohing xo’tikka minib keladur”.
16Isoning shogirdlari avval buni tushunmadilar. Faqat Iso O’z ulug’vorligiga erishgandan so’nggina ular bu oyatning U haqda yozilganini va xalq xuddi oyatdagidek qilganini esladilar.
17Iso bilan yurayotgan ko’pchilik xalq esa Iso Lazarni qabrdan chaqirib tiriltirdi, deb guvohlik berayotgan edilar.
18Iso bunday ajoyib mo’’jizani yaratganini xalq eshitgan edi, Shuning uchun ham Uni ochiq chehra bilan kutib olayotgan edilar.
19Farziylar esa bir-biriga: Ko’ryapsizmi, endi hech narsa qilolmayapsizlar. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda! – deyishardi.
20Sig’inish uchun bayramga kelganlar orasida ba’zi yunonlar bor edi.
21Ular Jalilaning Baytsayda shahridan bo’lgan Filipning oldiga borib o’tindilar: Taqsir, biz Isoni ko’rmoqchi edik.
22Filip borib bu haqda Idrisga aytdi; keyin Idris bilan Filip ikkalasi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi.
23Iso ularga Shunday javob qaytardi: Inson O’g’li ulug’lanadigan vaqt-soat keldi.
24Sizlarga rostini aytay: agar bug’doyning doni erga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o’lsa, ko’p hosil beradi.
25Kim o’z jonini sevsa, uni yo’qotadi. Kim bu dunyoda o’z jonini ayamasa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi.
26Agar kim Menga xizmat qilsa, Mening izimdan yursin. Men qaerda bo’lsam, xizmatchim ham u erda bo’ladi. Kim Menga xizmat qilsa, Otam uni hurmat qiladi.
27Endi esa yuragim siqilyapti, Men nima ham desam ekan? “Ey Otam, Meni ushbu vaqt-soatdan qutqaz” deymi? Vaholanki, Men shu vaqt-soat uchun kelganman.
28Ey Ota, O’z nomingni ulug’lagin! Iso Shunday deyishi bilanoq osmondan: Men Uni ulug’laganman va bundan keyin ham ulug’layman, - degan sado keldi.
29U erda turgan omma buni eshitib, momaqaldiroq deb o’yladi. Yo’q, Unga farishta gapirdi! – deyishdi boshqalari.
30Bunga javoban Iso aytdi: Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo’ldi.
31Hozir bu dunyo hukm qilinadi, hozir bu dunyoning hokimi tashqariga chiqarib haydaladi.
32Men erdan yuqoriga ko’tarilganimda, hammani O’zimga jalb qilaman.
33Ushbu so’zlarni Iso O’zining qay yo’l bilan o’lishini bildirish maqsadida aytgan edi. Xalq bunga javoban dedi:
34Biz Tavrotda, Masih abadiy turadi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen: Inson O’g’li yuqoriga ko’tarilishi kerak, deb aytyapsan? Kim bu Inson O’g’li?
35Iso ularga aytdi: Yana qisqa bir muddat nur sizlar bilan bo’ladi. Nur borida yuringlar, tag’in zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qaerga ketayotganini bilmaydi.
36Hozircha nurga egasizlar, nurga ishoninglar, toki nur ahli bo’linglar. Bularni aytib bo’lgach, Iso uzoqlashib ketdi va xalqning ko’zidan yashirindi.
37Iso ommaning ko’z o’ngida shuncha ko’p ibratli mo’’jizalar yaratgan bo’lsa ham, ular Isoga ishonmas edilar.
38Shu tariqa Isha’yo payg’ambarning aytgan so’zi bajo bo’ldi: “Yo Xudoyo Xudovando! Bergan xabarimizga kim ham ishondi? Xudovandning qudrati kimga oshkora bo’ldi?”
39Ular yana shu sababdan ishona olmadilar. Isha’yo payg’ambar yana aytganidek:
40“Bu xalq o’z ko’zlarini ko’r qildi, o’z dillarini tosh qildi. Ko’zlari ila ko’rmaydilar, dillari ila fahmlamaydilar, Men ularni shifolashim uchun, Menga qaytib kelmadilar”.
41Isha’yo payg’ambar Masihning ulug’vorligini oldindan ko’rib, U to’g’rida shularni so’zlagan edi.
42Shunga qaramasdan, boshliqlarning ham ko’plari Isoga imon keltirayotgan edilar. Faqat ibodatxonadan haydalishdan qo’rqib, ular farziylar oldida tan olmas edilar.
43Chunki boshliqlarga Xudoning maqtovidan ko’ra insonning maqtovi xush yoqardi.
44Iso xitob qilib dedi: “Menga ishongan odam Menga emas, balki Meni yuborganga ishongan bo’ladi.
45Meni ko’rgan odam Meni Yuborganni ko’rgan bo’ladi.
46Menga ishongan har bir kishi zulmatda qolmasin, deb Men dunyoga nur bo’lib kelganman.
47Kim Mening so’zlarimni eshitib ishonmasa, uni Men ayblamayman. Men dunyoni ayblash uchun emas, balki qutqarish uchun kelganman.
48Meni rad qilib, so’zlarimni qabul qilmagan odamning hakami bor – uni oxiratda Mening aytgan kalomim hukm qiladi.
49Men O’z nomimdan so’zlaganim yo’q. Aksincha, Meni yuorgan Otam nima aytishimni, qanday so’zlashimni Menga amr etgan.
50Uning amri esa abadiy hayotdir, deb bilaman. Xullas, Men nimaiki gapirayotgan bo’lsam, Otamning Menga aytganlarini gapiryapman”.

13-bob
1Fisih bayramiga oz qolgan edi. Iso bu olamdan Otasi oldiga o’tish vaqt-soati kelganini bilar edi. U bu olamdagi O’zinikilarni sevar edi, ularni oxirigacha sevdi.
2Kechki ovqat payti edi. Simunning o’g’li Yahudo Ishqariyotning diliga iblis allaqachon Isoga hiyonat qilish niyatini solgan edi.
3Iso bo’lsa, Otasi hamma narsani Uning qo’liga berganini bilar edi, O’zi Xudo huzuridan chiqib, yana Xudo huzuriga qaytayotganini ham bilar edi.
4Shunday qilib, Iso ovqatdan so’ng ustki kiyimini echib tashladi, sochiqni olib beliga bog’ladi.
5Keyin obdastaga suv quyib, shogirdlarining oyoqlarni yuvishga tushdi. Beliga bog’lagan sochiq bilan ularning oyoqlarini artib quritdi.
6Iso Simun Butrusning oldiga keldi. Rabbim, nahot oyoqlarimni Sen yuvsang?! – dedi Butrus.
7Men hozir nima qilishimni sen bilmaysan. Keyinchalik tushunasan, - dedi Iso unga javoban.
8Mening oyoqlarimni ikki dunyoda ham yuvmaysan! – dedi Butrus. Agar seni yuvmasam, Men bilan ulushing bo’lmaydi, - dedi Iso.
9Shunda Simun Butrus: Rabbim, faqat oyoqlarimnigina emas, qo’llarimni, boshimni ham yuvib qo’y! – dedi.
10Iso unga: Cho’milgan odam tamoman pokdir, endi uning oyog’ini yuvsa bas. Sizlar ham poksizlar, ammo hammangiz emas, - dedi.
11Iso O’ziga xoinlik qiladigan odamni bilar edi, Shuning uchun “Hammangiz pok emassizlar”, dedi.
12Shogirdlarining oyoqlarini yuvib bo’lgach, Iso tag’in ustki kiyimini kiyib, yonboshladi. Shogirdlariga aytdi: Men sizlarga nima qilganimni angladinglarmi?
13Sizlar Meni Ustozimiz va Rabbimiz deb aytasizlar va to’g’ri qilasizlar, chunki Men xuddi Shundayman.
14Shunday qilib, agar Men Rabbingiz va Ustozingiz bo’la turib oyoqlaringizni yuvgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizning oyoqlaringizni yuvishingiz qarzdir.
15Men sizlarga nima qilgan bo’lsam, sizlar ham o’shani qilishingiz kerak. Men sizlarga o’rnak ko’rsatdim.
16Sizlarga rostini aytayin: qul o’zining xo’jayinidan yuqori turmas, elchi ham uni yuborgandan ulug’ bo’lmas.
17Agar gapimni uqqan bo’lsangiz, bunga amal qilinglar va baxtli bo’lasizlar!
18Men hammangiz haqingizda aytmayapman, - davom etdi Iso, - Men tanlagan kishilarimni bilaman. Zaburda: “Non-namagimni egan do’stim Menga qarshi tovonini ko’tardi”, - deb yozilgan. Bu oyat bajo bo’lishi kerak.
19Hozirdan, bu voqealar sodir bo’lmasdan oldin, Men sizlarga aytyapman, toki bu voqealar sodir bo’lganda, Men – O’sha ekanligimga ishoninglar.
20Sizlarga rostini aytay: Men yuborgan kishini qabul qilgan Meni qabul qilgan bo’ladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo’ladi.
21Iso bularni aytdi-yu, ko’ngli g’ash tortdi. Endi ochiqdan-ochiq so’zlay boshladi: Sizlarga rostini aytayin, sizlardan bir kishi Menga hiyonat qiladi.
22Shogirdlari esa U kimni nazarda tutayotganini bilolmay, gangib bir-biriga qarab turar edilar.
23Shogirdlaridan biri Isoning bag’riga bosh qo’yib yonboshlar edi; Iso uni sevar edi.
24Unga Simun Butrus: “Iso kim haqida gapiryapti, so’ra-chi”, deb imo-ishora qildi.
25Shunda u Isoning ko’ksiga yaqinroq engashib: Rabbim, u kim? – deb so’radi.
26Iso javob berdi: Men bir burda nonni botirib kimga bersam, u o’shadir, - dedi. So’ng burda nonni botirib, Simun o’g’li Yahudo Ishqariyotga berdi.
27Yahudo burdani olar-olmas, shayton uning ichiga kirib oldi. Qiladiganingni tezroq qil, - dedi unga Iso.
28Dasturxon atrofidagilardan hech kim nima uchun Iso bu so’zlarni Yahudoga aytganini tushunmadi.
29Pul qutisi Yahudoda bo’lgani sababli, ba’zilari Iso unga: “Bayram uchun bizga kerak bo’ladigan narsalarni sotib ol”, yoki “Kambag’allarga bir nima ber”, deyapti deb o’ylardilar.
30Yahudo esa o’sha burda nonni olgan hamon tashqariga chiqib ketdi. Tun cho’kkan edi.
31Yahudo chiqib ketgach, Iso dedi: Hozir Inson o’g’li ulug’landi, Xudo ham Inson O’g’li orqali ulug’landi.
32Inson O’g’li Xudoni ulug’lagani uchun, Xudo ham O’zicha Inson O’g’lini ulug’laydi, ha, Uni tez orada ulug’laydi.
33Bolalarim! Endi Men sizlar bilan uzoq bo’lmayman. Meni qidirasizlar. Yahudiy mansabdorlariga aytgan edim, sizlarga ham aytyapman: Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
34Sizlarga yangi buyruq beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizni Shunday sevinglar.
35Agar orangizda muhabbat hukmron bo’lsa, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.
36Simun Butrus Isoga dedi: Rabbim, Sen qaerga ketyapsan? Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan, keyinchalik borarsan, - dedi unga Iso.
37Rabbim, - dedi Butrus, - nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman? Men Sen uchun jonimni fido qilaman!
38Iso javob berdi: Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Senga rostini aytsam, xo’roz qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasan!

14-bob
1Iso shogirdlariga dedi: Yuragingiz g’ash bo’lmasin. Xudoga ishoning, Menga ham ishoningiz!
2Otamning uyida maskan ko’p. Shunday bo’lmasa edi, Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman, deb aytarmidim?
3Mana, Men borib sizlarga joy tayyorlayman-u, yana kelib, Men bo’lgan joyda bo’lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman.
4Men boradigan joyni sizlar bilasizlar, yo’lni ham bilasizlar.
5Rabbim! – dedi Unga To’ma, - qaerga borishingni bilmaymiz-ku, yo’lni ham qanday bila olamiz?
6Iso unga dedi: Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi.
7Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon Uni bilasizlar, Uni ko’rgansizlar.
8Filip Isoga dedi: Rabbiy, bizlarga Otani ko’rsat, shu biz uchun etarli!
9Filip, - dedi unga Iso, - Men shuncha vaqtdan beri sizlar bilan birgaman-u, Meni tanimaysanmi? Meni ko’rgan Otamni ko’rgan bo’ladi. Endi sen qanday qilib, “Otani bizlarga ko’rsat”, deyapsan?
10Men Otamda hozirman, Otam esa Menda hozir, sen bunga ishonmaysanmi? Men sizlarga O’zimdan to’qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo’lib turgan Otam O’z ishlarini bajarmoqda.
11Menga ishoninglar, Men Otamda va Otam Menda hozirdir. Bordiyu bunga ham ishonmasangizlar, aqalli bajarayotgan ishlarimning o’zi orqali Menga ishoninglar.
12Sizlarga rostini aytayin: Menga ishongan kishi Men qilayotgan ishlarni o’zi qiladi va hatto bundan kattarog’ini ham qiladi. Zero Men Otamning oldiga ketyapman.
13Mening nomimdan Otadan biror narsa so’rasangizlar, uni bajo keltiraman, toki Ota O’z O’g’li orqali ulug’lansin.
14Ha, Mening nomim uchun nima so’rasangizlar, Men uni bajo keltiraman.
15“Agar Meni sevsangizlar, amrlarimga amal qilinglar.
16Men Otamga murojaat qilaman va U to abad sizlar bilan qoladigan boshqa Yupatuvchini yuboradi.
17Bu Yupatuvchi – Haqiqat Ruhidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko’radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doim birgadir, U ichingizda yashaydi.
18Sizlarni etim qoldirmayman, yana oldingizga qaytib kelaman.
19Birozdan keyin dunyo Meni boshqa ko’rmaydi. Ammo sizlar Meni ko’rasizlar; Men hayot bo’lganim uchun, sizlar ham yashaysizlar.
20Men Otamda, sizlar Menda va Men sizlarda hozir ekanimni o’sha kunda fahmlaysizlar.
21Kim Mening amrlarimni bilsa-yu, ularga amal qilsa, u Meni sevadi. Kim Meni sevsa, Otam ham uni sevadi. Men ham uni sevaman va O’zimni unga ko’rsataman”.
22Ishqariyot bo’lmagan boshqa Yahudo Isoga dedi: “Rabbim, bu qanaqasi, Sen O’zingni dunyoga emas, bizga ko’rsatmoqchisan?”.
23Iso unga Shunday javob berdi: “Kim Meni sevsa, Mening so’zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning huzuriga kelib, O’zimizga maskan yaratamiz.
24Meni sevmagan kishi, so’zlarimga amal qilmaydi. Sizlar tinglayotgan so’z Meniki emas, balki Meni Yuborgan Otamnikidir.
25Buni Men sizlar bilan ekanman aytdim.
26O’sha Yupatuvchi, ya’ni Mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruhning O’zi sizlarga hamma narsani o’rgatadi, Mening sizlarga aytgan hamma so’zlarimni o’ylaringizga tushiradi”.
27“Men sizlarga tinchlik qoldiryapman; O’z tinchligimni sizlarga beryapman. Men bergan tinchlik dunyo bergan tinchlikka o’xshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, hadiksiramanglar.
28Sizlarga aytganimni eshitdingizlar: Men sizlardan ketib, yana qaytaman. Agar Meni sevganingizda edi, Otam oldiga ketyapman deganimga quvonar edingizlar. Zero Otam Mendan ulug’dir.
29Bu hodisalar sodir bo’lganida ishoninglar deb, hali sodir bo’lmasidan oldin Men bu haqda sizlarga aytdim.
30Sizlar bilan so’zlashishga uncha ko’p vaqtim qolmadi. Chunki bu dunyoning hokimi kelyapti, Menga esa u mutlaqo hokim emas.
31Lekin dunyo bilsinki, Men Otamni sevaman, Otam Menga neki buyurgan bo’lsa, xuddi shuni bajaraman. Qani turinglar, bu erdan keta qolaylik”.

15-bob
1“Men haqiqiy tokman, Otam esa Bog’bondir.
2Mendagi hosil bermaydigan har bir novdani U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani esa, yana ko’proq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.
3Mening sizga aytgan so’zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar.
4Men bilan aloqada bo’linglar, shunda Men sizlar bilan aloqada bo’laman. Tokda bo’lmagan novda o’z-o’zidan hosil berolmaydi; shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
5Men – tok, sizlar – novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo’lib, Men u bilan aloqada bo’lsam, u ko’p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
6Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa terib, o’tga uloqtirib yondirishadi.
7Agar siz Men bilan aloqada bo’lib, so’zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so’ranglar, erishasizlar.
8Sizlar ko’p hosil bersangiz, Otam ulug’lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo’lasizlar”.
9“Otam Meni qanday sevgan bo’lsa, Men ham sizlarni Shunday sevdim. Mening muhabbatimga sodiq qolinglar.
10Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning muhabbatiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari sizlar ham, agar Mening amrlarimga amal qilsangizlar, muhabbatimga sodiq qolasizlar.
11Mening shodligim sizlarga o’tsin va ko’nglingiz quvonchlarga to’lsin deb, Men bu so’zlarni sizlarga aytdim.
12Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizni Shunday sevinglar.
13Kim o’z jonini do’stlari uchun bag’ishlasa, bundan ortiq sevgi yo’q.
14Agar sizlar buyurganlarimni bajo keltirsangizlar, Mening do’stlarim bo’lasizlar.
15Men sizlarni endi qul deb atamayman. Qul xo’jayini nima qilishini bilmaydi. Sizlarni do’stlarim deyman, chunki Otamdan eshitgan hamma narsani sizlarga bildirdim.
16Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Borib hosil beringlar va hosilingiz boqiy bo’lsin, deb sizlarni tanladim. Shunday qilib, Mening nomimdan Otadan nimaiki so’rasangizlar, U sizlarga beradi.
17Xullas, sizlarga buyrug’im shu: bir-biringizni sevinglar!”
18“Agar dunyo sizlardan nafratlanayotgan bo’lsa, bilingizkim, sizlardan ilgari Mendan nafratlangan.
19Sizlar bu dunyoniki bo’lsangiz edi, dunyo sizlarni o’ziniki kabi sevar edi. Holbuki, sizlar bu dunyoniki emassizlar; Men sizlarni dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi.
20Qul o’z xo’jayinidan yuqori bo’lmas, degan so’zimni eslanglar. Agar Meni quvg’in qilgan bo’lsalar, sizlarni ham quvg’in qiladilar. Agar Mening so’zlarimga rioya qilgan bo’lsalar, sizlarnikiga ham rioya qiladilar
21Odamlar sizlarga neki qilsalar, Mening nomim uchun qiladilar; chunki Meni yuborganni tanimaydilar.
22Agar Men kelib ularga aytmaganimda edi, ularda gunoh bo’lmas edi. Endi bo’lsa gunohlari uzrsiz qoldi.
23Mendan nafratlangan Otamdan ham nafratlangan bo’ladi.
24Agar Men ular orasida boshqalar sira qilmagan ishlarni namoyon qilmaganimda edi, ularda gunoh bo’lmas edi. Endi bo’lsa ishlarimni ko’rdilar-u, Mendan ham, Otamdan ham nafratlandilar.
25Bu esa ularning Tavrotdagi: “Mendan nohaq nafratlandilar”, degan oyat bajo bo’lishi uchun sodir bo’ldi.
26Otam huzuridan Men sizlarga yuboradigan Yupatuvchi, ya’ni Otam nazdidan chiquvchi Haqiqat Ruhi kelgach, U Men to’g’rimda guvohlik beradi.
27Sizlar ham guvohlik berasizlar, chunki boshdanoq Men bilan birgasizlar”.

16-bob
1“Men bularni sizlar vasvasaga tushmanglar, deb aytdim.
2Sizlarni ibodatxonadan haydab yuboradilar. Hatto Shunday zamon keladiki, sizlarni o’ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga xizmat qilyapman, deb o’ylaydi.
3Bu ishlarni Otamni ham, Meni ham tanimaganlari uchun qiladilar.
4Bularni sizlarga hozirdan ma’lum qilib qo’yyapman, toki o’sha vaqt-soat kelganda, so’zlarimni esga olinglar. Avvaldan sizlarga bularni aytishimga hojat yo’q edi, chunki sizlar bilan birga edim.
5Endi esa Meni Yuborganning oldiga ketyapman. Lekin orangizdan hech kim Mendan: “Qaerga ketyapsan?” deb so’ramayapti.
6Bularni sizlarga aytganim uchun, dilingiz g’am-qayg’uga botgan.
7Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, Mening ketishim siz uchun foydalidir. Agar Men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman.
8U esa kelib, gunoh, adolat va hukm xususida dunyoning xato qilganini fosh qiladi.
9Dunyoning gunohi shundan iboratki, odamlar Menga ishonmaydilar.
10Ilohiy adolat shundaki, Men Otamning oldiga ketyapman va sizlar Meni boshqa ko’rmaysizlar.
11Ilohiy hukm esa shundan dalolat beradik, bu dunyoning hokimi hukm qilingan.
12Sizlarga yana aytadiganlarim ko’pu, lekin endi ichingizga sig’dirolmaysizlar.
13Muqaddas Haqiqat Ruhi kelgach, U sizlarni butun haqiqat yo’liga boshlaydi. U O’zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o’shani so’zlab beradi, U kelajak haqida sizlarga xabar qiladi.
14U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, shu bilan Meni ulug’laydi.
15Otam ega bo’lgan hamma narsa Menikidir. Ana shu sababdan, U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, deb aytdim.
16Ko’p o’tmay, sizlar Meni ko’rolmay qolasizlar, yana ko’p o’tmay, ko’rasizlar. Chunki Men Otamning oldiga ketyapman”.
17Shu paytda Isoning shogirdlari biri ikkinchisiga: Ajabo, U bizga nima deyapti o’zi? “Ko’p o’tmay Meni ko’rolmay qolasizlar, yana ko’p o’tmay ko’rasizlar”, dedi. “Otamning oldiga ketyapman”, deb ham aytdi.
18“Ko’p o’tmay” deyishi bilan nima demoqchi ekan, biz anglay olmadik, - der edilar.
19Iso shogirdlari O’zidan gap so’ramoqchi bo’lganliklarini payqadi va so’z oldi: Ko’p o’tmay Meni ko’rolmay qolasizlar, yana ko’p o’tmay ko’rasizlar, deb Men sizlarga aytdim-ku, nahotki bu gapimni muhokama qilyapsizlar?
20Sizlarga rostini aytayin: sizlar yig’lab dod-faryod qilasizlar, dunyo esa quvonadi. Sizlar qayg’urasiz, lekin qayg’ungiz shodlikka aylanadi.
21Oyi to’lgan ayol dard bilan tug’adi. Ammo bola tug’ilgandan keyin, dunyoga odamzod keldi deb quvonadi va chekkan dardini unutib yuboradi.
22Shunga o’xshash sizlar ham endi g’am-qayg’u chekyapsizlar. Lekin Men sizlarni yana ko’raman va yuragingiz quvonchga to’ladi. Quvonchingizni esa sizlardan hech kim tortib olmaydi.
23O’sha kuni Mendan hech narsa so’ramaysizlar. Sizlarga rostini aytayin: agar Mening nomimdan Otadan nima so’rasangizlar, O’zi sizlarga beradi.
24Hozirgacha Mening nomimdan Otadan biron narsa so’ramadingizlar. So’ranglar, erishasizlar va quvonchingiz kamol topadi.
25Shu vaqtgacha sizlarga ramz bilan gapirib keldim. Lekin Shunday bir vaqt keladiki, endi sizlarga ramz bilan gapirmay, Otam haqida ochiq xabar qilaman.
26O’sha kuni istaganingizni Mening nomimdan so’raysizlar. Men esa sizlar uchun Otamdan iltimos qilaman, deb aytmayapman.
27Otamning O’zi sizlarni sevadi, chunki sizlar Meni sevib, Xudo huzuridan chiqqanimga ishondingizlar.
28Men Otamning huzuridan chiqib, dunyoga keldim. Endi yana dunyoni tark etib, Otamning oldiga ketmoqdaman.
29Mana, hozir Sen ochiq so’zlayapsan, hech ramz qo’llamayapsan, - deyishdi shogirdlar Isoga.
30Hozir ko’rib turibmizki, Sen hammasini bilasan. Biron-bir kishining savol berishiga ham muhtoj emassan. Ana Shuning uchun biz Sen Xudo huzuridan chiqqaningga ishonamiz.
31Endi ishonasizlarmi? – dedi Iso ularga.
32Mana, har biringiz o’z tomoningizga to’zib, Meni yolg’iz qoldiradigan vaqt-soat keladi va hatto keldi ham. Biroq Men yolg’iz emasman, chunki Otam Men bilandir.
33Bularni sizlarga Menda hotirjam bo’lishingiz uchun aytdim. Dunyoda qayg’u-alam chekasizlar; lekin dadil bo’linglar, Men dunyoni engdim.

17-bob
1Shu gaplardan keyin Iso ko’zlarini osmonga tikib, dedi: “Ey Ota! Vaqt-soati keldi. O’g’ling Seni ulug’lashi uchun Sen ham O’z O’g’lingni ulug’lagin.
2Sen Unga butun bashariyat ustidan hokimlikni berding; Sen Unga bergan odamlarning hammasiga U abadiy hayot ato qiladi.
3Abadiy hayot esa Seni – tanho Haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib-bilishdan iboratdir.
4Sen Menga topshirgan vazifani Men ado etib, er yuzida Seni ulug’ladim.
5Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulug’vor edim. Endi, ey Ota, O’z huzuringdagi o’sha ulug’vorlikni Menga tag’in ato qilgin.
6Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular esa Sening kalomingga amal qildilar.
7Ular endi tushunib oldilar: Sen Menga nima bergan bo’lsang, hammasi Sendan ekan.
8Menga bergan kalomlaringni ularga topshirdim. Ular esa kalomlaringni qabul qilib, Men Sening huzuringdan chiqqanligimni chinakamiga tushundilar, Meni Sen yuborganligingga ishondilar.
9Men ular uchun so’rayman; dunyo uchun emas, balki Menga berganliging uchun so’rayman. Chunki ular Senikidir.
10Zotan Meniki bo’lgan hamma – Seniki, Seniki esa – Menikidir. Shu tariqa Mening ulug’vorligim ular orqali zohir bo’ladi.
11Bundan so’ng Men bu dunyoda bo’lmayman, Sening huzuringga qaytyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey Muqaddas Ota! Menga kimni bergan bo’lsang, O’z noming bilan asrab qolgin, toki ular ham Bizday bir bo’lsinlar.
12Men ular bilan bo’lganimda, Sening noming bilan ularni asrar edim. Ha, Menga bergan odamlarning hammasini omon saqladim. Faqat oyat bajo bo’lsin deb, peshanasiga halokat yozilgan odamdan boshqa ulardan hech kim halok bo’lmadi.
13Endi esa Sening oldingga boray deb turibman. Mening shodligim ularga o’tib dillarini butunlay to’ldirsin, deb bularni hali dunyoda bo’lganimda aytyapman.
14Men ularga Sening kalomingni topshirdim. Dunyo esa ulardan nafratlandi. Chunki Men dunyodan bo’lmaganim kabi, ular ham dunyodan emaslar.
15Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni so’rayapman.
16Men bu dunyodan bo’lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar.
17Ularni haqiqating bilan muqaddas qilgin. Sening kaloming – haqiqatdir.
18Sen Meni dunyoga yuborgan eding, Men ham ularni dunyoga yubordim.
19Ular haqiqiy muqaddas bo’lsin deb, Men O’zimni ular uchun bag’ishlayman.
20Men faqat ular uchungina so’ramayman, balki ularning gapi bo’yicha Menga imon keltiradiganlar uchun ham so’rayman:
21Hammalari bir bo’lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo’lganimizga o’xshab, ular ham Bizda hozir bo’lib, bir bo’lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganingga ishonsin.
22Menga ato qilgan ulug’vorligingni ularga berdim, toki biz bir bo’lganimizdek, ular ham bir bo’lishsin.
23Sen Menda, Men esa ularda hozir bo’lib, mukammal birlikka erishsinlar. Natijada, dunyo Meni Sen yuborganligingni tan olsin, Meni qanday sevsang, Menikilarni ham Shunday sevganingni dunyo bilsin.
24Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda bo’lishini xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulug’vorlikni ular ham ko’rib tursin, dunyoni yaratmasdan avvaloq Sen Meni qanday sevganingni ular bilsin.
25Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bular ham Meni Sen yuborganingni bilib oldilar.
26Sening nomingni ularga bildirganman va yanada bildiraman. Menga bog’lagan muhabbating ulardan o’rin olsin, Men ham ulardan o’rin olayin”.

18-bob
1Bu so’zlarni aytgandan so’ng, Iso O’z shogirdlari bilan u erdan chiqib, Qidron soyining narigi bo’yiga o’tdi. O’sha erda bir bog’ bor edi. Iso shogirdlari bilan boqqa kirdi.
2Isoning xoini Yahudo ham o’sha joyni bilar edi, chunki Iso shogirdlari bilan u erda tez-tez uchrashib turar edi.
3Shunday qilib, Yahudo bir to’da askarlarni hamda oliy ruhoniylar va farziylar tomonidan yuborilgan mirshablarni olib, u erga keldi. Qo’llarida mash’alu fonuslar, qurol-yarog’lar bor edi.
4Iso O’z boshiga keladigan hamma narsani bilar edi. U odamlarga peshvoz chiqib, so’radi: Kimni qidiryapsizlar?
5Nosiralik Isoni, - deb javob berishdi ular. U Menman, - dedi Iso. Isoning xoini Yahudo ularning o’rtasida turgan edi.
6Iso “U Menman” deyishi bilanoq ular orqaga tislanib, erga yiqilishdi.
7Iso ulardan yana so’radi: Kimni qidiryapsizlar? Nosiralik Isoni, - dedilar.
8Sizlarga aytdim-ku, U Menman. Agar Meni qidirayotgan bo’lsangizlar, shularni qo’yib yuboringlar, ketaverishsin, - dedi ularga Iso.
9Uning ilgari: “Sen Menga bergan kishilardan hech birining halok bo’lishiga yo’l qo’ymadim”, degan so’zlari shu bilan bajo bo’ldi.
10Shu onda Simun Butrus yonidagi qilichini qinidan sug’urdi-da, oliy ruhoniyning qaroliga bir urib, o’ng qulog’ini uzib yubordi. Qarolning ismi Malik edi.
11Iso Butrusga: Qilichingni qiniga solib qo’y! Nahotki Menga Otam bergan taqdir sharobini ichmasam? – dedi.
12Shu zahoti askarlar bilan bo’linma qo’mondoni va yahudiy mansabdorlarining qarollari Isoni ushlab, bog’lab qo’yishdi.
13Uni oldin Hanan oldiga olib kelishdi. Hanan shu yilgi bosh oliy ruhoniy bo’lgan Kayafaning qaynatasi edi.
14Bu – yahudiy mansabdorlariga: “Xalq uchun bitta kishining o’lishi yaxshiroq”, deb maslahat bergan Kayafa edi.
15Isoning orqasidan Simun Butrus va yana boshqa bir shogird ergashib borishar edi. Bu shogird oliy ruhoniyga tanish edi, u Iso bilan bemalol oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi.
16Butrus esa tashqarida, eshikning oldida turardi. Keyinroq oliy ruhoniyga tanish bo’lgan shogird yana tashqariga chiqdi-da, darvozabon ayolga biror narsa deb, Butrusni ichkariga olib kirdi.
17Shunda darvozabon cho’ri Butrusdan: Sen ham U Odamning shogirdlaridan emasmisan? – deb so’radi. Yo’q! – dedi Butrus.
18Havo sovuq bo’lgani uchun u erda turgan qarollar bilan mirshablar ko’mir yoqib, isinayotgan edilar. Butrus ham ular bilan isinib turar edi.
19Shu paytda oliy ruhoniy Isoga O’z shogirdlari va ta’limotiga taalluqli savollar berar edi.
20Iso unga javob berdi: Men elu olamga ochiq so’zladim. Har doim yahudiylar yig’iladigan ibodatxonalarda va ma’badda ta’lim berib yurdim, hech yashirincha gap aytmadim.
21Nega Meni so’roq qilyapsan? Mening nutqlarimni eshitganlardan so’rab bilgin, gapirganlarimni ular bilsa kerak.
22Iso bularni aytib bo’lgan ham ediki, yaqin turgan mirshablardan biri: Oliy ruhoniyga ham Shunday javob berasanmi? – dedi-yu, Isoning yuziga tushirdi.
23Iso bunga javoban: Agar Men yomon gap gapirgan bo’lsam, yomonligini ko’rsat. Agar to’g’ri aytgan bo’lsam, nega Meni urasan? – dedi.
24Shundan keyin Hanan Isoni bog’langan holda oliy ruhoniy Kayafa qoshiga yubordi.
25Simun Butrus hamon isinib turgan edi. Sen ham Uning shogirdlaridan emasmisan? – deb so’rashdi undan. Yo’q! – deb tondi u.
26Oliy ruhoniyning qarollaridan biri Butrus qulog’ini uzib yuborgan odamning qarindoshi edi. Bu qarol Butrusga yana: Seni bog’da U bilan ko’rdim, shekilli? – dedi.
27Butrus esa yangidan tondi. Naq shu payt xo’roz qichqirdi.
28Tong yorishgan edi. Yahudiy mansabdorlari Isoni Kayafa oldidan mahkamaga olib bordilar. Ular Fisih bayram taomini emaguncha harom bo’lishdan qo’rqib, mahkamaga kirmadilar.
29Shu sababli Pilat tashqariga, ularning oldiga chiqdi. Bu Odamga qarshi qanday aybni qo’ymoqdasizlar? – deb so’radi.
30Agar U jinoyatchi bo’lmaganida, Uni sening qo’lingga topshirmas edik, - deb javob berishdi ular.
31Uni o’zlaringiz olinglar-da, o’z Qonuningiz bo’yicha hukm qilaveringlar, - dedi Pilat. Bizga hech kimni qatl qilishga ijozat berilmagan, - deyishdi unga yahudiylar.
32Bu gaplar esa Isoni O’zining qanday o’lishi haqida aytganlarini tasdiqladi, Uning karomatlari bajo bo’lishi kerak edi.
33Shunday qilib, Pilat yana mahkamaga kirdi va Isoni chaqirdi: Sen yahudiylarning Podshohimisan? – deb so’radi.
34Bu gap O’zingdan chiqdimi, yoki boshqalar senga Men to’g’rimda aytishdimi? – deb so’radi Iso.
35Nima, men yahudiymanmi? Axir, O’z xalqing, O’z oliy ruhoniylaring Seni menga topshirishdi. Sen nima ish qilib qo’yding? – dedi Pilat.
36Iso javob berdi: Mening Shohligim bu dunyodan emas. Agar Shohligim bu dunyodan bo’lganda edi, yahudiy mansabdorlari qo’liga tushmasligim uchun Mening qarollarim kurashar edilar. Biroq endi Mening Shohligim bu erdan emas.
37Demak, Sen Podshoh ekansan-da? – dedi Pilat. Podshoh ekanimni o’zing aytding, - dedi Iso. – Men haqiqat to’g’risida shohidlik qilmoq uchun tug’ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Kimki haqiqat tarafida bo’lsa, Mening ovozimni eshitadi.
38Haqiqat nima? – so’radi Pilat. Buni aytdi-yu, yana tashqariga, yahudiylarning oldiga chiqdi. Men Undan hech qanday ayb topolmayapman, - dedi ularga.
39Sizlarning bir odatingiz bor-ku, sizlar uchun Fisih bayramida bir mahbusni ozod qilib kelar edim. Shunga ko’ra, sizlar uchun yahudiylarning Podshohini ozod qilishimni istaysizlarmi?
40Uni emas, Barabbani ozod qil! – deb hamma baravariga baqirdi. Barabba esa qaroqchi edi.

19-bob
1Shundan keyin Pilat Isoga dast solib, Uni qamchilatdi.
2Askarlar esa tikanlardan toj o’rib, Isoning boshiga qo’ydilar, tanasiga shohona to’n kiydirdilar.
3Isoning oldida turganlaricha: Yashavor, ey yahudiylarning Podshohi! – deb, Uni tarsakilar edilar.
4Pilat yana tashqariga chiqib xaloyiqqa xitob qildi: Mana, Uni oldingizga chiqaryapman, bilib qo’yinglar, men Undan hech qanday ayb topolmadim!
5Shu payt boshida tikanli toj, egnida shohona to’n bilan Iso tashqariga chiqdi. Mana, u Odam! – dedi Pilat ularga.
6Oliy ruhoniylar va mirshablar Isoni ko’rib, baqirib ketishdi: Uni xochga mixlab qo’y, xochga! Uni sizlar olib xochga mixlab qo’yinglar! Men Undan hech qanday ayb topolmadim, - dedi Pilat ularga.
7Yahudiylar unga javoban: Bizda Qonun bor, Qonunimiz bo’yicha U o’lishi kerak, chunki U O’zini Xudoning O’g’li qilib ko’rsatdi, - dedilar.
8Pilat buni eshitgach, yuragi orqaga tortib ketdi.
9Qaytadan mahkamaga kirdi va Isodan: Sen qaerdansan? – deb so’radi. Iso unga javob bermadi.
10Menga javob bermaysanmi? – dedi Pilat. – Seni xochga mixlatish yo bo’shatish uchun hukm yuritishga qodir ekanimni bilmaysanmi?
11Iso javob berdi: Agar senga yuqoridan berilmaganda edi, sen Mening ustimdan hech qanday hukm yurita olmas eding. Shu sababdan Meni sening qo’lingga tutib berganning gunohi sening gunohingdan katta.
12Shu vaqtdan boshlab Pilat Isoni qo’yib yuborishga chora izlay boshladi. Ammo yahudiylar qichqirishardi: Agar Uni qo’yib yuborsang, sen Qaysarning do’sti emassan. O’zini podshoh deydigan har bir kishi Qaysarning dushmani bo’ladi!
13Pilat bu so’zni eshitgach, Isoni tashqariga olib chiqdi va yahudiycha Gabbata degan tosh supa ustidagi hukm kursisiga o’tirdi.
14O’sha kuni Fisih bayrami arafasi, tush mahali edi. Pilat yahudiylarga xitob qildi: Mana, Podshohingiz!
15Yo’q qil Uni, yo’q qil! Xochga mixlab qo’y! – deb baqirdi ular. Sizlarning Podshohingizni xochga mixlab qo’yaymi? – so’radi Pilat. Qaysardan boshqa podshohimiz yo’q, - deyishdi oliy ruhoniylar.
16Oxiri Pilat Isoni xochga mixlash uchun ularga topshirdi. Ular esa Isoni olib ketdilar.
17Iso O’z xochini ko’tarib, Boshsuyagi (yahudiycha Go’lgota) degan joyga keldi.
18U erda Isoni xochga mixlab qo’ydilar. Iso o’rtada bo’lib, chap va o’ng tomoniga yana ikki kishini mixlab qo’ydilar.
19Pilat shu mazmundagi lavhani yozib xochning tepasiga ostirib qo’ydi: “Yahudiylarning Podshohi nosiralik Iso”.
20Iso xochga mixlangan joy Shaharga yaqin bo’lgani uchun, bu lavhani anchagina yahudiylar o’qib o’tar edilar. Lavha yahudiy, yunon va lotin tillarida yozilgan edi.
21Yahudiy oliy ruhoniylari esa Pilatga borib Shunday dedilar: “Yahudiylarning Podshohi” deb yozma, balki O’zi aytganidek, “Men yahudiylarning Podshohiman”, deb yozib qo’y.
22Men nimaiki yozgan bo’lsam, Shundayligicha qolsin, - dedi Pilat.
23Askarlar Isoni mixlab bo’lib, Uning kiyimini oldilar. Har askarga bir parchadan tekkuday qilib, kiyimni to’rt bo’lakka bo’ldilar. Ichki ko’ylagini ham oldilar. Ichki ko’ylak boshdan-oyoq choksiz bir to’qima edi.
24Askarlar bir-biriga: Buni yirtmaylik, bu uchun qur’a tashlaymiz, kimga tushsa, o’shaniki bo’lsin, - deyishdi. Shu tariqa quyidagi Zabur oyati bajo bo’ldi: “Kiyimlarimni o’zaro bo’lishib olib, libosim uchun qur’a tashladilar”. Askarlar xuddi Shunday qildilar.
25Isoning xochi yonida Uning onasi, onasining opasi, Klopaning xotini Maryam hamda magdalalik Maryam turar edilar.
26Iso onasi yonida O’zining sevikli shogirdi turganini ko’rdi-da, onasiga: Ey ayol, mana bu sening o’g’ling! – dedi.
27Keyin shogirdiga qarab: Mena bu sening onang! – dedi. O’sha ondan boshlab u shogird Maryamni o’z uyiga olib ketdi.
28Shundan keyin Iso endi hammasining amalga oshganini ko’rdi. Zabur oyati bajo bo’lsin deb, U: Chanqadim! – dedi.
29Bu erda sirka to’la bir idish turgan edi. Askarlar sirka shimgichni botirdilar-da, nayning uchiga ilib, Isoning og’ziga olib bordilar.
30Iso sirkani tatib ko’rgach: Amalga oshdi! – dedi-yu, boshini egib jon berdi.
31O’sha kuni dam olish kuni arafasi – juma edi. Ertangi shanba juda tabarruk kun hioblangani uchun, yahudiy mansabdorlari jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, jasadlarning boldirlarini sindirib tashlab, xochdan tushirishni so’radilar.
32Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, so’ngra ikkinchi odamnning boldirlarini sindirib tashladilar.
33Isoning oldiga kelib, Uning allaqachon o’lganligini payqadilar, boldirlarini sindirmadilar.
34Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi.
35Bu hodisani ko’rgan kishi, sizlar ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqatni so’zlayotganini biladi.
36Ana shu bo’lib o’tgan hodisa: “Uning suyagi sinmaydi”, degan Zabur oyati bajo kelishi uchun ro’y berdi.
37Boshqa bir oyatda Shunday aytilgan: “Nayzalangan Odamga tikilib qaraydilar”.
38Bundan so’ng arimateyalik Yusuf Pilatdan Isoning jasadini xochdan tushirish uchun iltimos qildi. Yusuf Isoning shogirdi edi-yu, lekin yahudiylardan qo’rqqani uchun buni yashirib yurar edi. Pilat esa ijozat berdi. Shunda Yusuf borib, Isoning jasadini bo’shatib oldi.
39Bundan ilgari kechasi Isoning oldiga kelgan Nikodim ham yuz qadoqcha mirra bilan sabur qorishmasini olib keldi.
40Ular ikkovlon Isoning jasadini olib, yahudiylarning dafn odatlariga ko’ra, bu muattar moddalar bilan Uni kafanladilar.
41Iso mixlangan joyda bir bog’ bor edi, u bog’da hali hech murda qo’yilmagan yangi qabr bor edi.
42Yahudiylarning dam olish kuniga tayyorgarlik qilish muddati tugayotgani sababli ular, bu joy yaqinroq, deb Isoni o’sha qabrga ko’mdilar.

20-bob
1Haftaning birinchi kuni erta saharda, hali qorong’i paytda, magdalalik Maryam qabrning oldiga kelib, qabr og’zidagi toshning ag’darilganini ko’rdi.
2U yugurib Simun Butrus va Isoning sevgan boshqa shogirdi oldiga keldi-da: Rabbimni qabrdan olib ketishibdi, Uni qaerga qo’yishganini bilmaymiz, - dedi.
3O’sha zahoti Butrus va boshqa shogird qabr tomon jo’nashdi.
4Ikkovi birga yugurib ketishdi. Ammo u shogird Butrusdan tezroq yugurib, qabrga birinchi bo’lib etib keldi.
5U engashib ichkariga ko’z tashladi, u erda faqat kafan yotganini ko’rdi. O’zi qabrga kirmadi.
6Uning orqasidan Simun Butrus etib kelib, qabrga kirdi-yu, yotgan kafanni ko’rdi.
7Isoning boshiga o’ralgan ro’mol esa kafan bilan birga emas, alohida joyga yig’ishtirib qo’yilgan edi.
8Shunda avval kelgan shogird ham qabrga kirdi va ko’rib, ishonch hosil qildi.
9Lekin Iso o’lib tirilishi kerak, degan oyatlarni ular hali tushunmas edilar.
10Shundan so’ng shogirdlar yana o’z uylariga ketdilar.
11Maryam esa qabrning oldida turganicha, yig’lar edi. Yig’layotib, bir egilib qabr ichiga nazar soldi.
12Shunda oq kiyim kiygan ikki farishtani ko’rib qoldi. Biri Isoning jasadi yotgan joyning bosh tomonida, ikkinchisi esa oyoq tomonida o’tirgan edi.
13Ular Maryamga: Ey ayol, nega yig’layapsan? – deyishdi. Rabbimni olib ketishibdi, Uni qaerga qo’yishganini bilmayman, - dedi u.
14Shunday dedi-yu, orqasiga burilib, turgan Isoni ko’rdi. Lekin Uning Iso ekanligini bilmadi.
15Ey ayol, nega yig’layapsan? Kimni qidiryapsan? – dedi Iso unga. Maryam Uni bog’bon deb o’yladi. Unga: Og’a, agar sen Uni olib ketgan bo’lsang, qaerga qo’yganingni menga ayt-chi, men Uni borib olib kelay, - dedi.
16Iso unga: Maryam! – dedi. Rabuniy! – dedi Maryam Isoga qayrilib.
17Menga qo’l tegizma! – dedi Iso Maryamga. – Men hali Otamning huzuriga chiqqanim yo’q. Sen borib birodarlarimga Shunday deb aytgin: Men O’z Otam va sizlarning Otangizning, O’z Xudoyim va sizlarning Xudoyingizning huzuriga chiqib ketyapman.
18Shunda magdalalik Maryam shogirdlarning oldiga borib: Men Rabbimni ko’rdim! – dedi, Iso unga nimalar aytganini gapirib berdi.
19O’sha yakshanba kuni oqshomda shogirdlar to’plangan edilar. Ular yahudiy mansabdorlaridan qo’rqib, uyning eshiklarini qulflab qo’ygan edilar. Shu payt Iso kelib qoldi. U o’rtada turib shogirdlariga: Sizlarga tinchlik bo’lsin! – dedi.
20Shunday deb, qo’l-oyoqlarini va biqinini ularga ko’rsatdi. Shogirdlar Rabbimizni ko’rdik, deb juda sevindilar.
21Iso yana ularga dedi: Sizlarga tinchlik bo’lsin! Otam Meni qanday yuborgan bo’lsa, Men ham sizlarni Shunday yuboryapman.
22Shunday deb, ularning ustiga pufladi va: Muqaddas Ruhni olinglar, - dedi.
23Kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
24O’n ikki shogirddan biri “Egiz” laqabli To’ma, Iso kelganda u erda yo’q edi.
25Boshqa shogirdlar unga: Biz Rabbimizni ko’rdik, - deyishdi. To’ma ularga Shunday dedi: Men Uning qo’llaridagi mix chandiqlarini ko’rmagunimcha, Uning mix chandiqlariga o’z barmog’imni tegizmagunimcha, qo’limni Uning biqiniga qo’ymagunimcha, ishonmayman.
26Sakkiz kundan so’ng Isoning shogirdlari yana uyda to’plangan edilar, To’ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf bo’lgan vaqtda Iso keldi va o’rtalarida turib: Sizlarga tinchlik bo’lsin! – dedi.
27Keyin To’maga qarab: Barmog’ingni bu yoqqa tekiz! Mening qo’llarimni ko’r, qo’lingni cho’zib biqinimga qo’y va imonsiz bo’lma, imonli bo’l! – dedi.
28To’ma Isoga: Ey, mening Rabbim va Xudoyim! – deb javob berdi.
29Iso unga Shunday dedi: Sen Meni ko’rganing uchun ishonding. Ko’rmay ishonganlar qanday baxtlidirlar!
30Iso bu kitobda yozilmagan boshqa bir talay ibratli mo’’jizalarni O’z shogirdlariga ko’rsatdi.
31Bular esa Iso – Xudoning O’g’li, Masih ekanligiga ishonishingiz uchun va ishonib, Uning nomi bilan hayotga erishishingiz uchun yozilgan.

21-bob
1Undan keyin Tiveriya ko’li bo’yida Iso O’zini yana shogirdlariga ko’rsatdi. Bu shu yo’sinda sodir bo’ldi:
2Simun Butrus, “Egiz” laqabli To’ma, Jalilaning Kana shahridan bo’lgan Natan’il, Zabadiyning o’g’illari va boshqa ikki shogird bir joyda edilar.
3Simun Butrus boshqalarga: Men baliq ovlagani ketyapman, - dedi. Bizlar ham sen bilan boramiz, - deyishdi ular va qayiqqa tushib, jo’nab ketishdi. Lekin o’sha kecha hech narsa tutisholmadi.
4Kun yorishgach, Iso qirg’oqda turar edi. Shogirdlari esa Uning Iso ekanligini payqamadilar.
5Bolalar, sizlarda biron ovqat bormi? – so’radi Iso ulardan. Yo’q, - dedi ular.
6To’ringizni qayiqning o’ng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, - dedi Iso. Ular esa to’rni tashladilar va baliq ko’pligidan tortib ololmadilar.
7Shu payt Isoning sevikli shogirdi Butrusga: Ana, Rabbimiz! – dedi. Simun Butrus bu Rabbimiz, deb eshitiboq, echib tashlagan jomasini kiydi-yu, o’zini ko’lga otdi.
8Boshqa shogirdlar esa baliq to’la to’rni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quruqlikdan yaqin taqriban yuz gaz narida edilar.
9Qirg’oqqa chiqqanlarida, yonib turgan ko’mirni va qovurilayotgan baliq bilan nonni ko’rdilar.
10Iso ularga: Sizlar hozir tutgan baliqlaringizni olib kelinglar, - dedi.
11Simun Butrus borib, to’rni qirg’oqqa tortib chiqardi. To’rda bir yuz ellik uchta katta baliq bor edi. Baliqlar ko’pligiga qaramasdan, to’r yirtilmadi.
12Iso shogirdlariga: Kelib ovqatlaninglar, - dedi. Ulardan hech biri: “Sen kimsan?” – deb so’rashga botinolmadi, chunki ular Bu bizning Rabbimiz, deb bilar edilar.
13Iso yaqinroq kelib, nonni oldi va ularga berdi. Baliqni ham Shunday bo’lib berdi.
14Shu yo’sin Iso tirilganidan keyin uchinchi marta shogirdlariga zohir bo’ldi.
15Nonushta qilib bo’lishgach, Iso Simun Butrusdan so’radi: Yunus o’g’li Simun, sen Meni ulardan ko’proq sevasanmi? Ha Rabbim! Men Seni yaxshi ko’rishimni O’zing yaxshi bilasan-ku, - dedi Unga Butrus. Qo’zilarimni o’tlat, - dedi unga Iso.
16Ikkinchi marta Iso Butrusdan yana so’radi: Yunus o’g’li Simun, sen Meni sevasanmi? Ha, Rabbim! Seni yaxshi ko’rishimni O’zing bilasan-ku, - dedi Butrus Unga. Qo’ylarimni boq, - dedi unga Iso.
17So’ng uchinchi marta Butrusdan so’radi: Yunus o’g’li Simun, sen Meni yaxshi ko’rasanmi? O’zidan uch marta “Meni yaxshi ko’rasanmi”, deb so’raganiga Butrus xafa bo’ldi. Rabbim! Sen hammasini bilasan, men Seni yaxshi ko’rishimni ham bilasan, - dedi Butrus. Iso unga Shunday dedi: Qo’ylarimni o’tlat!
18Senga rostini aytayin: yosh bo’lganingda kamaringni o’zing bog’lar, xohlagan joyingga borar eding. Lekin qariganingda esa qo’llaringni uzatasan va boshqa birov kamaringni bog’laydi-yu, seni xohlamagan joyingga olib boradi.
19Iso bu so’zlarni Butrusning qay yo’l bilan o’lib, Xudoni ulug’lashiga ishora qilib aytgan edi. So’ngra unga: Mening orqamdan yur! – dedi.
20Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini ko’rdi. Bu kechki ziyofatda Isoning bag’riga bosh qo’yib: “Rabbim, Seni kim tutib beradi?” – deb so’ragan shogirdi edi.
21Butrus uni ko’rib, Isodan: Rabbim, uning taqdiri nima bo’ladi? – deb so’radi.
22Iso unga: Agar Men kelgunimgacha uning sog’ qolishini istasam, bundan senga nima? Sen Mening orqamdan yuraver, - dedi.
23Shunday qilib, birodarlar orasida bu shogird o’lmaydi, degan gap-so’z tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni o’lmaydi demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning sog’ qolishini istasam, bundan senga nima”, deb aytgan edi.
24Ana shu shogird bu ishlarning hammasiga guvoh bo’lib, ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz.
25Iso bajargan boshqa bir talay ishlar ham bor. Bular birma-bir yozib chiqilganida edi, yozilgan kitoblar olamga sig’mas edi, deb o’ylayman. OMIN.

No comments: