Matto bayon etgan Xushxabar
1-bob
1Ibrohim o’g’li, Dovud o’g’li Iso Masihning nasabnomasi.
2Ibrohimdan Ishoq tug’ildi. Ishoqdan Yoqub tug’ildi. Yoqubdan Yahudo va uning aka-ukalari tug’ildilar.
3Yahudo va Tamaradan Paras hamda Zarah tug’ildilar. Parasdan Xasro’n tug’ildi. Xasro’ndan Aram tug’ildi.
4Aramdan Amminadab tug’ildi. Amminadabdan Naxsho’n tug’ildi. Naxsho’ndan Salmo’n tug’ildi.
5Salmo’n va Rahobadan Bo’az tug’ildi. Bo’az va Rufdan Obid tug’ildi. Obiddan Ishay tug’ildi.
6Ishaydan podshoh Dovud tug’ildi. Podshoh Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug’ildi.
7Sulaymondan Rahaba’m tug’ildi. Rahaba’mdan Abiyo tug’ildi. Abiyodan Oso tug’ildi.
8Osodan Yo’shafat tug’ildi. Yo’shafatdan Yo’ram tug’ildi. Yo’ramdan Uzziyo tug’ildi.
9Uzziyodan Yo’tam tug’ildi. Yo’tamdan Ahaz tug’ildi. Ahazdan Hizqiyo tug’ildi.
10Hizqiyodan Manashe tug’ildi. Manashedan Amo’n tug’ildi. Amo’ndan Yo’shiyo tug’ildi.
11Yo’shiyodan Yo’akim tug’ildi. Yo’akimdan Bobilga surgun bo’lish davrida Yako’niyo bilan aka-ukalari tug’ildilar.
12Bobildagi surgunlik davridan keyin Yako’niyodan Shaaltiel tug’ildi. Shaaltieldan Zarubobil tug’ildi.
13Zarubobildan Abihud tug’ildi. Abihuddan Elyoqim tug’ildi. Elyoqimdan Azo’r tug’ildi.
14Azo’rdan Sado’q tug’ildi. Sado’qdan Axim tug’ildi. Aximdan Elixud tug’ildi.
15Elixuddan Il’azar tug’ildi. Il’azardan Mattan tug’ildi. Mattandan Yoqub tug’ildi.
16Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tug’ildi. Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug’ildi.
17Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi bo’lib o’n to’rt nasl, Dovuddan Bobil surgunligigacha o’n to’rt nasl va Bobil surgunligidan Masih kelishigacha o’n to’rt nasldir.
18Iso Masihning tug’ilishi shunday sodir bo’ldi: Uning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo’yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekani ma’lum bo’ldi.
19Uning eri Yusuf esa solih odam bo’lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, yashirincha qo’yib yuborishi niyatida bo’ldi.
20Buni o’ylab ko’rganidayoq, Xudovandining bir farishtasi tushida unga ko’rinib: “Ey Dovud o’g’li Yusuf! – dedi - Sen Maryamni o’zingga xotinlikka olishdan qo’rqma; chunki uning vujudidagi homila Muqaddas Ruhdan paydo bo’lgan.
21U o’g’il tug’adi va Uning ismini Iso qo’yasan, chunki U O’z xalqini gunohlardan qutqaradi.
22Bularning bari esa Xudovandning payg’anbar orqali aytgani bajo kelishi uchun ro’y berdi. Payg’ambar:
23“Qiz homilali bo’lg’ay va o’g’il tuqqay, Uning ismini esa Immanuil - qo’yurlar”, - deb karomat qilgan edi. Immanuil - “Xudo biz bilan” demakdir”.
24Yusuf uyg’ongach, Xudovandning farishtasi unga buyurganidek qildi va Maryamni xotinlikka oldi.
25Lekin u tug’maguncha unga yaqinlashmadi. Nihoyat Maryam o’zining to’ng’ich o’g’lini tug’di va Uning ismini Iso qo’ydi.
2-bob
1Iso podshoh Hirod davrida, Yahudiyaning Baytlahm Shaharchasida tug’ilganidan keyin, sharqdan Quddusga munajjimlar keldi.
2Ular: Yahudiylarning podshohi bo’lib tug’ilgan bola qaerda? Biz sharqda Uning yulduzini ko’rdik, Unga ta’zim qilgani keldik, - dedilar.
3Podshoh Hirod buni eshitgach, u bilan butun Quddus bezovtalanib ketdi.
4U barcha yahudiy oliy ruhoniylari va ulamolarini to’plab, ulardan Masihning qaerda tug’ilishi kerakligini so’radi.
5Ular esa: Yahudiyaning Baytlaham shahrida, - deyishdi unga, - chunki payg’ambarning kitobida Shunday yozilgan:
6“Ey Yahudo diyoridagi Baytlahm! Sen Yahudo ulug’laridan aslo kam emassan. Zero xalqim - Isroilni boquvchi Dohiy Sendan kelib chiqajak”.
7O’shanda Hirod munajjimlarni yashirincha chaqirib, ulardan yulduzning paydo bo’lgan aniq vaqtini bilib olib.
8So’ng ularni Baytlahmga yuborib: Boringlar, chaqaloq haqida sinchiklab surishtiringlar. Uni topgach menga xabar beringlar, toki men ham borib Unga ta’zim qilayin, - dedi.
9Munajjimlar podshohning so’zlariga quloq solib jo’nadilar. Ular sharqda ko’rgan yulduz esa ularga yo’l ko’rsatib bordi va nihoyat chaqaloq yotgan joy tepasiga kelib to’xtadi.
10Ular yulduzni ko’rib, haddan ziyod quvondilar.
11Uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko’rdilar-da, muk tushib chaqaloqqa ta’zim qildilar. So’ng xazinalarini ochib, Unga oltin, xushbo’y tutatqilar va mumiyo tortiq qildilar.
12Hirodga qaytmaslik haqida tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo’l bilan o’z yurtlariga qaytib ketdilar.
13Munajjimlar jo’nab ketganlaridan so’ng, Xudovandining bir farishtasi Yusufga tushida ko’rinib: “O’rningdan tur! - dedi. Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha, u erda qolgin. Chunki Hirod chaqaloqni qidirib topsa, uni halok qilish niyati bor”.
14Yusuf shu kechasiyoq turib, chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qarab yo’lga tushdi.
15Hirodning ajali etgunigacha, u erda qoldi. Shu tariqa Xudovandning: “Men O’g’limni Misrdan chaqirib oldim”, - deb payg’ambar orqali aytgan so’zi bajo keldi.
16Hirod munajjimlar tomonidan aldanganini payqagach, juda qattiq g’azablandi. Ulardan bilib olgan vaqtga ko’ra, Baytlahm hamda uning tevarak-atroflaridagi ikki yosh va undan kichik bo’lgan hamma o’g’il bolalarni qilichdan o’tkazgani kishi yubordi.
17O’shanda Eremiya payg’ambarning ushbu karomati bajo keldi:
18Ramadan bir nido eshitilur, cheksiz bir nolayu ohu fig’on, bu. Bolalari uchun yig’lar Rohila, hech na yupatolmas, endi ular yo’q.
19Hirodninng o’limidan keyin Xudovandning bir farishtasi Misrda Yusufga tushida ko’rinib:
20O’rningdan tur! - dedi. Chaqaloq bilan onasini olib, Isroil mamlakatiga yo’l ol. Chunki chaqaloqning joniga qasd qilganlar olamdan o’tdi”.
21Shunda Yusuf chaqaloq bilan onasini olib jo’nadi. Isroil mamlakatiga qaytib keldi.
22Ammo Yaxudiyada Hirod o’rniga uning o’g’li Arxelay taxtga chiqqanini eshitib, u erga borishga qo’rqdi. Biroq tushida vahiy kelgach, u Jalila yurtiga bordi.
23U yurtning Nosira degan shahrida joylashdi. Shunday qilib, “U nosiralik deb atalgay”, - degan payg’ambar so’zi bajo keldi.
3-bob
1O’sha kunlarda Yahyo payg’ambar paydo bo’lib, Yahudiya cho’lida voizlik qila boshladi.
2U: “ Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” - deb xitob qilar edi.
3Bu voqea esa Isha’yo payg’ambarga vahiy qilingan shu oyatga to’g’ri keladi: “Mana, cho’lda nido yangramoqda: Xudovand yo’lini tayyorlangiz, ravon aylangiz so’qmoqlarin! - deya”.
4Yahyoning o’zi tuya junidan kiyim kiyib, beliga teridan kamar taqar edi. Uning eguligi esa chigirtka bilan yovvoyi asal edi.
5Quddusda, Yaxudiya yurti bo’ylab va O’rdun daryosi atrofida yashovchilarning hammasi Yahyo payg’ambarning oldiga chiqar edi.
6Ular gunohlarini e’tirof etib, Yahyoning buyrug’i bilan O’rdun suviga cho’mib imon keltirar edilar.
7Farziy va sadduqiy mazhablaridan ham talay kishi cho’mish uchun uning oldiga kelayotganlarini Yahyo ko’rib, ularga dedi: “Voy ilonlar zoti! Boshingizga keladigan Xudo g’azabidan qochib qutulishingizni sizlarga kim uqtirdi?
8Bundan buyon tavba qilganingizga yarasha hosil beringlar!
9“Ibrohim bizning otamiz” - deb ko’nglingizdan o’tkazmanglar. Men sizlarga aytamanki, Xudo shu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir.
10Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi-ku. Yaxshi meva bermagan har qanday daraxt kesilib olovga tashlanadi.
11Men sizlarni tavbaga chaqirish uchun suvga cho’mdirib yuribman. Lekin mening ketimdan Kelayotgan mendan qudratlidir. Men Uning choriqlarini ko’tarishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruxga va olovga cho’mdiradi.
12Uning panshaxasi qo’lida tayyor turibdi. U O’z xirmonini shopirib tashlaydi; bug’doyini omborga to’plab, somonni so’nmas o’tda yondirib yuboradi”.
13O’shanda Iso Yahyoning xuzurida suvga cho’mish uchun Jaliladan O’rdun daryosi bo’yiga keldi.
14Lekin Yahyo Isoni to’xtatmoqchi bo’lib: Men Sening huzuringda imon keltirishim kerak edi. Sen bo’lsang, mening oldimga kelyapsanmi? - dedi.
15Iso unga javob berib: Endi rozi bo’l, chunki biz shu yo’sinda ilohiy amrni to’la bajarishimiz o’rinlidir, - dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi.
16Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo’ngani ko’rindi.
17Osmondan esa: “Bu Mening sevikli O’g’limdir, Undan mamnunman”, - degan nido keldi.
4-bob
1O’shanda Iso, iblisning sinovidan o’tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi.
2U qirq kun va qirq kecha ro’za tutib, oxiri och qoldi.
3Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib Unga: Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi.
4Iso unga javoban dedi: Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og’zidan chiqqan har bir so’z bilan yashaydi”, deb yozilgan.
5Keyin iblis Isoni tabarruk Shaharga keltirdi va ma’badning tepasida turg’izib,
6Unga dedi: Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang, O’zingni pastga tashla-chi. Chunki Zaburda Shunday yozilgan-ku: “U Sen haqda O’z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo’llarida ko’tarib ketar, oyog’ing ham toshga qoqilib ketmas”.
7Iso unga: “Egang Xudovandni sinama”, deb yozilgani ham bor, - dedi.
8Iblis Isoni yana juda baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda ularning hashamatini Unga ko’rsatib:
9Agar tiz cho’kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi.
10Shunda Iso: Yo’qol ko’zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo’l”, deb yozilgan, - dedi.
11Shundan so’ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar.
12Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi.
13U Nosira shaxrida ko’p qolmay, Zavulun va Naftoli yurtidagi ko’l bo’yida joylashgan Kafarnahum shahriga kelib o’rnashdi.
14Shunday qilib, Isha’yo payg’ambarga vahiy bo’lgan ushbu oyat bajo keldi:
15“Ey Zavulun diyori va Naftoli diyori, O’rdun nahrining naryog’ida, Dengiz yo’lida joylashgan majusiylar Jalilasi!
16Zulmatda qolib kelgan xalq katta ziyoni ko’rdi, o’lim soyasiga burkangan el ufqlari yorishdi”.
17Shu kundan boshlab Iso voizlik qiladigan bo’lib: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb aytar edi.
18Jalila ko’li yonidan o’tayotganida, Iso ko’lga to’r tashlab turgan ikki aka-uka - Butrus deb ataluvchi Simun va uning ukasi Idrisni ko’rib qoldi. Ular baliqchi edilar.
19Iso ularga: “Mening orqamdan yuringlar, Men sizni inson ovchilari qilaman”, - dedi.
20Aka-uka darhol to’rlarini qoldirib, Uning orqasidan ergashdilar.
21U erdan o’tayotib, Iso boshqa ikki aka-uka - Zabadiyning o’g’li Yoqub va uning ukasi Yuhannoni ko’rib qoldi. Ular otalari Zabadiy bilan birga qayiqda to’rlarini yamab o’tirishgan edi. Iso ularni ham chaqirdi.
22Ular ham darhol qayiqni va otalarini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.
23Iso butun Jalilani aylanib chiqdi. U yurtning ibodatxonalarida ta’lim berib, Xudoning Shohligi to’g’risidagi Xushxabarni e’lon qilib, odamlardagi har turli kasallik va darmonsizlikni shifolab yurdi.
24U haqdagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli-tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlar, jinga chalinganlar, tutqanoq va shol kasaliga yo’liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishar, U esa ularni sog’aytirar edi.
25Jalila va O’nkent viloyatidan, Quddusdan, Yahudiya hamda O’rdunning narigi tomonidagi yurtlardan kelgan ko’plab xaloyiq Uning orqasidan ergashib bordi.
5-bob
1Iso talay xaloyiqni ko’rib, toqqa chiqib o’tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi.
2Iso ularga ta’lim berish uchun og’zini ochib, dedi:
3“Ruhan kambag’al bo’lganlar baxtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
4Yig’layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topur.
5Beozor bo’lganlar baxtlidir, chunki ular er yuziga ega bo’lur.
6Adolatga ochu chanqoqlar baxtlidir, chunki ular to’q bo’lur.
7Rahmdil bo’lganlar baxtlidir, chunki ular rahm-shafqat topur.
8Pokdil bo’lganlar baxtlidir, chunki ular Xudoni ko’rur.
9Tinchlik o’rnatuvchilar baxtlidir, chunki ular Xudo o’g’illari deyilur.
10Adolat yo’lida jabr ko’rganlar baxtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
11Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg’in etsa, siz haqda yolg’on gapirib fisqu g’iybat qilsa, baxtlisiz!
12Sevininglar va xursand bo’linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o’tgan payg’ambarlar ham Shunday quvg’in bo’lgan”.
13Siz - yerning tuzisizlar. Agarda tuz kuchini yo’qotsa, uni yana qanday sho’r qilish mumkin? U endi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida poymol bo’lishdan boshqaga yaramaydi.
14Siz - dunyoning nurisizlar. Tog’ning tepasida qurilgan Shahar yashirin qololmaydi.
15Shuningdek, shamni yoqib, keyin idish bilan yopib qo’yishmaydi. Uydagilarning hammasiga yorug’lik bersin, deb uni shamdonga qo’yishadi.
16Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida Shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko’rib, osmondagi Otangizni ulug’lasinlar”.
17“Meni Tavrot yoki payg’ambar oyatlarini bekor qilgani keldi, deb o’ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim.
18Sizga chinini aytayin: eru osmon tugamaguncha va taqdir etilgan hamma narsa amalga oshmaguncha, Tavrotdan na bir harf, na bir nuqta o’chadi.
19Shunday qilib, kim bu amrlarning eng kichigini ham insonlarga buzib o’rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo’ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib boshqalarga o’rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo’ladi.
20Sizlarga aytib qo’yay: agar sizning solihligingiz ulamolar va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, Osmon Shohligiga kirolmaysizlar”.
21“Qadimgilarga: “Odam o’ldirma; kim odam o’ldirsa, javobgarlikka tortiladi”, - deb aytilganini eshitgansizlar.
22Lekin Men sizga aytaman: kimki birodariga behuda g’azablansa, javobgarlikka tortiladi. Kimki birodariga ahmoq desa, oliy mahkamada javob beradi. Kimki birodariga telba desa, jahannam olovida javob beradi.
23Shunday qilib, sen xayr-ehsoningni qurbongohga olib kelganingda, agar u erda birodaring sendan xafa ekani yodingga tushsa,
24xayr-ehsoningni u erda, qurbongoh oldida qoldir va borib, avval birodaring bilan yarashgil. Shundan keyin kelib, xayr-ehsoningni bajo keltir.
25Sen raqibing bilan qozixonaga borarkansan, yo’l-yo’lakay u bilan kelishishga shoshil, toki raqibing seni qoziga, qozi esa mirshabga topshirib, seni zindonga tashlamasin.
26Senga chinini aytayin: oxirgi tiyiningni bermaguningcha, u erdan chiqolmaysan!”
27“Qadimgilarga: “Zino qilma”, - deb aytilganini eshitgansizlar.
28Lekin Men sizga aytaman: kim bir ayolga shahvat bilan qarasa ham, allaqachon ko’nglida u bilan zino qilgan bo’ladi.
29Agar sening o’ng ko’zing gunoh qilishingga sabab bo’lsa, uni sug’urib tashla. Chunki butun badaning jahannamga tashlanishidan ko’ra, a’zoyingdan birining nobud bo’lgani sen uchun yaxshiroqdir.
30Agar sening o’ng qo’ling gunoh qilishingga sabab bo’lsa, uni chopib tashla. Chunki butun badaning jahannamga yo’liqishidan ko’ra, a’zoyingdan birining nobud bo’lgani sen uchun yaxshiroqdir.
31Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajralmoqchi bo’lsa, unga taloq xatini yozib bersin”.
32Lekin Men sizga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab bilan xotinidan ajralsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajralgan xotinga uylansa, zino qilgan bo’ladi”.
33“Yana qadimgilarga: “Qasamdan qaytma. Ichgan qasamlaringni Xudovand oldida bajo keltir”, - deb aytilganini eshitgansizlar.
34Lekin Men sizga aytaman: hech qanday qasam ichmanglar - na osmon haqi, chunki u Xudoning taxtidir;
35na er haqi, chunki u Xudoning poyandozidir; na Quddus haqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir.
36Boshing haqi ham qasam ichma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilolmaysan.
37Sizlarning so’zingiz faqat “ha” yoki “yo’q” bo’lsin. Bundan ortig’i esa shaytonlikdir”.
38“Sizlar: “Ko’z evaziga ko’z, tish evaziga tish”, - deb aytilganini eshitgansizlar.
39Lekin Men sizga aytaman: yomonga qarshi chiqma. Kim sening o’ng chakkangga ursa, unga ikkinchisini ham o’gir.
40Kim sen bilan da’volashib, ko’ylagingni olmoqchi bo’lsa, unga to’ningni ham berib yubor.
41Kim seni bir chaqirim yo’l yurishga majbur qilsa, u bilan ikki chaqirim yur.
42Sendan so’raganga ber, sendan qarz olmoqchi bo’lgandan yuz o’girma”.
43“Yana: “Qardoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan”, - deb aytilganini eshitgansizlar.
44Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. Sizni la’natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulm o’tkazganlar uchun ibodat qilinglar.
45Shunda siz osmondagi Otangizning o’g’illari bo’lasizlar. Chunki U O’z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg’irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog’diradi.
46Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo’lurmi? Soliqchilar ham xuddi Shunday qilishmaydimi?
47Agar siz faqat birodarlaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo’lasizlar? Butparastlar ham xuddi Shunday qilishmaydimi?
48Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo’lgani kabi, siz ham barkamol bo’linglar”.
6-bob
1“Ehtiyot bo’linglar, savobli ishingizni odamlarga ko’rinish uchun hammaning ko’z o’ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar.
2Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo’lsang, o’tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko’cha-ko’yda Shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: bular o’zlariga yarasha mukofotni olib bo’ldilar.
3Sen sadaqa berayotganingda, chap qo’ling o’ng qo’ling nima qilayotganini bilmasin.
4Ya’ni sening muruvvating yashirin bo’lsin. Shunda yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi”.
5“Ibodat qilayotganingizda, odamlarga ko’rinish uchun ibodatxonalarda va ko’cha burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko’radigan ikkiyuzlamachilarga o’xshamanglar. Sizlarga chinini aytayin: ular o’zlariga yarashasini olib bo’ldilar.
6Sen esa ibodat qilayotganingda o’z hujrangga kir va eshikni berkitib, yashirin bo’lgan Otangga ibodat qil. Shunda yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi.
7Ibodat qilayotganingizda, majusiylar kabi ortiqcha so’zlarni takrorlab turmanglar. Ular: ko’p so’zlasam, ibodatim ijobat bo’ladi, deb o’ylaydilar.
8Ularga o’xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so’rashingizdan oldin biladi.
9Sizlar esa bunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug’lansin.
10Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo’lgani kabi, erda ham Sening irodang bajo kelsin.
11Bugungi rizq-ro’zimizni bergin.
12Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
13Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin. Saltanat, kuch-kudrat va shon-shuxrat to abad Senikidir.
14Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi.
15Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi”.
16“Ro’za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq osiltirib yurmanglar. Ular ro’za ekanlarini odamlarga bildirish uchun o’zlarini avzoyi buzuq qilib ko’rsatadilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o’zlariga yarashasini olib bo’ldilar.
17Lekin sen ro’za tutganingda, o’zingni yuvib-tarab yurgin,
18toki ro’za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo’lgan Otangga oshkor bo’lsin. Yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi Otang esa seni aniq taqdirlaydi”.
19“Bu dunyoda kuya va zang eb ketadigan hamda o’g’ri teshib talaydigan xazinalarni jamlamanglar.
20Aksincha, kuya va zang eb ketmaydigan, o’g’ri teshib talamaydigan u dunyoning xazinalarini jamlanglar.
21Xazinangiz qaerda bo’lsa, yuragingiz ham o’sha erda bo’lur.
22Ko’z – tanning chirog’idir. Agar sening ko’zing tiniq bo’lsa, butun taning ham yorug’ bo’lur.
23Ammo ko’zing yomon bo’lsa, butun taning ham qorong’i bo’lur. Agarda ichingdagi nur qorong’i bo’lib tursa, u qorong’ilik qanchalik qo’rqinchli bo’lur!
24Hech kim ikki xo’jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko’rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo’yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig’ina olmaysizlar”.
25“Binobarin, sizga shuni aytaman: nima eb, nima ichamiz, deb joningiz uchun, nima kiyamiz, deb taningiz uchun tashvishlanib yurmanglar. Jon ovqatdan, tan esa kiyimdan afzal emasmi?
26Ko’kda uchuvchi qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o’radi, na omborga don yig’adi. Shunga qaramay, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Siz esa ulardan ancha a’loroq emasmisiz?
27Sizlardan kim tashvishlanib, o’z umrini bir lahza bo’lsin uzaytira olar ekan?
28Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Dashtdagi piyozgullarning qanday o’sishiga qarab, ibrat olinglar: ular na mehnat qilar, na charx yigirar.
29Ammo sizlarga aytib qo’yay: hatto podshoh Sulaymon ham o’zining shuhrat cho’qqisida bularning hech biriday kiyinmagan edi.
30Agar Xudo bugun bor bo’lib, ertaga o’choqqa otiladigan dasht o’tiga Shunday zeb bergan bo’lsa, sizni undan kam ko’rarmidi, ey imoni sustlar?!
31Shunday ekan, nima eymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar.
32Majusiylar hadeb bularning g’amida yurishadi. Lekin samoviy Otangiz siz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku!
33Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo’linglar, shunda bularning hammasi sizga qo’shimcha qilib beriladi.
34Binobarin, ertagi kun haqida tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o’ziga tegishlidir. Har bir kunning dardi o’ziga etar”.
7-bob
1“Boshqalarni hukm qilmanglar, siz ham mahkum bo’lmaysiz.
2Sizlar qanday hukm qilsangiz, sizga ham Shunday hukm o’tkaziladi. Sizlar qanday o’lchov bilan o’lchasangiz, sizga ham Shunday o’lchov tatbiq etiladi.
3Nega sen birodaring ko’zidagi cho’pni ko’rasanu, lekin o’z ko’zingdagi xodani sezmaysan?
4Sening ko’zingda xoda bor ekan, qanday qilib birodaringga: “Kel ko’zingdagi cho’pni chiqarib olay”, - deysan?
5Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o’z ko’zingdan xodani chiqarib ol, keyin birodaring ko’zidan cho’pni qanday chiqarmoq uchun ko’zing ochiladi.
6Muqaddas bo’lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho’chqalar oldiga tashlamang. Tag’in bularni oyoq osti qilib, so’ngra o’zingizni tilka-pora qilmasinlar!”
7“So’rab turing, sizga beriladi. Izlab turing, topasizlar. Taqillatib turing, sizga ochiladi.
8Chunki har bir so’ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar.
9Orangizda bir kimsa bormi, o’g’li undan non so’raganda, unga tosh bersa?
10Yoki baliq so’raganda, unga ilon bersa?
11Sizlar yovuz bo’la turib, bolalaringizga yaxshi hadyalar berishni bilsangiz, boz ustiga osmondagi Otangiz Undan so’raganlarga mo’l-ko’l ne’matni beradi!
12Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, siz ham ularga Shunday muomalada bo’ling. Tavrot va payg’ambarlar ta’limotining mag’zi shundadir”.
13“Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga eltuvchi yo’l ko’p enli, darvozasi esa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko’p.
14Hayot sari eltuvchi yo’l esa tang, eshigi juda tordir. Bu yo’lni topadiganlar oz”.
15“Soxta payg’ambarlardan ehtiyot bo’linglar! Ular sizning oldingizga qo’y kiyimida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo’rilardir.
16Ularni mevalaridan bilib olasizlar. Tikanakdan uzum, yoki yantoqdan anjir terisharmikan?
17Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva berar, yomon daraxt esa yomon meva berar.
18Yaxshi daraxt yomon meva berolmas, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmas.
19Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi.
20Shunday qilib, soxta payg’ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.
21Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy” deb chaqirgani bilan har bir odam Osmon Shohligiga kiravermaydi. Bunga osmondagi Otamning irodasini bajo keltiruvchigina erishadi.
22Qiyomat kunida ko’plar Menga: “Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlar Sening noming bilan bashorat qilmadikmi? Sening noming bilan jinlarni quvib chiqarmadikmi? Sening noming bilan ko’pgina mo’’jizalar yaratmadikmi?” - deydilar.
23O’sha vaqtda Men ularning yuziga qarab: Men sizlarni hech qachon tanigan emasman. Ey badkirdorlar, Mening oldimdan ketinglar! - deyman”.
24“Endi kim Mening bu so’zlarimni eshitib, ularni bajo keltirsa, uni o’z uyini tosh ustiga qurgan farosatli odamga o’xshataman.
25Yomg’ir yog’ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o’rnatilgani uchun qulamabdi.
26Biroq kim Mening bu so’zlarimni eshitib, ularni bajo keltirmasa, o’z uyini qum ustiga qurgan farosatsiz odamga o’xshaydi.
27Yomg’ir yog’ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Uy esa qulab, er bilan yakson bo’libdi”.
28Iso bu so’zlarni aytib bo’lgandan keyin, xaloyiq Uning ta’limotiga hayron qoldi.
29Chunki Iso ularga ulamolar va farziylar kabi emas, balki qudratli kuch egasiday ta’sirchan ta’lim berar edi.
8-bob
1Iso tog’dan tushgach, tumonat xaloyiq Uning orqasidan ergashdi.
2Shu o’rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, - dedi.
3Iso qo’lini uzatdi va unga tegizib: Istayman, pok bo’l! - dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig’ bo’ldi.
4Iso unga: Ehtiyot bo’l, buni hech kimga aytma. Lekin borib, o’zingni ruhoniyga ko’rsat va sog’ayganingni tasdiqlatgin, Muso payg’ambar buyurgan qurbonlikni keltirib ber, - dedi.
5Iso Kafarnahum shahriga kirib kelayotganida, bir yuzboshi Uning oldiga keldi va yolvorib:
6Hazrat, mening xizmatkorim uyda shol bo’lib g’oyat qiynalib yotibdi, - dedi.
7Iso unga: Men borib uni sog’aytiraman, - dedi.
8Yuzboshi javob berib: Hazrat! – dedi. - Kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman. Sen birgina so’z aytsang bas, xizmatkorim sog’ayib ketadi.
9Chunki men ham buyruqqa tobe odamman, Shuningdek, mening buyrug’imga bo’ysunuvchi askarlarim ham bor. Biriga “ket” desam, ketadi. Boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
10Iso buni eshitgach hayron qoldi. Orqasidan ergashib kelayotganlarga.: Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Men bunchalik buyuk ishonchni Isroilning biron joyida ham topmadim.
11Sizlarga shuni aytaman: qiyomatda sharqu g’arbdan ko’plar kelib, Osmon Shohligida Ibrohim, Ishoq va Yoqub bilan birga ziyofatga o’tirishadi. 12Lekin Shoh ahlining o’zlari esa tashqi qorong’ilikka otiladilar. U erda zor yig’lab, tish g’ichirlatadilar.
13Keyin Iso yuzboshiga: Bor, sen ishonganingdek bo’lsin, - dedi. Yuzboshining xizmatkori esa o’sha zahoti sog’ayib ketdi.
14Iso Butrusning uyiga kelganida, uning qaynonasi isitmalab yotganini ko’rdi.
15Iso uning qo’liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol esa turib, Unga xizmat qila boshladi.
16Kech kirishi bilan, jinga chalingan bir talay kishini Isoning oldiga keltirishdi. U so’z bilan yomon ruhlarni quvib chiqardi, dardga yo’liqqanlarning hammasini sog’aytirdi.
17Shu tariqa Isha’yo payg’ambarga vahiy bo’lgan ushbu oyat bajo keldi: “U bizning kasalliklarimizni ko’tardi, dardlarimizni esa O’zi chekdi”.
18Iso atrofida ko’p xaloyiqni ko’rgach, shogirdlariga narigi tomonga suzib o’tishni buyurdi.
19Shu vaqtda bir ulamo Unga yaqinlashib: Ustoz, qaerga borma, men Sening orqangdan yuraman, - dedi.
20Iso unga: Tulkilarning inlari bor, osmon qushlarining uyalari bor. Lekin Inson O’g’lining bosh suqadigan joyi yo’q, - dedi.
21Shogirdlardan boshqa biri Isoga: Hazrat, oldin borib otamni ko’mib kelishimga ijozat ber, - dedi.
22Lekin Iso unga: sen Mening orqamdan yur. O’liklarni qo’y, ularni o’zicha o’lik bo’lganlar ko’msin, - dedi.
23Iso qayiqqa tushganida, Uning ketidan shogirdlari ham tushishdi.
24Qo’qqisdan ko’lda kuchli to’fon ko’tarildi, qayiq to’lqinlar og’ushida qoldi. Iso esa uyquda edi.
25Shogirdlari Uning yoniga bordi-da, Uni uyg’otishib: Yo Rabbiy, bizlarni qutqar, halok bo’lyapmiz! - deyishdi.
26Iso ularga: Hoy imoni sustlar, buncha qo’rqoq bo’lmasangiz?! - dedi. So’ng turib, shamolga va ko’lga do’q urdi. Shu zahoti chuqur sukunat cho’kdi.
27Odamlar esa bir-biriga: bu qanaqa kishiki, shamol ham, ko’l ham Unga bo’ysunsa? - deb hayratlanishdi.
28Iso narigi qirg’oqqa, Gergesa yurtiga etib kelganida, qabriston lahadlaridan chiqib kelgan, jinga chalingan ikki kishi Unga ro’baro’ bo’ldi. Ular juda vahshiy bo’lganliklari uchun, hech kim bu yo’ldan o’tolmas edi.
29Ular Shunday baqira boshlashdi: Ey Xudoning O’g’li Iso, bizda nima ishing bor? Bu erga bizlarni vaqtidan oldin qiynagani keldingmi?
30Ulardan uzoqroqda katta to’ng’iz podasi o’tlab yurgan edi.
31Jinlar Isoga yolvorib: agar bizlarni quvib chiqaradigan bo’lsang, unda to’ng’iz podasiga yuborgin, - deyishdi.
32Iso ularga: boringlar! - deyishi bilanoq, ular odamlardan chiqib ketib, to’ng’iz podasiga kirib oldilar. Shu onda butun to’ng’iz podasi tik qiyalikdan ko’l tomon yopirilib, suvda nobud bo’ldi.
33To’ng’iz boquvchilar esa qochib Shaharga borishdi va yuz bergan hamma hodisani, Shuningdek, jinga chalinganlar bilan bo’lib-o’tgan voqeani gapirib berishdi.
34Shunda butun Shahar aholisi Isoning qarshisiga chiqdi. Uni ko’rgach, yurtlari hududidan chiqib ketishin iltimos qilishdi.
9-bob
1Shundan keyin Iso qayiqqa tushib, ko’lining berigi tomoniga qaytib suzib o’tdi. U O’z shahri - Kafarnahumga kirib kelgan zahoti
2Uning oldiga to’shakda yotgan bir shol odamni ko’tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko’rib, sholga: dadil bo’l, bolam, gunohlaring kechirildi, - dedi.
3Shunda ulamolardan ba’zilari o’zlaricha: “Bu kufrlik qilyaptiku!” - deyishdi.
4Iso esa ularning mulohazalarini payqab, dedi: Nega sizlar ko’ngillaringizdan yomon fikrlarni o’tkazyapsiz?
5“Gunohlaring kechirildi”, - deb aytish osonroqmi, yoki: “O’rningdan turib yura qol”, - deb aytishmi?
6Lekin Inson O’g’lining er yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo’yinglar. Shundan so’ng Iso sholga qayrilib: O’rningdan tur, to’shagingni olib uyingga ket! - dedi.
7Shol esa o’rnidan turdi-da, to’shagini olib o’z uyiga ravona bo’ldi.
8Bu voqeani ko’rgan xaloyiq o’ta hayron bo’lib, insonlarga bunday qudrat bergan Xudoni olqishladi.
9Iso u erdan o’tayotganida, soliq yig’adigan joyda o’tirgan Matto ismli odamni ko’rib qoldi-da, unga: Mening orqamdan yur! - dedi. U esa o’rnidan qalqib, Isoning orqasidan yurdi.
10Iso uyda eb-ichib o’tirar ekan, ko’pgina soliqchilar va har xil gunohkor kishilar ham kelib, dasturxon atrofida Iso bilan shogirdlariga qo’shilishdi.
11Farziylar buni ko’rib, Isoning shogirdlaridan: Nega Ustozingiz soliqchilaru gunohkorlar bilan birga eb-ichib o’tiribdi? - deb so’radilar.
12Iso buni eshitgach, ularga dedi: Sog’lar emas, bemorlar tabibga muhtojdir.
13Yaxshisi sizlar borib, Tovrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shafqat istayman”, degan oyatning ma’nosini o’rganib olinglar. Chunki Men taqvodorlarni emas, balki gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
14U vaqt Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib so’radilar: Bizlar va farziylar ko’p ro’za tutamiz-u, Sening shogirdlaring-chi, nega tutmaydilar?
15Iso ularga dedi: Kuyov davrada bo’lgan vaqtda to’y ahli aza tutarmikin? Biroq kuyov ulardan judo bo’lgan kunlar keladi, ana o’shanda ro’za tutadilar.
16Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimdan so’kilib, kiyimni battar sitib yuboradi.
17Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki eskining tagi tushadi, sharob to’kiladi va mesh ham nobud bo’ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, u ham, bu ham saqlab qolinadi.
18Iso ularga bu so’zlarni aytib turganda, qaysi bir jamoaboshi kelib, Isoga ta’zim qildi-da: Mening qizim hozir o’ldi. Biroq Sen kelib unga qo’lingni tekizsang, u yana tirilib ketadi, - dedi.
19Iso o’rnidan turib, shogirdlari bilan u odamning orqasidan bordi.
20Shu payt o’n ikki yildan beri qon ketishidan qiynalib yurgan bir ayol Isoga orqa tomondan yo’lab, kiyimining etagiga qo’l tegizdi.
21U o’zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog’ayib ketaman”, - deb o’ylagan edi.
22Iso orqasiga o’girilib, ayolni ko’rgach: Dadil bo’l, qizim, ishonching seni qutqardi, - dedi. Ayol shu zahoti dardidan xalos bo’ldi.
23Iso boshliqning uyiga etib, nay chaluvchlarni va qiy-chuv qilayotgan olomonni ko’rgach:
24Bu erdan tashqariga chiqinglar! Qizcha o’lgan emas, uxlab yotibdi, - dedi. Ular esa Uning ustidan kulishdi.
25Olomon tashqariga chiqarilgandan so’ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo’lidan ushladi. Qizcha esa o’rnidan turib ketdi.
26Bu hodisa xabari mamlakat bo’ylab ovoza bo’ldi.
27Iso u erdan jo’nab ketayotganida, ikki ko’r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: Ey Dovud O’g’li Iso, bizlarga rahm qil! - deb faryod chekishardi.
28Iso uyga qaytganida, ko’rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so’radi: Men xohishingizni bajo qilishga kuchim borligiga ishonasizlarmi? - Ishonamiz, Hazrat! - deb javob berishdi ular.
29Shunda Iso ularning ko’zlariga tegib: Sizning ishonchingizga yarasha bo’lsin, - dedi.
30Shu bilan ularning ko’zlari ochilib ketdi. Buni hech kim bilmasin, tag’in! - deb Iso ularga qattiq tayinladi.
31Ular esa u erdan chiqiboq, butun mamlakat bo’ylab U haqda ovoza tarqatib yuradigan bo’lishdi.
32U kishilar endi chiqib borayotganda, jin chalgan bir soqovni Isoning oldiga keltirishdi.
33Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov gapira boshladi. Xalq esa hayratda qolib: Isroilda bunday hodisa hech qachon bo’lgan emas, - dedi.
34Bunga farziylar: U jinlar boshlig’ining kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti-ku, - deb g’ingshidilar.
35Iso hamma Shahar-qishloqlarni aylanadigan bo’ldi. Mahalliy ibodatxonalarda ta’lim berib, Xudoning Shohligi to’g’risidagi Xushxabarni e’lon qilar va odamlarning har xil dardu darmonsizliklarini davolar edi.
36Xalq olomonini ko’rib, Iso ularga achindi; chunki cho’ponsiz qo’ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar.
37O’sha vaqtda Iso O’z shogirdlariga dedi: “Hosil mo’l, biroq yumushchilar oz.
38O’z hosilingni yig’ib-teradigan yumushchilar yubor, deb hosil Egasiga iltijo qilinglar”.
10-bob
1Iso O’zining o’n ikki shogirdini yoniga chaqirib, odamlardan yomon ruhlarni quvib chiqarish va har qanday dardu illatni sog’aytirish uchun ularga qudrat ato etdi.
2Ushbu o’n ikki havoriyning ismlari esa quyidagicha: birinchisi Butrus deb atalgan Simun va uning ukasi Idris, keyin Zabadiyning o’g’illari Yoqub bilan ukasi Yuhanno,
3Filip, Bartolmey, To’ma, soliqchi Matto, Alfeyning o’g’li Yoqub va Taddey deb atalgan Leviy,
4vatanparvar Simun hamda Isoning xoini Yaxudo Ishqariyot.
5Iso bu o’n ikkovini jo’natib, buyruq berdi: “Majusiylar yo’liga oyoq bosmanglar va samariyaliklarning biron shahriga kirmanglar.
6Aksincha, adashgan qo’ylarga o’xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar.
7Yo’lingiz qayga tushmasin, elga: “Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb e’lon qilinglar.
8Xastalarni sog’aytiringlar, moxovlarni pok qilinglar, o’liklarni tiriltiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar.
9Belbog’laringizga oltin, kumush yoki mis pul ham tugmanglar.
10Yo’l uchun na to’rva, na bir juft ko’ylak, na choriq na-da hassa olinglar. Chunki mehnatkash o’zining non-nasibasiga munosibdir.
11Qaysi Shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u erda o’zingizga munosiblarnigina yo’qlab boring va jo’naguningizcha o’sha erda qolinglar.
12Uyga kirayotganingizda uy ahliga salom beringlar.
13Agar uy ahli niyatingizga munosib bo’lsa, ularning boshi salomat bo’ladi. Agarda munosib bo’lmasa, salomingiz sizga qaytib keladi.
14Agar kim sizni qabul qilmasa va so’zlarigizga quloq solmasa, u uydan yoki Shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdan changni ham qoqib ketinglar.
15Sizga chinini aytayin: qiyomat kunida bunday Shahardan ko’ra Sado’m va G’amo’ra erining ahvoli engilroq bo’ladi”.
16“Mana, Men sizlarni bo’rilarning orasiga qo’ylar kabi yuboryapman. Siz ilonday ziyrak, kaptarday sodda bo’linglar.
17Insonlardan ehtiyot bo’linglar; chunki sizlarni adliyaga topshirib, ibodatxonalarida kaltaklaydilar.
18Mening nomim uchun sizlarni hokimlar va podshohlar qoshiga olib boradilar, siz esa ular va turli xalqlar oldida Mening guvohlarim bo’lasizlar.
19Sizni tutib berishayotganda esa nimani aytamiz, qanday gapiramiz, deb o’ylab qayg’urmanglar. Nima aytishingiz kerakligi o’sha onda sizlarga uqtiriladi.
20Chunki o’zlaringiz emas, ichingizdagi Otangizning Ruhi gapiradi.
21Aka ukasini, ota o’g’lini o’limga topshiradi. Bolalar o’z ota-onalariga qarshi chiqib, ularni o’ldirtiradilar.
22Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha chidagan qutuladi.
23Agar sizlarni bir Shahardan quvsalar, boshqasiga qochib o’tinglar. Sizlarga chinini aytayin: sizlar Isroilning Shaharlarini aylanib chiqishga ulgurmasingizdan, Inson O’g’li er yuziga qaytib keladi.
24Shogird o’zining ustozidan yuqori bo’lmas, xizmatkor o’zining xo’jayinidan yuqori bo’lmas.
25Shogirdga o’zining ustoziday, xizmatkorga o’zining xo’jayiniday bo’lsa kifoyadir. Agar uy egasiga iblis deb nom qo’yishgan bo’lsa, unda uy ahlini yana nimalar deyishmaydi!”.
26“Shunday qilib, ulardan qo’rqmanglar! Chunki ochilmay qoladigan hech qanday yashirin narsa yo’q, ma’lum bo’lmaydigan hech qanday sir ham yo’qdir.
27Sizga qorong’ilikda gapirayotganlarimni yorug’likda aytaveringlar. Qulog’ingizga shivirlab aytilayotganlarni tomlarning ustidan e’lon qilaveringlar.
28Tanni o’ldirib, jonni esa o’ldira olmaydiganlardan qo’rqmanglar. Yaxshisi, jonni ham, tanni ham jahannamda halok etishga qodir bo’lgan Xudodan qo’rqinglar.
29Ikkita chumchuq bir tangaga sotilmaydimi? Ammo Otangiz rozi bo’lmasdan, ularning bittasi ham erga tushmaydi.
30Sizlarga kelganda, boshingizdagi sochlarning hammasi ham sanalgandir.
31Shuning uchun qo’rqmanglar, sizlar talay chumchuqlardan ko’ra qadrliroqsiz”.
32“Kimda-kim insonlar oldida Meni tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman.
33Biroq, kim insonlar oldida Meni inkor etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni inkor etaman.
34Meni er yuziga tinchlik keltirish uchun kelgan, deb o’ylamanglar. Men tinchlik emas, balki qilich keltirgani kelganman.
35Odamni otasidan, qizni onasidan, kelinni qaynonasidan ajratish uchun kelganman.
36Odamning dushmanlari o’z uyidagilari bo’ladi.
37Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. O’g’il yoki qizini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas.
38Kimki o’z xochini olib, ortimdan ergashmasa, Menga loyiq emas.
39O’z jonini ayamoqchi bo’lgan uni yo’qotadi. Men uchun jonini yo’qotglan esa jon topadi.
40Sizni qabul qilgan Meni qabul qiladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo’ladi.
41Kim payg’ambarni payg’ambar deb qabul qilsa, u payg’ambarga yarasha ehson oladi. Kim solihni solih deb qabul qilsa, u solihga yarasha ehson oladi. Kimki shogirdlik hurmati deb, bularning hatto eng kichigiga bir piyola sovuq suvgina ichirsa ham, chindan sizlarga aytamanki, u ehsoniga sazovor bo’lur”.
11-bob
1Iso o’n ikki shogirdiga ushbularni buyurib bo’lgach, yaqin Shaharlarda ta’lim berish va voizlik qilish uchun u erdan jo’nadi.
2Zindonda yotgan Yahyo esa Masihning qilayotlan ishlarini eshitgach, o’z shogirdlaridan ikkitasini Uning oldiga yuborib:
3“Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” - deb Undan so’ratdi.
4Iso javob berib ularga dedi: “Boringlar, eshitib ko’rayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar:
5Ko’rlar ko’ryapti, cho’loqlar yuryapti, moxovlar tuzalyapti, karlar eshityapti, o’liklar tirilyapti va bechoralarga Xushxabar e’lon qilinyapti.
6Meni deb vasvasaga tushmagan baxtlidir!”
7Yahyoning shogirdlari jo’nayotgan paytida, Iso xaloyiqqa Yahyo haqida gapira bashladi: “Nima ko’rgani sahroga bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi?
8Axir, nima ko’rgani chiqdingizlar? Nafis kiyim kiygan odamnimi? Nafis kiyinganlar podshoh saroylarida bo’ladi-ku!
9Axir, nima ko’rgani chiqdingizlar? Payg’ambarnimi? Ha, sizga aytamanki, payg’ambardan ham ulug’ bo’lganni ko’rdingizlar.
10Bu kishi Tavrotda yozilganning xuddi o’zi: “Men Sendan avval elchimni yuborarman, U Sening oldingda yo’l hozirlab yurar”.
11Sizlarga chinini aytayin: ayol zotidan tug’ilganlar orasila Yahyo payg’ambardan buyugi chiqqan emas. Shunga qaramay, Osmon Shohligida hatto eng kichik hisoblangan ham undan kattadir.
12Yahyo payg’ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajovuz qilib kelmoqdalar; tajovuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo’r bermoqda.
13Ma’lumki, Yahyogacha o’tgan barcha payg’ambarlar va Shuningdek, Tavrot bitiklari bo’lg’usi hodisalar haqida oldindan darak berib kelgan.
14Endi qabul qilishni istasangizlar, qaytib kelishi muqarrar bo’lgan Ilyos payg’ambar xuddi Yahyoning o’zidir.
15Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!
16Endi bu naslni kimga o’xshatay? Bu nasl - maydonda o’tirib, bir-biriga:
17“Senlarga nay chaldik, o’ynamadinglar, Senlarga yig’i chiqardik, dodlamadinglar”, - deb qichqirishadigan bolalarga o’xshaydi.
18Chunki Yahyo kelib, emadi-ichmadi va uni “jin uribdi” deyaptilar.
19Inson O’g’li kelib, edi ham, ichdi ham va bu gal: “Ana kabobxo’ru sharobxo’r odamni ko’ringlar, U soliqchilar va gunohkorlarning do’sti ekan!” - deyishmoqda. Va lekin ilohiy hikmat unga rioya qiluvchilar orqali tasdiqlanadi”.
20Shu vaqt Iso mo’’jizalarining aksari namoyon bo’lgan Shaharlarga, tavba-tazarru qilmaganliklari uchun ta’na qila boshladi:
21“Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Chunki sizlarda sodir bo’lgan mo’’jizalar Tir va Sido’n Shaharlarida ro’y berganda edi, ular allaqachon julga o’ranib, kulga surkanib, tavba-tazarru qilgan bo’lardilar.
22Biroq sizlarga aytib qo’yay: qiyomat kunida sizdan ko’ra Tir va Sido’nning holi engilroq bo’ladi.
23Yo sen, ey ko’kkacha yuksaluvchi Kafarnahum! Sen tamug’gacha tushib ketursan. Chunki senda sodir bo’lgan mo’’jizalar Sado’m erida sodir bo’lganida edi, u er shu kungacha saqlanib qolgan bo’lar edi.
24Biroq sizlarga aytib qo’yay: qiyomat kunida sendan ko’ra Sado’m erining ahvoli engilroq bo’ladi”.
25O’sha vaqtda Iso so’zni davom ettirib dedi: “Ey Ota, eru ko’k Hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go’daklarga ma’lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman.
26Ha Ota, Sening ezgu xohishing Shunday edi.
27Otam Menga hamma narsani topshirgan. Otadan boshqa hech kim O’g’ilni bilmas. O’g’ildan boshqa hamda O’g’il bilim berishni istagandan boshqa hech kim Otani bilmas,
28Ey og’ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman.
29Mening bo’yinturug’imga o’zingizni qo’shing va Mendan o’rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. Chunki Men solgan bo’yinturuq yumshoq, Men bergan yuk engildir”.
12-bob
1O’sha kezlar bir shanba kuni Iso ekinzordan o’tib borayotgan edi. Uning shogirdlari och bo’lganidan, boshoqlarni uzib eya boshlashdi.
2Farziylar buni ko’rib, Isoga: Ana, Sening shogirdlaring dam olish kunida qilish mumkin bo’lmagan ishni qilyaptilar! - deyishdi.
3Nahotki sizlar Dovud va uning och qolgan hamrohlari nimalar qilganini o’qimagan bo’lsangiz? - dedi ularga Iso.
4Dovud Xudoning uyiga kirib, o’zi va yonidagilarga ham taqiqlangan, faqat ruhoniylargina eyishi mumkin bo’lgan baxshida nonlarni egan edi.
5Yoki ma’baddagi ruhoniylar shanba kungi dam olish amrini buzsalar-da, gunohkor bo’lmasliklarini Tavrotda o’qimagansizmi?
6Biroq Men sizlarga aytayinki, bu erdagi Kimsa ma’baddan ham ulug’dir.
7Agar sizlar Tavrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shafqat istayman “ degan oyatga tushunganingizda, begunohlarni hukm qilmas edingizlar.
8Chunki Inson O’g’li dam olish kunining ham hokimidir.
9Iso u joydan nariga o’tib, yahudiy ibodatxonasiga kirdi.
10U erda qo’li shol bo’lib qolgan bir odam bor edi. Isoni ayblash maqsadida Uni so’roq qilishdi: Shanba kunida kasalni davolash mumkinmi?
11Iso ularga aytdi: Sizdan qay biringiz bir qo’yi bo’la turib, agar qo’y shanba kuni chuqurga tushib ketsa, uni tortib chiqarmaydi?
12Inson esa qo’ydan qanchalar ulug’! Shunga ko’ra, shanba kunida yaxshilik qilish mumkin.
13Shunday qilib, Iso u odamga: Qo’lingni uzat! - dedi. U esa uzatishi bilanoq, bu qo’li boshqa qo’liday soppa-sog’ bo’ldi-qoldi.
14Farziylar esa shu zahot tashqariga chiqib, Isoni yo’q qilishga til biriktirdilar. Iso buni bilib, u erni tark etdi.
15Tumonat xaloyiq Isoning ketidan ergashdi, U esa hamma kasallarini sog’aytirdi.
16O’zini oshkor etmoqni ularga qat’iy man qildi.
17Shu bilan Isha’yo payg’ambarga kelgan quyidagi Xudo kalomi bajo bo’ldi:
18“Mana, Mening tanlagan O’g’lonim, Mahbubim, ko’nglim Unga nisor! Men O’z Ruhimni Unga berarman, U esa elga adl e’lon etgay.
19U talashmas, tortishmas ham, ko’cha-ko’yda sira baqirmas.
20Sindirmagay bukik qamishni, o’chirmagay tutayotgan pilikni-da, to adlu insofni o’rniga qo’yguncha.
21Ellar esa Uning ismiga umid bog’lar”.
22Shundan so’ng Isoning oldiga jinga chalinib ko’r va soqov bo’lgan kishini keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli uning tili ham chiqdi, ko’zi ham ochildi.
23Bundan butun xaloyiq hayratlanib: “Bu Dovudning O’g’li - Masih emasmikan?” - dedi.
24Farziylar buni eshitishgach: “U ins-jinslarning boshlig’i - iblisining kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti-ku”, - dedilar.
25Ularning o’y-fikrlarini bilib, Iso ularga dedi: “O’z ichidan bo’linib ketgan har bir podshohlik harob bo’ladi, o’z ichidan bo’linib ketgan har bir Shahar yoki uy abgor bo’ladi.
26Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, unda u o’z-o’zidan bo’lingan bo’ladi. Endi uning saltanati qanday tura oladi?
27Agar Men iblisning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo’lsam, u holda sizlarning o’g’illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqaradi? Shu bois, ularning o’zi sizlarni hukm qiladilar.
28Magar Men Xudoning Ruhi bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekanman, u demak, Xudoning Shohligi sizlarga etib kelgan.
29Uyning egasi bo’lgan baquvvat kishini avval bog’lab qo’ymasdan turib, birov uning uyiga kirib, mol-mulkini o’g’irlab keta olarmidi? Faqat Shunday qilibgina uyni talash mumkin.
30Kim Men bilan birga bo’lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig’masa, sochadi.
31Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi.
32Kim Inson O’g’liga qarshi so’z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so’z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
33Yo daraxtni yaxshi der ekansiz, mevasini ham yaxshi deng. Yoki daraxtni yomon der ekansiz, mevasini ham yomon deng. Chunki har bir daraxt o’z mevasidan bilinur.
34Voy ilonlar zoti-ey! Sizlar yovuz bo’la turib, qanday qilib yaxshi so’zlay olasiz? Axir, odamning dilida nima bo’lsa, tili o’shani gapiradi-ku!
35Yaxshi odam yuragining yaxshilik xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur.
36Men sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so’zi uchun qiyomat kunida hisob beradilar.
37Sen o’z so’zlaring asosida yo oqlanasan, yoki ayblanasan”.
38Shunda ulamolar va farziylardan ba’zilari Isoga: “Ustoz, biz Sendan shularning biron bir dalilini ko’rmoqchimiz”, - dedilar.
39Iso ularga javoban dedi: “Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapti, lekin Yunus payg’ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi.
40Yunus payg’abar uch kunu uch tun kit qornida bo’lgani kabi, Inson O’g’li ham xuddi Shunday uch kunu uch tun er bag’rida bo’ladi.
41Nineviya odamlari qiyomat kunida bu nasl bilan birga tirilib, uni mahkum etadilar. Chunki ular Yunusning va’zi sababli tavba-tazarru qilganlar. Va mana, Yunusdan buyukrog’i shu erdadir.
42Janub malikasi qiyomat kunida bu nasl bilan birga ko’tarilib, uni mahkum etadi. Chunki u Sulaymonning hikmatini tinglash uchun dunyoning olis burjidan kelgan edi. Va mana, Sulaymondan buyukrog’i shu erdadir.
43Yovuz ruh insondan chiqib ketganidan so’ng, rohat izlab suvsiz erlarni aylanadi va topolmagach:
44“Men chiqqan uyimga qayib boraman”, - deydi. U uyga kelgach uni kimsasiz, supurilgan va yig’ishiirilgan holda topadi.
45O’shanda borib, o’zidan yovuzroq yana ettita ruhni o’ziga ergashtiradi va uyga kirib yashaydilar. U odamning so’nggi ahvoli esa avvalgidan battar bo’ladi. Bu yomon nasl bilan Shunday bo’ladi”.
46Iso xalq ommasiga hali gapirib turgan vaqtda, Uning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. Ular tashqarida kutib turib, U bilan gaplashmoqchi bo’lishdi.
47Kimdir Isoga: Mana, onang va ukalaring tashqarida Sen bilan gaplashmoqchi bo’lib turishibdi, - dedi.
48Iso buni aytgan kishiga javob berib: Mening onam kim? Ukalarim kim? – dedi.
49So’ng qo’li bilan shogirdlarini ko’rsatib: Mana, Mening onam va ukalarim! - dedi.
50Kimda-kim osmondagi Otamning irodasini bajo keltirsa, u Mening ukam, singlim va onam bo’ladi.
13-bob
1O’sha kuni Iso uydan chiqib, ko’l bo’yida o’tirdi.
2Uning oldida anchagina xaloyiq to’plangach, U qayiqqa tushib o’tirdi. Bor xaloyiq esa qirg’oqda Unga ko’z tikdi.
3Iso ularga masal yo’li bilan ko’p nasihatlar qildi: “Urug’ sepuvchi urug’ sepgani chiqibdi.
4Urug’ sepayotganda ba’zi urug’lar yo’l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, ularni cho’qib ketibdi.
5Boshqa ba’zi urug’lar esa tuprog’i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq sayoz bo’lganidan, urug’lar tez ko’karib chiqibdi.
6Biroq quyosh chiqqach, so’lib, ildizi bo’lmagani uchun qurib qolibdi.
7Yana boshqa ba’zi urug’lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o’sib, urug’larni bo’g’ib qo’yibdi.
8Yana boshqa urug’lar esa yaxshi erga tushib, ba’zisi yuz, ba’zisi oltmish, ba’zisi o’ttiz qat hosil beribdi.
9Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!”
10Shogirdlar yaqinroq kelib, Isodan: Nega xalqqa masallar bilan gapiryapsan? - deb so’radilar.
11U ularga javob berib dedi: Chunki Osmon Shohligining sirlarini bilish qobiliyati sizlarga berilgan, ularga berilmagan.
12Zero kimda bor bo’lsa, unga yana beriladi va u mo’lchilikda bo’ladi. Ammo kimda yo’q bo’dsa, bori ham undan tortib olinadi.
13Xalqqa masal bilan gapirishimning sababi shundaki, ular qarab turib ko’rmaydilar, quloq solib turib eshitmaydilar va anglamaydilar.
14Isha’yo payg’ambarning karomati ularga juda to’g’ri keladi, mana Xudo Shunday degan: “Tinglab tursangiz-da, anglamaysizlar, qarab tursangiz-da, ko’rolmaysizlar.
15Bu xalqning dilini-chi yog’ bosgan, arang eshitar quloqlari ham, ko’zlarini esa yumib olganlar. Ko’z ko’rsin deb, quloq eshitsin deb, dil farosatli bo’lsin deb, Menga iltijo qilsalar edi, Men ularga shifo berar edim”.
16Lekin ko’zlaringiz ko’rayotgan va quloqlaringiz eshitayotgan sizlar qanday baxtlisizlar!
17Sizga chinini aytayin: ne-ne payg’ambaru solihlar siz ko’rayotganlarni ko’rishni orzu qilganlar-u ko’rolmaganlar, siz eshitayotganlarni eshitishni orzu qilganlar-u eshitolmaganlar.
18Endi sizlar urug’ sepuvchi haqidagi masalni yaxshi tinglanglar.
19Xudoning Shohligi to’g’risidagi kalomni eshitib, uqib olmagan har bir kishiga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan ezgulik urug’larini o’g’irlab ketadi. Yo’l yoqasiga tushgan urug’lar ana shularga ishoradir.
20Toshloqqa sepilgan urug’lar esa Shunday kishini bildiradi: u kalomni eshitar-eshitmas sevinch bilan qabul qilaveradi.
21Lekin ildizi yo’q, beqaror kishi bo’lgani uchun, kalom tufayli qayg’u yoki quvg’inga duchor bo’lgan hamon vasvasaga tushib qoladi.
22Tikanlar orasiga sepilgan urug’lar esa Shunday odamni bildiradi: u kalomni eshitsa-da, bu dunyoning tashvishlari va boylik rujui kalomni bo’g’ib tashlaydi va kalom samarasiz qoladi.
23Yaxshi erga sepilgan urug’lar esa, kalomni eshitib uni uqib oladigan odamni bildiradi. Bunday kishi, albatta, samarali bo’ladi; kimi yuz, kimi oltmish, kimi o’ttiz qat hosil beradi”.
24Iso ularga boshqa bir masalni keltirdi: “Osmon Shohligi o’z dalasiga yaxshi urug’ sepgan bir odamga o’xshaydi.
25Hamma uxlab yotganda, u odamning dushmani kelib bug’doy orasiga begona o’t urug’larini sepib ketibdi.
26Ekin ko’karib boshoq chiqarganida, begona o’tlar ham paydo bo’libdi.
27Yer egasining xizmatkorlari kelib: Xo’jayin, siz dalangizga yaxshi urug’ sepgan emasmidingiz? Endi bu begona o’tlar qaerdan paydo bo’ldi? - deb so’rashibdi.
28Bu dushmanning ishidir, - debdi er egasi. Istasangiz, biz borib ularni yulib tashlaymiz, - deyishibdi xizmatkorlar.
29Yo’q, - debdi u, - sizlar begona o’tlarni yulayotganda, ular bilan birga bug’doyni ham yulib olishingiz mumkin.
30O’rim-yig’im vaqtigacha qo’yinglar, u ham, bu ham birga o’saversin. O’rim-yig’im bo’lgach, men o’roqchilarga: “Oldin begona o’tlarni o’rib olinglar va bog’-bog’ qilib yoqishga tayyorlanglar. Bug’doyni esa mening omborimga to’plab qo’yinglar”, deb aytaman”.
31Iso ularga yana bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o’z dalasiga sepib qo’ygan xantal urug’iga o’xshaydi.
32U barcha urug’lardan kichik bo’lsa-da, lekin etilgach, hamma ko’katlardan baland bo’lib o’sadi. U shunday daraxt bo’ladiki, ko’k yuzidagi qushlar uchib kelib, uning shohlarini o’zlariga uya qiladilar”.
33Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Osmon Shohligi bir ayol butun xamirni oshirish uchun uch tog’ora unga qorishtirib solgan xamirturush burdasiga o’xshaydi”.
34Iso bularning hammasini xalqqa masallar bilan tushuntirdi. Masalsiz ularga hech narsani tushuntirmas edi.
35Shu bilan payg’ambarga vahiy bo’lgan shu so’z bajo keldi: “Og’zimni masallar aytmoqqa ochib, azaliy sirlardan voqif etaman”.
36Shundan so’ng Iso xaloyiqqa javob berib, uyga kirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelib: Daladagi begona o’tlar haqidagi masalni bizlarga tushuntirib bergin, - dedilar.
37Iso ularga javoban dedi: Yaxshi urug’ni sepgan - Inson O’g’lidir,
38dala esa - dunyo. Yaxshi urug’lar - Xudo hokimiyatidagi odamlar, begona o’tlar esa - yovuz shayton hokimiyatidagi olamlardir.
39Begona o’tlarni sepgan dushman bo’lsa - iblisdir. O’rim-yig’im - dunyoning oxiri, o’roqchilar esa farishtalarga teng keladi.
40Begona o’tlarni qanday terib o’tda yoqsalar, bu dunyoning oxirida ham Shunday bo’ladi.
41Inson O’g’li O’z farishtalarini yuboradi, ular esa gunohga sabab bo’lgan va yomonlik qilib yurgan barchani Uning Shohligidan yig’ib olib,
42lovullab turgan o’choqqa tashlaydilar. U erda yig’i-sig’i va ohu nola bo’ladi.
43O’shanda solihlar o’z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!
44“Yana Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o’xshar. Uni bir odam topib sir saqlabdi va juda sevinganidan borib, bor-yo’g’ini sotib, u dalani xarid qilibdi”.
45“Yana Osmon Shohligi marvarid izlayotgan bir savdogarga o’xshar.
46U qimmatbaho marvaridni topganda, borib bor-yo’g’ini sotib, marvaridni xarid qilibdi”.
47“Yana Osmon Shohligi dengizga tashlangan va turli baliqlarni tutgan to’rga o’xshaydi.
48To’r to’lgach, uni qirg’oqqa tortib chiqarishibdi va o’tirishib, yaxshi baliqlarni saralab idishlarga solishibdi, yomonlarini esa tashqariga tashlab yuborishibdi.
49Dunyoning oxirida ham Shunday bo’ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib,
50ularni lovullab turgan o’choqqa tashlaydilar.U erda yig’i-sig’i va ohu nola bo’ladi”.
51Iso shogirdlaridan so’radi: Bularning hammasiga tushundingizlarmi? Tushundik, - dedi ular.
52Iso shogirdlariga: Demak, Osmon Shohligi to’g’risida ta’dim-tarbiya olgan har bir ulamo o’z xazinasidan yangi va eski narsalar chiqaradigan uy egasiga o’xshaydi, - dedi.
53Iso bu masallarni aytib bo’lgach, u erdan ketdi.
54O’z vataniga kelib, erli xalqning ibodatxonasida ta’lim bera boshladi. Ular esa hayratda qolib: Shunday donolik va mo’’jizakorlik qudrati Unga qaerdan nasib bo’ldi ekan?
55Duradgorning o’g’li emasmi O’zi? Onasining ismi Maryam, ukalari esa Yoqub, Yusuf, Simun va Yahudolar emasmi?
56Uning hamma singillari ham bizning oramizda-ku! Bularning barchasiga U qanday qilib erishdi ekan? - deyishdi.
57Va g’ashlanib, Uni rad qilishdi. Iso esa ularga: Payg’ambar o’z vatani va uyidan boshqa erda e’tiborsiz bo’lmas, - dedi.
58Ularning e’tiqodsizligi sababli u erda ko’p mo’’jizalar ko’rsatmadi.
14-bob
1O’sha kezlarda viloyat hokimi Hirod Iso to’g’risidagi ovozalarni eshitib,
2o’zining amaldorlariga: Bu Yahyo payg’ambar-ku, u qaytadan tirilibdi! Shuning uchun U orqali ajoyibotlar sodir bo’lmoqda, - dedi.
3Hirod o’z ukasi Filipning xotini Hirodiya tufayli Yahyoni tutib kishanlagan va zindonga tashlagan edi.
4Chunki Yahyo unga:”Bu xotinni olish sen uchun ravo emas”, - deb aytib yurgan edi.
5Hirod Yahyoni o’ldirmoqni istagan bo’lsa-da, xalqdan qo’rqardi. Chunki Yahyoni payg’ambar deb hisoblashardi.
6Hirodning tug’ilgan kuni nishonlangan yig’inda Hirodiyaning qizi o’rtaga chiqib o’ynadi va Hirodning ko’nglini topdi.
7Natijada Hirod u nimaiki so’rasa, topmoqqa qasam ichib, unga va’da berdi.
8Qiz esa onasining tashviqiga ko’ra: Menga hoziroq laganda Yahyo payg’ambarning boshini keltirib bering! - dedi.
9Shoh xafa bo’ldi-yu, lekin o’zi bilan birga eb-ichib o’tirganlarning ko’zi oldida qasam ichganligi uchun, bu iltimosning bajarilishini buyurdi.
10Zindonga odam yuborib, Yahyoning boshini oldirdi.
11Uning boshini laganda keltirib qizga berdilar, qiz esa onasiga olib borib berdi.
12Yahyoning shogirdlari kelib, uning jasadini olib ko’mdilar. Keyin borib Isoga xabar berdilar.
13Iso buni bilib olgach, bir O’zi qayiqqa tushib, u erdan xilvat joyga suzib ketdi. Xaloyiq buni eshitib, Shaharlardan piyoda yo’lga tushib, Uning orqasidan ergashdi.
14Iso qayiqdan chiqib, tumonat odamni ko’rdi. Ularga achindi va ularning xastalariga shifo berdi.
15Oqshom tushgach, shogirdlari Uning yoniga kelib dedilar: Bu erlar yovon ekan, endi vaqt kech bo’lib qoldi. Xaloyiqqa ruxsat bergin, qishloqlarga borib o’zlariga ovqat sotib olsinlar.
16Lekin Iso ularga: Ular ketishlari kerak emas, sizlar ularga ovqat beringlar, - dedi.
17Bu erda bizning beshta non va ikkita balig’imiz bor xolos, - deyishdi Unga.
18Ularni bu erga, Menga keltiringlar, - dedi Iso.
19So’ng U xaloyiqqa o’t ustiga yonboshlashlarini buyurdi. Beshta non bilan ikkita baliqni olib, osmonga qarab duo qildi. Nonlarni sindirib shogirdlariga berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi.
20Hammalarining qorni to’ydi. Ortib qolgan burda nonlarni terib olishganda, to’la o’n ikki savat chiqdi.
21Eganlar esa xotinlar va bolalardan tashqari besh mingga yaqin kishi edi.
22Iso shogirdlarini o’sha zahoti tushirib, narigi tomonga suzib o’tishga majbur qildi. Ungacha O’zi odamlarga ruxsat beradigan bo’ldi.
23U xaloyiqni jo’natib bo’lganidan keyin, tanho O’zi ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. Kech kirganda, u erda yolg’iz O’zi qoldi.
24Qayiq esa ko’lning o’rtasida bo’lib to’lqinlarda chayqalar, yoqimsiz shamol esmoqda edi.
25Subhidamda Iso ko’l tomondan shogirdlari yoniga keldi.
26Ular esa Uning ko’l ustida yurib kelayotganini ko’rib, dahshatga tushdilar. Bu bir sharpa! - deb qo’rquvdan qichqirib yubordilar.
27Lekin Iso shu zahot ular bilan muloqotga kirib: Dadil bo’linglar, bu Men, qo’rqmanglar! - dedi.
28Butrus gapga kirib: Yo Rabbim, agar bu Sen bo’lsang, menga byruq ber, men suv ustida yurib Sening yoningga boray! - dedi.
29Iso: Kel! - dedi. Butrus esa qayiqdan chiqib, suv ustidan yurgancha Isoning yoniga yo’l oldi.
30Lekin kuchli shamolni ko’rib, o’takasi yorildi. U cho’ka boshlagach: Yo Rabbim, meni qutqar! - deb baqirdi.
31Iso o’sha zahoti qo’lini uzatib, uni ushlab qoldi-da: Ha, imoni sust, nega sen ikkilanding? - dedi.
32Ular qayiqqa o’tishlari bilanoq shamol tindi.
33Qayiqdagilar esa Isoga sajda qidib: Haqiqatan ham Sen Xudoning O’g’lisan! - deyishdi.
34Ko’ldan suzib o’tib, Genisaret qirg’og’iga kelib to’xtashdi.
35U erning odamlari Isoni tanib qolishdi. Butun tevarak-atroflarga odam yuborib, biron dardga chalinganlarning hammasini Uning oldiga yig’ishdi.
36Aqalli kiyimining etagiga tegish uchun Undan iltimos qilishdi, tekkanlar esa dardlaridan xalos bo’ldi.
15-bob
1O’shanda Quddusdan ba’zi ulamolar va farziylar Isoning oldiga kelib, savol berdilar:
2Sening shogirdlaring nega ota-bobolar urf-odatini buzib yuribdi? Hatto ovqatlanayotganda ham ular qo’llarini yuvishmaydi!
3Iso ularga javob berib dedi: Nega sizlar ham o’z urf-odatingizni deb Xudoning amrini buzib yuribsizlar?
4Xudo Tavrotda Shunday amr bergan:“Ota-onangni hurmat qil”, va “Ota-onasini haqorat qilgan albatta o’ldirilsin”.
5Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: “Mening senga yordamim Xudoga bag’ishlangan”, - desa,
6u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo’ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o’zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar.
7Ey munofiqlar! Siz haqda karomat qilib aytgan Isha’yo payg’ambarning ushbu so’zlari to’g’ri chiqdi:
8“Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og’izda va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan uzoqdur.
9Ular Meni behuda sano etur, insonlar amru ta’limin o’rgatib”.
10Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, ularga dedi: Menga quloq solib, miyaga joylang!
11Og’izga kiradigan narsa emas, balki og’izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.
12Shunda shogirdlari kelib Isoga: Bilyapsanmi, farziylar bu so’zni eshitgach vasvasaga tushdilar, - deyishdi
13Iso javob berib dedi: Samoviy Otam o’tqazmagan har bir o’simlik tag-tomiri bilan sug’urib tashlanadi.
14Ularni qo’yinglar, ular ko’rlarning ko’r yo’lbooshchilaridir. Agar ko’r ko’rni etaklab yursa, unda ikkovi ham chohga tushib ketar.
15Bunga javoban Butrus: Bizga boyagi masalni tushuntirib ber! - dedi.
16Iso dedi: Sizlar ham hanuzgacha anglamadingizmi?
17Og’izga kiradigan har bir narsa qoringa o’tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi?
18Biroq og’izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi.
19Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o’g’rilik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi.
20Yuvilmagan qo’llar bilan ovqat eyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
21Iso u erdan chiqib, Tir va Sido’n yurtiga ketdi.
22O’sha tevarakdan kan’onlik bir ayol Isoni qarshilab: Ey Hazrat, Dovudning O’g’li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapti, - deb faryod chekdi.
23Lekin Iso unga bir og’iz so’z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: Uni qo’yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar.
24Iso esa javob berib: Men faqat Isroil xalqining adashgan qo’ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi.
25Shunda ayol yaqinroq kelib: Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi.
26Iso: bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi.
27Ayol: xuddi Shunday, Hazrat, lekin itlar ham xo’jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni eydilar-ku! - dedi.
28Iso buni eshitib, ayolga: Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo’lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o’sha zahoti sog’ayib ketdi.
29Iso u erdan o’tib, Jalila ko’li atroflariga keldi. Toqqa chiqib, bir oz o’tirdi.
30Huzuriga tumonat odam yig’ildi. Ular o’zlari bilan birga cho’loq, ko’r va boshqa ko’pgina mayib-majruhlarni olib kelib, Isoning oyoqlari oldiga qo’ydilar. Iso esa ularni sog’aytirdi.
31Soqovlarning gapirayotganini, mayiblarning sog’lom bo’lib ketayotganini, cho’loqlarning yurib, ko’rlarning ko’zlari ochilayotganini xalq ko’rib, hayron bo’ldi va Isroilning Xudosiga hamd-sano aytdi.
32Iso shogirdlarini yoniga chaqirib ularga: Xaloyiqqa achinaman, chunki uch kundir Mening oldimda turibdi va eydigan hech narsasi yo’q. Men ularga ovqat bermay jo’natib yuborishni istamayman, chunki yo’lda darmonsizlanib qoladilar, - dedi.
33Shogirdlari Unga: Bu yo’vonda shuncha kishini to’ydiradigan emakni qaerdan topamiz? - deyishdi.
34Qancha nonlaringiz bor? - so’radi Iso. Ettita non va ozgina balig’imiz bor, - dedilar.
35Shundan keyin Iso xaloyiqqa erga o’tirishni buyurdi.
36Ettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berdi, shogirdlari esa butun xaloyiqqa tarqatdi.
37Hammalarining qorni to’ydi. Ortib qolgan non burdalari naq etti savat bo’ldi.
38Xo’randalar esa xotinlar va bolalardan tashqari to’rt ming kishi edi.
39Iso xaloyiqqa ruxsat berdi va qayiqqa tushib, Magdala atroflariga keldi.
16-bob
1Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoni sinash maqsadda Uning oldiga kelib, osmondan alomat ko’rsatishini so’radilar.
2Iso esa ularga javoban dedi: “Oqshom tushgach, siz: “Osmon qizil ekan, havo ochiq bo’ladi”, - deysizlar.
3Ertalab esa: "Osmon qizil-qoramtir ekan, bugun havo buzuq bo’ladi", - deysizlar. Voy munofiqlar-ey! Ko’k yuzini aniqlay olasiz-u, nega zamonning alomatlarini aniqlay olmaysizlar?
4Bu buzuq va besubut avlod dalolatni-ku izlaydi, ammo Yunus payg’ambarning alomatidan boshqa unga biror bir dalolat bo’lmaydi”. Shunday deb, Iso ularni qoldirib ketdi.
5Narigi qirg’oqqa etib kelgan shogirdlar o’zlari bilan non olishni unutibdilar.
6Iso ularga: Qaranglar, farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo’linglar! - dedi.
7Ular esa:“Buni non olmaganimiz uchun aytdi, chog’i”, deb ko’ngillaridan o’tkazdilar.
8Iso buni bilib, ularga dedi: Ey imoni sustlar! O’zingizcha nega: o’zimiz bilan non olmadik, deb andisha qilyapsizlar?
9Hali ham anglamadinglarmi? Beshta nonni besh ming kishi eb, necha savat non burdalarini yig’ishtirib olganingizni eslamayapsizlarmi?
10Yoki ettita nonni to’rt ming kishi eb, necha savat yig’ishtirib olganingizni-chi?
11Men sizlarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo’linglar”, - deb aytganim bu non haqida emasligini qanday qilib tushunmadinglar?
12Shundan keyin shogirdlar, Iso ularga nonning xamirturushidan emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning ta’limotidan ehtiyot bo’lish kerakligini aytganini tushundilar.
13Filip Kesariyasi atroflariga kelgan Iso O’z shogirdlaridan so’radi: Odamlar Meni, Inson O’g’lini, kim deb hisoblaydilar?
14Ba’zilari Yahyo payg’ambar deb, boshqalari Ilyos payg’ambar deb, yana birlari esa Eremiya yoki bo’lak payg’ambarlardan biri deb hisoblaydilar, - dedi shogirdlar.
15Iso ulardan: Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? - deb so’ragach,
16Simun Butrus javob berib dedi: Sen barhayot Xudoning O’g’li - Masihsan!
17Iso Butrusga javoban dedi: Sen baxtiyorsan, ey Yunus o’g’li Simun! Bu sirni sen o’z uquv-idroking bilan uqqaning yo’q, balki osmondagi Otam senga ochib bergan.
18Men ham shuni aytib qo’yay: sening tosh degan isming bor va Men O’z ummatimni bu tosh ustida bunyod etaman, jahannam kuchlari esa undan ustun chiqmas.
19Osmon Shohligining ochqichlarini senga beraman. Er yuzida sen nimani bog’lasang, osmonda ham bog’langan bo’ladi. Er yuzida sen nimani echsang, osmonda ham echilgan bo’ladi.
20Shundan so’ng Iso O’zining Masih ekanini biror kimsaga aytmoqni shogirdlariga qat’iy man etdi.
21Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga O’zining Quddusga borishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulamolar qo’lida ko’p azob chekib, o’ldirilishi, uchinchi kuni esa tirilishi kerakligini oshkor etadigan bo’ldi.
22Butrus Uni chetga olib ta’na qila boshladi: Xudo xayringni bersin, Rabbim! Bu narsalar Sening boshingga tushmas, - dedi.
23Iso esa Butrusga qarab: Yo’qol ko’zimdan, shayton!- dedi. Sen Meni yo’ldan uryapsan, chunki sen Xudoning ishlarini emas, balki inson ishlarini o’ylayapsan.
24Keyin Iso O’z shogirdlariga dedi: Agar kim Menga ergashishni istasa, o’zidan kechsin va o’z xochini ko’tarib, orqamdan yursin.
25Kim o’z jonini ayamoqchi bo’lsa,uni yo’qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo’qotsa, jon topadi.
26Agar inson butun dunyoni egallasa-yu, o’z joniga zarar etkazsa, bundan qanday naf ko’radi? Yoki inson o’z joni evaziga qanday to’lov toparkan?
27Inson O’g’li O’z Otasining ulug’vorligida, farishtalari bilan kelishida, har kimni o’z qilmishiga yarasha taqdirlaydi.
28Sizlarga chinini aytayin: bu erda turganlardan ba’zilari borki, ular Inson O’g’lining saltanatli Shoh bo’lib kelayotganini ko’rmaguncha, o’lim ko’rmaydilar.
17-bob
1Oradan olti kun o’tgandan keyin Iso tanho Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni yoniga olib, baland toqqa olib chiqdi.
2U erda, ularning ko’z o’ngida Isoning qiyofasi o’zgarib ketdi. Uning yuzi quyoshday porlab, kiyimlari esa nurday oppoq tus oldi.
3Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos payg’ambarlar ko’rinib, Iso bilan suhbatlashayotganday tuyuldi.
4Buni Butrus ko’rib, Isoga: Rabbim! Bizlar uchun bu joy juda yoqyapti. Agar istasang, shu erda uchta chayla quraylik: birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga...
5U gapini tugatmasdanoq, nur yog’ilib turgan bir bulut ularni qoplab oldi. Bulut ichidan esa ovoz keldi: Bu Mening sevikli O’g’limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!
6Shogirdlar buni eshitgach, vahimaga tushib, erga yuz tuban yiqildilar.
7Iso esa kelib ularga qo’l tegizdi-da: Turinglar, qo’rqmanglar! - dedi.
8Ular boshlarini ko’tarib, yolg’iz Isodan boshqa hech kimni ko’rmadilar.
9Tog’dan tushayotganlarida, Iso shogirdlariga: Inson O’g’li qaytadan tirilib kelmaguncha, ko’rganlaringizni hech kimga aytmanglar, - deb tayinladi.
10Shogirdlari Undan so’radilar: Nega ulamolar, oldin Ilyos payg’ambar kelishi kerak, deb aytadilar?
11Iso javob berib ularga dedi: Bu to’g’ri, oldin Ilyos payg’ambar kelib, hamma narsani yo’lga qo’yadi.
12Lekin Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, u bilan istaganlarini qilishdi. Xuddi shunga o’xshab, Inson O’g’li ham odamlar qo’lida azob chekishi muqarrardir.
13Shunda shogirdlar Iso ularga Yahyo payg’ambar haqida gapirganligini angladilar.
14Ular xaloyiq yoniga kelganlarida, bir odam Isoning oldiga kelib tiz cho’kdi-da:
15Hazrat, - dedi, - o’g’limga rahming kelsin! Uning tutqanog’i bor, u juda azobda qoldi. Dam olovga, dam suvga tashlanadi.
16Bolamni Sening shogirdlaringga ko’rsatdim, ammo ular tuzatisholmadi.
17Iso javob berib: Ey imonsiz, buzuq nasl-ey! Qachongacha sizni yoqlayveraman? Qachongacha sizga chidayin? Bolani bu erga, Mening oldimga keltiringlar! - dedi.
18Iso jinga do’q urgach, u boladan chiqib ketdi. Bola o’sha zahoti tuzaldi.
19So’ngra shogirdlari Isoning yakka qolganda oldiga kelib: Nega biz jinni quvib chiqarolmadik? - deb so’rashdi.
20Iso ularga: E’tiqodsizligingiz uchun! - dedi. Chindan, sizlarga aytamanki: agar bir xantal doniday ishonchingiz bo’lsa-yu, bu toqqa:“Bu erdan u erga ko’ch”, - deb aytsangizlar, u ko’chadi. Sizga hech bir narsa imkonsiz bo’lmaydi.
21(Biroq bu toifa jinlar ibodat va ro’zadan boshqa narsa bilan chiqmas.)
22Ular Jalilaga qaytib kelgandan so’ng, Iso shogirdlariga dedi: Inson O’g’li odamlar qo’liga tutib berilishi muqarrardir.
23Uni o’ldiradilar va U uchinchi kuni qaytadan tiriladi. Shogirdlar juda xafa bo’ldilar.
24Ular Kafarnahumga kelganlarida, ikki diramlik ma’bad solig’ini yig’uvchilar Butrusning oldiga kelib: Sizlarning Ustozingiz ma’bad solig’ini to’lamaydimi? - deb so’radilar.
25Butrus: To’laydi! - dedi. U uyga kelgach, Iso oldinroq gap ochib dedi: Simun, sening fikring qanday? Bu dunyo podshohlari soliq yoki bojni kimdan oladilar? Vatan o’g’illaridanmi yoki begonalardanmi?
26Begonalardan-da, - dedi Unga Butrus. Iso javob berdi: Unday bo’lsa, vatan o’g’illari soliqdan ozod ekan-da. Shunga qaramay, biz ularni vasvasaga solmaylik. Sen ko’lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og’zini ochsang, to’rt diramlik tangaga ko’zing tushadi. Tangani olib, Men va o’zing uchun soliq to’lovi sifatida ularga ber.
18-bob
1Shu kez shogirdlar Isoning oldiga kelib: Osmon Shohligida kim buyuk? - degan savolni berdilar.
2Iso yoniga bir bolani chaqirib, uni o’rtalarida turg’izib:
3Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Agar siz yo’lingizdan qaytib, bolalarday bo’lmasangiz, Osmon Shohligiga sira kirolmaysizlar.
4Shunday qilib, kim bu bola kabi o’zini past olib yursa, Osmon Shohligida eng buyuk bo’ladi.
5Kim Shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo’ladi.
6“Kimki Menga ishongan bu kichiklardan birontasini yo’ldan ozdirsa, uning bo’yniga ulkan tegirmon toshini osib dengiz chuqurligiga cho’ktirilishi u uchun yaxshiroq bo’lar edi.
7Vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar kelishi shaksizdir, lekin kim orqali kelsa, o’sha odamning holiga voy!
8Agar qo’ling yoki oyog’ing seni yo’ldan ozdirsa, uni kesib tashla. Senga ikki qo’lu ikki oyog’ing bilan abadiy o’tga tashlanishdan ko’ra, mayib yoki cho’loq bo’lib abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir.
9Agar ko’zing seni yo’ldan ozdirsa, uni o’yib tashla. Senga ikki ko’zing bilan o’tli jahannamga tashlanishdan ko’ra, bir ko’z bilan abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir”.
10“Ehtiyot bo’linglar, bu kichiklardan birontasini ham xor qilmanglar. Men sizga shuni aytaman: osmonda ularning farishtalari doimo samoviy Otamning jamolini ko’rib turadilar.
11Inson O’g’li esa adashib gumroh bo’lganlarni qutqarish uchun kelgan.
12Sizlarning fikringiz qanday? Agar bir odamning yuzta qo’yi bo’lib, ulardan biri adashib qolsa, to’qson to’qqizini tog’larda qoldirib, adashib qolganni izlab ketmaydimi?
13Agarda uni topib olsa bormi, sizga rostini aytsam, adashmagan to’qson to’qqiztasidan ko’ra, shu bir qo’y uchun u ko’proq sevinadi.
14Shunga o’xshab, osmondagi Otangiz bu kichiklardan birining ham halok bo’lishini istamaydi”.
15“Agar birodaring senga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga borib, faqat yuzma-yuz gapirib, aybini unga ko’rsat. Agar senga quloq solsa, sen birodaringni qaytarib olgan bo’lasan.
16Agar senga quloq solmasa, o’zing bilan yana bir yoki ikki kishini olib bor, toki Tavrotda yozilganidek “aytiluvchi har bir so’z ikki yoki uch shohidning guvohligi bilan tasdiqlansin”.
17Agar ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayt. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni kofir yoki tamagir qatorida sana.
18Sizlarga chinini aytayin: er yuzida sizlar nimaiki bog’lasangizlar, osmonda ham bog’langan bo’ladi. Er yuzida nimaiki echsangizlar, osmonda ham echilgan bo’ladi.
19Sizlarga yana shuni ham aytay: agar er yuzida sizdan ikki kishi yakdil bo’lib, qandaydir bir narsani so’rashsa. Mening osmondagi Otam ularning tilagini bajaradi.
20Qaerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig’ilsa, Men shu erda ularning o’rtasida bo’laman”.
21Shu vaqtda Butrus kelib Isoga: “Rabbim, - dedi, - agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, men necha marta uni kechirayin? Etti marta kechirsam etarmi?
22Iso unga dedi: “Senga etti marta emas, balki etmish karra etti marta, deyapman.
23Binobarin, Osmon Shohligi bandalari bilan hisob-kitob qilishni istagan bir podshohga o’xshaydi.
24Hisoblashishni boshlaganda, undan o’n ming oltin yombi qarzdor bo’lgan bir bandani uning qoshiga keltiribdilar.
25Lekin qarz to’lashga hech narsasi bo’lmagani uchun, podshoh unga o’zini, xotinini, bolalarini va butun mol-mulkin sotib, qarzini to’lashni buyuribdi.
26Banda esa erga yiqilib, podshohiga ta’zim qilib: Podshohim, sabr qiling, men sizga hammasini to’layman, - debdi.
27Bu bandasiga rahmi kelib, podshoh uni qo’yib yuboribdi va qarzini kechirib yuboribdi.
28U banda esa tashqariga chiqib, o’zidan yuz kumush tanga qarzdor bo’lgan bir sherigini uchratib, uni ushlab olibdi-da: Mendan olgan qarzingni qaytar! - deb bo’g’a bashlabdi.
29Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib: Sabr qil, men senga hammasini to’layman, - deb yolvoribdi.
30Biroq u bunga ko’nmabdi, borib, qarzini to’lamagunicha sherigini zindonga qamatib qo’yibdi.
31Uning sheriklari bu voqeani ko’rib, juda xafa bo’lishibdi va borib, podshohga hamma bo’lib-o’tganni xabar qilishibdi.
32Shunda podshoh bandasini oldiga chaqirib: Ey yovuz banda! - debdi. Menga yolvorganing uchun, men sening barcha qarzingdan kechdim.
33Men senga rahm qilganimday, sen ham sherigingga rahm qilsang bo’lmasmidi?
34G’azablangan podshoh hamma qarzini to’lamagunicha bandasini azob beruvchilarning qo’liga topshiribdi.
35Shuningdek, agar sizlarning har biringiz o’z birodaringizning gunohini chin ko’ngildan kechirmasangiz, Mening samoviy Otam ham sizlarga xuddi shu yo’lni tutadi”.
19-bob
1Iso bu so’zlarni aytib bo’lgach, Jalilani tark etib, Yahudiya hududiga, O’rdun daryosining narigi tamoniga keldi.
2Tumonat xaloyiq Uning ketidan ergashib yurdi. Iso u erda xastalarga shifo berdi.
3Isoni sinash niyatidagi ba’zi farziylar Uning oldiga kelib: Erkak har qanday sababga ko’ra o’z xotinidan ajralishi mumkinmi? - degan savolni berdilar.
4Iso ularga javoban: Tavrotda o’qimagansizlarmi? - dedi. - Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi
5va dedi: “Er kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo’ladi”.
6Shunga ko’ra endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo’shganini bandasi ajratmasin.
7Ular Isoga: Unday bo’lsa, Muso nima uchun: “Erkak xotini bilan ajralsa, taloq xatini yozib bersin”, deb amr etganlar? - deyishdi.
8U ularga dedi: Bag’ri tosh odamlar bo’lganingiz uchun Muso sizlarga xotinlaringiz bilan ajralishga ijozat bergan. Lekin boshdan bunday emas edi.
9Men sizlarga shuni aytayin: kim bevafolikdan boshqa sabab tufayli xotinidan ajralib, o’zgaga uylansa, zino qilgan bo’ladi. Shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo’ladi.
10Shogirdlar Isoga: Agar erkakning xotiniga nisbatan Shunday majburiyati bo’lsa, uylanmagan yaxshiroq ekan-da! - deyishdi.
11Iso ularga: Bu so’zni hamma ham hazm etolmaydi, - dedi. - Kimgaki nasib bo’lsa, u hazm eta oladi.
12Ba’zi kishilarning onadan tug’ma erkakligi zaifdir. Boshqalar esa odamlar tomonidan axta qilinadilar. Yana boshqalar Osmon Shohligi yo’lida uylanishdan voz kechadilar. Uddalagan bu gaplarning mag’zini chaqsin.
13Shunda Iso ularning peshanalariga qo’llarini qo’yib duo qilishi uchun, Uning oldiga bolalarni keltirishdi. Shogirdlari etaklab keluvchilarni koyiy boshlagach,
14Iso dedi: Bolalarni qo’yinglar, Mening oldimga kelishlariga to’sqinlik qilmanglar. Zero Osmon Shohligi Shundaylarnikidir.
15Ularning peshanalarini silab, u erdan jo’nab ketdi.
16Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: Valine’mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo’lishi uchun qanday savobli ish qilmog’im lozim? - deb so’radi.
17Iso unga dedi: Nega sen Mendan savobli ish haqida so’rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil.
18Qaysilariga? - deb so’radi u. Iso dedi: “Odam o’ldirma. Zino qilma. O’g’rilik qilma. Soxta guvohlik berma.
19Ota-onangni hurmat qil. O’zgani o’zing kabi sev”, degan amrlarni-da.
20Yigit Unga dedi: Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima etishmaydi?
21Iso unga: Agar komil bo’lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag’allarga tarqat. Shundagina ko’kda xazinang bo’lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi.
22Yigit bu so’zlarni eshitib, qayg’u ichida u erdan chiqib ketdi. Chunki uning pul-dunyosi ko’p edi.
23Iso shogirdlariga: Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo’ladi.
24Yana sizga aytaman: boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko’ra, tuyaning igna teshigidan o’tishi osondir, - dedi.
25Shogirdlari buni eshitib, chandon taajjublandilar va: Unday bo’lsa, kim najot topa olarkan? - deb so’radilar.
26Iso ularga ko’zlarini tikib: Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga hamma narsa mumkindir, - dedi.
27Bu so’zga javoban, Butrus Isoga dedi: Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik. Buning evaziga biz nima toparmiz?
28Iso ularga dedi: Sizga chinini aytayin: yangi dunyoda Inson O’g’li O’zining ulug’vor taxtida o’tirganida, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham o’n ikkita taxtga o’tirib, Isroilning o’n ikki qabilasini hukm qilasizlar.
29Men uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bola yoki er-mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrog’ini topib, abadiy hayotga noil bo’lajak.
30Lekin ko’p birinchi bo’lganlar oxirgi, oxirgilar esa birinchi bo’ladilar.
20-bob
1“Shunday qilib, Osmon Shohligi uzumzoriga erta saharda mardikorlar yollagani chiqqan bog’ egasiga o’xshaydi.
2U mardikorlar bilan kuniga bir kumush tanga berishga kelishib, ularni o’zining uzumzoriga yuboribdi.
3Soat to’qqizlarda u yana chiqib, bozor maydonida bekor turgan boshqa odamlarni ko’rib,
4ularga: Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, men sizlarga tegishli haqingizni beraman, - dedi. Ular esa boribdilar.
5Tush chog’i va soat uchga yaqin u tag’in chiqib, yana Shunday qilibdi.
6Soat beshlarda chiqib, bekor turgan yana boshqalarni ko’ribdi-da: Nega sizlar bu erda kun bo’yi bekor turibsizlar? - deb so’rabdi.
7Ular esa: hech kim bizlarni ishga yollamadi-da, - debdilar. Shunda bog’ egasi: Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli haqingizni olasizlar, - debdi.
8Kech bo’lgach, uzumzor egasi o’zining hosilotiga: Mardikorlarni chaqirib, ularga oxirgisidan boshlab birinchisigacha xizmat haqlarini bergin, - deb buyuribdi.
9Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi.
10Birinchi kelganlar esa ko’proq olamiz, deb o’ylashibdi. Ammo ular ham bir kumush tangadan olishibdi.
11Ular xizmat haqini olgach, bog’ egasiga norozilik bildira boshlashibdi:
12Bu oxirgi kelganlar bir soatgina ishladi, siz esa ularni kunning issig’iyu mashaqqatini tortgan bizlar bilan teng ko’rdingiz.
13Bunga javoban bog’ egasi ulardan biriga: Do’stim, men senga nohaqlik qilganim yo’q. Sen men bilan bir kumush tangaga kelishgan edingmi?
14Endi haqingni olib, boraver. Men senga bergancha aqchani bu oxirgi kelganga ham bersam, nima bo’pti?
15O’z pulimni xohlagancha istifoda qilish o’z ixtiyorimda emasmi? Yoki mening saxiyligimni ko’rolmayapsanmi? - debdi.
16Shunga o’xshab, oxiratda ham oxirgilar birinchi va birinchilar esa oxirgi bo’ladilar. (Chunki da’vat etilganlar ko’p, ammo tanlanganlar ozdir.)”
17Iso Quddusga qarab yo’l olar ekan, o’n ikki shogirdini alohida chaqirib, ularga dedi:
18“Hozir Quddusga boryapmiz va Inson O’g’li oliy ruhoniylar bilan ulamolarga tutib beriladi. Ular esa Uni o’limga mahkum etadilar.
19Haqoratlash, qamchilash va xochga mixlash uchun Uni majusiylarga topshiradilar. Uchinchi kuni esa U qaytadan tirilajak”.
20Shunda Zabadiylar oilasining onasi o’g’illari bilan birga Isoning huzuriga keldi. Nimadir so’ramoqchi bo’lib, Unga ta’zim qildi.
21Iso ayoldan so’radi: Sen nima istaysan? Sening Shohliningda bu mening ikki o’g’limning biri o’ng tomoningda va biri chap tomoningda o’tirishlarini buyurgin! - dedi Unga ayol.
22Iso javob berib dedi: Sizlar nima so’rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichajak hasratli taqdir sharobini icha olasizlarmi? - Ichamiz! - dedi ular.
23Iso ularga: Sizlar-ku Mening kosamdan ichib, hasratlarimni chekasizlar, ammo Mening o’ng va chap tomonimda o’tirishga ruxsat berish Mening ixtiyorimda emas. Otam bu o’rinni kimlarga tayyorlagan bo’lsa, ularga buyuradi, - dedi.
24Boshqa o’n shogird buni eshitgach, ikki aka-ukaga achchiqlana ketishdi.
25Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: Bilasizlarki, dunyo xalqlari ustidan saltanatli podshohlar bor, el ustidan otabeklar hokimlik qiladi.
26Ammo sizning orangizda bunday bo’lmasin. Orangizda kim katta bo’lishni istasa, sizga xizmatkor bo’lsin.
27Orangizda kim birinchi bo’lishni istasa, sizga qul bo’lsin.
28Zero Inson O’g’li ham O’ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O’zi xizmat qilish va O’z jonini fido qilib, ko’plarni qutqarish uchun kelgan.
29Ular Erixo shahridan jo’nayotganlarida, ko’p xalq Isoning orqasidan ergashib bordi.
30Yo’l chekkasida o’tirgan ikki ko’r Iso ularning oldidan o’tib borayotganini eshitgach: Ey Hazrat, Dovud O’g’li, bizlarga rahm qil! - deb baqira boshladilar.
31Xaloyiq ularni jim bo’lishga majbur qilsa-da, lekin ular ovozlarini yanada balandroq qilib: - Ey Hazrat, Dovud O’g’li, bizlarga rahm qil! - deb yolvordilar.
32Iso to’xtab, ularni yoniga chaqirdi-da: Sizlar Mendan nima istaysizlar? - deb so’radi.
33Ular: Hazrat, ko’zlarimiz ochilsin! - deyishdi.
34Isoning ularga rahmi kelib, ko’zlariga qo’l tegizdi. Shu onda ularning ko’zlari ochilib ketdi. Ular Isoning ortidan ergashdilar.
21-bob
1Quddusga yaqinlashishib, Zaytun tog’i etagidagi Baytfagiya qishllog’iga etib kelishdi. Iso ikki shogirdini yana yo’lga solib:
2“Qarshingizdagi qishloqqa boringlar, shu zahot bog’lab qo’yilgan urg’ochi eshakni va uning yonida xo’tikni ko’rasizlar. Ularni echib, Mening oldimga keltiringlar.
3Agar kimdir sizga biror nima desa, “Bular Rabbimizga kerak, U ko’p o’tmay ularni qaytarib yuboradi”, - deb javob beringlar”, - dedi.
4Bu sodir bo’lganlarning hammasi payg’ambarga vahiy bo’lgan ushbu oyat bajo kelishi uchun ro’y berdi:
5“Sion qiziga aytingiz-kim: Bir mocha eshakka minib, xo’tikka mingashib kamtarona, sening Podshohing kelar yoningga”.
6Shogirdlar yo’lga tushib, Iso ularga buyurganiday qildilar.
7Eshak bilan xo’tikni keltirib, ularning ustiga kiyimlarini yukladilar. Iso esa minib oldi.
8Xalqning ko’pchilik qismi o’z kiyimlarini yo’lga poyandoz qildi. Ba’zilari esa daraxt shoxlarini kesib, yo’lga to’shadilar.
9Oldda va orqada yurayotgan xaloyiq: “Dovud O’g’li mangu yashasin! Xudovand nomidan Kelayotgan muborak! Ko’klardan najot yuborgil!” - deb hayqirishar edi.
10Iso Quddusga kirib kelganida, butun Shahar: “Bu kim bo’ldi?” - deb harakatga keldi.
11Xaloyiq esa: “Bu Jalilaning Nosira shahridan bo’lgan Iso payg’ambar!” - deb ta’kidladi.
12Iso Xudo ma’badiga kirib, ma’badda oldi-sotdi qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarni ag’darib yubordi.
13Iso ularga: Tavrotda: “Mening uyim ibodat uyi atalgay”, - deb yozilgan. Sizlar esa uni qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboribsizlar!
14Ma’badda Isoning oldiga ko’rlar va cho’loqlar keldi. U esa ularga shifo berdi.
15Lekin oliy ruhoniylar va ulamolar Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini hamda ma’badda: “Dovud O’g’li mangu yashasin!” deb hayqirayotgan bolalarni ko’rib, darg’azab bo’ldilar.
16Bular nima demoqdalar, eshityapsanmi? - deyishdi Unga. Iso ularga: Ha! - dedi. - Nahotki sizlar: “Go’dak va chaqaloqlar og’zidan Sen madhiya yaratding”, - degan oyatni hech qachon o’qimagan bo’lsangiz?
17So’ng Iso ularni qoldirib, Shahardan chiqdi va Baytaniyaga borib, u erda tunadi.
18Ertalab Iso Shaharga qaytib kelayotganida och qoldi.
19Yo’l chetida bir anjir daraxtini ko’rib, uning yoniga keldi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga: Bundan keyin senda abadiy meva bitmasin! - dedi. Anjir daraxti esa shu onda qurib qoldi.
20Buni ko’rgan shogirdlar hayratga tushib: Qanday qilib anjir daraxti darhol qurib qoldi? - dedilar.
21Iso ularga javoban: Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Agar ishonchingiz qat’iy bo’lib, shubhalanmasangiz, bu anjir daraxti bilan sodir bo’lganni ado etish u yoqda tursin, hatto bu toqqa: “Ko’taril-da, dengizga otil”, - desangiz, aytganingiz bo’ladi.
22Sizlar ibodat qilib, ishonch bilan nimaiki so’rasangiz, erishasizlar.
23Iso ma’badga kirib ta’lim berayotganida, oliy ruhoniylar va xalq oqsoqollari Uning oldiga kelib: Sen bu ishlarni qanday huquq bilan qilyapsan? Senga bunday vakolatni kim bergan? - deb so’radilar.
24Iso ularga javob berib dedi: Men ham sizga bir savol berayin. Agar Menga javob bersangizlar, shunda Men ham bu ishlarni qanday vakolat bilan qilayotganimni sizlarga aytaman.
25Yahyo payg’ambar odamlarni suvda tavba qildirish uchun kimdan vakolat olgan edi? Xudodanmi yoki insondanmi? Ular esa o’zaro mulohaza yurita boshladilar: “Agar Xudodan desak, U bizlarga: “Nega unga ishonmadingiz?” - deb aytadi.
26Agar insondan desak, xalqdan qo’rqish kerak, chunki xalqning bari Yahyoni payg’ambar deb hisoblaydi-ku”.
27Nihoyat Isoga: Bilmaymiz, - deb javob berdilar. Iso esa ularga: Men ham bularni qanday vakolat bilan qilayotganimni sizga aytmayman, - dedi.
28“Sizlarning fikringiz qanday? Bir odamning ikki o’g’li bor ekan. U birinchisiga kelib: O’g’lim, bugun borib uzumzorimizda ishla, - debdi.
29Ammo u: Istamayman! - deb so’z qaytaribdi. Keyin pushaymon bo’lib boribdi.
30U odam ikkinchi o’g’liga kelib, yana Shunday debdi. Bunisi javob berib: Xo’p xo’jayin, boraman, - debdi-yu, lekin bormabdi.
31Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajo keltirgan bo’ladi?” Isoga: “Birinchisi”, - dedilar. U ularga: “Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Sayoqlaru fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin erishmoqdalar.
32Chunki Yahyo payg’ambar sizning oldingizga to’g’ri yo’lni o’rgatib keldi va sizlar unga ishonmadingiz, sayoqlar va fohishalar esa ishondi. Sizlar-chi, buni ko’rgandan keyin ham pushaymon qilmadingiz, ishonmadingiz”.
33“Endi boshqa bir masalni eshiting: bir er egasi bor ekan. U uzumzor yaratib, atrof-tevaragini panjara bilan o’rab, ichida iskanja va qo’riqchi minorasi quribdi-da, uzumzorni bag’bonlarga ijaraga tashlab, o’zi vaqtincha boshqa mamlakatga ketibdi.
34Hosil mavsumi yaqinlashgach, o’zining mahsulini olish uchun bog’bonlarning oldiga xizmatkorlarini yuboribdi.
35Bog’bonlar esa uning xizmatkorlarini tutishibdi va kimini urib, kimini o’ldirib, kimini esa toshbo’ron qilishibdi.
36Bog’ egasi bu gal avvalgidan ham ko’proq boshqa xizmatkorlarini yuboribdi. Bog’bonlar esa ular bilan ham Shunday qilishibdi.
37Oxirida bog’ egasi: O’g’limni hurmat etarlar, - deb ularning oldiga o’z o’g’lini yuboribdi.
38Lekin bog’bonlar o’g’lini ko’rib, bir-biriga: Bu merosxo’r-ku, qani uni o’ldirib, merosiga ega bo’laydik, - deyishibdi.
39Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, o’ldirishibdi.
40Shunday qilib, uzumzorning egasi qaytib kelganda, bu bog’bonlarni nima qilar ekan?”
41Tinglayotganlar Isoga: “Bu yovuz odamlarni yovuzlarcha yo’q qilib, uzumzornin esa mavsumida hosilini terib turadigan boshqa bag’bonlarga ijaraga beradi”, - dedilar.
42Iso ularga dedi: “Nahotki siz Zaburdagi bu so’zni hech o’qimagan bo’lsangizlar? “Binokorlar keraksiz deb tashlangan tosh Naq binoning peshtoqidan joy oldi. Bu Xudovand irodasi tufaylidir, bizga esa ajoyibot timsolidir”.
43Shuning uchun sizlarga aytamanki, Xudoning Shohligi sizdan olinib, tegishli hosilini etishtiruvchi xalqqa beriladi.
44Kimki bu toshga yiqilsa, parchalanib ketadi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi”.
45Oliy ruhoniylar va farziylar Isoning masallarini tinglagan sayin, ular o’zlari haqida aytilganini payqadilar.
46Ular Isoni qo’lga tushirishga intilayotgan bo’lsalarda, xalqdan qo’rqar edilar. Chunki xalq Isoni payg’ambar deb hisoblar edi.
22-bob
1Iso masallar bilan gapini davom ettirib, xalqqa xitoban dedi:
2“Osmon Shohligi o’zining o’g’liga nikoh to’yi qilgan bir podshohga o’xshaydi.
3Podshoh to’yga taklif etilganlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Ular esa kelishni istamabdilar.
4Podshoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib: Taklif etilganlarga aytinglarki, men ziyofat dasturxonini tayyorlab qo’ydim, ho’kizlaru bo’rdoqilarim so’yildi, hammasi tayyor. To’yga kelaveringlar! - debdi.
5Biroq ular yana nazarga ilmay, biri o’zining dalasiga, boshqasi bozor-o’charga ketibdi.
6Qolganlar esa podshoh xizmatkorlarini tutib, xo’rlab, o’ldirishibdi.
7Podshoh buni eshitib, g’azablanibdi. Qo’shinlarini yuboribdi-da, qotillarni tig’dan o’tkazib, Shaharlarini kulga aylantiribdi.
8Keyin u qolgan xizmatkorlariga: Nikoh to’yi tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar.
9Shuning uchun chorrahalarga borib, kimni topsangizlar, to’yga chaqiringlar, - deb buyuribdi.
10Bu xizmatkorlar yo’lga chiqib, uchratganlarining hammasini - yomonlarni ham, yaxshilarni ham to’plashibdi. To’yxona mehmonlarga to’lib ketibdi.
11Podshoh mehmonlarni ko’rish uchun kirganda, u erda nikoh kiyimida kiyinmagan bir odamni ko’ribdi
12va undan: Do’stim, nikoh kiyimisiz bu erga qanday kirding? - deb so’rabdi, u indamabdi.
13Shunda podshoh malaylariga buyruq berib: Uning qo’l-oyoqlarini bog’lab, tashqariga, qorong’ilikka tashlanglar. U erda yig’i-sig’i va ohu voh bo’ladi, - debdi.
14Shunga o’xshab, Xudo da’vat etganlar ko’p, ammo tanlanganlar ozdir”.
15Shundan keyin farziylar borib, Isoni U aytadigan biron so’zi orqali ilintirish chorasini maslahatlashib oldilar.
16Ular o’z shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi. Bular Isoga: Ustoz, - deyishdi, - biz bilamizki, Sen haqiqatgo’ysan va Xudoning haq yo’lini o’rgatib yuribsan. Kimlargadir ma’qul bo’lishni o’ylab o’tirmaysan, hech kimni yuz-hotir qilmaysan ham.
17Endi bizlarga ayt-chi, Sening fikring qanday? Qaysarga soliq to’lash dinga muvofiqmi, yoki yo’qmi?
18Lekin Iso ularning shumligini bilib: Munofiqlar! - dedi, - nega Meni sinab ko’rmoqchisizlar?
19Qani, Menga soliqqa to’lanadigan tangani ko’rsatinglar-chi. Ular Isoga bir dinar keltirgach,
20Bu surat va yozuv kimniki? - deb so’radi.
21Qaysarniki, - dedilar. - Unday bo’lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi Iso.
22Buni eshitganlarida hayron bo’ldilar va Isoning oldidan uzoqlashdilar.
23Qiyomat yo’q, deb aytadigan sadduqiydar o’sha kuni Isoning oldiga kelib,
24Unga savol berdilar: Ey Ustoz Muso payg’ambar deganki: “Agar kim farzand ko’rmasdan dunyodan o’tsa, ukasi uning xotinini nikohiga olib, akasining zurriyotini tiklasin”.
25Bizda etti aka-uka bor edi. Birinchisi uylanib, farzand ko’rmay qazo qildi, xotini esa ukasiga qoldi.
26Ikkinchi, uchinchi, hatto ettinchigacha hammaning boshiga shu ko’rgilik tushdi.
27Hammadan keyin xotin ham o’ldi.
28Shunday qilib, u qiyomatda ettovidan qaysi birining xotini sanalar ekan? Chunki u hammasiga xotin bo’lgan edi-ku.
29Iso ularga javob berib dedi: Siz Muqaddas Kitobni ham, Xudoning qudratini ham bilmaganingizdan adashyapsizlar.
30Chunki oxiratda na uylanadilar va na erga tegadilar, balki osmondagi Xudo farishtalariga o’xshaydilar.
31O’liklarning qayta tirilishiga kelsak, Xudoning sizlarga yo’llaganini hech o’qimagansizmi?
32“Men Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosiman”, - degan edi U. Xudo esa o’liklarning emas, tiriklarning Xudosidir.
33Xalq buni eshitib, Iso ta’limotiga mahliyo bo’ldi.
34Iso sadduqiylarni jim qilib qo’yganini farziylar eshitgach, bir joyga to’plandilar.
35Ulardan Tavrot tafsirchisi bo’lgan birisi Isoni sinash niyatida Undan:
36Ustoz, Tavrotning qaysi amri buyuk? - deb so’radi.
37Iso unga: Egang Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”.
38Bu - birinchi va eng buyuk amr.
39Ikkinchisi esa shunga o’xshashdir: “O’zgan o’zing kabi sevgin”.
40Butun Ilohiy Buyruq va payg’ambar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.
41Farziylar yig’ilishganda, Iso ulardan so’radi:
42Masih haqida qanday fikrlaringiz bor? U kimning o’g’li? - Dovudning o’g’li-da, - deb javob berdilar.
43Iso ularga dedi: U holda, qanday qilib Dovud ilohiy ilhom bilan Masihni Rabbim deb atagan? Mana, Dovud nima degan:
44“Xudovand mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o’ng tomonimda o’ltirib turgin”.
45Demak, Dovud Uni Rabbim deb atagan bo’lsa, qanday qilib U Dovudning o’g’li bo’ladi?
46Va hech kim Isoga bir og’iz so’z javob berolmadi. O’sha kundan boshlab yana hech kim Undan biron gap so’rashga jur’at etmadi.
23-bob
1Undan keyin Iso xaloyiqqa va shogirdlariga xitob qilib, dedi:
2“Ulamolar va farziylar Muso minbarida o’tiribdilar.
3Shu bois ular sizga nimani bajarishni amr etsalar, bajo keltiringlar. Aytganini qiling, lekin qilganini qilmang! Chunki ular o’z aytganlarini bajarmaydilar.
4Ular og’ir va ko’tarib bo’lmaydigan yuklarni insonlar elkasiga tashlab qo’yadilar, lekin o’zlari bu yuklarga barmoq tegizishni ham istamaydilar.
5Ular butun ishlarini insonlarga ko’rinish uchun qiladilar. Duo qutilarini yirikroq, kiyimlarining gajimlarini uzunroq qiladilar.
6Shuningdek, ziyofatlarda to’rda va ibodatxonalarda hurmatli o’rinda o’tirishni,
7xalq yig’inlarida alik olishni va odamlar tomonidan “Ustozimiz, Ustozimiz!” deb olqishlanishni yaxshi ko’radilar.
8Biroq sizlar ustoz deb atalishga ko’nmang.Chunki sizning birgina Ustozingiz bor, U ham bo’lsa - Masihdir. Sizlar esa hammalaringiz birodarsizlar.
9Er yuzida hech kimni o’zingizga ota deb ham atamanglar. Chunki sizning birgina Otangiz bor, U ham bo’lsa - samoviy Otangizdir.
10Rahbar deb ham nom olmanglar. Chunki sizlarning birgina Rahbaringiz bor - U Masihdir.
11Orangizdagi kattangiz sizlarga xizmatda bo’lsin.
12Zero kim o’zini yuqori qo’ysa, pasaytiriladi. Kim o’zini past olib yursa, ulug’lanadi”.
13Ey ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo’yganingiz uchun holingizga voy! O’zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo’lganlarga ham yo’l qo’ymayapsizlar.
14(Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Siz beva ayollarning uylarini shilib, xo’ja ko’rsinga uzoq duo o’qiysizlar. Shunga yarasha og’irroq jazo olasizlar.)
15Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar loaqal biror-bir kishini o’z diningizga kiritish uchun dengizlaru qit’alarni aylanib chiqasizlar. Lekin buni amalga oshirib bo’lgach esa, uni o’zingizdan ikki barobar yomonroq do’zaxi qilasizlar.
16“Ey basir peshvolar, holingizga voy! Sizlar: “Ma’bad haqiga ichilgan qasam o’tmaydi, lekin ma’baddagi oltin haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”, deysiz.
17Hoy nodonu ko’rlar! Qaysi biri buyukroq: ma’badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan ma’badning o’zimi?
18Shuningdek, sizlar yana: “Qurbongoh haqiga ichilgan qasam o’tmaydi, lekin qurbongohdagi qurbonlik haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”, - deysizlar.
19Hoy nodonlar, ko’rlar! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi?
20Axir, qurbongoh haqiga qasam ichgan, ham qurbongohning o’zi, hamda undagi barcha narsalar haqiga qasam ichgan bo’ladi.
21Ma’bad haqiga qasam ichgan esa, ham ma’badning o’zi, hamda ma’badda yashaydigan Xudo haqiga qasam ichgan bo’ladi.
22Osmon haqiga qasam ichgan esa ham arshi a’lo, hamda arshi a’lodagi Xudoning O’zi haqiga qasam ichgan bo’ladi.
23“Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko’rdan ushr berib turasiz-u, lekin Ilohiy Buyruqning nihoyatda muhim amrlari bo’lgan haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e’tibor bermay qo’ydingizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo’ymasligingiz kerak edi.
24Sizlar chivinni pesh qiluvchi, ammo tuyani yutib yuboradigan basir peshvolarsiz!
25Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar kosayu laganning sirtini tozalaysiz, ammo ularning ichi o’g’rilik va badnafslikka to’lib-toshib yotibdi.
26Ey so’qir farziy! Sen avvalo kosa va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning tashi ham toza bo’ladi.
27Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar tashqaridan chiroyli ko’rinadigan, lekin ichi o’liklarning suyaklari va har xil qabihliklarga to’la, ohaklangan qabrlarga o’xshaysizlar.
28Garchi tashqaridan insonlarga mo’min ko’rinsangizlar ham, lekin ichlaringiz ikkiyuzlamachilik va yomonlikka to’ladir”.
29“Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Chunki sizlar payg’ambarlarga maqbara qurib, aziz-avliyolarning yodgorliklarini bezab yuribsizlar.
30“Agar ota-bobolarimiz davrida yashaganimizda, biz payg’ambarlarning qonini to’kishda ularga hamkorlik qilmas edik”, - deysizlar.
31Bu bilan siz o’zingizni o’zingiz inkor etib, payg’ambarlarni qatl qilganlarning o’g’illari ekagingzni o’zingiz tasdiqlab turibsiz.
32Qani, ota-bobolaringiz boshlagan ishni bitirib qo’ymaysizlarmi?!
33Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-ey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?
34Ana shu sababdan Men sizga qanchadan-qancha payg’ambaru donishmandu ulamolarni yuborib turaman. Sizlar esa ulardan kimini o’ldirasizlar, kimini xochga mixlaysizlar, kimini esa ibodatxonalaringizda qamchilab Shahardan-Shaharga quvg’in qilasizlar.
35Shu yo’sin solih kishi bo’lgan Hobilning qonidan tortib, ma’bad bilan qurbongoh oralig’ida sizlar o’ldirgan Baraxiya o’g’li Zakariyoning qonigacha, er yuzida to’kilgan butun begunoh qonlar sizning bo’yningizda!
36Ha, sizlarga chinini aytaman: ushbu gunohlarning hammasi shu naslning bo’yniga tushadi.
37“O, Quddus, Quddus! Payg’ambarlarni o’ldiruvchi va huzuringga yuborilganlarni toshbo’ron qilguvchi Shahar! Tovuq o’z jo’jalarini qanotlari ostida qanday to’plasa, Men ham sening bolalaringni necha bor Shunday to’plamoqchi bo’ldim, sizlar-chi istamadingiz.
38Mana, sizning uy-joyingiz huvillab qoladi.
39Sizga shuni aytib qo’yay: “Xudovand nomidan Kelayotgan muborak”, - deb xitob qilmaguningizcha, Meni qaytib ko’rmaysizlar”.
24-bob
1Iso ma’baddan chiqib ketayotganida, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini ma’badning binolariga qaratmoqchi bo’lishdi.
2Iso ularga: “Bularning hammasini ko’ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bu erda biror g’isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo’ladi”, - dedi.
3Iso bir O’zi Zaytun tog’ida o’tirgan vaqtda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so’rashdi: “Bizlarga ayt-chi, bu voqealar qachon yuz beradi? Sening kelishing va oxirzamon yaqinlashganini ko’rsatadigan belgi qanday bo’ladi?”
4Iso javob berib ularga dedi: “Hech kim sizlarni yo’ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo’linglar.
5Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo’laman “, - deb ko’plarni yo’ldan ozdiradi.
6Shuningdek, yiroq-yaqindan urush xabarlarini eshitasizlar. Ammo cho’chib vahimaga tushmangiz! Hamma narsa Xudo taqdir etganidek sodir bo’lishi lozim. Ammo bu hali so’nggi nihoya emasdir.
7Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko’tariladi. Ayrim joylarda qahatchiliklar, o’latlar, zilzilalar bo’ladi.
8Bularning bari esa bamisli to’lg’oqning boshidir.
9O’shanda sizlarni qiynash va o’ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli barcha xalqlar sizlardan nafratlanadi.
10O’shanda ko’plar vasvasaga tushib, bir-birini tutib beradi, bir-biridan nafratlanadi.
11Ko’pdan-ko’p soxta payg’ambarlar paydo bo’lib, ko’plarni yo’ldan uradi.
12Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko’pchilikning sevgisi soviydi.
13Lekin oxirigacha chidagan qutuladi.
14Xudo saltanati to’g’risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo’lish uchun jahon bo’ylab targ’ib qilinadi va o’shandagina so’ng bo’ladi.
15“Shunday qilib, Doniel payg’ambar karomat qilib aytgan “dahshatli razolat” muqaddas joyda turganini ko’rganingizda (o’qigan o’zi tushunsin!)
16Yahudiyada bo’lganlar tog’larga qochishsin.
17Tomning ustida turganlar uyidan anjomlarini olish uchun pastga tushmasin.
18Dalada bo’lganlar esa to’nini olgani qaytib kelmasin.
19U kunlarda homilador va emizuvchi ayollarning holiga voy!
20Qochishingiz qishga yoki dam olish kuniga to’g’ri kelmasligi uchun ibodat qilinglar.
21Chunki o’shanda dunyo boshlanishidan to hozirgacha sodir bo’lmagan va qaytib sodir bo’lmaydigan buyuk musibat bo’ladi.
22Agar o’sha kunlar qisqartirilmaganida edi, hech bir jonzod omon qolmasdi. Lekin tanlangan kishilar uchungina u kunlar qisqartiriladi.
23Agar o’shanda kimdir sizga: “Masih mana bu erda “, yoki “U erda”, - deb aytsa, ishonmanglar.
24Chunki soxta masihlar va soxta payg’ambarlar paydo bo’lib, ilojini topsalar, hatto tanlangan kishilarni ham yo’ldan ozdirish uchun g’aroyibot va mo’’jizalar ko’rsatadilar.
25Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo’ydim.
26Shunday qilib, agar sizlarga: “Mana, U sahroda”, - deb aytsalar chiqmanglar. “Mana, U berk xonalarda”, - deb aytishsa ham, ishonmanglar.
27Chunki Inson O’g’lining kelishi xuddi sharqda chaqnab, hatto g’arbda ham barchaga ko’rinuvchi chaqmoqday bo’ladi.
28Murda qaerda bo’lsa, kalxatlar ham o’sha erda to’planadi.
29O’sha kunlarning musibatidan so’ng, alhol quyosh tutilib, oy xiralanadi. Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi.
30O’shanda Inson O’g’lining alomati osmonda namoyon bo’ladi. Er yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig’laydilar, Inson O’g’li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayotganini ko’radilar.
31U mahobatli karnay tutgan farishtalarini yuboradi. Ular esa Uning tanlagan kishilarini osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, to’rt tomondan to’plab keladilar”.
32“Anjir daraxtidan ibrat olinglar. Uning shoxlari ko’karib, barg chiqarayotganidan yoz yaqinlashganini bilasizlar.
33Xuddi Shunday, sizlar ham bularning hammasini ko’rgach bilingki, U yaqindir, eshik oldida turibdi.
34Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o’tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo’ladi.
35Eru osmon bitar, lekin Mening so’zlarim bitmas.
36U kun va u soat haqida birgina Otamdan boshqa hech kim bilmaydi, osmondagi farishtalar ham bilmaydi.
37Nuh payg’ambar davrida qanday bo’lgan bo’lsa, Inson O’g’li kelishida ham Shunday bo’ladi.
38To’fongacha bo’lgan kunlarda, to Nuh payg’ambar kemaga kirgan kunigacha eb-ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar.
39Ular bo’lg’usi ofatdan bexabar yurganda, to’fon kelib, hammasini qirib tashladi. Inson O’g’lining kelishi ham xuddi Shunday bo’ladi.
40O’shanda ikki kishi dalada bo’ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.
41Tegirmon tortayotgan ikki ayol bo’ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.
42Shuning uchun xushyor bo’lib turinglar, chunki Rabbingiz qaysi soatda kelishini bilmaysizlar.
43Lekin shuni bilib qo’yinglarki, o’g’ri tunning qay vaqtida kelishini agar uy egasi bilganida, bedor turib, uyiga lahim qazilishiga yo’l qo’ymas edi.
44Shunga o’xshab, sizlar ham tayyor bo’lib turinglar. Chunki Inson O’g’li sizlar o’ylamagan soatda kelib qoladi”.
45Qul-cho’rilarga rizq-ro’zni o’z vaqtida berib turish uchun xo’jayin ularga boshliq qilib qo’ygan ishonchli va aqlli xizmatkor kimdir?
46Xo’jayini kelganida, uni shularni bajarib turgan holda ko’rsa, u xizmatkor qanday baxtlidir!
47Sizlarga chinini aytayin: o’zining butun mol-mulki ustidan uni nazoratchi qilib qo’yadi.
48Agarda yomon niyatli xizmatkor o’z ko’nglida: “Xo’jayinim yaqin orada kelmaydi”, - deb o’ylab,
49o’rtoqlarini urib, ichkilikbozlar bilan birga eb-ichishni boshlasa,
50u xizmatkorning xo’jayini kutmagan bir kunda, o’ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu,
51uni tilka-pora qilib, boshiga ikkiyuzlamachilar kunini soladi. U erda yig’i-sig’i va ohu vohlar bo’ladi “.
25-bob
1“O’sha vaqtda Osmon Shohligini o’zlarining chiroqlarini yoniga olishib, kuyovni qarshilagani chiqqan o’n kelin dugonasiga o’xshatsa bo’ladi.
2Ulardan beshovi es-hushli, beshovi esa ovsar ekan.
3Ovsarlari chiroqlarini olib, o’zlari bilan yog’ olmabdilar.
4Es-hushlilari esa chiroqlari bilan birga idishlarda yog’ ham olibdilar.
5Kuyov kechikkani sababli, hammalari mudrab, uxlab qolishibdi.
6Tunning yarmida birdaniga ovoz yangrabdi: Ana, kuyov kelyapti, uni qarshilagani chiqinglar!
7Shunda qizlarning hammasi turib, chiroqlariga yopishibdi.
8Ovsarlari es-hushlilarga: Chiroqlarimiz o’chib boryapti, bizlarga yog’laringizdan beringlar! - deyishibdi.
9Es-hushlilar javob berib: Yo’q, bizlarda ham, sizlarda ham yog’ etmay qolmasin. Yaxshisi siz baqqollarning oldiga borib, o’zlaringizga yog’ sotib olinglar, - deyishibdi.
10Ular yog’ sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to’yxonaga kirib, orqalaridan eshiklar yopilibdi.
11Bir muddatdan keyin qolgan qizlar kelib: Hoy Egam, hoy Egam, eshikni oching, bizlar keldik! - deyishibdi.
12Lekin U ularga javob berib: Men sizga rostini aytsam, sizlarni tanimayman, - debdi.
13Shunday qilib, hushyor bo’lib turinglar, chunki siz Inson O’g’li keladigan aniq kunni ham, soatni ham bilmaysizlar”.
14“Yana oxirzamon bir odam safarga jo’nab, xizmatkorlarini chaqirib, o’z mol-mulkini ularga omonatga berganiga o’xshaydi.
15U odam har bir kishiga o’z qobiliyatiga yarasha: biriga besh, biriga ikki, biriga bir yombidan berib, jo’nab ketibdi.
16Beshta yombi olgan o’sha zahoti borib, pulini ishga solib, yana besh yombi orttiribdi.
17Shunga o’xshab, ikki yombi olgan ham yana ikki yombi orttiribdi.
18Bitta yombi olgan esa borib, chuqur qazib, xo’jayinining pulini yashirib qo’yibdi.
19Ancha vaqtdan so’ng boyagi xizmatkorlarning xo’jayini qaytib kelib, ulardan hisobot so’rabdi.
20Besh yombi olgan boshqa besh yombini ham olib kelib: Xo’jayin! Menga besh yombi bergandingiz, mana men ularga qo’shib yana besh yombi orttirdim, - debdi.
21Xo’jayini unga: Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo’lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko’raman. Xo’jayiningning shodligini baham ko’r, - debdi.
22Ikki yombi olgan ham kelib: Xo’jayin Menga ikki yombi bergandingiz. Mana, men ularning yoniga qo’shib yana ikki yombi orttirdim, - debdi.
23Xo’jayini unga: Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo’lganing uchun, endi katta ishlarga munosib ko’raman. Xo’jayiningning shodligini baham ko’r, - debdi.
24Bitta yombi olgan ham kelib: Xo’jayin! Men sizning qattiqqo’l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan erdan o’rasiz, uymagan joydan xirmon ko’tarasiz.
25Shuning uchun men qo’rqqanimdan borib, sizning yombingizni erga yashirib qo’ydim. Mana berganingiz! - debdi.
26Xo’jayini unga javob qaytarib: Ey yomon va yalqov xizmatkor! - debdi. - Men ekmagan erdan o’rishimni, uymagan joydan xirmon ko’tarishimni bilarkansan,
27u holda pulimni sudxo’rlarga qarzga bersang bo’lmasmidi? Shunda men kelib, uni foydasi bilan qaytarib olgan bo’lar edim.
28“Endi, undan yombini olib o’n yombisi borga beringlar!
29Chunki kimda bor bo’lsa, unga yana beriladi va u mo’lchilikda bo’ladi. Kimda yo’q bo’lsa, undan bori ham tortib olinadi.
30Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong’ilikka uloqtirib yuboringlar. U erda yig’i-sig’i va oh-vohlar bo’ladi”. (Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin!”)
31“Inson O’g’li O’zining ulug’vorligida, jamiki muqaddas farishtalari bilan birga kelgan paytida O’zining ulug’vor taxtiga o’tiradi.
32Barcha xalqlar Uning huzuriga to’planadilar. Cho’pon qo’ylarni echkilardan ajratganiday, U ularni birma-bir saralab qo’yadi.
33“Qo’ylarni” O’zining o’ng tomoniga, “echkilarni” esa chap tomoniga turg’izadi.
34Shunda Podshoh o’ng tomondagilarga aytadi: Ey, Mening Otamning olqaganlari, kelinglar! Dunyo yaratilganidan beri sizlar uchun meros sifatida tayyorlab qo’yilgan Shohlikni egallangiz.
35Chunki Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga suv ichirdingizlar. Musofir edim, Meni mehmon qildingizlar.
36Yalang’och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Meni boqdingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko’rdingizlar.
37Bunga javoban solihlar Unga Shunday deydilar: Yo Rabbiy! Qachon Sening ochligingni ko’ribmizki, edirgan bo’lsak, yoki chanqaganingni ko’ribmizki, suv tutgan bo’lsak?
38Qachon Sening musofir bo’lganingni ko’rib, mehmon qildik, yoki yalang’ochligingni ko’rib, kiyintirdik?
39Qachon biz kasal yoki zindonda bo’lganingni ko’rib, Seni yo’qlab keldik?
40Podshoh javob berib ularga deydi: Sizlarga chinini aytayin: sizlar Mening shu kichik birodarlarimdan biriga neki qilgan bo’lsangiz, bu Menga qilganingizdir.
41So’ng U chap tomondagilarga ham aytadi: Ey la’natilar! Ko’zimdan yo’qoling, iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo’yilgan abadiy olovga mubtalo bo’ling!
42Chunki Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, suv tutmadingizlar.
43Musofir edim, Meni mehmon qilmadingiz. Yalang’och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo’ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko’rmadingizlar.
44Shunga javoban ular ham: Yo Rabbiy! Seni qachon och, chanqagan, musofir, yalang’och, kasal yoki zindonda bo’lganingni ko’ribmizki, Senga xizmat qilmagan bo’lsak? - deb so’raydilar.
45U javob berib ularga Shunday deydi: Sizlarga chinini aytayin: sizlar shu kichiklarning biriga qilmagan muruvvatingiz Menga qilmagan bilan barobardir.
46Shunday qilib, bular abadiy azobga, solihlar esa abadiy hayotga noil bo’ladilar”.
26-bob
1Iso hamma so’zlarini aytib bo’lgach, shogirdlariga dedi:
2“Ikki kundan keyin Fisih bayrami bo’lishini bilasizlar. Ana, o’shanda Inson O’g’li xochga mixlash uchun tutib beriladi”.
3Shundan keyin oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar jamisi Kayafa ismli bosh oliy ruhoniyning hovlisida to’planishib
4Isoni hiyla bilan tutib o’ldirishni o’zaro maslahatlashib oldilar.
5Ular: “Bu ish faqat bayram kunlarida bo’lmasligi kerak, yana xalq g’alayon qilmasin”,—dedilar.
6Iso Baytaniyada moxov Simunning uyida ekan,
7bir ayol Uning oldiga keldi. U ganchdan yasalgan idishda juda qimmatli atir moy keltirib, Iso dasturxon oldida o’tirgan paytda Uning boshiga quydi.
8Shogirdlari buni ko’rgach, g’azablanib: Bu isrofgarlikning nima keragi bor?
9Bu moyni katta bahoga sotib, pulini kambag’allarga bo’lib berish mumkin edi-ku! - deyishdi.
10Iso aytilganlarning farqiga borib, shogirdlariga dedi: Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ezgu ish qildi.
11Kambag’allar har doim sizlar bilan birga, lekin Men doim sizlar bilan birga bo’lmayman.
12Ayol bu moyni tanamga to’kib, Meni ko’mishga tayyorladi.
13Sizlarga chinini aytayin: Injil Xushxabari dunyoning qaysi erida targ’ib qilinsa, bu ayol ham eslanib, uning qilgan ishi yodga olinadi.
14Shunda o’n ikki shogirddan biri bo’lgan Yahudo Ishqariyot degan kishi oliy ruhoniylarning oldiga borib:
15Isoni qo’lingizga tutib bersam, menga nima berasizlar? - deb so’radi. Ular Yahudoga o’ttiz kumush tanga taklif etdilar.
16O’sha vaqtdan boshlab Yahudo Isoga xiyonat qilish uchun qulay payt poylaydigan bo’ldi.
17Xamirturushsiz non yopiladigan Fisih bayramining birinchi kunida shogirdlar Isoning oldiga kelib so’radilar: Senga Fisih bayrami taomini qaerda tayyorlashimizni buyurasan?
18Shaharga kirib falon kishining oldiga boringlar, - dedi Iso, - va unga Shunday deb aytinglar: “Ustozimiz: Mening vaqt-soatim yaqinlashdi, deyapti, Fisih bayramini shogirdlarim bilan birga sening uyingda nishonlamoqchiman deyapti”.
19Shogirdlari Iso ularga buyurganiday qilib, Fisih taomini tayyorladilar.
20Oqshom tushgach, Iso o’n ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga o’tirdi.
21Ovqatlanayotganlarida, Iso: Sizlarga rostini aytsam, sizdan bir kishi Meni tutib beradi, - dedi.
22Shogirdlar juda xafa bo’lib, birin-ketin Undan: Rabbiy, o’sha men emasmi? - deb so’ray boshladilar.
23U esa javob qaytarib dedi: Men bilan birga kosaga non botirib egan Meni tutib beradi.
24To’g’ri, Inson O’g’lining taqdiri oyatda yozilganiday ketyapti. Lekin Inson O’g’lini tutib beradigan o’sha odamning holiga voy! U odamning tug’ilmagani yaxshiroq bo’lar edi.
25Shunda Isoga xoinlik qiladigan Yahudo so’radi: Ustoz, meni ko’zda tutayotganing yo’qmi? - O’zing aytding, - dedi Iso.
26Ular ovqatlanib o’tirganlarida, Iso nonni oldi, duo o’qib sindirdi va shogirdlariga tarqatib: Olinglar, englar, bu Mening tanamdir, - dedi.
27Kosani ham olib, shukrona duosini aytdi va ularga uzatib: Bundan hammalaring ichinglar, - dedi.
28Chunki bu - ko’plarning gunohlari kechirilishi uchun to’kiladigan, Yangi Ahdni tasdiqlaydigan Mening qonimdir.
29Men sizlarga shuni aytaman: Otamning Shohligida sizlar bilan yangi sharob ichadigan o’sha kungacha, Men uzumning bu ko’z yoshidan boshqa ichmayman.
30Keyin ular kuylab, Zaytun tog’i tomon ketdilar.
31Shu orada Iso shogirdlariga dedi: Bu tunda hammangiz Mendan yuz o’girasizlar. Chunki Tavrotda Shunday yozilgan: “Men cho’ponni jarohatlayman, qo’ylar o’zi tarqab ketadi”.
32Biroq o’lib tirilganimdan keyin, Men sizlardan oldin Jalilaga boraman.
33Butrus javob berib Unga dedi: Agar hamma Sendan yuz o’girsa ham, men hech qachon o’girmayman! - dedi.
34Iso unga: Senga rostini aytsam, shu kechayoq, xo’roz qichqirmasdan avval, sen Mendan uch marta tonasan, - dedi.
35Butrus Unga: Men Sen bilan birga o’lsam ham, Sendan aslo tonmayman! - dedi. Boshqa hamma shogirdlari ham Shunday dedilar.
36Shundan keyin Iso shogirdlari bilan birga Getsemaniya degan joyga keldi va ularga: Men nariroq borib ibodat qilgunimcha, sizlar shu erda o’tirib turinglar, - dedi.
37Butrus bilan Zabadiyning ikki o’g’lini O’ziga hamroh qilib olgan Iso ruhan siqilib, anduh cheka boshladi.
38U yonidagilarga: Mening jonim o’lim oldidaligini sezib, juda qiynalmoqda. Shu erda qolib, Men bilan birga sergak turinglar, - dedi.
39Bir oz nari ketib, erga yuz tuban uzaldi va ibodat qilib: Ey Otam! Agar mumkin bo’lsa, bu zaqqum kosa Mening yonimdan o’tib ketsin. Lekin Men istagandek emas, Sen istagandek bo’lsin, - dedi.
40U shogirdlari yoniga qaytib kelganida, ularni uxlab yotgan holda ko’rdi va Butrusga dedi: Demak, sizlar Men bilan birga loaqal bir soatga uyg’oq tura olmadinglar.
41Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo’lib, ibodat qila turinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
42Iso ikkinchi marta borib: Ey Otam! Agar bu qismat Meni damiga olmay o’tib ketishi mumkin bo’lmasa, mayli Sen xohlagandek bo’lsin, - deb ibodat qildi.
43U qaytib kelib, shogirdlarini yana uxlab yotgan holda ko’rdi. Ularning qovoqlari salqigan edi.
44Iso ularni qoldirib, yana uzoqlashdi va o’sha so’zlarni takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi.
45Shundan so’ng O’z shogirdlari yoniga kelib, ularga dedi: Sizlar hali ham uxlab, rohatlanib yotibsizlarmi? Mana, vaqt-soati keldi, Inson O’g’li gunohkorlar qo’liga tutib berilyapti.
46Turinglar, ketaylik. Mana, Menga xoinlik qiluvchi ham yaqinlashib qoldi.
47Iso gapini tugatmayoq, o’n ikki shogirdidan biri bo’lgan Yahudo kelib qoldi. Uning yonida oliy ruhoniylar va xalq oqsoqollari tomonidan yuborilgan, qilich va tayoq ushlagan olomon bor edi.
48Isoga xoinlik qiluvchi esa: “Men kimni o’psam, U O’shadir, Uni tutib olinglar”, deb ular bilan til biriktirgan edi.
49U to’g’ri Isoning oldiga borib: Kayfing chog’ bo’lsin, Ustoz! - deb Uni o’pdi.
50Iso unga: Do’stim, nima uchun kelding ? - deyishi bilanoq, odamlar kelib, Isoga qo’llari bilan yopishgancha Uni ushlab olishdi.
51Shunda Iso bilan birga bo’lganlardan biri qilichini qinidan sug’urib, qulochkashlab oliy ruhoniyning qaroliga dast soldi-da, qulog’ini uzib tashladi.
52Lekin Iso unga: Qilichingni joyiga qaytarib qo’y! Qilich ko’targan bari qilichdan halok bo’lur.
53Yoki o’ylaysanki, Men Otamga iltijo qilolmaymanmi? U Menga hoziroq o’n ikki tumandan ko’proq farishtalarni yuborishi mumkin.
54Biroq u holda bularning sodir bo’lmog’i kerakligi aytilgan oyatlar bajo bo’larmikin?
55Shundan so’ng Iso olomonga qayrilib dedi: Sizlar Meni hibsga olish uchun qaroqchiga qarshi chiqqandek qilichlaru tayoqlar bilan qurollanib kelibsizlar. Men bo’lsam, har kuni ma’badda ta’lim berib, sizlar bilan birga o’tirar edim, sizlar-chi Meni qo’lga olmadinglar.
56Lekin bularning hammasi payg’ambar oyatlari bajo kelishi uchun sodir bo’ldi. O’shanda hamma shogirdlari Isoni qoldirib, qochib ketishdi.
57Isoni qo’lga olganlar Uni bosh oliy ruhoniy Kayafaning huzuriga keltirdilar. U erga ulamolar bilan oqsoqollar ham to’plandilar.
58Butrus esa Isoga uzoqdan ergashib, oliy ruhoniyning hovlisigacha keldi. Ichkariga kirib, bu voqeaning oxirini ko’rish uchun xizmatkorlar bilan birga o’tirdi.
59Oliy ruhoniylar, oqsoqollar va butun Oliy Kengash Isoga o’lim jazosini berish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlashga tushdilar.
60Anchagina guvohlar olg’a chiqqan bo’lsa-da, etarlicha ayblovchi dalillar topilmadi. Nihoyat ikki soxta guvoh so’zga chiqib:
61Bu Odam: “Men Xudoning ma’badini buzib, uch kunda qayta tiklay olaman”, - deb aytishdi.
62Bosh oliy ruhoniy o’rnidan turib, Isoga: - Nega Sen hech javob qaytarmaysan? Ularning ayblovlariga nima deysan? - dedi.
63Iso indamadi. Oliy ruhoniy Unga: Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O’g’li - Masih Senmisan? - dedi.
64Iso unga: O’zing aytding, - dedi. - Hatto sizlarga aytadurmanki, bundan keyin Inson O’g’li Qodir Tangrining o’ng tomonida o’ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko’rasizlar.
65Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib: U shakkoklik qilmoqda-ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor? Mana endi U Xudoga shak keltirganini o’zlaringiz eshitdingizlar.
66Sizlar nima deysizlar? - dedi. Ular javob berib: O’limga loyiq! - deyishdi.
67So’ng ular Isoning yuziga tupurib, Uni mushtlay boshladilar. Boshqalari esa Uni shapaloqlab:
68Ey Masih! Qani payg’ambarligingni ko’rsatib, aytib ber-chi, Seni kimlar uryapti ekan? - derdilar.
69Bu vaqt Butrus tashqi hovlida o’tirib edi. Bir xizmatkor ayol uning yoniga kelib: Sen ham jalilalik Iso bilan birga eding-ku! - dedi.
70Lekin Butrus hammaning oldida inkor etib: Sen bo’lmag’ur gapni aytyapsan, - dedi.
71So’ng darvoza tomon chiqdi. Boshqa bir xizmatkor ayol ham uni ko’rib, atrofdagilarga: Bu ham nosiralik Iso bilan birga bo’lgan! - dedi.
72Butrus esa qasam ichgancha: Men bu Odamni tanimayman! - deb yana tondi.
73Bir ozdan keyin u erda turganlar kelib, Butrusga: Sen ulardan birining xuddi o’zisan, kaloming ham aytib turibdi, - deyishdi.
74Lekin Butrus la’nat o’qib, qasam ichdi-da: Men bu Odamni tanimayman! - deb turib oldi. Shu vaqt birdan xo’roz qichqirdi.
75Isoning unga: “Xo’roz qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasan”, - degan so’zi Butrusning esiga tushib, tashqariga chiqdi-da, achchiq-achchiq yig’ladi.
27-bob
1Tong otgach, oliy ruhoniylar bilan xalq oqsoqollari jamisi kengashib, Isoni o’lim jazosiga mahkum qilishga kelishdilar.
2Isoni bog’ladilar va olib, viloyat hokimi Po’ntiy Pilatga topshirdilar.
3Xoin Yahudo esa Isoning mahkum etilganini bilib, pushaymon bo’ldi va o’ttiz kumush tangani oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarga qaytarib berib:
4Men xoinlik qildim, begunoh qon to’kilishida aybdorman, - dedi. Ular esa: Bundan bizlarga nima? Yana o’zing bilasan! - deyishdi.
5Shunda Yahudo kumush tangalarni ma’bad ichiga uloqtirib yubordi-da, u erdan chiqib borib, o’zini osib o’ldirdi.
6Oliy ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pul qon narxidir, uni ma’badning xazinasiga qo’shish mumkin emas”, - deyishdi.
7O’zaro kelishib, bu pulga begonalar ko’miladigan qabriston uchun Kulol Erini sotib oldilar.
8Shuning uchun u er bugungacha “Qon Eri” deb ataladi.
9Shu yo’sin Eremiya payg’ambarga vahiy bo’lgan ushbular bajo bo’ldi: “Isroil o’g’illari Unga baho berib qo’ygan o’ttiz kumush tangani olib,
10Xudovand menga buyurgani kabi, kulol erin sotib oldilar”.
11Iso hokimning huzurida turdi. Hokim Undan so’radi: Sen yahudiylarning Podshohimisan? - O’zing aytding, - dedi unga Iso.
12Oliy ruhoniylar va oqsoqollar Uni ayblaganlarida, U hech narsa deb javob bermadi.
13Shunda Pilat Unga: Eshitmayapsanmi, Sening bo’yningga qancha ayblar qo’yishyapti! - dedi.
14Lekin Iso bu gaplarga ham biron javob qaytarmadi. Hokim esa juda hayron bo’ldi.
15Har Fisih bayramida hokim xalq istagan bir mahbusni ozod qilish odati bor edi.
16O’sha kez qamoqda nom chiqargan Barabba ismli bandi bor edi.
17Xalq to’plangach, Pilat ularga xitob qilib so’radi: Sizlar kimni ozod qilishimni istaysizlar? Barabbanimi, yoki Masih atalmish Isonimi?
18Ular Isoni ko’rolmaslikdan tutib berganlarini u bilar edi.
19U hakamlik kursisida o’tirganida, xotinidan xabar keldi: “U solih Odam bilan sening ishing bo’lmasin. Chunki bu tunda men tushimda U tufayli ko’p azobda qoldim”.
20Ammo oliy ruhoniylar va oqsoqollar bo’lsa, Barabbani ozod etish, Isoni esa yo’q qilishni so’rashlari uchun olomonni qayrab qo’ydilar.
21Hokim yana ularga xitob qildi: Sizlar ikkovidan qay birini ozod qilishimni istaysizlara? - Barabbani! - deb javob berishdi.
22Pilat ularga dedi: Unda men Masih atalgan Isoni nima qilay? - Xochga mixlansin! - deyishdi bir og’izdan.
23U nima yomonlik qilgan ekan? - so’radi hokim. Lekin ular ovozlarini yana balandroq ko’tarib: Xochga mixlansin! - deb qichqirishdi.
24Pilat hech narsa yordam bermayotganini, aksincha shov-shuv yanada kuchayib borayotganini ko’rgach: Men bu solih Odamning qoni to’kilayotganidan begunohman. Bu ishni o’zlaringiz ko’rib chiqinglar! - dedi-da,olomonning ko’z oldida suv olib, qo’llarini chaydi.
25Butun xalq bunga javoban: Uning qoni bizlarning va bolalarimizning gardanidadir! - deyishdi.
26Shundan so’ng Pilat ularga Barabbani chiqarib yubordi. Isoni esa savalatgandan keyin xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi.
27Shundan so’ng hokimning askarlari Isoni hukumat qarorgohiga olib borib, butun bo’linmani boshiga to’pladilar.
28Uning kiyimlarini echib, egniga to’q qizil yaktak kiydirdilar.
29Tikanlardan toj o’rab, boshiga kiygizdilar. O’ng qo’liga qamish berib, Uning oldida tiz cho’kkancha: “Yashavor, ey, yahudiylarning Podshohi!” - deb masxara qildilar.
30Unga tupurganlaricha qamishni olib, boshiga urdilar.
31Masxaralab bo’lishgandan so’ng egnidan yaktakni echib, O’zining kiyimlarini kiydirdilar va xochga mixlash uchun olib ketdilar.
32Ular chiqib ketayotganlarida, kirineyalik Simun degan kishini uchratib qoldilar. Uni Isoning xochini ko’tarib borishga majbur qildilar.
33“Boshsuyagi” ma’nosini beruvchi Go’lgota degan joyga keldilar.
34Shunda Isoga ichish uchun zardob aralashtirilgan sharob berdilar. Iso uni tatib ko’rgach, ichgisi kelmadi.
35So’ng Uni xochga mixlab qo’ydilar. Kiyimlari uchun qur’a tashlab, o’zaro bo’lishib oldilar.
36Keyin shu erning o’zida o’tirgancha, Uni qo’riqlab turdilar.
37Uning boshi uzra bir taxtachaga: “Yahudiylarning Podshohi Iso - Budir” degan aybnomani yozib qo’ydilar.
38Iso bilan birga ikki qaroqchini ham - birini Uning o’ng tomonida, ikkinchisini esa so’l tomonida xochga mixlab qo’ydilar.
39O’tib ketayotganlar boshlarni chayqagancha, Isoni haqoratlashardi:
40Hey ma’badni buzib uch kun ichida tiklaydigan! O’zingni O’zing qutqar-chi! Agar Sen Xudoning O’g’li bo’lsang, qani xochdan tushib ko’r-chi!
41Oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar ham barchasi bunga qo’shilishib, Uni masxaralay ketdilar:
42Boshqalarni qutqardi, O’zini esa qutqara olmaydi! Agar U Isroilning Podshohi bo’lsa, endi xochdan tushib ko’rsin, shunda biz Unga ishonamiz.
43U Xudoga ishonardi-ku. Agar U Xudoning azizi bo’lsa, hozir qutqarib olsin-chi! Chunki U: “Men Xudoning O’g’liman”, - degan.
44Iso bilan birga xochga mixlangan qaroqchilar ham Uni Shunday so’kar edilar.
45Tushdan boshlab soat uchgacha butun erni qorong’ilik qopladi.
46Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: Eli, Eli lamo shavaqtani?, ya’ni “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo’yding?” - deb faryod qildi.
47U erda turganlardan ba’zilari buni eshitib: U Ilyosni chaqiryapti-ku, - deyishdi.
48Ulardan biri darhol yugurib, shimgichni olib keldi-da, uni sirkaga botirib, qamishning uchiga ilgancha, Isoga ichishga uzatdi.
49Boshqalari esa: To’xta ko’raylik-chi, Ilyos kelib Uni qutqararmikan, - deyishdi.
50Iso esa yana bir bor qattiq oh urib, jon berdi.
51Shu ondayoq ma’baddagi parda yuqoridan pastgacha ikkiga bo’linib, yirtilib ketdi. Er larzaga keldi, toshlar yorildi.
52Qabrlar ochilib, talay rahmatli azizu avliyolarning jasadlari tirilib ketdi.
53Ular qabrlaridan chiqib, Iso qayta tirilganidan keyin tabarruk Shaharga kirib, ko’plarga ko’rindilar.
54Isoni qo’riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo’layotgan barcha ishlarni ko’rib, vahimaga tushdilar-da: Haqiqatan ham bu Xudoning O’g’li ekan! - dedilar.
55Jaliladan boshlab Isoga ergashib xizmat qilib kelgan ko’pgina ayollar ham uzoqdan qarab turgan edilar.
56Ularning orasida magdalalik Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam hamda Zabadiy o’g’illarining onasi bor edi.
57Oqshom tushgach, Arimateya shahridan bo’lgan Yusuf ismli bir boy odam keldi. O’zi ham Isoning shogirdi edi.
58U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so’radi. Shunda Pilat jasadni unga berishni buyurdi.
59Yusuf jasadni olib, uni toza kafanga o’radi
60va o’zining qoyada yo’nilgan yangi qabriga qo’ydi. Keyin qabrning og’ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo’ydi-da, jo’nadi.
61Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam esa shu erda, qabrning ro’parasida o’tirgan edilar.
62Tayyorgarlik kunining ertasiga oliy ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga to’planishib:
63Taqsir! - deyishdi, - o’sha aldamchi hali tirikligida: “Uch kundan keyin qayta tirilaman”, - degani esimizga tushdi.
64Shuning uchun uch kungacha qabrni qorovullashni buyursangiz, toki Uning shogirdlari kechasi kelib Uni o’g’irlab ketishmasin va xalqqa: “U qayta tirildi”, - deb aytishmasin. Yo’qsa, oxirgi aldov birinchisidan battar bo’ladi.
65Pilat ularga: Mana, soqchilar bo’linmasi o’zlaringizning ixtiyoringizda. Borib, bilganingizdek qabrni qorovullanglar, - dedi.
66Ular esa soqchilar bilan borib, qabr toshiga muhr bosib, qabrni qorovullay boshladilar.
28-bob
1Dam olish kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni ko’rgani borishdi.
2Shunda to’satdan shiddatli zilzila bo’ldi. Xudovandning bir farishtasi osmondan tushdi va qabrga borib toshni ag’darib yubordi-da, uning ustiga o’tirdi.
3Uning ko’rinishi yashinday, kiyimlari esa qorday oppoq edi.
4Soqchilar bo’lsa, qo’rquvdan titrab, joni chiqqanday bo’lishdi.
5Farishta so’zini ayollarga qaratib: Sizlar qo’rqmang! Xochga mixlangan Isoni izlayotganlaringizni bilaman.
6U bu erda yo’q. O’zi aytganidek, qayta tirilib ketdi. Kelinglar, Rabbingiz yotgan joyini ko’ringlar.
7Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso tirildi. U sizdan oldin Jalilaga ketyapti, Uni o’sha erda ko’rasizlar”, - deb aytinglar. Sizlarga buni men aytdim.
8Ayollar qabrdan shosha-pisha chiqib, katta sevinch va qo’rquv ila yugura-yugura Isoning shogirdlariga xabar bergani ketishdi.
9Shogirdlarga bu xabarni etkazaylik, deb ular yo’lda ketayotganlarida, birdaniga Isoning O’zi ularning qarshisidan chiqib: Salom! - dedi. Ular esa ro’baro’ kelib, oyoqlariga yopishgancha Unga topina boshladilar.
10Shunda Iso ularga: Qo’rqmanglar! Borib birodarlarimga Jalilaga borishlarini, Meni o’sha erda ko’rishlarini xabar beringlar, - dedi.
11Ayollar hali yo’lda borishar ekan, soqchilar bo’linmasidan bir nechasi Shaharga kirib, sodir bo’lgan barcha hodisotni oliy ruhoniylarga bildirdilar.
12Ular oqsoqollar bilan to’planib kengashgach, askarlarga ancha pul berib,
13Shunday dedilar: Sizlar: “Shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda Uni o’g’irlab ketishdi”, deb aytinglar.
14Agarda bu bo’lib-o’tganlar hokimning qulog’iga etib borsa, bizlar uni shunga ishontiramiz va sizlarni ko’ngilsizlikdan xalos etamiz.
15Soqchilar esa pulni olib, topshiriqni aytilgandek bajardilar. Shunday qilib, bu hangoma to bugungacha yahudiylar orasida ovoza bo’lib keladi.
16O’n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa borishdi.
17Ular Isoni ko’rib, Unga sajda qildilar. Ba’zilari esa shubhaga bordilar.
18Iso ularga yaqinlashib, Shunday dedi: “Menga osmonda ham, erda ham butun hokimiyat berilgandir.
19Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho’mdirib, imonga kiritinglar.
20Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o’rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo’laman”. OMIN.
Tuesday, March 20, 2007
Matto bayon etgan Xushxabar
Posted by Масиҳий муаллим at 15:32
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment