Yuhannoning ikkinchi maktubi
1 Xudo tanlab olgan aziz xonim bilan uning bolalariga salom! Men – mo’ysafid sizlarni chin yurakdan sevaman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi ham Shunday sevadi.
2 Zero haqiqat bizning dilimizga jo bo’lgan va abad bizlar bilan bo’ladi.
3 Otamiz Xudo va Otaning O’g’li – Rabbimiz Iso Masih bergan inoyat, marhamat va tinchlik sizlarga doim yor bo’lgay, sizlarni haqiqat va muhabbat yo’liga yo’naltirgay.
4 Ey xonim, Otamizning bizga buyurganiga ko’ra, sening bolalaringdan bir nechtasi haqiqat yo’lidan borayotganlarini ko’rib, juda ham xursand bo’ldim.
5 Endi sendan iltimos qilaman, bir-birimizni sevaylik. Senga yangi amr yozayotganim yo’q, bu azaldan bizlar qabul qilgan amr.
6 Muhabbat – Xudoning amrlariga amal qilishimiz degani. Ilohiy amrning mohiyati esa, boshdan eshitganingizdek, muhabbatga amal qilishimizdan iborat.
7 Vaholanki, inson vujudiga kirgan Iso Masihni tan olmovchi ko’p aldamchilar jahonning har tarafiga yoyilib ketganlar. Eng katta aldamchi – dajjol ham bular qatorida turadi.
8 Qilgan mehnatimizning mahsulini yo’qotmaslik va hamma mukofotni olish uchun o’zingizga ehtiyot bo’lingiz.
9 Haddidan oshgan, Masih ta’limotidan uzoqlashgan har qanday odamda Xudo yo’q. Bu ta’limotga amal qilgan kishi esa Otaga ham, O’g’ilga ham ega bo’ladi.
10 Agar biror kishi oldingizga kelib bu ta’limotni o’rgatmasa, uni uyingizga kiritmanglar, unga salom ham bermanglar.
11 Chunki unga salom bergan kishi uning yomon ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi.
12 Sizlarga yozadigan ko’p gaplarim bor edi-yu, ammo qog’ozu siyoh bilan yozishni istamadim. Sizlarning shodligingiz tugal bo’lsin, deb men oldingizga borib yuzma-yuz gaplashish umididaman.
13 Xudo tanlagan singlingning bolalari senga salom yo’llayaptilar. Omin.
Tuesday, March 20, 2007
Yuhannoning ikkinchi maktubi
Posted by Масиҳий муаллим at 15:09
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment